KIRISH. Bugungi kunda jamiyatimizda hamma sohalarda axborot tizimlari keng qo‘llanilmoqda. Har bir faoliyat axborotlarni ishlab chiqish , qayta ishlash , saqlash bilan ma’lum darajada shug’ullanadi. Axborot tizimlari kirmagan sohani topish qiyin. Juda ko‘p yo‘nalishlarda tizimlar to‘laqonli avtomatlashtirilmoqda. Hozirda avtomatlashtirish xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida (sanoat, aloqa, transport, kommunal xo‘jalik va boshqalar) keng qo‘llanilmoqda.
Sanoat ishlab chiqarishining bir qator tarmoqlarida toʻliq avtomatlashtirilgan sex va zavodlar, masalan, avtomatlashtirilgan beton zavodlari, avtomatlashtirilgan tegirmonlar, novvoyxonalar va boshqalar yaratilmoqda.
Avtomatlashtirishning maqsadi – mehnat unumdorligi va ishlab chiqarishning sifatini oshirish rejalarini avtomatlashtirish, optimallashtirish va boshqarish, insonni zararli sharoitlarda ishlashdan ozod qilishdir.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish — mashinalashtirilgan ishlab chiqarishni nazorat qilish va boshqarish ishlarini avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirishning yuqori bosqichidir. Fan va texnika taraqqiyotinnng asosiy yoʻnalishlaridan biri. Mehnat unumdorligi, maqsulot sifati, mehnat madaniyati va boshqa omillar ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini yuqori darajaga koʻtarish imkonini beradi. Ishlab chiqarishning qisman (lokal), yalpi (kompleks) va toʻla avtomatlashtirish bosqichlari mavjud. Qisman avtomatlashtirish bosqichida ishlab chiqarishning alohida ish turlari (suyuklik sathi balandligi, temperatura, bosim va b.) ni rostlab turish ishlari avtomatlashtiriladi.
Avtomatlashtirish vositalarining baʼzilari qadimdan paydo boʻlgan. Ammo mayda hunarmandchilik sharoitida (18 asr gacha) bunday qurilmalar amalda qoʻllanilmagan. Mehnat qurollari va uskunalarining takomillashtirilishi, yangi mashina va mexa-nizmlarning yaratilishi natijasida (19-asr) ishlab chiqarish hajmi va darajasi keskin oʻzgardi. Bu hol ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish uchun zarur shart-sharoit yaratib berdi (mas, yigirish, toʻqish, metall va yogʻoch ishlash korxonalarida). 20 asr boshlarida kuchlanish rostlagichi ixtiro qilinganidan keyin elektr energiyasidan ishlab chiqarishda foydalanildi. Koʻp operatsiyali agregat-stanoklar va avtomatliniyalar vujudga keldi. Avtomatlashtirish tushunchasi shu davrda vujudga keldi.
Hozirda texnologik jarayonlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.
Avtomatik nazorat - texnologik jarayon haqida operativ ma’lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo‘lgan sharoitlarni ta’minlaydi.
Avtomatik rostlash - texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab kilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash tizimining (ART) turi ishlashini nazorat qiladi.
Avtomatik boshqarish - texnologik operasiyalarni belgilangan muttasilligining avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv obyektiga nisbatan bo’ladigan ta’sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat.
Avtomatlashtirish - texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish - ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo’lib, bunda, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymati va sifatining oshishi hamda tannarxining kamayishiga olib keladi.
Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarining ko’pchiligi to’liq avtomatlashtirilganligi bilan harakterlanadi. Avtomatlashtirish barcha uskunalarning avariyasiz ishlashini ta’minlaydi, baxtsiz hodisalarning va atrof-muhitning zaharlanishini oldini oladi. Shuningdek, kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida portlash hamda yong’in chiqish havfi ko’pligi ham jarayonlarni maksimal darajada avtomatlashtirishni talab qiladi.
Avtomatlashtirishning afzalliklari quyidagilardan iborat:
- Eng murakkab yoki xavfli ishlarni ishchilar emas, balki mashinalar bajarishi uchun xizmat qiladi.
- Ishlab chiqarishni sezilarli darajada yaxshilaydi va oshiradi.
- Mashinalar o‘zlarining aniqligi yoki murakkabligi tufayli odamlar tomonidan bajara olmaydigan vazifalarni bajaradilar.
- Bu avtomatlashtirish xodimlarning xavfsizligini yaxshilashga yordam beradi deb hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish — ishlab chiqarishning turli tarmoqlarini boshqarishda matematik metodlar, avtomatik qurilmalar va hisoblash texnikasi vositalarini qoʻllash. Uning ilmiy asosi — iqtisodiy kibernetika. Odam bilan kibernetik mashinalarning munosabatiga oid uslubiy va aniq masalalarni hal qilish uning muhim vazifasidir.
Ishlab chiqarishda Elektron hisoblash mashinalari (EHM) dan tashqari, oʻnlab ixtisoslashtirilgan avtomatik qurilmalar, kompyuterlar ishlatiladi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish axborotlarni yigʻish, qayta ishlab chiqishga oid mashaqqatli ishlardan ozod qiladi, uning ijodiy rolini oshiradi, ish unumini koʻtaradi, ishlab chiqarishni boshqarish bilan band boʻlgan kishilardan boshqa maqsadlarda foydalanishga imkon beradi.
Tеxnologik jarayonlarni komplеks avtomatlashtirishda axborot tеxnologiyalarini qo`llash tеxnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (TJABT), moslashgan ishlab chiqarish tizimlari (ABT MIT), transport-omborxona tizimlari (TOT ABT)ning yaratilishiga olib kеladi.