23.09.2023, 15:29
O'zbekistonning Xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash: yangi
mexanizmlar joriy qilinmoqda
pravacheloveka.uz/oz/news/ozbekistonning-xalqaro-reyting-va-indekslardagi-ornini-yaxshilash-yangi-mexanizmlar-joriy-qilinmoqda
1/2
O'zbekistonning Xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini
yaxshilash: yangi mexanizmlar joriy qilinmoqda
Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi
turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni
ta'minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar
har qanday mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshiradi. Zero, mazkur yo'nalishdagi islohotlar
mamlakat
taraqqiyoti, xalq farovonligini belgilab beruvchi muhim omillardan hisoblanadi.
Keyingi davrda Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan shiddatli
va qamrovdor islohotlar natijasida mamlakatimiz xalqaro imijini yaxshilash bo'yicha sezilarli yutuqlarga
erishildi. Bugun dunyo hamjamiyati O'zbekistonning yangi qiyofasi haqida gapirmoqda.
Bu haqda so'z borganda, so'nggi to'rt yil mobaynida mamlakatimiz «Meros» jamg'armasining «Iqtisodiy
erkinlik» indeksida 52 pog'onaga, Jahon bankining «Logistika samaradorligi» indeksida 19 pog'onaga,
«Biznes yuritish» indeksida 18 pog'onaga ko'tarilganini alohida ta'kidlash joiz.
Shuningdek, O'zbekiston
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining «Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash» tizimidagi 6-
guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga ko'tarilgani diqqatga loyiqdir.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 2 iyundagi «O'zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi
o'rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini
joriy qilish to'g'risida»gi farmoni bu boradagi ishlarni yanada tezlashtirishi shubhasiz. Ushbu muhim hujjat
2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha
Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida qabul qilindi.
Farmon ijrosi doirasida allaqachon muhim amaliy qadamlar qo'yilmoqda. Xususan, yuz.uz sayti xabar
berishicha, O'zbekistonda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha respublika kengashi tashkil
etildi.
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboeva mazkur Kengashning raisi bo'ldi. Kengashning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini
tizimli tahlil qilib borish, turli
sohalarda amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlarning O'zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo'lgan
23.09.2023, 15:29
O'zbekistonning Xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash: yangi mexanizmlar joriy qilinmoqda
pravacheloveka.uz/oz/news/ozbekistonning-xalqaro-reyting-va-indekslardagi-ornini-yaxshilash-yangi-mexanizmlar-joriy-qilinmoqda
2/2
xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o'rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta'minlash,
mazkur yo'nalishdagi ishlarning samaradorligiga to'siq bo'layotgan muammolarni bartaraf etish;
O'zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o'rnini
yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi
tizimini takomillashtirish, jamiyatni
demokratlashtirish, ilg'or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni
amalga oshirish bo'yicha
tashabbuslarni ilgari surish;
davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va
ularning loyihalarini O'zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslardagi
mamlakatning o'rniga ta'siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.
Aslida, Prezident Farmonidan ko'zda tutilgan asosiy maqsad ham mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi
va xalqaro maydondagi
imijini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va
indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilishdir.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati