O‘zbekistonning mintaqaviy tashkilotlar doirasida ko‘ptomonlama hamkorligi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi
O‘zbekiston tashqi siyosatining diqqat markazida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi mamlakatlar bilan o‘zaro teng manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo‘ldi.
1991-yil 8-dekabrda Belorus, Rossiya va Ukraina rahbarlari Minskda uchrashib Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos soldilar.
1993-yil yanvarda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining navbatdagi Kengashida MDHning Nizomi qabul qilindi.
1996-yilda MDHning bayrog‘i qabul qilindi.
MDHning raisi lavozimi navbat bilan bir davlat rahbaridan keyingi davlat rahbariga o‘tadi. MDHning bayrog‘i
2004-yil sentabr oyida Qozog‘iston poytaxti Ostonada bo‘lib o‘tgan MDHning sammitida terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha MDHning “Xavfsizlik Kengashi”ni tuzishga qaror qilindi.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) – submintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, Yevroosiyo hududining 61% ini egallaydi.
2001-yilda Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘ldi.
Unda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etib, O‘zbekistonning “Shanxay forumi”ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida”gi Bayonotni imzoladi.
ShHTning oliy organlari:
«Davlat boshliqlari Kengashi»; «Hukumat boshliqlari Kengashi (Bosh vazirlar)»; «Tashqi ishlar vazirlari Kengashi» (2002-yil birinchi majlisi bo‘lib o‘tgan); «Milliy muvofi qlashtiruvchilar Kengashi»; «Vazirlar va (yoki) idoralar rahbarlari Yig‘ilishi» (2000-yil birinchi uchrashuvi amalga oshirilgan); 2002-yil tuzilgan «Mintaqaviy Antiterror tuzilmasi (МАТТ)»; 2004-yil yanvar oyidan ish boshlagan Kotibiyat va boshqalar.
ShHTga a’zo davlat rahbarlari. 2018-yil
Tashkilotning 2016-yilgi Toshkent sammitida Hindiston va Pokistonning ShHTga aʼzo davlat maqomini olish yoʻlidagi majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandumlar imzolandi.
2017-yilning iyun oyida tashkilotga aʼzo davlat rahbarlarining Ostonada boʻlgan sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, unda sammit ishtirokchilari eʼtiborini Afgʻonistondagi vaziyatni yaxshilashga qaratdi.
Tartibga ko‘ra, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga raislik Xitoy Xalq Respublikasiga oʻtdi.