O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li



Yüklə 65,89 Kb.
səhifə4/5
tarix21.12.2023
ölçüsü65,89 Kb.
#188612
1   2   3   4   5
y

Birinchi bosqich 1992-1993 yillari amalga oshirildi. Bu davrda asosan maishiy xizmat, savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, qayta ishlash korxonalari mulk shakli o'zgartirilib, mulkning ijara, jamoa, aksiadorlik shakllari vujudga keldi. Uy-joylar xususiylashtirildi.
Ikkinchi bosqich O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori asosida olib borildi. Bu davrda ochiq aksiadorlik jamiyatlari tashqil etilib,, korxonalar aksialarini chiqardilar, auksion savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, xususiylashtirishni yoppasiga olib borish ko'zda tutildi.
O'zbekistonda mashinasozlik sanoatini, ayniqsa, avtomobilsozlik sanoatini rivojlandi. O'zbekiston bilan Janubiy Koreya o'rtasida «UZ-DAEWOO» avto ko'shma korxonasi qurilib, yengil
avtomobillar ishlab chiqarila boshlandi. 1993 yili GFR bilan O'zbekiston o'rtasida shartnoma imzolanib, «Mersedes-Bens AT» korporasiyasi Xorazmda «Do'stlik» avtomobil zavodida ish boshladi. 1994 yildan boshlab yuk avtomobillarini ishlab
chiqardi. 1995 yili «O'zavtosanoat» uyushmasi bilan Turkiyaning «Kochxolding» kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolanib, 1999 yildan Samarqandning So'g'diyona mavzeida avtobus zavodi qurilib, faoliyat yurita boshladi.
Shirkat xo'jaligining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Shirkat a'zolariga ixtiyoriy ravishda kirish va chiqish;
Shirkatning ish faoliyatida a'zolarning o'z mehnati bilan ishtirok etishining shart ekanligi;
Ichki xo'jalik munosabatlarini shartnomalar tuzish yo'li bilan, tenglik tamoyiliga amal qilib, oila pudrati asosida tashqil etish;
Shirkat a'zolari bilan hisob-kitob qilishda amalda bajarilgan ishlarning hajmi va sifatiga chek usulida haq to'lashni tashqil etish;
Yakuniy daromadni shirkat a'zolari o'rtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq taqsimlash;
Yer uchastkalaridan qat'iy belgilangan maqsadda foydalanish, yerlarni muhofaza qilinishi va tuproq unumdorligining oshirilishini ta'minlash;
Shirkatning bir a'zosi bir ovozga ega;
Shirkat xo'jaligining ish faoliyati ustidan shirkat a'zolari tomonidan shirkat nizomida nazarda tutilgan tartibda nazorat qilish.
2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
Shu o‘rinda O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz.
Yuzaga kelgan barcha muammo va qiyinchiliklarga qaramay 2008 yilda iqtisodiyotning nafaqat barqaror faoliyat ko‘rsatishiga, balki uning yuqori o‘sish sur’atlarini izchil ta’minlashga erishildi.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi izchil va barqaror o‘sib bordi. 2008 yilda 1 milliard 700 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu 2007 yildagiga nisbatan 46 foiz ko‘p. Eng muhimi, xorijiy investitsiyalarning 74 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar tashkil etdi. Jahon inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 2009 yilda iqtisodiyotga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard 800 million dollarga ko‘payadi, buning to‘rtdan uch qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalardir.
Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish borasida strategik muhim rol o‘ynaydigan loyihalarni amalga oshirish, birinchi navbatda, ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishda 2006 yilda tashkil etilgan, bugungi kunda 3 milliard 200 million AQSH dollaridan ortiq nizom jamg‘armasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi faoliyatiga katta ahamiyat berildi. Yaqin istiqbolda ushbu Fond aktivlarini 5 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutildi. O‘tgan ikki yil mobaynida o‘nlab yirik sanoat va infratuzilma inshootlarini moliyalashtirish va hamkorlikda moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 million AQSH dollaridan ziyod miqdorda kreditlar ajratildi
Bank ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga jalb qilishni rag‘batlantirish ishlari ham 2009 yilda ustuvor vazifa bo‘lib qoldi
Birinchi navbatda banklar, ularning muassislari kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha boshlangan ishlarni oxiriga yetkazishi, o‘z nizom jamg‘armasi miqdorini belgilangan ko‘rsatkichlarga olib chiqishi lozim bo’ldi.
Banklar zimmasiga investitsiya faoliyatini kengaytirish vazifalari yuklangani sababli ularning ishini tubdan qayta tashkil etishga erishildi.
Inqirozga qarshi choralar dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirish jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tahdid va xatarlariga munosib qarshi turish, uning iqtisodiyotimizga salbiy ta’sirining oldini olish imkonini berdi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlangan holda maydonga chiqishi, jahon bozorlarida o‘zimizning mustahkam o‘rnimizni egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqimizning hayot darajasi belgilanadi.
9-mavzu.O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar.
1. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari.
2. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko‘rsatgichlari.
3. Harakatlar strategiyasi va Taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy sohaga qaratilgan e’tibor.
4. Nodavlat notijorat tashkilotlari, ularning turlari va zarurati.
Ijtimoiy himoya - keng ma’noda - mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor ma’-noda - davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli ta’minlanmagani tufayli yordamga, ko’makka muhtoj fuqarolar to’g’risidagi g’amxo’rligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining to’xtovsiz yaxshilanishini ta’minlash, aholi qat-lamlarining ta’lim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini ta’minlashga yordam berishdan iborat. I.h.ning asosiy yo’nalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat ko’rsatishni ta’minlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, o’qish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning o’z iqtisodiy faoliyatida daromadga ega bo’lishi; is-te’molchilar himoyasi, iste’molchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, iste’mol kafolatini ta’minlash; aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish; ijtimoiy ta’minot tizimi va aholining muhtoj, kam ta’minlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.
Rivojlangan demokratik jamiyatda I.h. vazifalarini bajarishni davlat o’z zimmasiga oladi. "I.h." tushunchasi birinchi marta 1935 y.da AQShning "Ijtimoiy xavfsizlik bo’yicha qonun" ida qo’llanilgan, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarida bu tushuncha mazmuni mukammallashtirilgan. AQSH, Kanada, Shveysariya kabi mamlakatlarda I.h. ning ko’pgina muammolari hal etilgan, lekin yechimini topmagan muammolari ham juda ko’p. Shunga qaramay, bu mamlakatlar tajribalaridan foydalanish ahamiyatlidir.
Turli mamlakatlarda aholini I.h. tizimi mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi, demokratik taraqqiyot va uning aholi manfaatiga muvofikligi, ijtimoiy siyosat darajasi, ijtimoiy ta’minot tizimi kabi omillarga bog’liq holda amal qiladi.O’zbekistonda Id. tizimi 20-asrning 20-y.laridan boshlab shakllana boshladi. 90-y.larga kelib, bozor iqtiso-diyotiga o’tish asosida amaldagi islohotlarga mos ravishda yangidan shakllandi. Ayniqsa, milliylik, o’zlikni anglash, e’tiqod va an’analarning tiklanishi I.h. tizimiga muhim yangilik bo’lib qo’shildi.
O’zbekistonda aholini I.h. qilish iqtisodiy islohotlar dasturidagi uz-luksiz ustuvor yo’nalishlardan biriga, ya’ni islohotlarning hamma bosqichlarida ustuvor hisoblanadigan va-zifalar qatoriga kiradi. Mamlakatda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti barpo qilishda davlat tomonidan kuchli I.H- siyosati olib borilmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat O’zbekistonning o’z istikdol va taraqqiyot yo’lining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Respublikada I. h.ning huquqiy muhiti yaratildi, unga qonuniy asos solindi. I.h. tamoyillari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda o’z aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Keng miqyosda yangi ish joylari yaratilishi aholini ish bilan ta’minlash ishsizlik muammosini hal qilmoqda (mamlakatda ishsizlikning statistik ko’rsatkichi - 0,5-0,6%). Bunda, ayniqsa, kichik va o’rta biznespi rivojlantirish, kasanachilik qo’l kelmoqda. Tovarlar sifati, aholiga xizmat ko’rsatish sohalarida amalga oshirilayotgan tadbir-choralar iste’molchilar himoyasini shakllantirib, aholi manfaatlarini ta’minlamoqda. Inflyasiyaning oldini olish, so’mning harid kuchini saqlash, biznes-tijorat ustidan davlatning maromiy nazoratini o’rnatish, marketing , savdo, reklama kabilarni tartiblashtirish I.h. ni rivojlantirmoqda. Ekologiya bilan bog’liq bir qancha katta himoyalash ishlari amalga oshirilib, suv, havo, yer va mahsulot tozaligiga erishilmoqda.O’qish, bilim olish, kasb tanlash O’zbekistonda amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlashning milliy dasturi asosida tubdan yangilanmoqda. Ta’limga ajratilgan mablag’lar keyingi 7 yil (1995-2002 yillar) ichida yiliga yalpi ichki mahsulotning 7,1-7,76% ini, ajratilgan mablag’ byudjet hara-jatlarining 21,77-24,12 %ini tashkil etdi. Bu dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Tibbiyotda o’tkazilayotgan islohotlar natijasida aholiga sog’liqni sakdash sohasida ko’rsatiladigan xizmatlar samaradorligini ko’tarish choralari amalga oshirildi. Inflyasiyata qarshi choralar ham I.h. da muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda uning o’rnini to’la qoplash mumkin bo’lmasa ham zarar kuchini pasaytirish maqsadida ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdori oshirilmoqda (1998 y.da - 50%, 2000 y.da - 60% va 2002 y.da - 30%).Bozor munosabatlariga o’tish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish davrida aholini yalpi I.h. qilish tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini, ayniqsa, uning nochor guruxlarini aniq manzilli va maqsadli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimi barpo etildi. Bu tizimda mahalla markaziy o’rinda turadi. 1999 y.da ushbu tizim orqali kam ta’minlangan oilalar - jami 3 mln. kishi (mamlakat aholisining 12,2%) va bolali oilalar - 6,5 mln. dan optik, kishi (27%) moddiy yordam oldi. Bir oila uchun yordam puli bolalar nafaqasi bilan birga oyiga 3,4 eng kam ish haqini tashil qiladi. Bu sohada I.h., asosan, kam ta’minlangan oilalar uchun turli nafaqalar berish, aholining ba’zi guruhlari uchun imtiyozlar yaratish, yolg’iz qariya va nogironlarni davlat hisobidan boqish va b. asosida amalga oshiriladi.Respublika Prezidentining "Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida"gi farmoniga (1994 y. 23 avg.) ko’ra, voyaga yetmagan farzandlari bo’lgan ko’p bolali oilalar, kam pensiya olayotganlarning oilalari, nogironlarning oilalari, ishsizlar va boquvchisini yo’qotganlarning oilalari, yolg’iz pensionerlar va kam daromad olayotgan muhtoj oilalarga moddiy yordam berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 y. 10 dek.dagi farmoni bilan 16 yoshgacha farzandi bo’lgan kam ta’minlangan oilalar davlatning alohida otalig’iga olindi, 2002 y. 25 yanvardagi farmonga binoan ijtimoiy yordam ko’rsatiladigan farzandli oilalar do-irasi umumta’lim maktablarida, akademik litseylarda va kasbhunar kollejlarida o’qiyotgan 18 yoshgacha farzandi bo’lgan oilalar hisobiga kengaytirildi.
Bulardan tashqari O’zbekistonda norasimiy ijtimoiy yordam turlari ham mavjud; ularga qarindoshlarning o’zaro yordami, milliy va diniy urf-odatlar asosida qilinadigan yordam, korxona va tashkilotlarning pensionerlarga, kam ta’minlangan ko’p bolali oilalarga, beva-bechoralarga yordam puli berishi kiradi.
Respublikada ayollar, bolalar, keksalarga alohida g’amxo’rlik ko’rsatiladi. I.h. doirasida 1998 y. "Oila yili", 1999 y. "Ayollar yili", 2000 y. "Sog’lom avlod yili", 2001 y. "Bolalar yili", 2002 y. "Qariyalarni qadrlash yili" deb e’lon qilingani va ularga taallukli maxsus dasturlarni amalga oshirish mavjud I.h. muammolarini hal qilish va bunga jamoatchilikni jalb etishda yaxshi samaralar berdi. 1995 y.da byudjet harajatlarining 21,8%, 2000 y.da 29,6% ijtimoiy sohaga ajratildi. 1999 y.dan boshlab YAIM o’sishi aholi o’sishi sur’atidan ustun bo’lishiga erishildi. Bu turmush darajasi o’sishining va I.h. rivojining zaminidir. Umr uzunligi 70,3 yoshni (1999 y.) tashkil etdi.
"O’zbekiston Respublikasi aholisini 2010 y.gacha bo’lgan davrga mo’ljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi" ishlab chiqilgan. Unda Respublikada mavjud bo’lgan I.h. va ijtimoiy yordam, pensiya ta’mino-ti, bolalarga nafaqa to’lash, yolg’iz kek-salarga xizmat ko’rsatish, nogironlarni protez-ortopediya buyumlari, harakatlanish vositalari bilan ta’minlash, shuningdek, tibbiy, mehnat va ijtimoiy jihatdan tiklash, tibbiy xizmat, ishsizlarni ishga joylashtirish va moddiy yordam berish, bir yo’la (nomuntazam) yordam tizimlari asoslarida amalga oshirilishi belgilangan.Bandlik yoki aholini ish bilan ta’minlash - mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg’ul bo’lishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati.[1] Bandlik xodimni ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslangan aniq mehnat kooperatsiyasiga jalb etish bo’yicha kishilararo munosabatlarni ifoda etadi. Bandlik turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yollanib ishlash bilan cheklanmay, ayni paytda tadbirkorlikni, o’zini ish bilan mustaqil ta’minlash (o’zicha bandlik)ni, shaxsiy tomorqa xo’jaligidagi ishni, uy xo’jaligida band bo’lish va bolalarni tarbiyalash bilan shug’ullanish, davlat va jamoat vazifalarini bajarishni, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida kunduzgi o’qishni ham o’z ichiga oladi. O’zbekistonda bandlik siyosati bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida, ya’ni 1990-yillarda shakllangan. Mamlakatda aholini ish bilan ta’minlash, insonni ishli bo’lish huquqlarini ro’yobga chiqarish kafolatlari „Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida“gi qonunida (1992-yil 13-yanvar; 1998-yil 1-mayda yangi tahrirda qabul qilingan) belgilab berilgan. O’zbekistonda bandlik muammolari katta e’tiborni talab etadi, chunki respublikada murakkab demografik vaziyat mavjud, aholining tabiiy o’sish sur’atlari yuqori, aholi tarkibida yoshlar ko’pchilikni tashkil etadi, aholining ko’p qismi qishloqlarda yashaydi. 1998-yil O’zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 33,9 % davlat sektori korxona va tashkilotlarida, 66,1 % esa nodavlat sektori obyektlarida, jumladan xususiy xo’jaliklarda (2,7 %) ish bilan band edi.[1] Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mulkchilikning turli shakllari paydo bo’lishi tufayli nodavlat sektorida ishlovchilar soni ortib bordi. Ularning bandligi 1994 - 96 yillarda 12 % ga ortdi. Mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo’lmagan qismi ishsizlarni tashkil etadi.
Iqtisodiy izlanish markaziga ko’ra, hozirgi kunga kelib O’zbekistonning ish siyosati modeli o’z samarasini yo’qotib bormoqda va mamlakatning mehnat bozorida murakkab vaziyat paydo bo’lgan.[2] Birinchidan, yaratilgan ish o’rinlari soni yetarli emas, yaratilgan ish o’rinlarining aksari bo’lsa barqaror emas. 1991-2011-yillarda aholining mehnatga layoqatli qismi ulushi 50% dan 61,1% ga o’sdi. Shu vaqtning o’zida mehnatga layoqatlilarning ish bilan band qismi ulushi 81,6% dan 66,9% ga kamaydi. Bundan tashqari, ish o’rinlarning beqarorligi o’sib bormoqda: yaratilgan yangi ish o’rinlarining 30 % yo’qotilmoqda. Urbanizatsiya jarayonining tezlashayotgani sabab shahar mehnat bozorlarida keskinlik o’sib bormoqda.
Ikkinchiddan, nokorporativ sohaning (individual mehnat faoliyati, uydagi mehnat va yuridik shaxs statusiga ega bo’lgan korxonalardan tashqaridagi turli faoliyatlar) keng ko’lamda tarqalganligi noustuvor o’sish xavfini oshirmoqda.[2] Bunga sabab nokorporativ soha davlat byudjetiga tushadigan soliqlarni kamaytirmoqda, pul va valyuta almashinishidagi disbalanslar chuqurlashmoqda hamda mehnat aloqalari rasmiylashtirilmagani uchun mehnat kuchi sifati pasaymoqda.
Uchinchidan, mamlakat mehnat siyosati mehnat samaradorligini sust rag’batlantirmoqda hamda mehnat resurslarini yangi o’sish nuqtalari bo’la oladigan tarmoqlarga samarasiz yo’naltirmoqda.[2] Ilm va yuqori texnologiyali tarmoqlarda (ma’lumot xizmati, mashinasozlik, mikrobiologiya) ishlayotganlar ish bilan band aholining atigi 1,5% ini tashlik qiladi. Hozirgi bandlik sturkturasi va investitsiya siyosati sharoitida O’zbekistonda mehnat samaradorligini ikki marta oshirish uchun taxminan 15 yil kerak bo’ladi. Bu esa ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlar bilan O’zbekiston orasidagi farqni kamaytirishni yanada mushkullashtiradi.
Aholi bandligini oshirish bo’yicha asosiy tadbirlar ish bilan band bo’lgan aholining tarkibiy jihatdan qayta taqsimlash hamda mehnatga layoqatli yoshlarni yangi ilg’or tarmoqdar va sohalarga jalb qilish bo’lib, bu esa o’z navbatida mehnat salohiyatidan samarali foydalanishning muhim zaxirasi hisoblanadi. O’zbekiston qishloq xo’jaligida barcha ijtimoiy ishlab chiqarish xodimlarining uchdan bir qismidan ko’prog’i band.[1] Ularning ma’lum qismini bo’shatib olish va iqtisodiyotning boshqa sohalariga, eng avvalo, sanoatga va xizmat ko’rsatish sohasiga yo’naltirish, noqishloq xo’jaligi ish joylarini yaratish, mehnatni tashkil etishning ilg’or uslublarini qo’llash, o’smirlarni, ko’p bolalik ayollarni, pensionerlarni va nogironlarni iqtisodiy rag’batlantiruvchi ish bilan ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish, mehnat birjalari faoliyatini yaxshilash kabi tadbirlar aholining ish bilan bandligini oshirishga olib keladi.



Yüklə 65,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin