2. Havoni to‘xtatilgan zarrachalardan tozalashning asosiy usullari


Siklonlar va chang yig‘uvchilar: korxonada havoni tozalash



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə6/9
tarix31.03.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#92029
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kurs ishi avtomatlashtirish

Siklonlar va chang yig‘uvchilar: korxonada havoni tozalash.


Sanoat binolarida texnologik jarayonlar natijasida ifloslangan havoni tozalash va zararsizlantirish uchun turli filtrlar, chang va gaz tutkichlar, chang choʻktirgich kameralar, siklonlar va boshqa uskunalar qoʻllanadi. Ifloslangan havo tarkibidagi qattiq zarralar (mas, uchuvchi kullar)ni tutish uchun mexanik kul tutkichlar — siklonlar, multitsiklonlar hamda nam kul tutkichlardan foydalaniladi. Siklonlarning foydali ish koeffitsiyenti (f.i.k.) 40—70%, qarshiligi 70– 80 mm suv ustuniga teng, tuzilishi sodda, ishlatishi qulay, biroq biroz qoʻpolroq. Multisiklonlar ancha ixcham, ishi ham samarali. Nam kul tutkichlar xavoni yaxshi tozalaydi, ammo ish jarayonida koʻp suv talab qiladi
Ko‘pincha, ishlab chiqarish jarayonida chang paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan sanoat korxonalarida havoni tozalash masalasi tug’iladi. Havoni eng samarali tozalash (gazni yuvish) tizimi uchun siklon chang yig’uvchilar ishlatiladi. Siklonlarning xilma-xilligi xuddi shunday ishlash prinsipiga ega bo‘lgan o‘nlab turli xil modellar va modifikatsiyalarga ega.


Changni yig'ish uchun siklonlar: ishlash printsipi


Siklonda havoni tozalash markazdan qochma kuch (ishlashning inertial prinsipi) va tortishish ta’sirida sodir bo‘ladi.
Qurilmaning yuqori qismidagi kirish orqali qurilmaga chang bilan ifloslangan havo (gaz) oqimi kiritiladi. Siklon tanasida aylanuvchi havo oqimi hosil bo‘lib, u changni yig‘ish moslamasining pastki konus qismiga pastga yo‘naltiriladi. Markazdan qochma kuchning ta’siri tufayli chang zarralari asosiy oqimdan ajralib chiqadi, apparatning devorlariga uriladi va changni pastki qismga, chang qutisiga chiqish orqali yo‘naltiradigan ikkilamchi oqim tomonidan ushlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, chang yig’uvchilar bunkersiz ishlab chiqarilishi mumkin. Changsiz havo oqimi pastdan yuqoriga yo‘naltiriladi va koaksiyal chiqish trubkasi orqali siklon tanasidan chiqariladi. Chang yig’uvchi idishda to‘plangan chang keyinchalik qayta ishlanishi va ishlab chiqarish jarayonida ikkilamchi xom ashyo sifatida ishlatilishi mumkin.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin