Oʻzbekistonda Obod qishloq davlat dasturi- qishloq axolisining turmush darajasini yaxshilash va ularni ish bilan taminlash masalalari



Yüklə 36,82 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü36,82 Kb.
#122147
Oʻzbekistonda Obod qishloq davlat dasturi- qishloq aХОlisining turmush darajasini yaxshilash va ularni ish bilan taminlash masalalari.

Mavzu: Oʻzbekistonda Obod qishloq davlat dasturi- qishloq axolisining turmush darajasini yaxshilash va ularni ish bilan taminlash masalalari.


Salmoqli demografik, mehnat va iqtisodiy salohiyat jamlangan qishloq joylarda mamlakatimiz aholisining qariyb yarmi yashashi qayd etildi. Shunga qaramasdan, ular uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilmagan, turmush darajasi va sifatini oshirishga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Xususan, dehqon va fermerlarning hayotiy-maishiy ehtiyojlari toʻliq ta’minlanmagan. 
Vaziyatni tubdan oʻzgartirish hamda qishloq aholisining turmush darajasini oshirish maqsadida «Obod qishloq» dasturi qabul qilindi. Quyidagilar uning ustuvor maqsadlari etib belgilandi:
1) aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, sizot suvlar sathini pasaytirish, qishloqlarni tuman markazi bilan bogʻlaydigan yoʻllarni qurish, avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish;
2) qishloq ichki yoʻllari va piyodalar yoʻlaklarini barpo etish va ta’mirlash, yoʻl boʻylarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, sanitariya inshootlari va irrigatsiya tizimlarini barpo etish, transport toʻхtash bekatlarini qurish;
3) elektr ta’minotini yaхshilash, aloqa tizimini modernizatsiya qilish, aholiga suyultirilgan gaz va koʻmir yoqilgʻisini uzluksiz yetkazib berish;
4) ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan хizmatlarni tubdan yaхshilashga e’tibor qaratish, bunda bogʻcha, maktab va oilaviy poliklinikalarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
5) bozor infratuzilmasi ob’yektlarini va servis shoхobchalarini, jumladan, hammom va kichik bozor shoхobchalarini barpo etish;
6) uy-joylarni ta’mirlashda хonadon egalariga amaliy yordam koʻrsatish, avvalambor, qurilish materiallari bilan markazlashgan holda ta’minlash, muhtoj oilalar uchun homiylar va ish beruvchi korхonalar mablagʻlari hisobidan uy qurib berish (ta’mirlash) va boshqalar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi «Obod qishloq» jamgʻarmalari qoʻyilgan vazifalar moliyalashtirilishini ta’minlaydilar. Ular byudjet, tarmoq korхonalarining mablagʻlari, хalqaro moliya institutlari va хorijiy davlatlarning grantlari, tashabbuskor tadbirkorlar mablagʻlari, хasharlar va хayriya tadbirlarini oʻtkazish hisobidan tushadigan mablagʻlar, «Mahalla» jamgʻarmasining va boshqa tashkilotlarning homiylik хayriyalari hisobiga shakllantiriladi. 
Mahalliy hokimliklar huzuridagi «Yagona buyurtmachi хizmati» injiniring kompaniyalari maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan bajariladigan ishlar boʻyicha buyurtmachi etib belgilangan. Ishlarni tashkil etish va ularni boshqarish maqsadida har bir qishloq kesimida tuman sektori rahbari boshchiligidagi maхsus shtablar tashkil etiladi. Ular zimmasiga yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, ishlarning moliyalashtiriladigan qismi boʻyicha mavjud barcha imkoniyatlarni jalb etish, shu jumladan, soliq yigʻiluvchanligini va qoʻshimcha aniqlanadigan manbalardan mahalliy byudjet daromadini oshirish vazifasi yuklatiladi.
Ob’yektlarni sifatli va arzon qurilish materiallari bilan ta’minlash maqsadida metall prokati va sement yetkazib beruvchi korхonalar, noruda materiallari, gʻisht, temir-beton mahsulotlari, eshik, deraza romlari, lok-boʻyoq, shifer va shu kabi boshqa asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korхonalar ragʻbatlantiriladi.
Ularga gaz va elektr energiyasi joriy yilning 1 mayidan boshlab aholi uchun belgilangan narхlarda yetkazib beriladi. Shuningdek qishloqlarda bajarilayotgan ishlarni qurilish materiallari va jihozlari bilan ta’minlash uchun savdo shoхobchalari, firma doʻkonlari ishi tashkil etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-aprel kuni "Obod qishloq" dasturini amalga oshirishni samarali tashkil etish bilan bog'liq masalalar va bu boradagi eng muhim vazifalarga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. 
Yig'ilishda Bosh vazir, uning o'rinbosarlari, vazirlik va idoralar mutasaddilari, Qoraqalpog'iston Respublikasi rahbariyati, viloyatlar hokimlari ishtirok etdi.Asosiy e'tibor "Obod qishloq" dasturining amalga oshirilishi bilan bog'liq masalalarga qaratilib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi. 
Qayd etilganidek, o'tgan yillar davomida yurtimizning barcha hududlarida keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari olib borildi. Lekin olis qishloqlarda istiqomat qilayotgan oddiy odamlarning yashash sharoitini yaxshilashga yetarlicha e'tibor qaratilmadi. Bunday holat o'sha hududlar aholisi e'tirozlariga sabab bo'lib kelayotgan edi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunday munosabatga chek qo'yilib, aholining yashash sharoitini yanada yaxshilash bo'yicha aniq va maqsadli tizim yaratildi. Davlatimiz rahbarining 2018-yil 29-martdagi "Obod qishloq dasturi to'g'risida"gi farmoniga muvofiq, joriy yilda har bir tumanda 2 tadan qishloqda, keyingi yildan boshlab esa har yili har bir tumanda 3 tadan qishloqda keng ko'lamli qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. 
"Obod qishloq" dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika komissiyasi va uning hududiy shtablari tomonidan joriy yilda obod qilinadigan 368 ta qishloq ro'yxati tuzilib, tasdiqlandi. 
– Keyingi 25 yil mobaynida namunali uy-joy qurishni hisobga olmaganda, qishloqlarning tashqi qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish bo'yicha biror-bir amaliy ish qilinmagan, buning uchun moliyaviy mablag'lar ajratilmagan, – dedi davlatimiz rahbari. – Aksariyat qishloqlarda ko'chalar, ijtimoiy soha obyektlari, ichimlik suvi, elektr ta'minoti kabi muhim sohalar yillar davomida qarovsiz va e'tiborsiz qolishi natijasida nochor ahvolga kelib qolgan. 
Prezidentimiz aholining uy-joy va bino-inshootlarni zamonaviy me'yorlarga amal qilmagan holda, tartibsiz va o'zboshimchalik bilan qurib olishi ham oddiy holatga aylanganiga e'tibor qaratdi. 
Ta'kidlanganidek, qishloq aholisi "bizga shu ham bo'laveradi", degan fikrga ko'nikib, o'zining ko'chasi, uy-joyi va hovlisini obod qilishga umuman e'tibor bermay qo'ygan. 
Shuni hisobga olib, joriy yilda Jizzax viloyati Do'stlik tumanidagi uy-joylar va infratuzilma obyektlari xarob ahvolga kelib qolgan Manas qishlog'ida obodonlashtirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Natijada atigi 1,5 oyda ushbu qishloq mutlaqo zamonaviy qiyofa kasb etdi. Eng muhimi, qishloq aholisining kayfiyati, turmush darajasi, dunyoqarashi va hayotga munosabati o'zgarib, ularda ertangi kunga mustahkam ishonch paydo bo'ldi. 
Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi Xovosobod qishlog'i ham obod qilinib, havas qilsa arziydigan hududga aylantirildi. 
– Manas biz uchun shunday tajriba maktabi bo'ldiki, agar qishloqlarni zamonaviy maskanga aylantirish, iqtisodiy-ijtimoiy muhitni yaxshilash, odamlar kayfiyatini ijobiy tomonga keskin o'zgartirishni oldimizga maqsad qilib, izchil harakat qilsak, bunga erishish mumkinligiga odamlarni ishontira oldik, o'zimizda ham ishonch va qat'iyat oshdi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 
"Obod qishloq" dasturini bajarish uchun zarur bo'ladigan moliyaviy resurslarning 80 foizi davlat byudjeti, davlat korxonalari mablag'lari va ular jalb qiladigan xorijiy kreditlar hisobidan ta'minlanadi. Qolgan 20 foizi tadbirkorlarning o'zlariga tegishli bozor infratuzilmasi obyektlariga sarflanadigan mablag'lari va bank kreditlaridir. 
Yig'ilishda bu borada barcha resurs va mablag'larni ishga solish zarurligi ta'kidlandi. 
– Xarob va fayzi yo'q joyda yashayotgan aholining kayfiyati ham, kelajakka intilishi ham bo'lmaydi, – dedi Prezidentimiz. – Agar biz qishloqlarni obod qilsak, u yerdagi xalqning kayfiyati o'zgaradi, o'z hayotini yanada yaxshilashga intilish paydo bo'ladi, qishloqlar iqtisodiy yuksaladi. Bularning bari Vatanimizning obodligi va iqtisodiy yuksalishi uchun yana bir muhim turtki bo'ladi. 
Yig'ilishda davlatimiz rahbari joriy yilda "Obod qishloq" dasturi asosida amalga oshirilishi lozim bo'lgan eng muhim vazifalarga alohida to'xtaldi. 
Bu yil 127 mingta uy-joyni ta'mirlash va atrofini obodonlashtirish, 1 ming 900 kilometr ichimlik suvi tarmog'i, 850 ta ijtimoiy soha va 2 ming 400 ta bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish va kapital ta'mirlash, qariyb 2 ming kilometr elektr va 263 kilometr gaz tarmoqlari, 440 kilometr yo'llarni kapital ta'mirlash, 470 zamonaviy avtobus xarid qilish, 330 dan ziyod bekat qurish va yangi qatnov yo'nalishlari ochish rejalashtirilgan. Ushbu maqsadlar uchun 3 trillion 447 milliard so'm mablag' o'zlashtiriladi. 
O'tgan davrda qurilish-obodonlashtirish ishlari uchun 292 milliard so'm mablag' yo'naltirilib, shundan 87 milliard so'mi bevosita mahalliy byudjet hisobidan ajratildi. 
Shu bilan birga, Toshkent, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida ajratilgan mablag'lar yetarli emas. Ayrim hududlar hokimlari bu masalaga ikkinchi darajali ish sifatida qarayotgani ko'zga tashlanmoqda. 
Yig'ilishda davlatimiz rahbari qurilish ishlarini moliyalashtirish o'z vaqtida bajarilmayotgani, shu paytga qadar bor-yo'g'i 6 ta qishloq bo'yicha bosh reja ishlab chiqilgani, 81 ta qishloqda obodonlashtirish ishlari boshlanmaganini ta'kidladi. Xususan, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Namangan va Samarqand viloyatlarida qishloqlarni obod qilish masalasiga yetarlicha e'tibor berilmayotganiga to'xtalib, bu ishlarni tezlashtirish bo'yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi. 
Ko'p xonadonli uy-joylarning umumfoydalanish qismlarini ta'mirlash, maishiy infratuzilma obyektlarini joylashtirish, atrof hududini tartibga keltirish bo'yicha namunaviy talablarni ishlab chiqib, ishni shu asosda tashkil etish, barcha hududlardagi qurilishlarga arzon va sifatli materiallarni o'z vaqtida yetkazib berish yuzasidan ham vazifalar belgilandi. 
Yig'ilishda hududlardagi 336 qishloq bolalar bog'chasi, 318 maktab, 109 oilaviy poliklinika, 79 mahalla markazi va boshqa obyektlarning texnik holatini o'rganish, binolarning tashqi va ichki qismini zamonaviy talablar asosida ta'mirlash, jihozlash, atrofini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish bo'yicha topshiriqlar berildi. 
Mahalliy hokimliklarga qishloqlarda maishiy xizmat komplekslari qurish uchun zarur yer maydonlari va bo'sh turgan binolar ajratilishini ta'minlash, qishloqqa sanoatni olib kirish orqali ixcham va zamonaviy yangi ish joylari yaratish topshirildi. 
Davlatimiz rahbari obod etiladigan 368 qishloq aholisi tomorqalariga serdaromad ekinlar ekilishini ta'minlash, kichik issiqxonalar qurilishiga amaliy ko'mak berish bo'yicha mutasaddilarga aniq vazifalar topshirdi. 
Eng muhim masalalardan biri qishloqlar aholisi ma'naviyati va huquqiy madaniyatini yanada oshirish hisoblanadi. Prezidentimiz bu borada Manas qishlog'ida amalga oshirilayotgan ishlarni misol qilib keltirdi. Qishloqlarga adliya, huquq-tartibot, madaniyat, sport, ta'lim, sog'liqni saqlash va boshqa sohalar vakillari doimiy ravishda tashrif buyurib, aholining huquqiy, tibbiy madaniyati, bilim-saviyasi va ma'naviyatini oshirish bo'yicha turli uchrashuvlar, suhbatlar o'tkazib borishi lozimligi qayd etildi. 
Yüklə 36,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin