SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 192
HAKIM NAZIR IJODI, UNING ASARLARIDAGI TARBIYAVIY
JIHATLARNING YORITILISHI
Diyorbek Ro'zmamat o'g'li Turg'unpo'latov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi
ANNNOTATSIYA
Maqolada O'zbek bolalar adabiyotining taniqli vakili Hakim Nazir ijodi chuqur
o'rganiladi. Hikoyalaridagi o'ziga xos xarakterdagi qahramonlar xususida fikr yuritiladi.
Milliy-ma'naviy qadriyatlar ulug'lanishiga urg'u beriladi.
Kalit so'zlar: oqibat, bolalar adabiyoti, qissa, milliy-ma'naviy qadriyatlar, laureat,
epizod, obraz, tarbiyaviy ruh, o'zbekona urf-odatlar.
REVIEW OF KHAKIM NAZIR'S WORK, EDUCATIONAL ASPECTS IN HIS
WORKS
Diyorbek Ruzmamat ugli Turgunpulatov
Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
ABSTRACT
The article examines the work of Hakim Nazir, a well-known representative of
Uzbek children's literature. The characters in the stories are thought of as having a
unique character. Emphasis is placed on the glorification of national and spiritual
values.
Keywords: consequence, children's literature, short stories, national and spiritual
values, laureate, episode, image, educational spirit, Uzbek traditions.
KIRISH
O'zbek bolalar adabiyoti har bir yozuvchi ijodida har xil talqin etildi. Kimdir
nazmda, kimdir narsda ... Ijodkorlar asarlari bolalarcha tuyg'ular bilan yozilganligi, sof,
samimiy xislarni yoritib bergani bilan boshqa adabiy turlardan ajralib turadi. Shunday
samimiy tuyg'ularni baralla kuylagan ijodkorlardan yana biri O'zbek bolalar
adabiyotining taniqli vakili, O'zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazirdir. Butun boshli
roman o'qib tushuniladigan mazmunni u o'zining qisqa hikoyalariga singdirgan. Bu esa
o'zi navbatida, yozuvchining "qalami o'tkirligi"dan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |