O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li



Yüklə 65,89 Kb.
səhifə5/5
tarix21.12.2023
ölçüsü65,89 Kb.
#188612
1   2   3   4   5
y

10-mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalgaoshirilgan o‘zgarishlar.
1. O’zbekistonda ta’lim tizimi bosqichlari
2. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun
3. “Kadrlar tayyorlash” Milliy dasturi
4. Oliy ta’limdagi o’zgarishlar

Aholi turmush farovonligi darajasi mamlakatning faqat iqtisodiy taraqqiyot darajasi bilan emas, balki ijtimoiy sohalar taraqqiyoti darajasi bilan ham ifodalanadi. Aynan ijtimoiy sohada davlatning insonparvarlik darajasi har tomonlama yaqqol namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy soha taraqqiyotining qay darajadaligi ma’lum jihatdan mamlakatdagi siyosiy va psixologik muhitni, aholining umumiy kayfiyatini belgilaydi. Ijtimoiy sohalarning o‘sishi xududlarning umumiy iqtisodiy taraqqiyot darajasini ko‘rsatuvchi belgi bo‘lib xizmat qiladi.Sovetlar tuzumi yillarida partiya yakkaxokimlikning vujudga kelishiga jamiyat ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida o‘z mafkuraviy ta’sirini o‘tkazib bordi. Ayniqsa, bu kishilar ongini o‘zgartirishda muhim olim bo‘lgan ta’limda, ilmda va madaniyatda jiddiy tus oldi. Xalqning ma’rifatga, fanga va milliy madaniyatga bo‘lgan intilishi xukmron kuchlar tomonidan uzoqni ko‘zlamay va yaxshi o‘ylamay olib borgan siyosatlari natijasida siyosiy manfaatlar yo‘liga burildi.Yangi ziyoli kadrlarni shakallantirish, eski mavjud ziyolilarni yo‘q qilish ana shu maqsadlarni ko‘zlab amalga oshirildi. Savodxonlik darajasini o‘sishi byurokratik boshqaruv tizimini mustahkamlanib borishi, texnika taraqqiyoti tomon yurish va ilmiy muassasalarning tashkil topish jarayonlari ular ustidan qattiq mafkuraviy nazoratning o‘rnatilishi bilan hamohang ravishda yuz berdi.


Savodsizlik davri tugatildi. 1941-yilga kelib maktablar soni 5504 taga, ularda o‘qiyotgan o‘quvchilar soni esa 1 mln 315 taga etdi. Sovetlarning “madaniy inqilob” tadbiri jamiyatning barcha jabhalarini, ayniqsa uning har bir sohasini qamrab oldi. Maktablarda siyosiy tarbiyani yo‘lga qo‘yishga va uni takomillashtirib borishga e’tibor berildi.
Ikkinchi jahon urushidagi katta yo‘qotishlar oliy ma’lumotli xodimlarning son va sifat jihatidan kamayib ketishiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida urushdan keyingi yillarda oliy ta’limni rivojlantirish zarur ekanligini taqazo etardi. Oliy ta’limni rivojlantirish dinamikasi quyidagicha kechdi. 1950-1953 yillarda 16.600 ta mutaxassis tayyorlandi. 1959-yilda 31 ta oliy o‘quv yurtida 88 ming kishi ta’lim oldi. 1985-yilga kelib, 42 ta oliy o‘quv yurtlarida 285.5 ming kishi ta’lim oldi. 1960-yilda 30 ta oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlangan bo‘lsa, 1985-yilda ularning soni 42 tani tashkil etdi.
Biroq, bular miqdor ko‘rsatkichlaridagi ayrim siljishlar edi. Lekin masalaning asosiy jihati – oliy ta’lim muassasalarini bitirib chiqayotgan mutaxassislarning sifati va saviyasi masalasida ko‘plab muammolar mavujud edi. Shu o‘rinda jahon fanlar tizimida o‘z mavqesiga ega olimlar qatlami etishib chiqganligi va texnikada katta yutuqlar qo‘lga kiritilganli gini inkor etib bo‘lmaydi.

Ammo ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan ulkan siyosiy va iqtisodiy boshqaruv bu yutuqlarni xalq xo‘jaligiga jalb eta olmadi. Novatorlik ishlanmalarni byurokratik chig‘iriqdan o‘tgunicha ahamiyatini yo‘qotar edi. Fanning ko‘p tarmoqlari militarlashgan harbiy uslubga yo‘naltirildi. Shu bilan birga, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni mafkuraviy andozaga solish kuchaydi, xalqaro fanlararo aloqalar qattiq nazorat ostiga olindi.TM


Muallif: Raxmonov Doniyorbek
Yüklə 65,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin