O‘zbekistonning eng yangi tarixi


-mavzu: O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining



Yüklə 5,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/71
tarix20.11.2023
ölçüsü5,56 Kb.
#161992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
O\'zb eng yangi tar. majmua 2022 (3)

5-mavzu: O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining 
shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar 
Reja: 
1.
Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi 
prinsipi.
2.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati.
3.
O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud 
tizimidagi o‘zgarishlar.
4.
O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda 
iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki.
 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari. O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat 
barpo etish jarayonida ko‘plab vazifalar belgilangan edi. Eng muhim vazifalardan biri 
respublikada davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining yangi sharoitlarga mos keladigan tizimini yaratish edi. Hozirgi amalda 
bo‘lgan mahalliy vakillik organlari xalq deputatlari Sovetlari negizida tashkil 
qilingan. Biroq bular oldingi tizimdan demokratik mohiyati bilan tubdan farq qiladi. 
1992-yil 4-yanvarda “O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat 
idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonun 
mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi – vakillik va ijro 
organlari tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi joriy etildi. 
1992-yilda ilk bor Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 163 ta qishloq tumani va 18 
ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, 
ularning apparati — hokimiyatlar tuzildi. 


27 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi “Mahalliy davlat 
hokimiyati asoslari” deb nomlanib, unda mahalliy davlat hokimiyati organlarining 
tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi mustahkamlandi. Konstitutsiyaga ko‘ra, avvalgi 
mahalliy vakillik organlarining nomi Kengashlar deb o‘zgartirildi. Ularning samarali 
ishlashini ta’minlash uchun viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari 
vujudga keltirildi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinguncha mahalliy vakillik 
organlarining uch bo‘g‘inli tizimi mavjud bo‘lib hisoblanadi, ular: 
1) viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari (Sovetlari) 
– yuqori bo‘g‘in; 
2) tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari – o‘rta bo‘g‘in; 
3) qishloq, posyolka, ovul xalq deputatlari Kengashlari – quyi bo‘g‘in. 
Konstitutsiya 
mahalliy 
vakillik 
organlarining 
ikki 
bo‘g‘inli tizimini 
mustahkamladi, ya’ni quyi bo‘g‘in olib tashlandi. Ular o‘rniga fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari tuziladigan bo‘ldi. SHunday qilib, O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati, hokimiyat 
organlari ikki mustaqil organlarga – vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo‘lindi. 
Mahalliy vakillik organlariga – xalq deputatlari Kengashlari kiradi. Ular o‘z 
faoliyatini jamoaviy (kollegial) asosda olib boradi. Xalq deputatlari Kengashlari 
ishining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli sessiya hisoblanadi. “Xalq deputatlari 
viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, vakillik 
organlariga 21 yoshga to‘lgan fuqarolar saylanadi. Xalq deputatlari viloyat va 
Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan ko‘p bo‘lmagan, tuman va shahar 
Kengashlariga esa 30 tadan ko‘p bo‘lmagan deputatlar 5 yil muddatga saylanadi. 
Ijroiya hokimiyatiga – hokim va uning ijroiya apparati kiradi. Hokim tegishli 
hududda 
oliy 
mansabdor 
shaxs 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 101-moddasiga ko‘ra hokimlarning vakolat muddati – 5 yil. 
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Tuman va 
shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va 
lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan 
tasdiqlanadi. SHaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi 
tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar 
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlarga bo‘ysunadigan shaharlarning 
hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda 
xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Vakillik organlari 
tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda 
ham hokimiyatlar ta’sis etildi, ularning apparati – hokimiyat tashkil etildi. Viloyat 
hokimlari va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Prezidentining shu joylardagi 
vakili hisoblanadi. 


28 
Mahalliy davlat hokimiyat organlari sud hokimiyati organlari, prokuratura, ichki 
ishlar organlari, adliya singari huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro 
hamkorlikda ish olib boradi. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil 
taraqqiyot yo‘liga kirgach, O‘zbekistonga xos va mos fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari vujudga keldi. Xususan, hozirda deyarli jahonning barcha 
mamlakatlarida bu institut mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish deb atalsa, O‘zbekistonda 
esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi deb ataladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingach, fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish tizimining huquqiy zamini mustahkamlandi. Konstitutsiyaning 
105-moddasiga ko‘ra, “SHaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi 
mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning 
maslahatchilarini saylaydi”. 1999-yil «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
to‘g‘risida», 2004-yilda esa “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning 
maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul 
qilindi. 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mahalla institutini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. SHunday qilib, 
fuqarolar yig‘ini ma’lum muddatda to‘planib ish yuritadigan o‘zini o‘zi boshqarish 
vositasi bo‘lsa, rais, uning maslahatchilari doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilmadir. 
Prezidentning 2017-yildagi farmoni asosida fuqarolar yig‘inlarining uyushmasi 
sifatida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish 
bo‘yicha Respublika kengashi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent 
shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga tegishincha Respublika kengashi, hududiy 
kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilishi belgilandi. Respublika kengashida 
tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari, shuningdek, 
Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-ma’rifiy 
masalalar, keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari lavozimlari joriy 
etildi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat 
yuritadigan fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha 
maslahatchi lavozimi joriy etildi. 
Saylov tizimi. O‘zbekistonda demokratik jamiyatga xos saylov tizimi barpo 
etilishida xalqaro huquq andozalari va talablariga, ilg‘or chet el tajribasiga mos 
saylov qonunchiligi yaratilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Dastlab saylov tizimini 
yo‘lga qo‘yish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida” va 
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida” (1991-yil 18-noyabr) 
qonun qabul qilindi. XX asr 90-yillarining boshida saylovlar, saylov o‘tkazish 
tartiblari to‘g‘risida bir qator qonunlar qabul qilindi. Jumladan, “O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va 
shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar saylov huquqlarining 


29 
kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir. Saylovlar Markaziy saylov 
komissiyasi tomonidan tashkil etiladi, komissiya 1998-yildan e’tiboran mustaqil 
muvaqqat organ sifatida faoliyat boshlagan bo‘lsa, 2014-yildan esa doimiy organ 
sifatida tashkil etildi. Markaziy saylov komissiyasi va uning a’zolari o‘z faoliyatini 
har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil 
holda amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarda 18 yoshga to‘lgan 
fuqarolarning saylash huquqiga ega ekanligi, O‘zbekiston Prezidenti saylovi, Oliy 
Majlis saylovi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi 
umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li 
bilan o‘tkazilishi mustahkamlab qo‘yilgan. Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega. 
35 yoshdan kam bo‘lmagan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga 
to‘lganlar Oliy Majlisga, 21 yoshga to‘lganlar viloyat, tuman va shahar 
Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga binoan mamlakat Prezidenti saylovi, Oliy Majlisning Qonunchilik 
palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, 
tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishlicha ularning 
konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi 3-o‘n kunligining 1-
yakshanbasida o‘tkaziladi. 
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining yuzaga kelishi. Ko‘ppartiyaviylik – 
jamiyat hayotida ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat yuritishidir. Bu holat 
demokratik yo‘lga kirgan davlat va jamiyatlarga xos hisoblanib, jamiyat taraqqiyoti 
fikrlar xilma-xilligiga asoslanadi. Jamiyatda siyosiy partiyalarning erkin faoliyat 
ko‘rsatishi demokratik huquqiy davlat barpo etishning asosiy garovidir.
Hozirgi davr jahondagi demokratiyaning asosiy mezonlaridan biri saylovlarning 
ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishidir. Mustaqillik davrida tashkil topgan ilk 
siyosiy partiya bu – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidir. Partiyaga 1991-
yilning noyabrida asos solindi. Uning maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi 
qatlami manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Mazkur partiya tashkil etilganidan 
hozirgi kunga qadar besh marotaba Prezident saylovlarida hamda parlament 
saylovlarida ishtirok etib, parlamentda o‘z fraksiyasini tashkil etishga erishdi.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylikning rivojlanish tarixida o‘z o‘rniga ega 
Yüklə 5,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin