O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


– MAVZU: Ta’lim muassasasi menejmenti



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə119/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

14 – MAVZU: Ta’lim muassasasi menejmenti
Reja:
1. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida tushuncha.
2. Ta’lim muassasasi Ustavi – rahbarlik va boshqaruv tizimini aniqlovchi hujjat.
3. Ta’lim muassasasining ichki boshqaruvi. Ta’lim muassasasida metodik ishlarni tashkil etish.

Ta’lim muassasasini boshqarishning pedagogik— psixologik asoslari.


Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo’lganja rayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta’lim tizimida ham boshqarishning to’g’ri tashkil etilishi juda muhim.
Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o’ta TAQmuhim hisoblanadi.
Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma’lum birob’ektga tashkiliy, rcjali, tizimli ta’sir ko’rsatish demakdir.
Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish deb esa pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag’batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilishga aytiladi.
Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish bo’yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Masalan, «ta’sir etish» tushunchasining o’rniga «o’zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo’llanilmoqda.
Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlatga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o’zaro hurmat bilan tavsiflanadi.
Xo’sh, «menejment» va «menejer» atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi?
Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta’lim muassasasida davlat- jamoat boshqaruvining pedagogik-psixologik asoslarini tushunishimizda ushbu yo’nalishda tadqiqot olib boigan pedagog R.Ahliddinovning qarashlari alohida diqqatga sazovor.
«Menejment» va «menejer» atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa egalari o’z mulklari va xodimlarni o’zlari boshqarganlaridan ko’ra tanlangan yo’nalish bo’yicha maxsus tayyorgarlikdan o’tgan mutaxassislarni jalb etish afzal ekanligini tushunib etganlaridan so’ng paydo bo’ldi. Bugungi kunda menejer rivojlangan demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi.
Menejment deganda. odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslaming ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (voki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish. ular bilan hamkorlik qilish iaravonidir. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida so’z yuritilganda, O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning 4.6-bandida so’z yuritilayotgan jarayonning mohiyati haqida batafsil to’xtalib o’tilganligini alohida ta’kidlash zarur. Ushbu hujjatda qayd etilishicha. ta’lim muassasasi menejmentining quyidagi vazifalari ko’rsatib berilgan:

  • uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodaviat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o’zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo’li bilan boshqarib borilishi;

  • barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunga muvofiq belgilanadi;

  • ta’limning normativ-huquqiy bazasi rivojlantiriladi;

  • moliya-xo’jalik faoliyat ini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda o’quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi;

  • ta’lim muassasalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o’tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko’ra ta’lim sohasida faoliyat ko’rsatish huquqi beriladi;

  • muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o’z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta’lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, olimlar ta’lim menejmentining bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o’tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:

  • ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so’zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o’lchovga ega;

  • ta’lim menejmenti - bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar katta rol o’ynaydi);

  • menejment mazmunida o’z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o’zaro dialektik birligi;

  • ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o’tiladi.
Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi — ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o’qituvchilar, o’quvchilar hamda ota-onalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va crkinlik berishni kengaytirishdan iborat.
Ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarish O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunining (1997-yil) 3- moddasida, ya’ni ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillarida aks ctgan. Ta’lim so?asidagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun respublikamizda ta’limni boshqarishning davlat organlari tuzilgan. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunida, O’zbekistonda ta’lim sohasini boshqarish respublika tasarrufidagi yuqori hukumat va uning boshqarish organlari hamda mahalliy hukumat va uning boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilishi ko’rsatilgan.



Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin