O‘zbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 92,79 Kb.
səhifə2/4
tarix27.02.2022
ölçüsü92,79 Kb.
#53181
1   2   3   4
O‘zbekistonning eng yangi tarixi

SH.M.Mirziyoev
Mustaqillik yillari mohiyatan yurtimiz tarixida sharafli va o‘ta mas’uliyatli davrni tashkil etadi. Ayniqsa so‘nggi ikki-uch yil davomida har birimizning hayotimizda, mamlakat taqdirida muhim va katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘zligimizni anglab, yurtimizni va shaxsiy hayotimizda sodir bo‘layotgan yangilanish jarayonlarini haqqoniy tahlil etmoqdamiz.

Tabiiyki, bunday ulkan o‘zgarishlar jarayoni barcha fanlar qatori tarix fani oldiga ham bir qator vazifalarni qo‘yadi. Bugungi kunda tarixchi mutaxassislar mustaqillikni mustahkamlashning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy omillarini o‘rganish va uni tahlil qilish kabi bir qator vazifalarni amalga oshirmoqlari lozim.



Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kengash ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir.

Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o‘rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‘rni va rolini ko‘rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan vazifalarni bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘l orqali ro‘yobga chiqarish lozim. Birinchi yo‘l – yangi avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo‘l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ‘ib etish va o‘qitish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur. Milliy o‘zligimizni anglash uchun Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini jonlantirish, gumanitar soha olimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim” deb ta’kidlagan edi. Davlatimiz rahbarining ushbu so‘zlarida o‘tmishga berilgan baho, albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan holi bo‘lishi, xalqimizning boy tarixi, erishgan yutuqlarini bo‘rttirish yoki kamsitishga hech kimning haqqi yo‘qligi haqida yosh avlod qalbiga singdirish vazifasi belgilab berildi.

Mustaqillik davri tarixini o‘rganish insonda milliy g‘oyaning shakllanishida, siyosiy tafakkurning rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu davrda O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish jarayonlarini va uning bosqichlarini o‘rganib chiqish undan to‘g‘ri saboq chiqarishga xizmat qiladi.

So‘nggi yillarda sodir bo‘lgan voqealar rivoji va mustaqillik davri yaxlit tarixini o‘rganish ehtiyojidan kelib chiqdi:

O’zbek xalqining ezgu orzusi ro’yobga chiqib, o’z mustaqilligini qo’lga kiritdi. Mustaqillik tufayli uning boy madaniy o’tmishidan saboq olish, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” chuqurroq va izchil tadqiq etish va qimmatli xulosalar chiqarish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Birinchi prezident I.A.Karimovning “...tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, O’z tarixini bilmagan kishining kelajagi ham bo’lmaydi”, - deganlari ayni haqiqatdir.Oliy o’quv yurtini bitiruvchi bakalavr bilishi kerak bo’lgan umumiy bilim doirasi “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:

Birinchidan, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”o’qish va o’rganish jarayonida yoshlarda tarixiy bilimlar, ilmiy-nazariy tushunchalar va tasavvurlar shakllanmog’i lozim. Chunki tarixiy voqea va hodisalarni bilmasdan, ular haqida tushuncha va tasavvurga ega bo’lmasdan turib g’oyaviy-siyosiy dunyoqarash haqida gap yuritish mumkin emas;

Ikkinchidan, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”yoritish, o’qitish vao’rganish jarayonida chuqur ilmiylik, xolislik, tarixiy haqiqatning ustivorligi asosiy va bosh yo’nalish bo’lishi lozim;

Uchinchidan, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”ng har- bir satri, har bir varag’i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug’orilgan bo’lishi va milliy g’oya va milliy mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi darkor;

To’rtinchidan, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”ng boshidan oxiriga qadar singib ketgan asosiy g’oya - otashin vatanparvarlik, baynalminalchilik, insonparvarlik kabi ulug’ fazilatlarga qaratilmog’i kerak.

Beshinchidan, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”fani mustaqil respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy qadriyatlarining yanada mustahkamlanishi va ravnaq topishiga xizmat qilishi, davr va zamon bilan ham nafas bo’lmog’i ayni muddaodir.
Tarixiy voqealarnio’rganishda qanday ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Sovetlar davrida uni o’qitish ishlari marksistik metodologiyaga bo’ysundirildi.Har qanday voqeani yoritishga komfirqa mafkuraviyligi, partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondoshildi. Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insonlarning diniy e`tiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar quvg’in ostiga olindi. Buyuk olimlar, allomalar, ma`rifatparvar shoiru-ulamolar, yozuvchilar ikkiga - materialistlar va idealistlarga bo’lindi. Ulardan u yoki bu dinga e`tiqod qilganlari idealist deb ataldi, ta`qib etildi, ularning faoliyatini o’rganish ta`qiqlandi, o’zlari tahqirlandi, asarlari xalqdan yashirildi, yo’qotib yuborildi.Oqibatda ko’pgina tarixiy voqea-hodisalar soxtalashtirildi, o’tmish qoralandi, ma`naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi.Yosh avlodga ularni jirkanch illat, xurofot, eskilik sarqitlari deb o’rgatildi. Ma`lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O’zbekistonning yangi tarixini yaratish markazini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni, 1996 yilning 16 dekabrida esa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekistonning yangi tarixi”ni tayyorlash va nashr etish to’g’risida" qarori e`lon qilindi. Bu qarorda “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” yoritishning ilmiy-metodologik yo’nalishlari ko’rsatib berildi. Bu yo’nalishlar quyidagilardan iborat:

- xalqimiz o’tmishidagi millat taqdiri bilan bog’liq bo’lgan tarixiy jarayonlarni chuqur ilmiy tadqiq etish, xolisona yoritish;

- O’zbekistonning yangi tarixini yozishda tarixiy bosqichlar va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot uzluksiz jarayon ekanligini nazarda tutish, tarixiylik va vorisiylik tamoyillariga amal qilish;

- O’zbekiston xalqining buyuk tarixiy merosga ega ekanligi va umumbashariyat qadriyatlariga munosib hissa qo’shganligini e`tirof etgan holda o’ziga xos davlat qurilishi an`analari va ularga nisbatan fikrlar, qarashlar xilma-xilligini Hisobga olish;

- “O’zbekistonning yangi tarixi”ning har bir qismi va bo’limlarini yozishda biryoqlama, sub`ektiv yondoshuvlarga yo’l qo’ymasdan xolisona tadqiqot usuliga amal qilish;

- “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”ga oid voqea-hodisalarni yoritishda uning ko’hna Turonzamin, Turkiston tarixining tarkibiy qismi bo’lganligini yodda saqlash:

- “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”dunyoning turli mintaqalarida sodir bo’lgan ijtimoiy-tarixiy voqea-hodisalar ham da jahon taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy bog’liq ekanligini va ularning bir-biriga o’zaro ta`sirini Hisobga olish;

- tadqiqot yaratishda eski kommunistik-bolpshevistik mafkura aqidalariga va o’tmishni soxtalashtirishga yo’l qo’ymaslik, tarixiy jarayonlarni xolisona baholash;

- yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida tarbiyalashda tarixiy voqea-hodisalarning aham iyatini e`tiborga olish.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi 1998 yil 27 iyulda e`lon qilingan qarori Respublikamizda tarix fanining qaytadan tiklanishi va rivojlanishida tarixiy voqea bo’ldi.I.A.Karimovning “O’zbekiston - kelajagi buyuk davlat” kitobidagi bir fikrga diqqat qilish joizdir. Hech mubolag’asiz aytish mumkinki, quyidagi so’zlar tarixchi - tadqiqotchilarimiz izlanishlari uchun metodologik asos bo’la oladi: “Biz yangi hayot uchun bel bog’ladik, biroq o’tmishga malomat toshlarini otmadik. Halqimizning o’tmishga tosh otish - gunohi azim, degan asl aqidasini yodda tutdik... O’tmishni taftish qilish yoki uni inkor etish - o’z ildizimizni o’zimiz kesishimiz bilan barobar ekanligini yaxshi angladik...”

“Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni engib bo’lmas ekan, biz Haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur”. Bu vazifalarni bajarish uchun nima qilish kerak. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining vazfalarini Birinchi Prezident lo’nda qilib ko’rsatdilar. “Fanning vazifasi kelajagimizning shakli-sham oyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo’lishini ko’rsatib berishdan iborat deb, tushunaman. Odamlarga mustaqillikning afzalligini, mustaqil bo’lmagan millatning kelajagi yo’qligini, bu tabiiy qonuniyat ekanini isbotlab, tushuntirish berish kerak. Fan jamiyat va taraqqiyotni olg’a siljituvchi kuch, vosita bo’lmog’i lozim”. Tarixni bilish davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi zarur, - deb ko’rsatadi I.Karimov. Tarixni o’rganishning muhim nazariy-metodologik asoslari bor. Bulardan biri dialektik metoddir. Insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyoti dialektik jarayondir.

Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo’ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o’zaro bog’lanishi, uzluksiz Harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo’ladi, deb ta`lim beradi.Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog’liq holda o’rganishni taqozo o’tdi. Negaki, har bir xalq tarixi milliylik, o’ziga xos betakror xususiyatlari bilan jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog’lanishidadir. Darhaqiqat, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa bashariyat tarixi bilan cham barchas bog’langan. Qadim zamonlardan yaqin yillargacha Vatanimiz O’rta Osiyo mintaqasidagi ko’pgina davlatlar: Afg’oniston, Eron, Shimoliy Hindiston kabi mamlkatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo’lib keldi. Bu katta hududda yashovchi urug’, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o’zaro ta`sir va aloqada bo’lganlar, qo’shilish jarayonini boshidan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog’liq o’tgan. Shu sababli “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” qo’shni mamlkatlar tarixi bilan bog’liq holda o’rganish taqozo etiladi.

Tarixiy voqea-hodisalarni o’rganish, tahlil etish va yoritishda xolislik-haqqoniy, adolatli yondoshuv muhim metodologik qoidadir. Xolislik qoidasini tarixiy voqea, hodisalarni o’rganayotganda ular bilan bog’liq bo’lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmui bilan birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishini talab qiladi.

Tarixni o’rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim aham iyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea-hodisalarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o’rganishni taqozo o’tdi. Voqea - hodisalarni o’rganishda tarixiy bog’lanish, tarixiy rivojlanish jarayoniga e`tibor qilmoq zarur. Har bir hodisa qanday tarixiy sharoitda, muhitda bo’lganligini bu hodisa o’z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo’lsak, birinchidan, u qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo’ldi, ikkinchidan u o’z taraqqiyotida qanday bosqinchilarni bosib o’tdi, uchinchidan, u Hali ham mavjudmi?, Hozir qay ahvolda, qanday bo’lib qoldi?, degan savollarga aniq javob berishi zarur bo’ladi.



Tarixiylik metodologiyasi xalqning o’tmishini, hozirgi zamon va kelajagini yagona tabiiy jarayon deb, o’tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo’ldan borayotgan ekan, porloq hayot, turmush qurmoqchi bo’lgan avlod tarix fani orqali o’z o’tmishini yaxshi bilmog’i lozim. O’tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab etsak, hozirgi zamonni, mustaqilligimiz mazmunini shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to’g’ri tasavvur etamiz. Shuningdek, hozirgi zamonni bugungi avlodning bunyodkorlik faoliyatini to’g’ri idrok etish o’tmishni, tariximizni chuqur anglashga ko’maklashadi.


Yüklə 92,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin