O‘zbekistonning mintaqaviy tashkilotlar doirasida ko‘ptomonlama hamkorligi



Yüklə 1,35 Mb.
tarix22.10.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#159592
o zbekistonning mintaqaviy tashkilotlar doirasida ko ptomonlama

O‘zbekistonning mintaqaviy tashkilotlar doirasida ko‘ptomonlama hamkorligi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi


O‘zbekiston tashqi siyosatining diqqat markazida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi mamlakatlar bilan o‘zaro teng manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo‘ldi.

1991-yil 8-dekabrda Belorus, Rossiya va Ukraina rahbarlari Minskda uchrashib Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos soldilar.

1993-yil yanvarda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining navbatdagi Kengashida MDHning Nizomi qabul qilindi.

1996-yilda MDHning bayrog‘i qabul qilindi.


MDHning raisi lavozimi navbat bilan bir davlat rahbaridan keyingi davlat rahbariga o‘tadi.
MDHning bayrog‘i

2004-yil sentabr oyida Qozog‘iston poytaxti Ostonada bo‘lib o‘tgan MDHning sammitida terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha MDHning “Xavfsizlik Kengashi”ni tuzishga qaror qilindi.

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan aloqalar.


O‘zbekiston rahbari Jahon banki, Xalqaro valuta fondi va boshqa nufuzli moliyaviy
muassasalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni va o‘zaro manfaatli
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini ko‘rmoqda.

O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bilan aloqalari.


Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) – submintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, Yevroosiyo hududining 61% ini egallaydi.

2001-yilda Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘ldi.


Unda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etib,
O‘zbekistonning “Shanxay forumi”ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida”gi Bayonotni imzoladi.

ShHTning oliy organlari:


«Davlat boshliqlari Kengashi»;
«Hukumat boshliqlari Kengashi (Bosh vazirlar)»;
«Tashqi ishlar vazirlari Kengashi» (2002-yil birinchi majlisi bo‘lib o‘tgan);
«Milliy muvofi qlashtiruvchilar Kengashi»;
«Vazirlar va (yoki) idoralar rahbarlari Yig‘ilishi»
(2000-yil birinchi uchrashuvi amalga oshirilgan);
2002-yil tuzilgan «Mintaqaviy Antiterror tuzilmasi (МАТТ)»;
2004-yil yanvar oyidan ish boshlagan Kotibiyat va boshqalar.

ShHTga a’zo davlat rahbarlari. 2018-yil

Tashkilotning 2016-yilgi Toshkent sammitida Hindiston va Pokistonning ShHTga aʼzo davlat maqomini olish yoʻlidagi majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandumlar imzolandi.


ShHT xaritasi

2017-yilning iyun oyida tashkilotga aʼzo davlat rahbarlarining Ostonada boʻlgan sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, unda sammit ishtirokchilari eʼtiborini Afgʻonistondagi vaziyatni yaxshilashga qaratdi.

Tartibga ko‘ra, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga raislik Xitoy Xalq Respublikasiga oʻtdi.

Savol va topshiriqlar:

1. MDHning maqsadlari va O‘zbekiston uchun ahamiyatli tomonlarini gapirib bering.

2. Qo‘shimcha adabiyotlar asosida MDH bayrog‘idagi ramzni izohlang.

3. Shanxay Hamkorlik Tashkilotining maqsad va vazifalarini sanang.

4. “ShHT xaritasi” rasmiga qarab, yashil, pushti va siyohrangda berilgan davlatlar nomini ayting. Ranglarning mazmunini izohlang.

5. ShHTda O‘zbekistonning ishtirokini xronologik tartibda izohlang.

6. ShHTdagi organlar va tuzilmalarni sanang. Ularning funksiya va vakolatlari nimalardan iborat?


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin