O’zbekistonrespublikasi oliyvao’rtamaxsusta’limvazirligi namangandavlatuniversiteti biologiya kaferdrasi


-Mavzu: Organizmlarning muhitga moslashganligi va uning xillari



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə45/132
tarix20.09.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#146271
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   132
Evolution MAJMUA

10-Mavzu: Organizmlarning muhitga moslashganligi va uning xillari.


Moslanish organizmlarning yashovchanligi, raqobatchanligiva normal nasl qoldirishi bilan uzviy aloqadordir.
Yashovchanlik. Odatda, shaxsiy taraqqiyotning turli bos-qichlarida ro'y beradigan mutatsion o'zgaruvchanlik ko'pginahollarda organizmlarning yashovchanligini pasaytirib yuboradi,ba'zan o'limiga sababchi bo'ladi. Shuni e'tiborga olib yashov-chanlik deganda organizmlarning o'zi tarqalgan muhitda geno-tipini keskin o'zgartirmagan holatda normal yashashi tushuni-ladi.
Raqobatchanlik — organizmlarning o'lik va tirik tabiat, shujumladan oziq topish, boshqa jins bilan qo'shilish, yashash joyi-ni egallashdagi qarshiliklarni yengishidir. Ayrim hollarda orga-nizm yashovchan bo'lsa-da, uning raqobatchanligi sust rivojlan-gan bo'ladi.
Nasl qoldirish organizmlar urchishining normal kechishibilan bog'liq. Organizm jinsiy organlari yoki hujayralarida birorkamchilik bo'lsa, albatta urug'lanish jarayoni normal kechmay-di va u nasl bermaydi.
Moslanishning bu uch komponenti o'zaro bog'liq bo'lib,tabiiy tanlanish orqali tarkib topgan evolutsion natija hisoblanadi.
Ch. Darvinning ulug' xizmatlari faqat tarixiy jarayondaturlarning o'zgarganligini isbotlash bilan cheklanmaydi. Olimfan tarixida birinchi bo'lib moslanish muammosini ilmiy asosdahal qilib berdi. Sizlar kundalik hayotda baliqlarning suv muhiti-ga, qushlarning esa havo muhitiga moslashganligini yaxshi bila-sizlar. Bular ayrim misollar, xolos. Aslini olganda tirik mavju-dotlarning muhit sharoitiga moslanishi nihoyatda xilma-xil.Quyida ularning ba'zi birlari bilan tanishib chiqamiz.
Hayvonot olamidagi moslanishlar. Hayvonlarning muhitsharoitiga moslanishi tashqi, ichki tuzilishida, bajaradiganfunksiyasida, urchishida, nasl uchun qayg'urishida va boshqaxatti-harakatlarida namoyon bo'ladi.
Himoya rangi. Ko'pchilik hollarda hayvonlarning tashqirangi o'zi yashayotgan muhit rangiga o'xshash yoki unga yaqinbo'ladi. Odatda cho'lda yashaydigan toshbaqa,


Hayvonlarda himoya rangi:1—yashil chigirtka; 2—odimchi qurt; 3—kvaksha baqasi; 4—kuropatka-ning yozgi va 5—qishki qiyofasi; 6—tentak qush; 7—gornostayning yozgiva 8—qishki qiyofasi.

kaltakesak, ilonlar qum rangida, shimoliy o'lka hayvonlari —ayiq, kuropatka, tulkilar oq rangda, beshiktervatar, ninachilaryashil barglar orasida yashagani, karam kapalagi qurti uningbarglari bilan oziqlangani sababli yashil rangda bo'ladi. Agarmuhit rangi fasllarga qarab o'zgarsa, u holda hayvonlar rangiham o'zgaruvchan bo'ladi.
Yevropaning o'rta mintaqasida yashovchi tulki, tovushqon,kuropatka, gornostay qishda bir, yozda ikkinchi xil rangdabo'ladi.
Maskirovka. Ayrim hollarda hayvonning tana shakli varangi atrofidagi barg, novda, kurtak, o'simliklarga o'xshashbo'ladi. Chunonchi, chupchik degan hasharot rangi va shakliingichka novdani, ninabaliq suv o'tlarini, dengiz paxmoq otchasi deb ataluvchi baliq suv o'simliklarini eslatadi. Ayrim baqachanoqlar daraxt kurtaklariga o'xshashdir.




Hayvonlarda maskirovka:
1—beshiktervatar; 2—chupchik; 3—ko'lbuqa; 4—dengiz toychasi; 5—lat-tachi baliq; 6—dengiz «masxarabozi»; 7—ninabaliq.


Malayada tarqalgan kallima kapalagining qanotlari shakli,naqsh va tomirlari bargga o'xshash bo'ladi.


Ogohlantiruvchi rang. Ba'zi hayvonlarning tashqi ko'rinishirang-barang bo'lib, ko'zga yaqqol tashlanadi. Tillaqo'ng'izlar,tugmachaqo'ng'izlar, qovog'ari, tukli ari, ko'pgina kapalaklar,«do'st-dushman» ko'ziga yaqqol tashlanib, o'z ranglari bilanularni «ogohlantiradilar». Odatda bunday ogohlantiruvchi rang-ga ega hayvonlarning dushmanlardan himoya qiladiganqo'shimcha vositalari mavjud. Ularning xususiy himoya vosita-lariga tanada ishlab chiqariladigan qo'lansa hidlar, zaharlisuyuqliklar, tananing tuklar bilan qoplanganligi, nayzalar vahokazolar kiradi.
Mimikriya. Ba'zi hollarda dushmanlari tomonidan ko'p qi riladigan hayvonlar tanasining rangi, shakli bilan «ogohlantiruv­chi rangli» organizmlarga taqlid qiladi. Kushandalari tomonidanko'p qiriladigan himoyasiz hayvonlarning «ogohlantiruvchirangiga» kam qiriladigan organizmlarga taqlid qilishi mimikriya hodisasi deb ataladi. Ba'zi bir pashshalarning ayrim kapalakturlarining rang jihatdan arilarga, suvaraklarning tugmachaqo'n-g'izlarga, zaharsiz ilonlarning zaharli ilonlar rangida bo'lishlarimimikriya hodisasiga misoldir. Shuni qayd qilish lozimki, himoya va ogohlantiruvchi ranglar hayvon xatti-harakati bilan bog'langan holda yanada samarali natija beradi.Qamishzorlarda yashovchi ko'lbuqa qushi patlarining rangibilan qamishlarni eslatadi. Shunga qaramay biror xavf sezilsa, udarrov bo'ynini cho'zib, tumshug'ini ko'targan holda qimirla-may turadi. Bunday vaziyatda uni dushmani payqamay qoladi.


Hayvonlarda «ogohlantiruvchi» rang va mimikriya hodisasi:
1—belyanka; 2—zaharli gelekonius kapalak; 3—oynasimon kapalak;4—g'o'ng'illovchi pashsha; 5—oddiy ari; 6—zaharli korall aspidi;7—zaharsiz amerika suviloni; 8—«xonqizi» qo'ng'izi; 9—suvarak.






Kakkuning qo'ygan tuxumini boshqa qushlar tuxumga shakl varang hajmi bo'icha o'xshashligi

Rang va shakl jihatidan taqlid qilish faqat organizmlargagi-na emas, hatto tuxumlarga ham xos. Masalan, kakku qushurchishi uchun boshqa qushlar singari in qurmaydi va tuxuminimayda qushlar — qorayaloqlar, jibilajibonlar, bulbul, sirchum-chuqlarning inlariga qo'yadi. Eng muhimi shundan iboratki,kakku tuxum qo'yishdan oldin ana shu qushlarning inlaridagituxumlarni ko'rib ularga taqlid qilib tuxum qo'yadi va uningqo'ygan tuxumlarining rangi, hajmi in egalarining tuxumlarigao'xshash bo'ladi.
Bundan tashqari ham hayvonlarning nasl qoldirish bilanaloqador moslanishlari mavjud. Ayrim hasharotlarningurg'ochilari tanadagi bezlardan ajralgan hidlari orqali erkakindividlarni o'zlariga jalb qiladilar. Ba'zi moslanishlar naslyetishtirish bilan aloqador. Amerika som balig'i chavog'larrivojlanguncha tuxumlarni qorin tomonga yopishtirgan holdayuradi. Povituxa deb ataluvchi qurbaqa otalangan tuxumlarinito yosh qurbaqalar rivojlanguncha orqa tomonda «opichlab»yuradi. Tuban umurtqalilardan farqli ravishda qushlartuxumlarini maxsus inlariga qo'yib o'z tana harorati bilanularni isitadilar. Tuxumdan jish parranda chiqqach, uni tin-may oziqlantiradilar, dushmanlardan himoya qiladilar. Nasluchun qayg'urish bilan bog'liq moslanishlar sutemizuvchilardaayniqsa, kuchli bo'ladi.
Organizmlardagi moslanishdan tashqari tur doirasidagimoslanishlar ham mavjud. Tur doirasidagi moslanishlarga guruhbo'lib yashovchi organizmlarda oziqlanish, urchish, naslqoldirish, dushmanlardan himoyalanishga, noqulay ob-havosharoitlar qarshiligini yengishga aloqador bo'lgan moslanishlarnikiritish mumkin.
O'simliklar olamidagi moslanish. Hayvonlar singari o'sim-liklarda ham tashqi muhit omillariga nisbatan bir qancha mosla-nishlar mavjud. Nam tanqisligiga o'simliklar turlicha moslash-gan bo'ladi. Bir xil o'simliklarning bargi ustki tomondan mumqavat (fikus), ikkinchi xillarda qalin tuklar (sigir quyruq) bilanqoplangan. Saksovulda barglar kichik «tangacha»larga aylangan.Yantoqning barglari mayda va qattiq, ko'pgina shoxchalari tikanshaklida. Kaktus, aloe, agavalar sersuv o'simliklar hisoblanadi.Ba'zi o'simliklarning vegetatsiya davri juda qisqa, masalan,ayiqtovon, yaltirbosh erta bahorda o'sib, rivojlanib, urug'berishga ulguradi. Yantoq, shuvoq kabi o'simliklar qurg'oqchilikpaytida barglarini to'kish orqali o'z hayotini saq-aydi.
O'simliklarning chetdan changlanish bilan aloqador bo'lganbir qancha moslanishlar bor. Hasharotlar orqali changlanadigano'simliklarning gultojbarglari yirikligi, rangining xilma-xilligi,xushbo'y hid tarqatishi, nektar ajratishi bilan hasharotlarnio'ziga jalb qiladi. Aksincha, shamol yordamida changlanadigano'simliklarning gullari mayda, ko'rimsiz, hidsiz, changlari judayengil. O'simliklarda meva va urug'larning tarqalishiga nisbatanham bir qancha moslanishlarni ko'rish mumkin. Shamol yor­damida tarqaladigan qayin, qayrag'och, aylant, zarang meva vaurug'larida qanotsimon o'simtalar, g'o'za chigitida tuklarbo'ladi. Ittikanak, sariqchoy, yovvoyi sabzi, qariqiz, qo'ytikanmevalarida ilgak, tikan, tuklar bo'lib, ular hayvonlarning juni-ga, qushlarning patiga, odamlarning kiyimiga yopishishi orqaliuzoq masofalarga tarqaladi. Etdor, sersuvdanakli va danaksiz mevalar qushlar va boshqa hayvonlartomonidan yeyilib, hazm bo'lmagan urug'lar axlat orqalitashqariga chiqarib tashlanadi. Shu yo'sinda ular boshqa joy-larga tarqaladi. Suv orqali tarqaladigan meva va urug'larda hamba'zi bir moslanishlar bor.
Bayon etilganlarga xulosa qilib biz moslanish deyilgandatirik organizmlarning ma'lum muhitda yashab, nasl qoldirishinitushunish kerakligini qayd qilib o'tamiz.
Moslanishlarning kelib chiqishi. Darvin tashqi muhitningmuayyan sharoitida organizmlardagi murakkab va turli-tumanmoslanishlar qanday paydo bo'lganligini ilmiy asosda tushuntiribberdi.
Darvin mulohazasi qanchalik to'g'ri ekanligini aniqlashmaqsadida kapalaklar tana rangining o'zgarishiga oid ma'lu-motlarni tahlil qilib chiqamiz.

. Mevalarning hayvonlar va odamlar yordamida tarqalishi:1—repishka; 2—ilashuvchi beda dukkagi; 3—qariqizning «qarmoqli»savatchasi; 4—qo'ytikanning tikanli mevasi; 5—ebalak navi sanchuvchimevasi; 6—temirtikanning sanchuvchi mevasi.




Mevalarning shamol yordamida tarqalishi:
1—qayin; 2—qayrag'och; 3—zarang; 4—sassiqdaraxt; 5—shumtol;6—qarag'ay.

Qayin odimchisikapalagining shahardagi (qoramtir) va daladagi (oqish)formalari.
XVIII—XIX asrdan boshlab tangaqanotlilarning 70 ga yaqin turida tana rangining o'zgarganligima'lum bo'ldi. Bunday o'zga-rishlarning sababi qayin odimchisi deb nom olgan kapalak turidaatroflama o'rganildi.Mazkur kapalakning tanasi oqrangda bo'lib u oqqayin po'stlog'igao'tirganda ko'zga tashlanmaydi.Binobarin u himoya vazifasinio'taydi. Keyingi 200 yil davomidako'pgina Yevropa mamlakatlaridazavod-fabrikalarning ko'payishi vaulardan ajralgan chiqindilar hisobiga shahar, sanoat markazlariifloslanib, daraxt tanalari, shox-shabbalari, barglari qurum,changlar bilan qoplana bordi. Ma'lumki, muhit omillarining o'zgarishi u yerda yashayot­gan organizmlarga ta'sir etmay qolmaydi. Lekin bu o'zgarishlarilgari qayd etilganidek zararli, neytral va foydali bo'ladi. Shungako'ra qishloq joylarda mutatsion o'zgaruvchanlik natijasidaqoramtir kapalaklar paydo bo'lsa, ular tezda hasharotxo'r qush­lar tomonidan yeb bitirilgan. Chunki ularda himoya rangibo'lmagani uchun hasharotxo'r qushlar ularni yaxshi ko'rishgan.Sanoatlashgan markazlarda esa bunday kapalaklar rangi qurumbosgan daraxt tanasl, shox-shabbasi rangida bo'lgani sabablihimoya vazifasini o'tagan. Shu zaylda shaharda qoramtir, qish-loqda oq rangli kapalaklar son jihatdan ko'paya borgan. Ha­sharotxo'r qushlar ustida o'tkazilgan kuzatishlardan ma'lumbo'lishicha chittak, moyqurt va boshqa shu singari qushlar sanoatmarkazlarida qayin odimchisi kapalagining oqish, qishloq joy-larida esa qoramtir nusxalarini ko'proq yer ekan. Genetiklarninganiqlashicha, qayin odimchisi kapalagida tana rangi xatti-harakatining o'zgarishi gen mutatsiyasiga aloqador. Bayon etilgan ma'lumotlar tangaqanotlilarning himoyarangi irsiy o'zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish natijasi ekanliginiko'rsatadi. Bu esa o'z navbatida Darvinning tabiiy tanlanishtufayli moslanishlar kelib chiqqanligi haqidagi mulohazasinaqadar to'g'ri ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin