“O`zbekistonning o`ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo`li”


Eshitildi: t.f.f.d., dots. N.Quvvatova



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/3
tarix26.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#161609
1   2   3
D.Baratova Ochiq dars muhokamasi. 0 (2)

Eshitildi: t.f.f.d., dots. N.Quvvatova so’zga chiqib quyidagilarni ta’kidladi. D.Baratovaning “O`zbekistonning o`ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo`li” mavzusidagi 2 soatlik ochiq dars seminar mashg’uloti davomida Zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan samarali foydalanildi. Jumladan, mavzuni yaxshi tushunish uchun taqdimot materiallaridan foydalangan holda unga qo`shimcha tarzda shu mavzuni yoritish uchun mo`ljallangan videomaterial ham namoyish etildi. Dars davomida talabalarning diqqati to’liq jalb qilindi va mavzu bo`yicha qiziqarli ma’lumotlar ham berildi. Seminar mashg‘ulot davomida talabalarga savollar berildi. Mashg‘ulotning yutuqli tomonlaridan yana biri о‘qituvchi nutq madaniyatini yaxshi shakllantirigani, mavzu talabalarga sodda, aniq, ravon bayon qilindi, talabalar faolligi oshirildi. O`qituvchi ochiq mashg‘ulot darsini yuqori saviyada o‘tdi.


Eshitildi: t.f.f.d., v.b.dots. K.Polvonov D.Baratovaning “O`zbekistonning o`ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo`li” mavzusidagi 2 soatlik seminar mashg‘uloti yuzasidan quyidagilarni aytib o‘tish mumkin. Bugungi mavzu mamlakatimizning mustaqillikka erishishi, uning tarixiy ahamiyati hamda o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo`li haqida bo`ldi. Dars davomida Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol, Mustaqillikning eʼlon qilinishi, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li - “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari. O`zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati, Davlat ramzlari haqida muhim ma’lumotlar bayon etildi. Dars jarayonida talabalar savol-javoblarda faol ishtirok etishganini, o‘qituvchi esa aqliy hujum savollari yordamida seminar mashg’uloti o’tganligi va talabalarning savollarga javob berishlarini boshqarib borganligini aytib o‘tdi.


E shitildi: t.f.f.d., kat.o’qit. X.Nizomov D.Baratovaning “O`zbekistonning o`ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo`li” mavzusidagi ochiq mashg’uloti yuqori saviyada o‘tkazilganligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Dars davomida ayniqsa mamlakatimizning istiqlolga erishish arafasidagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, shuningdek, respublikani rivojlantirishda “O`zbek modeli” tahlil qilinib, besh tamoyilning izohlarda slaydlar orqali ko’rsatib berilishi darsning saviyasini yanada oshirdi.
O’qituvchi D.Baratova darsda yangi pedagogik texnologiyalardan “Aqliy hujum”, “Blis - so'rov”, “Rasmlar izohi”, “Tushunchalar tahlili” metodlaridan foydalanildi. Bunda doskadan, kartochkalarda yozilgan muhim tushunchalar va savollardan, mavzuga oid rasmlardan unumli foydalandi. Bu talabalarning faolligini oshirib, talaba bilan o‘qituvchi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ifodalaydi. Ayniqsa, mustaqillik ramzlari slaydlar orqali ketma ketlikda tushuntirildi. Bu masalalarni dars boshida “Blits so‘rov” hamda “Aqliy hujum” metodlarida yoritilishi va dars so‘ngida “Rasmlar izohi”, “Tushunchalar tahlili” metodining oxirgi bosqichi talabalar bilan birgalikda bajarilib, o‘qituvchi tomonidan yakun qilinishi talabalarning erkin va mustaqil fikr bildirishlariga imkon yaratdi. Ochiq mashg’ulot darsi yuqori saviyada о‘tildi.
O`zbekiston tarixi kafedrasining barcha a’zolari yuqorida aytib o‘tilgan fikrlarni qo‘llab-quvvatlash bilan birga mazkur ochiq darsda qo‘llanilgan uslublardan kelgusida keng foydalanishlari mumkinligini ta’kidlab o‘tdilar.
Bildirilgan fikr - mulohazalardan so‘ng o’qituvchi-stajyor lavozimiga nomzod uchun ovoz berildi. Natijalarga ko‘ra, Baratova Dildora Bekmurodovna uchun jami 22 nafardan 17 nafar professor-o’qituvchi ijobiy ovozlar berildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra kengashi

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin