Hech kim mandek to`za olmas jafou javringa –
Kim, balo anvo`iga sabr etkali Ayyub ho`b. (1.102)
Umuman, Ogahiy lirik merosidagi Ayyub obrazi kishini qalb, yurak, ishq, e`tiqod kabi mavhum tushunchalarning mohiyatini to`la anglab etishga undashi bilan birga iroda mustahkamligani ta`min etishda katta o`rin tutadi. Ayyub obrazi atrofiga shoir xilma-xil ma`nolarni jam etib, ular orqali kishi ma`naviy yuksakligini kuy-lagan. Bu kabi she`rlarni o`qib mulohaza qilgan kishi har qanday qiyinchilik qoshida mustahkam iroda bilan turishga ruhan quvvat topa oladi.
Mumtoz adabiyotimizdagi eng sevimli obrazlaridan yana biri Sulaymondir. U hakdagi ma`lumotlar Qur`on va boshqa diniy kitoblarda bayon etiladi1.
Xalq og`zaki ijodida Sulaymon va uning otasi Dovud haqida ko`pgina afsona va rivoyatlar to`qilgan2 bo`lib, ularning ta`sirida yozma adabiyot namunalarida ham payg`ambarlar haqida ko`pgina hikoyatlar keltiriladi. Rabguziyniit ««Qisasi Rabg`uziy», Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» asarlarida Sulaymon payg`ambar va "uning sifatlari Sharq fol`kloriga xos mubolag`ali fantastik tarzda aks etgan3.
Sulaymon payg`ambarning asosiy sifati hadsiz hokimiyat, kuchqudrat manbai bo`lgan uzugi va mo``jizaviy taxt egasi, barcha tirik mavjudotlar uning izmida ekani, shamol, ins-jinslar, dev-alvastilar uning hukmida bo`lganligi bilin belgilanadi.
Klassik shoirlarimiz Sulaymon obrazi va u bilan bog`liq sifat xususiyatlarga murojaat qilib, bu orqali rang-barang lavhalar
yaratishgan.
Alisher Navoiy lirik merosidu Sulaymon va uning an`anaviy xislatlari yangacha talqin etilgan. Shoir ijodidan quyidagi baytni namuna sifatida keltiramiz:
Gar Navoiy Sulaymon mulkicha bordur ne tongu
Buki Bilqisi zamon nazmini tahsin aylamish.
Maqta`da Sulaymon va Bilqiys nomining birgalikda qo`llanilishi diqqatga sazovor.
Ma`lumki, Bilqiys Yaman mamlakatining Saba` shahri malikasi bo`lib, quyoshga sig`inar edi. Sulaymon uni va qo`l ostidagi kishilar-ni hidoyatga boshlaydi. Malika Sulaymonning mo``jizalari va kuch-qudrati haqida eshitgach, buni o`z ko`zi bilan ko`rish maqsadida uning mamlakatiga tashrif buyuradi. Shunda Sulaymon (Allohning qudrati bilan) unga ko`pgina mo``jizalar ko`rsatadi. O`z taxtining Sulaymon :aroyida turganini va boshqa ko`pgina mo``jizalarni ko`rgan Bilqiys Allohning qudratiga shubha qilmaydi va iymon keltirib, Sulaymon Silan birga Allohga bo`ysunadi. Qur`oni Karim, «Tarixi anbiyo va xukamo», ««Qisasi Rabg`uziy»larda bu hakda qiziqarli ma`lumotlar b^rilgan1.
Bevosita yuqoridagi baytga qaytadigan bo`lsak, shoirning she`riga Bilqiysi zamonning tahsin qilishi Sulaymon mulki bilan barobar. Navoiy mazkur baytida Sulaymon va Bilqiys obrazlari vositasida ijodidan, she`rlaridan faxrlanmoqda.
Baytga ikkinchi tomondan yondashadigan bo`lsak, shoir Bilqiys orqali Xaysidir temuriy malikalardan birini nazarda tutgan bo`lib, ijodining ular tomonidan tan olinishi iftixor, xayrixohlik alomati deb qabul qilmokda.
Ustozlari an`anasini ijodiy davom ettirgan Ogahiy ijodida Sulaymon obrazi o`zining turli-tuman xususiyatlari bilan namoyon bo`lib, ularni quyidagacha o`rganish mumkin: 1. Sulaymon nomi bilan bog`liq turli xil voqea-hodisalarga ishora qilish orqali ijodkor-ning g`oyaviy-estetik dunyoqarashini ochib beruvchi baytlar. 2. Yorni Sulaymonga o`xshatish va unga Sulaymon nisbati berilgan baytlar.
Bir nazar man notavonga tsilmas ul sultoni husn,
Mo`rlar manzur erur garchi Sulaymon olida. (1.66)
Munis Xorazmiy esa quyidagi baytida mo`r va Sulaymon
voqeasiga ishora qilib shunday yozadi:
Tarab shaxti uza erdim Sulaymon,
G`amingdin ul sifatkim mo`r qildi.
Rivoyatlarga ko`ra, Sulaymon chumolini nihoyatda qadrlagan ekan. Bir kuni Sulaymonga butun jonzotlar tuhfalar in`om qilishadi. Undan kimning sovg`asi qimmatliroq, deb so`rashganda, o`zidan ko`ra rg`irroq chigirtka oyog`ini ko`tarib kelgan chumolini ko`rsatadi.
Demak, chumoli zahmatkashlik timeoli. Shu bois, u hurmatga sazovor. Bundan chumoli va Sulaymon obrazi Ogahiy lirikasida
birgalikda qo`llanilishi ham tasodifiy emasligi anglashiladi. Shoir ana shu voqeaga ishora qilish yo`li bilan oshiqning dilida tug`yon urayotgan ichki tuyg`ularni ochib beradi.
Ogahiy quyidagi qit`asida shohga qilgan she`rlari tuhfasini chumolining Sulaymonga chigirtka oyog`ini hadya qilgani tarzida ifodalaydi. Bunda shoir xarakteriga xos bo`lgan kamtarinlik, oddiylik, samimiylik yoritiladi.
Dostları ilə paylaş: |