O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə110/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Birinchi satxda o’qituvchi o’zi muammoni qo’yadi, uni shakllantiradi va talabalarni mustaqil ravishda uning yechilish yo’lini qidirishga yo’naltiradi.
Ikkinchi satxda o’qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, talabalar esa muammoni mustaqil shakllantiradilar va yechadilar.
Uchinchp sath - oliy sath bo’lib, unda o’qituvchi shunday qoidani ko’zda tutadi: muayyan muammoni ko’rsatib bermaydi, balki unga talabalarni “ro’baro’” qiladi hamda ularni mustaqil ijodiy faoliyagga yo’naltiradi, ularni boshqaradi va natijani baholaydi. Talabalar esa muammoni mustaqil anglaydilar, uni shakllantiradilar, uning yechilish usullarini tadqiq qiladilar.
O’quv muammosinipg qo’llashsh jarayonini osonlashtirish uni muayyan tartibga rioya qilishi lozim bo’ladi. Muammoli vazifalarni tashkil qilishdan oldin talabalarning sabab-oqibat aloqalarini o’rnata olish usullarini egallaganligiga ishonch hosil qilish, talabalarning muammoli vaziyatni tahlil qila olish darajasini o’rganish shartdir. Shuningdek, o’qituvchi talabalar e`tiboriga faqat ular uchun qulay bo’lgan muammolarni qo’ymasligi ham mumkindir. Shu bilan birgalikda muammoning yechilishi uni to’g’ri qo’ya bilishga ko’p jihatdan bog’liq ekanligini unutmaslik zarur.
Bu qoidalarni amalga oshirish avvalo o’quv materialining mazmun xususiyati bilan bog’liqdir. Uning tarkibi va tuzilmasiga qator talablarni qo’yish mumkin.
O’quv materiali quyidagi mazmunni qamrab oladi:
yangilik unsurlari (yangi tushunchalar, yangi belgilar, xususiyatlar, noma`lum tushunchalarning jihatlari, yangi aloqalar, harakatlanishning yangi usullari);
faktlar, bilish vazifalari va masalalari, ziddiyatlari ko’rinishidagi materiallarni qamrab olgan ma`lum va yangi bilim o’rtasidagi ziddiyat;
umumpedagogik va didaktik tamoyillarni hisobga olgan pedagogik nazariyaning metodologik asoslari materialni mavzuga muvofiq bayon qilshi.
Shuni ta`kidlash lozimki, o’qitish jarayoni faqat “muammoli” yoki “nomuammoli” metodlar yordamidagina amalga oshmaydi, balki uning samarali borishi uchun xilma xil metodlarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. O’qituvchi mashg’ulotning maqsadi, o’quv materiallarining mazmunini to’plash, auditoriyada qatnashgan talabalarning xarakteri, ularning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda ularni tinglash hamda birini ikkinchisi bilan bog’lashni amalga oshiradi. Shundagina o’quv jarayonining yuqori samaradorligi ta`minlanadi. Shuningdek, muammoli o’qitishning samaradorligi ko’p jihatlardan talabalarning ijodiy faoliyatga, muammoni ifodalash va yechishga bo’lgan tayyorgarligiga bog’liq bo’ladi. Ularni ijodiy faoliyatga jalb qilishda muammolilik bayonidan asta-sekin tadqiqot ishlariga o’tish, muammoli o’qitishning barcha metodlari zanjirida asta-sekin oddiydan murakkabga o’tish tavsiya etiladi.
Agar o’rganilayotgan kursning (bo’lim, mavzuning) mohiyatini, ulardan foydalanishning zarur metodik materiallari va qoidalarini talabalar bilmasa va anglamasa, o’qituvchi ularning ijodiy faoliyatini tashkil eta olmaydi.
Demak, muammoli o’qitish yetarli darajada samarali bo’lishi uchun u yaxlit o’quv-tarbiya jarayoniniig uzviy qismi bo’lishi kerak.
Muammoli lektsiyalar o’tkazish jarayonida talabalarda ijodiy faoliyatga zarur bo’lgan motivlar, qimmatli yo’l-yo’riqlar va yo’llanmalarning shakllanganligi muhim o’rin egallaydi.
Ta`kidalash joizki, o’quv faoliyati motivlarining doirasi juda ko’p motivlar yig’indisi bo’lsa-da, ulardan ikki guruhi belgilovchi hisoblanadi.
To’rtinchi guruhga maxsus motivlar talluqli. Ular talabalar tomonidan barcha hayotiy ehtiyojlarni chuqur anglash, mutaxassis bo’lib yetishishi uchun bilimlarni egallashning ijtimoiy zarurlngini tushunishni qamrab oladi. Bu guruh motivlarini o’qituvchi kursning amaliy xarakteri va kasbiy yo’nalganligini namoyish qilish orqali talabalarning tushunchalarini amalda qo’llash orqali kuchaytirish mumkin.
Ikkinchi guruh motivlari o’quv fanlari va bilishga bo’lgan qiziqish bilan bog’langan. Bu guruh motivlari mohiyatini o’qituvchi talabalardagi o’quv fanlariga bo’lgan qiziqishni bilish to’g’risidagi bilimlarni shakllantirish orqali kuchaytirish mumkin. Buning uchun lektsiya jarasnida xatti-harakatlarning namunaviy usullari, tushunchalar tizimining mantiqiy usullari, aniqlanmalar, hislatlar va boshqa isbotlovchi qurilmalariniig “tushunchalar asosida xulosalar” xatti-harakatlari shakllanishining didaktik qimmatini belgilovchi o’quv materialiga urg’u beriladi.
Talabalarda yuqorida bayon qilingan malakalarni shakllantirish uchun lektsiyani o’tkazish uchun shunday tayyorgarlik ko’rish ko’zda tutilishi kerakki, ular tayyor bilimlarni chaqqonlik bilan harakat usullariga aylantira olsin. Bu didaktik maqsadga erishish uchun talabalarning yechimlarni qanday shakllantirishlariga, u yoki bu ifoda qaysi talablar asosida qoniqtirilayotganiga, dastlabki omil, argumentlar, xulosalarga diqqatni jalb qilish lozim.
O’qitishning bu mstodini lektsiya o’qishning axborot - tasviriy yondashuvdan qisman ijodiy va ijodiy metodga o’tish orqali amalga oshirish mumkin, ular talabalarda lektsiyaning turli bosqichlarida va sharoitlarida muayyan bilish mashaqqatlarini tug’diradiki, ular o’qitish jarayonida avval shakllangan bilim va ko’nikmalarni joriy etish hamda qayta ishlash asosida muvaffaqiyatli hal kilinadi.
Talabalarni ijodiy faoliyatga tayyorlash tizimida o’qituvchining lektsiya jarayonida ularga e`tibor qaratish, o’quv-bilish faoliyatiga mos ko’rsatmalarni bera olishi muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda lektsiyada o’quv fani mazmunining umumiy-ta`limiy qimmatini isbotlash bilan birga uning shaxs intellekti, dunyoqarashi, bilimlarni tasniflash va ko’llash usullari, ulardan tejamli foydalanish hamda to’g’ri baholay olish tarbiyasiga ta`sir etishni ham isbotlash lozim bo’ladi.
Shuningdek, bunday eksperiment (amaliyot), egallangan bilimlar, fikrlarni (hukmlarni) ko’rish usullarining haqiqiyligini tasdiqlashga qaratilganligi ta`kidlanishi lozim. O’quv mashg’ulotlarining bunday borishi talabalarda ilmiy-nazariy tadqiqot va eksperiment o’tkazish malakasini shakllantiradi, bu bilan ular ilmiy ijod kengligiga, ishchanlik muloqotiga chiqadi, tadqiqotning bosqichlarini rejalashtiradi, uning maqsad va vazifalarini ifodalaydi, metodikasini ishlab chiqadi.
Muammoli o’qitishning talablar darajasidagi sifatini ta`minlash, talabalar tomonidan o’zlashtirilgan axborotlar bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish maqsadida seminarlar o’tkazish mumkin.
Ma`lumki, bunday seminar o’tkazishning dastlabki maqsadi ma`ruza yoki axborotni jamoa bo’lib muhokama qilishdir. Seminarning samaradorligi albatta talabalarni unga tayyorlash sifatiga bog’liq. Ayniqsa, ma`ruza va axborot tayyorlayotgan talabalar bilan ishlash muhim ahamiyatga aga.



Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin