Reja: O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yishi, bmtga a’zo bo‘lgan yosh davlatning jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni



Yüklə 91,88 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü91,88 Kb.
#200360
  1   2
1 O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar b


MAVZU: OʻZBEKISTONNING XALQARO TASHKILOTLAR BILAN HAMKORLIK ALOQALARI
Reja:
1. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yishi, BMTga a’zo bo‘lgan yosh davlatning jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni.
2. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari. MDHdagi o‘rni va mavqeining oshib borishi.
3. O‘zbekistonning ShHT bilan aloqalari. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari bilan yangi strategik sherikchilik shartnomalarining imzolanishi.
1. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yishi, BMTga a’zo bo‘lgan yosh davlatning jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni.
O‘zbekistonning jamiyatni demokratlashtirish hamda iqtisodiyotni liberallashtirish, o‘z fuqarolari uchun yuksak darajadagi turmush sharoitlarini yaratish va ularning farovonligini oshirish yo‘lidagi qadamlari jahon miqyosida yuqori bahoga sazovor bo‘lmoqda. Ko‘pgina xalqaro institutlar hamda tadqiqot tashkilotlarining reyting ma’lumotlari ana shundan dalolat beradi. Ular e’lon qilayotgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatimiz borgan sayin yuqori o‘rinlarga ko‘tarilmoqdaki, bu dillarimizda faxr va daxldorlik tuyg‘ularini uyg‘otmasligi mumkin emas.
1992 yil 2 martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot - Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to‘la teng huquqli a’zosi bo‘ldi. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yilda bo‘lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27 sentyabrda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga qo‘hna va yosh navqiron davlat sifatida namoyon etdi.
1993 yil 24 oktyabrda Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. O‘zbekiston rahbariyati va BMT rahbarlarining sa’y-harakatlari natijasida O‘zbekiston BMTning Xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro taraqqiyot assotsiyatsiyasi, Qochoqlar ishi bo‘yicha oliy qo‘mitasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, Aholi joylashish jamg‘armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqiyoti tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti singari ixtisoslashgan muassasalarga a’zo bo‘ldi.
Bugun O‘zbekiston izchil taraqqiy topayotgan davlat va jahon hamjamiyatining xalqaro munosabatlar tizimida muhim o‘rin tutayotgan teng huquqli a’zosidir. Uning keng miqyosli demokratik hamda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi tajribasi izchil rivojlanishning muvaffaqiyatli modeli sifatida xalqaro jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otayotgani holda, ko‘plab mamlakatlarning ekspertlari va siyosatchilari tomonidan atroflicha tadqiq qilinmoqda.
Bunga, ko‘p jihatdan, O‘zbekistonning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi faol hamkorligi ko‘maklashayapti. Ular mamlakatimizga xalqaro miqyosdagi dolzarb muammolarning hal etilishidagi muhim hamda vaqt sinovidan o‘tgan-sherik sifatida qarashmoqda.
Shu bilan birga, nufuzli xalqaro tuzilmalar respublikamizda ro‘y berayotgan siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga, davlat hamda jamiyat hayotidagi izchil islohotlar natijasida qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari ta’minlanishi hamda ularning farovonligi yuksalishiga katta qiziqish bildirishayotir.
So‘nggi paytlarda O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti va erishgan muvaffaqiyatlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi singari ko‘p tomonlama institutlar hamda boshqa tashkilotlar doirasida alohida qiziqish bilan ko‘rib chiqilayotgani ham tez-tez kuzatilayotir.
Masalan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalari haqidagi ma’lumotlar muntazam ravishda Bosh Assambleya yig‘ilishlarining rasmiy hujjati sifatida qabul qilinmoqda. Mazkur hujjatlarda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari ta’minlanishi, aholi farovonligining oshishi, sud-huquq tizimi islohotlari, ta’lim va sog‘liqni saqlash, ekologiya, yoshlar siyosati, oziq-ovqat xavfsizligi, fuqarolik jamiyati hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining shakllanishi va mustahkamlanishi singari sohalarda erishilayotgan natijalarning mazmun-mohiyati o‘z ifodasini topmoqda.
O‘zbekistonning davlat va jamiyatni modernizatsiyalash bo‘yicha e’tiborga molik tajribasi BMT tizimiga kiradigan xalqaro institutlarda ham alohida qiziqish uyg‘otayapti. Ular orasida Jenevadagi BMT bo‘limi, Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ), BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeEK), Savdo va rivojlanish bo‘yicha BMT konferensiyasi (YuNKTAD), Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (VOIS), Xalqaro Mehnat tashkiloti (MOT), Butunjahon Savdo tashkiloti (VTO), BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YuNEP), OITS bilan kurashish bo‘yicha BMT dasturi, Parlamentlararo ittifoq hamda boshqa tashkilotlar mavjud.
2015 yil boshidan buyon O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishi, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha mamlakatimiz tajribasi, 2014 yilda O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvorliklari haqidagi axborot materiallari BMT Bosh Assambleyasi 69-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida tarqatildi.
Shuningdek, mazkur axborot materiallari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 57 ishtirokchi mamlakati, ushbu tashkilotning 11 hamkor davlati, YeXHT institutlari hamda dala missiyalari va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi hamda MDHga a’zo mamlakatlar o‘rtasida ham tarqatildi.
Yuqoridagilardan tashqari, BMTning Nyu-York va Jeneva shaharlaridagi, YeXHTning Venadagi, MDHning Minskdagi qarorgohlarida o‘tkazilayotgan turli tadbirlar — brifing, taqdimot marosimlari va uchrashuvlar chog‘ida ham yurtimizda kechayotgan o‘zgarishlarga nisbatan xalqaro hamjamiyatning e’tibori va qiziqishi tobora o‘sib borayotgani namoyon bo‘lmoqda. Mamlakatimizda inson huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlash, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda liberallashtirish jarayonlari xususidagi o‘zgarishlar yuzasidan nufuzli davlatlararo tuzilmalarning rahbarlari va vakillari tomonidan bildirilgan ko‘pdan-ko‘p fikr-mulohazalar ham bu fikrni tasdiqlaydi.
“O‘zbekiston xalqaro jarayonlarga tobora faolroq kirib bormoqda, global va mintaqaviy kun tartibini shakllantirishda dadil qatnashib, o‘z salohiyatidan jahon hamjamiyatining ko‘p tomonlama tuzilmasi doirasida maqsadli foydalanishga kirishdi. Shunday yondashuv tufayli O‘zbekistonning obro‘si va nufuzi ortib bormoqda”.
Ushbu iqtibos “Political Events” haftalik tahliliy jurnali bosh muharriri Muhammad Ismoil Xonga tegishli bo‘lib, O‘zbekiston rahbarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi yuzasidan aytilgan va mamlakatimizning keyingi to‘rt yil ichida jahon hamjamiyatida egallagan mavqeini ro‘yirost ko‘rsatib turibdi. Hindistonlik hamkasbimizning so‘zlaridan anglashiladiki, bugun turli davlatlar rahbarlari hamda ekspertlar jamiyatining diqqat-e’tibori Prezident Shavkat Mirziyoyevning puxta o‘ylangan tashqi siyosati, asosli tashabbuslari va izchil islohotlari tufayli bizning mamlakatimizga qaratilgan.
Shu davrgacha BMT bosh minbarida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning barcha chiqishlari:
1. 1993 yilda o‘tgan BMT Bosh assambleyasining 48-sessiyasi
Ilk bor birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1993 yil Nyu-Yorkdagi Bosh qarorgohda nutq so‘zlagandi. Unda mamlakat Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli hududga aylantirish taklifini ilgari surgan. Buning amaliy natijasi o‘laroq, 2009 yil 20 martda "Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish to‘g‘risida"gi shartnoma kuchga kirdi. Aynan ushbu tashabbus keyinchalik Monterey xalqaro tadqiqotlar instituti huzuridagi yadro quroli tarqalishining oldini olish masalalarini o‘rganish markazi eksperti Tijey Bouz tomonidan alohida ta’kidlanib, o‘z vaqtida bildirilgan oqilona tashabbus, deya baholangan.
2. 1995 yilda BMT tashkil etilganiga 50 yil to‘lgani munosabati o‘tgan sessiya
1995 yilning oktyabr oyida tashkil etilgan mazkur yirik tadbirda Islom Karimov ishtirok etgan va nutq so‘zlagan. Ana shunda mamlakat sobiq rahbari qo‘shni Afg‘oniston muammosiga konstruktiv yondashish kerakligini ta’kidlab, o‘z fikrlarini bildirgandi.
3. 2000 yilda BMT Bosh Assambleyasining “Ming yillik sammiti”da
Yangi mingyillikning ilk davrida tashkil etilgan maxsus yig‘ilishda Islom Karimov xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bog‘liq muammolarni hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi. Ushbu nutq ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi, oradan biroz muddat o‘tib, ya’ni 11 sentyabr voqealari yuz berganidan so‘ng, O‘zbekiston vakilining so‘zlarida achchiq haqiqat borligi ayon bo‘ldi.
4. 2010 yilda BMT Bosh assambleyasining Ming yillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisida Davlat rahbari mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni hamda izchil taraqqiyotni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari ustuvor vazifalardan ekanini alohida ta’kidladi. BMTning mazkur anjumanidan so‘ng mamlakatimizda 2011-2015 yillarda Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksi tasdiqlandi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi.
Ularni amalga oshirish doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari muntazam o‘tkazilmoqda. Xususan, ikkinchi shunday uchrashuv o‘tgan yili noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.
2018 yil mart oyida poytaxtimizda Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli tashkil etildi, uning yakunida afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini boshlash bo‘yicha o‘ziga xos “yo‘l xaritasi”ga aylangan deklaratsiya qabul qilingan edi.
O‘sha yilning dekabr oyida esa BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi. Bugungi kunda BMTning Yoshlar huquqlari bo‘yicha konvensiyasi loyihasini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu konvensiyaning dolzarbligi joriy yil avgust oyida o‘tgan “Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari” Samarqand forumining xalqaro ishtirokchilari tomonidan yana bir bor qayd etildi.
Ikki yil avval tashkil etilgan Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik asosidagi Trast fondi amaliy faoliyat ko‘rsatmoqda.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan barcha tashabbuslar jahon hamjamiyati tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 23 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida Vatanimiz tarixida birinchi marta o‘zbek tilida nutq so‘zladi.
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasi sessiyasi tarixda birinchi marta butunlay yangi formatda — koronavirus pandemiyasi tufayli onlayn muloqot rejimida bo‘lib o‘tayotganliini qayd etdi. «Bunday global falokat sayyoramizda so‘nggi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko‘rsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o‘zaro bog‘liq ekanini, o‘rtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o‘ta muhimligini isbotladi», — dedi u. «Shu yo‘lda barchamiz hukumatlar, umumiy mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda rivojlantirish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik. Maqsadimiz — har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini ta’minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir», — deya ta’kidladi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev BMT shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etdi. Ushbu hujjatda har bir davlatning o‘z fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi lozim. Shuningdek, Prezident tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrishning inqirozli vaziyatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan sammitni o‘tkazish bo‘yicha taklifini ma’qullashini ta’kidladi. Ushbu sessiyada Pandemiya davrida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Yoshlar siyosati, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik, «Afg‘oniston — Markaziy Osiyoning ajralmas qismi», Global iqlim o‘zgarishi va Orol muammosi, Jahonda qashshoqlikka qarshi kurashish kabi bir qator muhim masalalar ham Yurtboshimiz tomonidan ta’kidlangan edi.

Yüklə 91,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin