15-MAVZU: Maktab-pedagogik tizim sifatida Mashg’ulot rejasi: 1. Pedagogik nizimni boshqarishning predmeti, principlari, vazifalari
2. Pedagogik kengash va uning vazifalari
3. Sinf rahbarining vazifalari
4.Maktabni ichki nazorat qilish principlari
Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi O’zbekiston Respublikasida ta’limni boshqarishning davlat yuqori organlari hisoblanadi. Vazirliklar o’zini vakolatlik doirasida:
ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro’yobga chiqaradi; - ta’lim muassasalari faoliyat ini muvofiqlashtiradi va uslub masalalarida ulaiga rahbarlik qiladi;
davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarining bilim saviyasi va kasbiy tayyorgarligiga bo’lgan talablarning bajarilishini ta’minlaydi;
- o’qitishning ilg’or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o’quv jarayoniga joriy etadi, o’quv va o’quv-uslubiy adabiyotlarni yaratadi va nashr etishni tashkil qiladi;
- ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat
ta’lim muassasalarida eksternat to’g’risidagi nizomlarini tasdiqlaydi;
davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etadi.
Xalq ta’limi Vazirligining mahalliy organlari quyidagilar sanaladi:
Xalq ta’limi vazirligining mahalliy oiganlariga xalq ta’limi viloyat boshqarmalari, shahar, tuman bo’limlari kiradi. Xalq ta’limi bo’limlari mahalliy hokimlik tasarrufiga kiradi va unga bo’ysunadi. Koraqolpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, xalq ta’limi viloyat j boshqarmalari, shahar va tuman bo’limlari ikki tomonlama —
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga va tegishli ravishda Koraqolpog’iston Respublikasi Vazirlar kengashiga, viloyat, shahar, tuman hokimliklariga bo’ysunadilar.
Ular maktab faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boradi va uning rivojini ta’minlash uchun ko’maklashadi. Ularning vakolatiga maktab direktorlari va ularning o’rinbosarlarini tayjnlash ham kiradi.
Maktabni boshqarish ishiga maktab inspeksiyasi, ya’ni, vazirliklar va xalq ta’limi bo limlarining maktab inspektorlari xizmati yordam beradi. Ular maktab faoliyatini o’rganadi. ta’lim-tarbiya jarayonining natijalarini tahlil qiladi. ilg’or tajribalarini aniqlaydi va ularni ommalashtirish chora-tadbirlarini belgilaydi. kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish yoMlarini izlaydi. maktab direktori va o’qituvchilaiga yordam ko’rsatadi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, o’quv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartini ishlab chiqish va joriy etish, o’quv-ta’lim va kasb-hunar dasturiarini birlashtirish, pedagog kadrlar bilan ta’minlsh. ularni tayyorlash va qayta tayyorlash Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi (O’zrta maxsus kasb-hunar ta’limi Markazi), uning hududiy boshqarmalari tomonidan tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda amalga oshiriladi1.
Ta’lim tizimini iamoatchilik asosida boshqarish o’qituvchilar, o’quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning umumiy o’rta ta’lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga yo’naltirilgan faoliyatidir.
Bir yilda bir marta o’tkaziladigan maktab jamoasining konferentsiyasi jamoatchilik boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi. Konferentsiyada maktab Kengashi, uning raisi saylanadi, maktabning Ustavi qabul qilinadi, o’qitish qaysi tilda olib borilishi aniqlanadi va hokazo. Konferentsiyalar oraliqida o’z-o’zini boshqarishning yuqori organi vazifasini maktab kengashi bajaradi. Maktab kengashi bir yilda 4 marta chaqiriladi.
Davlat ta’lim muassasalari bilan bir vaqtda nodaviat ta’lim muassasalarining faoliyat ko’rsatishi ham ta’limni boshqarishning jamoatchilik xarakterini ifodalaydi.
Umumiy o’rta ta’lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari haqidagi Nizom, ta’lim muassasalarining Ustavi — ta’lim muassasalarini boshqarish va unga rahbarlik qilishning asosiy hujjati.
Nizomda quyidagi masalalar yoritilgan:
Umumiy qoidalar.
Umumiy o’rta ta’limning maqsadi va vazifalari.
Umumiy o’rta ta’limni tashkil etish.
O’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.
Pedagog kadrlarni tayyorlash. qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Umumiy o’rta ta’limni boshqarish.
Mablag’ bilan ta’niiniash va moddiy-texnika ta’minoti.
Xalqaro hamkorlik.
Nizomga asosan, umumiy o’rta ta’limning maqsadi o’quvchilarni davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’qitish va tarbiyalash hamda shaxsning ta’lim olish huquqini ro’yobga chiqarish hisoblanadi.
Umumiy o’rta ta’lim mazmunini yoritish Nizomning asosiy g’oyalaridan biri bo’lib, maiburiv va qo’shimcha komponentlar umumiy o’rta ta’lim mazmunining asosini tashkil etadi.
Majburiy komponent davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi va o’quvchilarni tayyorlashning o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida bilimlar asoslarini yanada puxta o’rganish va kasb egallash uchun etarli bo’lgan zarur darajasini belgilaydi.
Qo’shimcha komponent o’quvchining ehtiyojlari va qobiliyati, maktabning moddiy-texnika va kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqib belgilanadi. Qo’shimcha o’quv yuklanmalarining hajmi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligining Sog’liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan normativlariga muvofiq belgilanadi. O’quvchilar bilim sifati va ta’lim natijalarining davlat ta’lim standartiga muvofiqligini nazorat qilishni ta’minlash uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat bilan birga bosqichli nazorat o’tkazish ham nazarda tutiladi.
Bosqichli nazorat o’quv yili tamom bo’lgandan keyin imtihonlar. test sinovlari, sinovlarshaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlanadi va o’quvchini navbatdagi sinfga o’tkazish to’g’risidagi qaror qabul qilinadi.
Maktabga bevosita rahbarlik boshqarishning yuqori organlar tomonidan tayinlanadigan direktor, davlatga qarashli bo’lmagan ta’lim muassasalarida esa muasssis tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasida, umumiy o’rta ta’limda ham xalqaro hamkorlik yo’lga qo’yilgan «Umumiy o’rta ta’lim to’g’risida»gi Nizomning sakkizinchi bo’limida qayd etilganidek, umumiy o’rta ta’limni boshqarish organlari va ularning mahalliy organlari sanalgan ta’lim muassasalari halqaro hamkorlikni pedagogik axborot va tajriba almashinish, pedagog xodimlarning tajriba o’rganish va malaka oshirish maqsadida progressiv xalqaro jamg’armalar va tashkilotlarning grantlarini olish sohasidagi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar hamda shartnomalar asosida amalga oshiradilar.
Mazkur Nizom umumiy o’rta ta’lim (maktab)ni har tomonlama boshqarish mohiyatini o’zida ifoda etadi.
Nizom mazmunida quyidagi masalalar yoritilgan:
Umumiy qoidalar.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsadi, vazifalari va uni tashkil etish.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga o’quvchilarni qabul qilish, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.
Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini mablag’ bilan ta’minlash va moddiy-texnika ta’minoti.
Xalqaro hamkorlik.
Umumiy qoidalarda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumiy o’rta ta’lim negizida o’qitish muddati 3 yil bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanishi hamda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq amalga oshirilishi, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yuridik shaxs hisoblanishi, qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilishi bayon etilgan.
Ikkinchi bo’limda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsadi, vazifalari va uni tashkil etish haqida gapiriladi.
Quyidagilar o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining vazifalari sifatida bclgilangan:
davlat ta’lim standartlari doirasida umumta’lim va kasb-hunar dasturini bajarish:
o’quvchilarning uzluksiz ta’limning keyingi bosqichida o’qishni davom cttirish, tanlangan mutaxassisliklar bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanish uchun zarurva etarli bo’lgan bilimlar hamda kasb tayyorgarligi darajasini chuqurlashtirish:
respublika iqtisodiyotining malakali kichik mutaxassis kadrlarga bo’lgan chtiyojini qondirish.
Bundan tashqari ushbu bo’limda akademik litseylar qoidaga ko’ra, Oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etilishi, kasb-hunar kollejlari esa hududlaming demografik va geografik sharoitlarini, tegishli soha mutaxassislariga bo’lgan mahalliy ehtiyojlarini hisoga olgan holda tashkil etilishi ko’rsatib berilgan.
Uchinchi bo’limda o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o’quvchilar qabul qilish; umumiy ta’lim va kasb-hunar dasturlarining amalga oshirilishi; nazorat turlari; kursdan-kursga, o’rta maxsus kasb- hunar ta’limi muassasasining bir turidan boshqasiga o’tkazish va diplom berish tartiblari bayon etilgan.
To’rtinchi bo’limda esa akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida kimlar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega ekanligi; Ushbu ta’lim muassasalariga professor-o’qituvchilarni va muxandis pedagoglarni ishga tjabul qilish qay tarzda amalga oshirilishi aytib o’tilgan.
Beshinchi bo’limda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish tartibini o’z ichiga oladi. Unda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, o’quv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartini ishlab chiqish va joriy etish, o’quv ta’lim va kasb-hunar dasturlarini birxillashtirish, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi (o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi), uning hududiy boshqarmalari tomonidan tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan biigalikda ta’lim muassasasi direktori tomonidan amalga oshirilishi ko’rsatilgan.
Oltinchi bo’limda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini mablag’ bilan ta’minlash amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi, ta’lim muassasasining moliyaviy mablag’lari uning tasarruflda bo’lishi belgilab berilgan.
Ettinchi bo’limda esa o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari belgilangan tartibda xorijiy sheriklar bilan bitimlar tuzish huquqiga egaligi, xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislartayyorlashi mumkinligi e’tirof etiladi.
Ta’lim muassasasining Ustavi ta’lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim jarayonining quyidagi ikki muhim tarkibiy jihati ajratib ko’rsatiladi:
davlat ta’lim standartida, belgilangan bilimlar zahirasini egallash uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerakligi ;
bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilishni tashkil etish (savodxonlik, mustaqil fikrlash hamda masalalarni yccha olishga o’rgatish).
Shuningdek ta’lim muassasasining ustavida muassasani boshqarishga qo’yiluvchi talablar, o’qituvchi, o’quvchilar hamda ta’lim muassasasi rahbarlarining huquq va burchlari ham aniq bayon etib berilgan.
Masalan, o’quvchilar ta’lim standartlari asosida ta’lim olish uchun intilishlari. ta’lim muassasasining pedagogik xodimlari esa yuqori darajada ta’lim berishlari, ta’lim oluvchilaming o’quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o’zlashtirishlarini ta’minlashlari zarur. Ta’lim muassasasi rahbari (direktori) esa o’quv-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishini ta’min etadi, o’quv dasturlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga to’laqonli rioya etilishi, ma’naviyat ishlarining samarali tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Ustavda o’z-o’zini boshqarish, jamoada o’zaro munosabatning o’rnini kabi masalalar mohiyati ham yoritib beriladi. Chunonchi, ta’lim muassasasining direktori o’qituvchilar bilan baland ovozda, ularning nafsoniyatiga tegadigan so’zlar bilan muomala qilish huquqiga ega emas.
Mazkur Ustavlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim muassasasi Ustavini ishlab chiqish tartibi to’g’risida»gi Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Ta’limni boshqarishning vakolati mas’ul davlat organi tomonidan tasdiqlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralarida ro’yxatdan o’tkaziladi.
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim muassasasining joylashgan o’rni, uning turi, ta’lim tili, guruh rahbarlari, o’qituvchilarning huquq va burchlari, ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalarining huquq va burchlari, shuningdek, ta’lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi va xo’jalik faoliyati. boshqarish tartibi aniq bclgilanishi ko’rsatib berilgan.
Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi bo’limlardan tashkil topadi:
a) Qisqacha ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlar.
b) Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari.
v) Ta’lim muassasasini boshqarish:
g) ta’lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o’z-o’zini boshqarish asosida amalga oshirilishi;
d) pedagogik-jamoa Kengashi;
e) direktor, uning huquq va burchlari;
j) direktorning o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosarining huquq va burchlari;
i) ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining huquq va burchlari.
O’quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish:
ta’lim mazmunining Davlat ta’lim standartlari bo’yicha ishlab chiqilgan o’quv reja va dasturlari asosida belgilanishi;
o’quv jarayonini tashkil etish;
- iqtidorli yoshlar bilan ishlash;
- ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazish tartibi;
- qo’shimcha pulli mashg’ulotlarni joriy etish;
- kunlik ish tartibi (seminar, mashg’ulotlarning davom etishi, tanaffuslar, uy vazifalarini berish tartibi va hokazolar).
O’qituvchi. Huquq va burchlari.
O’quvchi. Huquq va burchlari.
O’quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ma’muriy va yordamchi xodimlarning huquq va burchlari.
Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyat va mas’uliyatlari.
Ta’lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo’jalik ta’minoti.
Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari. Har
qanday faoliyat singari boshqarish faoliyati ham o’z vazifalarini bir qatortamoyillarga asoslanib amalga oshiradi. Pedagogik adabiyotlarda ta’lim tizimini boshqarishda asos bo’lib xizmat qiluvchi tamoyillarni ular tomonidan bajariladigan vazifalar (rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish)ga tayanilgan holda belgilanishiga alohida urg’u berilgan. Mazkur o’rinda ta’lim muassasasini boshqarishning har bir tamoyiliga (Slastenin V.A. «Obhaya pedagogika» 2003-yiI) o’quv qo’llanmasiga tayangan holda) alohida-alohida ta’rif berishga harakat qilamiz. Ta’lim muassasasi boshqaruv nazariyasi va tarixida boshqarishning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
1-chizma. Ta’lim muassasasini boshqarish tamoyillari
Pedagogik tizimni boshqarishni demokratiyalash va insonparvarlashtirish. Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning barcha uchun ochiq va tushunarli joriy etish, ta’lim muassasasi jamoatchiligi oldida ma’muriyatning muntazam hisobot berishi, o’qituvchi va o’quvchilarga ta’lim muassasasi hayotiga oid o’z fikrlarini bildirishga imkon berish, ta’lim muassasasida demokratik g’oyalarning ustuvoro’rin tutishini anglatadi.
Ta’lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda bo’lish, unga ishonish. pedagogik faoliyatda Subektning subektga munosabati darajasiga erishish, o’quvchi va o’qituvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish, o’z iste’dodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish insonparvarlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi.
Boshqarishning tizimlilik va yagonalik. Ta’lim muassasasini boshqarishga nisbatan tizimli yondashuv asosida rahbar ta’lim muassasasini bir butun yaxlit tizim sifatida va uning belgilari haqida aniq tasavuiga ega bo’ladi. Tizimning birinchi belgisi yagonaligi hamda uni bo’laklar, tarkibiy qismlarga ajratish mumkinligidadir. Ikkinchi belgisi tizimning ichki tuzilishining mavjudligini anglatadi. Uchinchi belgisi tizimning integratsiyalana olishidir. Tizimning har bir tarkibiy qismi o’ziga xos sifatga ega bo’lgani bilan, o’zaro harakat orqali tizimning yangi integratsiyalana olish sifati hosil bo’ladi. To’rtinchi belgisi ta’lim muassasalarining tashqi muhit bilan chambarchas bog’liqligidir. Chunki ta’lim muassasalari tashqi muhitga moslashib, ushbu ta’lim jarayonini qayta quradi hamda o’zining maqsadlariga erishish uchun tashqi muhitni o’ziga bo’ysundiradi. Boshqaruvdagi tizimlilik va yagonalik rahbar bilan pedagogik jamoa o’rtasidagi o’zaro harakat va aloqani ta’minlaydi, biryoqlama boshqaruvning oldini oladi.
Boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional uvg’unligi. Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq bo’lganda, albatta, ma’muriy boshqaruv kuchayadi. Bu holat o’qituvchilar va o’quvchilarning ehtiyojlari, talab va istaklarini hisobga olmaslikka, rahbar va o’qituvchilarning keraksiz mehnat va vaqt sarflashlariga olib keladi.
Shuningdek, markazlashtirilmaslikka ham keragidan ortiq e’tibor berilsa, pedagogik tizim faoliyatining sustlashishi ko’zga tashlanadi.
Ta’lim muassasasi ichidagi boshqaruvda markazlashtirish va markazlashtirmaslikni uyg’unlashtirish ma’muriy va jamoatchilik boshqaruvi rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratadi hamda kasb malakasi darajasida qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadi.
Yakka-hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligj tamovili pedagogik jarayonni boshqarishda yakkahokimlikka yo’l qo’ymaslikka qaratilgan. Boshqarish faoliyatida o’qituvchilarning tajribasi va bilimiga tayanib, turli qarashlami taqqoslab, oqilona xulosalar chiqarish o’ta muhimdir. Vazifalarni kollegial hal qilish har bir jamoa a’zosining javobgarligini yo’qqa chiqarmaydi.
O’z navbatida yakkahokimlikning o’ziga xos jihatlari bor. Yakkahokimlik pedagogik jarayonda tartib-intizom, vakolat doirasi va unga amal qilishni ta’minlaydi.
Qarorni qabul qilishda kollegial yondashuv ma’qul bo’lsa, qaroming ijrosini ta’minlashda yakkahokimlikka bo’ysunish ma’quldir.
Ta’lim tizimini boshqarishning davlat-jamoatchilik xarakteri ushbu tamoyilni amalga oshirishga sharoit yaratadi.
Ta’lim tizimini boshqarishda axborotlarning ob’ektivligi va to’liqligi. Ta’lim tizimini boshqarishning samaradorligi axborotlarning qanchalik aniq va to’liqligiga ham bog’liq. Agar axborotlar aniq, to’liq yig’ilsa yoki haddan ziyod ko’p bo’lsa, qaror qabul qilishda chalkashlikka olib keladi.
Biz ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning o’zlashtirishi haqidagi ma’Iumotlarni yig’amiz, lekin ularning qiziqishlari, xulq-atvori, shaxs sifatidagi yo’nalishiga e’tibor bcramiz. Ana shuning uchun ham tarbiya jarayonida ko’plab og’ishlar kuzatiladi.
Ta’lim muassasasining rahbari o’zining faoliyatida menejer vazifasini ham bajaradi. Shuning uchun u o’z faoliyatida kuzatish, anketa, test, instmktiv va metodik materiallardan keng foydalana bilishi lozim. Ta’lim muassasasi ma’muriyati maktab ichidagi axborotli boshqaruv texnologivasini ishlab chiqish va uni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratishi kerak.
Boshqaruv jarayonida axborotdan samarali foydalanish ta’lim muassasasi faoliyatining muvafTaqiyatli amalga oshirilishiga yordam beradi. Ta’lim muassasasini boshqarishda foydalaniladigan axborotlar turlichadir (38-chiznia).
Axborotlar jamg’armasini shakllantirish va undan jadal foydalanish boshqaruv ishini ilmiy tashkil etishni yuksaltiradi.
Maktab ichki boshqaruvining o’ziga xosligi quyidagi vazifalarda aniq ko’rinadi:
Ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilish.
Maqsad qo’yish va rejalashtirish.
Tashkil qilish.
Maktab ichki boshqaruvini nazorat qilish.
Tartibga solish.
Boshqaruv axboroti
Ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi va rivojlanishini tahlil qilmasdan avval erishilgan natijalarni hozirgilari bilan taqqoslamasdan turib, uni boshqarib bo’lmaydi.
Ta’lim muassasasini boshqarish samaradorligi rahbarning ham, o’qituvchilarning ham pedagogik tahlil uslubiyatini teran bilishlariga bog’liq. Agar o’z vaqtida, professional darajada pedagogik jarayon to’g’ri tahlil qilinmasa, jamoa orasida o’zaro bir-birini tushunmaslik, ishonchsizlik kelib chiqadi. Hozirgi paytda pedagogik tahlilning quyidagi uch turi mavjud:
kundalik tahlil;
tizimli tahlil;
yakuniy tahlil.
Kundalik tahlil o’quv jarayonining borishi va natijasi haqida har kuni ma’lumot yig’ib, undagi kamchiliklaming sababini aniqlashga qaratiladi. Kundalik tahlij natijasida pedagogik jarayonga o’zgartirishlar va tuzatishlar kiritiladi. Kundalik tahlilning predmetiga o’quvchilarning har kungi o’zlashtirish va intizomlari darajasi, ta’lim muassasasi rahbarining darsga hamda sinfdan tashqari darsla^ga qatnashishi, maktabning tozalik holati, shuningdek, dars jadvaliga rioya qilish kabi holatlar kiradi.
Tizimli tahlil darslar va sinfdan tashqari mashg’ulotlar tizimini o’iganishga qaratiladi. Tizimli tahlil mazmuni ta’lim metodlarini to’g’ri uyg’unlashtirish, o’quvchilar tomonidan bilimlarning puxta o’zlashtirilishiga erishish, o’qituvchilarning sifatli tarbiyaviy ishlami olib borishlari, ularning pedagogik madaniyatini ko’tarish hamda ta’lim muassasasida innovatsion muhitni tashkil qilishda pedagogik jamoaning hissasini ta’minlash kabilardan iborat.
Yakuniy tahlil o’quv choragi, yarim yillik va o’quv yili yakunida amalga oshiriladi hamda asosiy natijalarga erishish yo’llarini o’^ganishga qaratiladi. Yakuniy tahlil uchun ma’lumotlar kundalik va tizimli tahlillar, joriy va oraliq nazorat yakunlari, o’quvchilarning va sinf rahbarlarining hisobotlaridan olinadi.
Har qanday pedagogik jarayonni boshqarishning asosi maasad qo’vish va reialashtirishdan iborat.
Boshqaruv faoliyatining maqsadi — ishning umumiy yo’nalishi, mazmuni, shakli va metodlarini aniqlash. Demak, maqsad — rejaning asosi. Boshqaruvda asosiy maqsad aniqlanganidan keyin, unga erishish uchun qo’shimcha maqsad qo’yiladi. Ta’lim muassasasini boshqarishni rejalashtirish pedagogik tahlil asosida belgilangan dasturiy maqsadga muvofiq qaror qabul qilishdir. Bunday qarorlar ma’lum bir muddat davridagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali yoki yakuniy ishlarni bajarib bo’lgandan so’ng qabul qilinishi mumkin.
Ta’lim muassasasini boshqarish amaliyotida rejalashtirishning quyidagi uchta asosiy shakli qo’llaniladi:
muddatli (perspektiv);
yillik;
yakuniy.
Muddatli rejalashtirish qoidaga muvofiq so’nggi yillarda, ta’lim muassasasida amalga oshirilgan ishlarni chuqur tahlil qilish asosida bir necha yilga mo’ljallab qabul qilinadi.
Ta’lim muassasasida, qabul qilinishi mumkin bo’lgan muddatli reja quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin:
Rejalashtirilgan muddatda ta’lim muassasasi oldiga qo’yilgan vazifalar.
Guruhlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, o’quvchilarning yillik o’zlashtirish darajasi muddatlari.
Ta’lim jarayoniga pedagogik innovatsiya (yangilik)larni olib kirish muddatlari.
Ta’lim muassasasining pedagogik kadrlariga qo’yilgan talablari.
Pedagog kadrlar malakasini turli shakllar (kurslar, seminarlar, treninglar) orqali oshirish.
Ta’lim muassasasini texnika hamda o’quv-metodik (qurilish ishlari, axborotlashtirish, ko’rgazmali qurollar, kutubxona fondini boyitish) ko’lamini rivojlantirish.
O’qituvchi va o’quvchilarni ijtimoiy himoya qilish.
Yillik rejalashtirish butun o’quv yili hamda yozgi ta’tilni qamrab oladi. Yillik rejalashtirish o’quv yili davomida amalga oshiriladi va ta’lim jarayonini tashkil etilishi (chorak, semestr)ga qarab bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi.
Yakuniy rejalashtirish o’quv choraklari uchun tuziladi, u bir yillik rejaning aniqlashgan ko’rinishi hisoblanadi. Shu tarzda rejalashtirishning bunday aniqlashgan ko’rinishlari o’qituvchilar, o’quvchilar va ota-onalar qo’mitasining faoliyatini boshqarishga yordam beradi. Bu rejalar o’qituvchilar va sinf rahbarlarining ish rejalari bilan aloqadorlikda aniqlashtirilib boriladi. Umuman olganda, boshqarish faoliyatida rejalashtirish vazifasining to’la amalga oshirilishi ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligini oshiradi.
Qabul qilingan rejalarni to’liq amalga oshirish uchun tizimli harakatning boshqaruvchilari uning tarkibiy qismlarini bir-biri bilan aloqada bo’lishini tashkil etishlari kerak. «Tashkil etish» tushunchasi birqancha ma’nolarda qo’llaniladi.
Birinchidan, baho sifatida aqliy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan hamda darsdan tashqari tadbirlarning uyushtirilishini ta’minlaydigan o’quv-tarbiya jarayonining maqsadida namoyon bo’ladi.
Ikkinchidan, tashkil etish deganda belgilangan rejalarni amalga oshiruvchi, oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun butun pedagogik jarayonni boshqaruvchi ta’lim muassasasi rahbarlari, o’qituvchilar, o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish organlari faoliyati tushuniladi.
Boshqarishni tashkil etuvchi asosiy boshqarmalar sifatida ta’lim muassasasining kengashi, pedagogik Kengash, direktor boshqaradigan majlis, direktor o’rinbosarlarining majlisi, tezkor yig’ilishlar, nietodik seminarlami qayd etish mumkin.
Pedagogik Kengash faoliyati demokratik va oshkoralik tamoyillariga asoslanib olib boriladi. Pedagogik Kengashlarda anketalar. savol- javoblar, nazorat ishlar, tanlov ishlari ko’riladi. Bundan tashqari pedagogik Kengash yig’ilishlarida ta’lim muassasasi hayoti va faoliyatiga doirdolzarb masalalarhal qilinadi. Shuning uchun pedagogik Kengashni turli muhokamali, muammoli masalalardan ozod qilish uchun ta’lim muassasalarda direktor yig’ilishlari tashkil etiladi. Direktor yig’ilishlarida rahbariyat va o’qituvchilar ishtirok etib qolmay, boshqa ishchi xoditnlar ham qatnashishlari mumkin.
Ta’lim muassasasi o’rinbosarlarining yig’ilishlarida kundalik savollar va ma’muriy boshqarishga oid masalalar muhokama qilinadi. Bunday majlislar ta’lim muassasasi rejasi bo’yicha o’quv yilining choragi (semestri)da yoki har oyda bo’lib o’tadi.
Tezkor axboriy majlislar ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini tashkil etishning zarur shaklidir. Tezkor axboriy majlislarning mavzusi mavjud sharoitlardan kelib chiqadi. Bu kabi majlislar pedagogik xodimlar, o’quvchilarning barchasi uchun tashkil qilinadi.
Ichki nazorat ham ta’lim muassasasini boshqarishda alohida o’rin tutadi. Nazoratni tashkil etishda etishmovchiliklarni bartaraf etish uchun bir qancha talablarni bilish zarur. Bunday talablarga mimlilik. obvektivlik hnmkatlilik, to’ldiruvchilik kabilarni ko’rsatish mumkin.
Pedagogik boshqaruvga doiradabiyotlarda, ta’lim muassasasi ichki nazoratining quyidagi yo’nalishlarda tashkil etilishi bayon etilgan:
Pedagogik tashkilotchilikka doir savollarning qo’yilishi.
Ta’lim dasturlari, DTSning bajarilish sifati.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarining sifati.
O’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi.
O’qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
funktsiyalarining bajarilish holati.
Darsdan tashqari tarbiya ishlarining tashkil etilish holati va sifati.
Pedagogik kadrlar bilan ishlash.
Ta’lim muassasasi faoliyatining o’ziga xos samaradorligi.
Qabul qilingan qarorlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlarda ko’rsatilgan talablarning bajarilishi.
Ta’lim muassasasi ichki nazoratining turlari, shakllari va metodlarini turkumlashtirish hozirgi vaqtda muammoli masala bo’lib qolmoqda. Shunga qaramasdan, ko’pgina pedagogik adabiyotlarda ichki nazoratning quyidagi turlari ajratilib ko’rsatiladi:
2- chizma. Ta’lim muassasasi ichki nazoratining turlari
Mavzuli nazorat qandaydir aniq masalani o’rganishda ta’lim muassasasi jamoasi, o’quvchilar guruhi yoki alohida o’qituvchining pedagogik faoliyati tizimi, ta’lim muassasasidagi ta’lim darajasi, shuningdek. o’quvchilarning ekologik va cstctik tarbiyasi tizimiga e’tibor qaratiladi.
Frontal nazorat butun pedagogik jamoa, metodik kengash yoki alohida o’qituvchi faoliyatini o’rganishga qaratiladi.
Alohida nazorat biror bir o’qituvchining faoliyati, sinf (guruh) rahbarlarining tarbiyaviy ishlarini mavzuli, frontal tekshirishga asoslanadi.
Sinf-muloqot nazorat shaklida sinf jamoasining dars va darsdan tashqari jarayonida shakllanishiga ta’sir etuvchi o’ziga xos omillar e’tiborga olinadi.
Predmetli nazorat shakli bitta yoki bir necha sinf (guruh)larda, butun ta’lim muassasasida ta’lim olinganlik darajasini aniqlashda qo’llaniladi.
Mavzuli umumlashtiruvchi nazorat shaklining bosh maqsadi turli fan o’qituvchilari va sinflaming alohida o’quv-tarbiya jarayonini boshqarishdagi ishlarini o’rganishdan iborat.
Majmuaviy (kompleks) nazorat shakli bir necha o’quv fanlari bir yoki bir necha sinf (guruh)larda turli o’quvchilarning ishlarini o’rganishni tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi.
Tartibga solishning asosiy maqsadi ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilishda ta’lim muassasasining oldiga qo’yilgan maqsad va rejalarini amalga oshirish, boshqaruv ishini tashkil etish hamda nazorat qilishda yo’l qo’yilgan holatlarni tuzatishdan iborat.
Tartibga solish boshqaruv faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi. U o’tgan o’quv yilida erishilgan natijalarni, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni hisob qiladi. Ana shu asosdan kelib chiqib, yangi o’quv yilida ta’lim muassasasi oldiga maqsad va asosiy vazifalarni qo’yadi.
Pedagogik Kengash — ta’lim muassasasining boshqaruv organi. Ta’lim muassasalarida o’quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog’liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, o’qituvchi va tarbiyachilarning kasbiy mahorati va ijodkorliklarini o’stirish maqsadida pedagogik xodimlarni birlashtiruvchi pedagogik Kengash faoliyat ko’rsatadi. Pedagogik Kengash ta’lim muassasasi jamoasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Pedagogik Kengashning asosiv vazifalariga quyidagilar kiradi:
ta’lim muassasasi (umumiy o’rta ta’lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar kolleji)ning tayyorlangan muhim hujjatlarini muhokamadan o’tkaziladi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi;
ta’lim muassasasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlarini belgilaydi;
ta’lim muassasasida o’quv, tarbiya jarayonini tashkil etish va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlarni qabul qiladi;
ta’lim muassasasi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo’yicha yo’l-yo’riqlami ishlab chiqadi;
pedagogik jamoaning ma’lum yo’nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va yakuniy xulosa chiqaradi;
ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi uchun o’z vakolati doirasida mc’yoriy talablarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.
Pedagogik Kengash quyidagi huquqlarga ega:
ta’lim muassasasini rivojlantirish yo’nalishlarini istiqbol rejasini bclgilash;
ta’lim muassasasi jamoasi oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarining bajarilishini amalga oshirish;
o’quv rejada maktab ixtiyoriga berilgan soatlami taqsimlash, yillik va taqvimiy ish rejasi mazmuni hamda dars jadvalini muhokama qilish;
o’quv jarayonini tashkil qilishning turli shakl va metodlarini muhokama qilish, amaliyotga tatbiq etish;
doirasida muhokama etish va tegishli qaror qabul qilish:
pedagoglar malakasini oshirish tizimi, ularning ijodiy tashabbuskorliklarini rivojlantirish bo’yicha o’z takliflarini berish;
o’quvchilarning bilim darajasini aniqlashda oraliq nazorat bo’yicha qaror qabul qilishda qatnashish, uni o’tkazish shakli va vaqtini belgilash;
ta’lim oluvchilarni sinfdan-sinfga, kursdan-kursga ko’chirish va bir ikkilamchilamchi yakuniy attestatsiyaga qo’yish bo’yicha qaror qabul qilish;
ta’lim jarayonini tashkil qilish hamda ta’lim muassasasini rivojlantirishga doir masalalar bo’yicha maktab rahbariyatining hisobotlarini tinglash;
ta’lim maqsadiga muvofiq holda o’quvchilarni rag’batlantirish va jazolash bo’yicha masalalarni hal etish;
chorak. yarim yillik (semestr), yil yakuniga doir xulosalar chiqarish;
pedagogik Kengash a’zolaridan pedagogik faoliyatni bir xil tamoyillarga asosan amalga oshirishni talab qilish;
ta’lim-tarbiya jarayonida alohida xizmat ko’rsatgan ta’lim muassasasi xodimlarini rag’batlantirishga tavsiya qilish;
yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilarga o’matilgan tartibda hujjatlar berish to’g’risida qaror qabul qilish.
Pedagogik Kengash yig’ilishlari qarorlashtirilib, qabul qilingan hujjatlar ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi. Pedagogik Kengash faoliyati bir qator hujjatlarda o’z aksini topadi:
ta’lim muassasasi hujjatlari besh yil davomida ta’lim muassasasida saqlanadi.
Direktor va uning o’rinbosarlari vazifalari. Ta’lim muassasasining o’quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni ta’lim muassasasi direktori olib boradi.
Ta’lim muassasasi direktorining vazifasi quyidagilardan iborat:
davlat va jamoat tashkilotlari oldida ta’lim muassasasining manfaatlarini ifodalash;
o’quv-tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta’min etish;
o’quv dasturlarining bajarilishini nazorat qilish, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilinishi, shuningdek, ta’lim muassasasidan tashqarida ma’naviyat ishlarini tashkil qilinishi uchun zamrshart-sharoitlami yaratish;
pedagogik va rahbar kadrlami tanlab joy-joyiga qo’yish, ularning vazifalarini belgilash. pedagogik kadrlar, kabinet va ustaxona mudidarini belgilash, sinf va guruh rahbarlarini tanlash, pedagog va xizmat ko’rsatuvchi xodimlami ishga qabul qilish hamda bo’shatish;
ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarini attestatsiyadan o’tkazuvchi koinissiyaga rahbarlik qilish;
ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarining ijodiy ishlari, ta’lim- tarbiyaning ilg’orshakl va usullarini qo’llashlari uchun shart-sharoitlami yaratish;
ta’lim muassasasiga ajratilgan moliyaviy mablag’lar. sarf-xarajat hisobini yuritish;
ta’lim muassasasi me’yoriy hujjatlarining to’g’ri yuritilishini ta’minlash;
ta’lim muassasasi pedagogik Kengashi, mahalliy hokimlik organlari oldida o’z faoliyati to’g’risida hisob berib turish.
Ta’lim muassasasi direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosarining vazifalari:
o’quv haftasi va o’quv mashg’ulotlarining davomiyligini ta’minlash;
dars jadvalini tuzib chiqish va shu jadvalga binoan darslaming o’z vaqtida samarali o tkazilishini ta’minlash;
har bir chorak oxirida, semestr davomida direktor va ta’lim muassasasi pedagogik Kengashi a’zolariga o’quv jarayonining borishi xususidagi axborot va ma’lumotlami berib borish;
yosh mutaxassislarga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish;
sinf va guruh jumallarini to’g’ri yuritish va saqlanishiga javob berish;
o’quvchilarning bilim darajasini reja asosida tahlil qilib borish;
o’quvchilar tomonidan davlat dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish.
Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining vazifalari:
ta’lim muassasasida o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish, jamoat tashkilotlari va mahalla, ota-onalar bilan aloqani ta’minlash;
ta’lim muassasasi va undan yuqori miqyosda o’tkaziladigan darsdan tashqari tadbirlami rejalashtirish va amalga oshirish;
ta’lim muassasasi o’quvchilarining sinf, guruh yoki ta’lim muassasasidan tashqari olib borayotgan mashg’ulotlarini kuzatib borish. ularga amaliy va metodik yordam uyushtirish;
ta’lim muassasasidagi «Yosh etakchi*ning ishini nazorat qilish va unga yo’l-yo’riq ko’rsatish.
Ta’lim muassasasida mctodik ishlar, pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni attcstatsiyadan o’tkazish, yosh o’qituvchilar bilan ishlash. Ta’lim jarayonining sifati har jihatdan o’qituvchilarning g’oyaviy-nazariyjihatdan tayyoigarligi, pedagogik va metodik mahorati darajasiga bog’liqdir. Ana shu maqsadda ta’lim muassasasida metodik Kengash va fan metodik birlashmalari ish olib boradi. Metodik Kengash ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining sifatini ta’minlash, o’qituvchilarning g’oyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi hamda pedagogik va metodik mahoratlarini takomillashtirilib borishiga nazariy- metodik jihatdan rahbarlik qiluvchi organdir.
Metodik Kengashning faoliyati O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarini ro’yobga chiqarish maqsadida ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini metodik ta’minlash va muvofiqlashtirish hamda pedagogik kadrlarning metodik jihatdan bilimlarini oshirib borishga qaratiladi.
Metodik Kengashning faoliyat doirasi keng bo’lib, u tomonidan quyidagi vazifalar1 amalga oshiriladi:
ta’lim jarayonining metodik ta’minot holatini o’rganadi, ta’lim muassasasi metodik ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;
ta’lim muassasasida olib borilayotgan metodik ishlarning istiqbolini aniqlaydi;
yo’nalish va fanlar bo’yicha metodika birlashmalariga umumiy rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
ta’limga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o’rganadi, ularni o’quv jarayoniga tatbiq etish usullari yuzasidan tavsiyalar beradi;
ta’lim muassasasi o’quv-metodik ishlariga ekspert sifatida baho berishni amalga oshiradi;
o’qituvchilarning g’oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib boradi;
o’qituvchilarga ish rejalarining tuzilishi va bo’limlari mazmuni bo’yicha tavsiyalar beradi;
ta’lim muassasasi ta’lim jarayonida qo’llash uchun ilg’or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqadi va ularning amaliyotga joriy etilishini nazorat qilib boradi;
o’qituvchilarning pedagogik va metodik mahoratini oshirishga doir ishlarni amalga oshiradi;
davlat ta’lim standartlari talablari, o’quv rejasi va dasturlarining bajarilish holatini tahlil qiladi va tcgishli tadbirlarni belgilaydi;
tashqi va ichki nazorat natijalariga Davlat ta’lim standarti talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklami bartarafetish chora- tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
o’quv jarayoniga o’qitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini olib kirish, pedagogik kadrlarni metodik jihatdan bilimlarini oshirish maqsadida o’quv seminarlarini tashkil qilish;
ta’lim jarayonida milliy mafkura va yoshlarda siyosiy ongni shakllantirishga doir ko’rsatmalar berib borish;
o’quvchilar bilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini tashkil qilishga doir ko’rsatmalar berish;
yo’nalish va fanlar bo’yicha metodika birlashmalari hisobotini eshitish, muhokama qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish;
o’qituvchilarning samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma’naviy va moddiy rag’batlantirishga tavsiya qilish;
pedagogik xodimlarning attestatsiyadan o’tkazish bo’yicha materiallarni tayyorlash;
ta’lim muassasasi miqyosida fan oyliklari (haftaliklari), fanlar bo’yicha darsdan tashqari (fakultativ, to’garak) ishlari, fan olimpiadalarining 1-bosqichlari, ko’rik-tanlovlarning o’tkazilishi va ularning samarasini nazorat qilib borish.
Metodika Kengashi yig’ilishlari qarorlashtirilib, Kengashning quyidagi hujjatlari ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi (41-chizma).
Ta’lim muassasasida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo’lgan fanlar turkumlari bo’yicha Metodika birlashmalari1 faoliyat ko’rsatadi. Metodika birlashmalarining maqsadi o’qituvchilarning metodik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, o’quvchilaiga ta’lim-tarbiya berishga qo’yilgan hoziigi zamon talablarining bajarilishini ta’minlash borasida o’zaro yordamni tashkil etish, ijodiy tashabbuslarni uyg’unlashtirish va ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Metodika birlashmalari o’zida Metodika Kengashining vazifalarini aks ettiradi. Shu bilan birga Metodika birlashmalari quyidagi vazifalami ham amalga oshiradi:
fanlar bo’yicha taqvimiy, mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etish;
oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan sinov materiallarini tasdiqlash;
ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganishni tashkil qilish va ommalashtirish;
tegishli yo’nalish yoki fan bo’yicha ta’lim muassasasida metodik ta’minotga bo’lgan ehtiyojni aniqlash;
darslarni o’zaro kuzatishlami tashkil qilish, natijalarni tahlil etish va mutaxassislarga amaliy yordam berish;
ta’lim metodlarini o’rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil etish, ilg’or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirish;
yosh mutaxassislarga metodik yordam berish;
ko’rgazma va ko’rsatmali vositalardan foydalanish bo’yicha metodik tavsiyalarni berish;
fan xonalarining me’yoriy hujjatlar talablari asosida jihozlanishini tashkil etish.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Metodika birlashmalari boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitta, 5-6 sinflarda esa o’quv rejasidagi alohida fanlar bo’yicha tashkil etiladi. Agar u yoki bu fan bo’yicha o’qituvchilar soni uch nafardan kam bo’lsa, u holda fan o’qituvchilari shu turkumdagi fan o’qituvchilari bilan birgalikda bitta Metodika birlashmasiga birlashadilar, Akademik litseylarda ham Metodika birlashmalari xuddi shu tarzda tashkil qilinadi. Kasb-hunar kollejlarida esa kafedralarda o’qitiladigan fanlar bo’yicha Metodika birlashmalari tuziladi.
Metodika birlashmasiga ta’lim muassasasi Pedagogika Kengashi qaroriga asosan ijodkor va tajribali o’qituvchilardan ta’lim muassasasi direktorining buyrug’i bilan rahbar tayinlanadi. Metodika birlashmasi hujjatlariga metodika birlashmasi hisobotlar, metodika birlashmasi faoliyatiga aloqador bo’lgan a’zolari haqida ma’lumot, ish rejasi, yig’ilish bayonnomalari. o’quv-metodik hujjatlar nusxasi kiradi.
Pedagog kadrlar malakasini oshirish. Fan-texnika taraqqiy etib. ijtimoiy munosabatlar mazmuni axborotlargn tobora boyib borayotgan. fan olamidagi yangiliklar. psixologiya-pedagogika fani rivoj topayotgan bir davrda o’qituvchilarning o’z ustida mustaqil ravishda ishlashlari. malakalarini oshirib borishlari, mustaqil izlanish ko’nikmasiga ega bo’lish va ijodkor bo’lishlarini talab qiladi.
O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilab qo’yilganidek, har jihatdan barkamol, mustaqil fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash uchun bugungi kun o’qituvchisi siyosiy. ilmiv- metodik va umumpedagogik saviya, o’z ishiga ijodiy yondashish, o’z burchiga nisbatan fidoiy bo’lishga bogMiqdir. Bu dolzarb masalani samarali hal qilish ko’p jihatdan ta’lim muassasasi rahbari, ularning ta’lim-tarbiyani boshqarish layoqatlari hamda pedagog kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish va nazorat qilishga bog’liqdir.
Pedagog kadrlarni aavta tavorlash va malakasini oshirishdan maasad o’qituvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, ularning kasbiy bilimlarini takomillashtirish, natijada esa o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish sifatini keskin oshirishdan iboratdir. Ta’lim-tarbiya ishlarining murakkablashib borishi o’qituvchi oldida turgan vazifalarni kengaytirmoqda. Shunga ko’ra, pedagoglarning malakasini oshirish tizimida ularni ijodiy izlanishga odatlantirish. ijodkorlikdagi faolligini rag’batlantirish maqsadiga muvofiq ish olib borish muhim ahaniiyatga egadir. Shu maqsadda pedagogik kadrlar malakasini oshirishning bir qancha shakllari ishlab chiqilgan. Bu shakllardan nafaqat maktab pedagoglarining malakasini oshirishdagina emas o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbarlari ham xabardor bo’lishlari va ulardan muvaffaqiyatli foydalana olishlari lozim. Pedagoglarning,malakasini oshirish shakllari quyidagi ikki guruhga bo’linadi:
Ta’lim muassasasi doirasida malaka oshirish yo’llari:
ta’lim muassasasida fanlar bo’yicha tuzilgan mctod birlashmalar;
ta’lim muassasasi pedagogik kengashi;
ta’lim muassasasida tahkil etiladigan doimiy harakatdagi seminar o’qishlar;
maqsadli ochiq darslar,
konferentsiya va pedagogik o’qishlar,
Ta’lim muassasasidan tashqari malaka oshirish yo’llari:
Pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda markaz, viloyat va tumanda o’tkaziladigan kurslar;
murabbiylik asosidagi kurslar,
ekstemat ko’rinishidagi kurslar,
qisqa muddatli kurslar,
erkin tinglovchilar kurslari;
sirtdan va qatnab ta’lim olinadigan kurslar,
muammoli (maqsadli) kurslar;
shaxsiy reja asosida tashkil etiladigan kurslar;
mualliflik kurslari;
doimiy harakatdagi kurslar.
Maktabgacha bolalar muassasalari xodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari.
Tuman Metodika kabineti tomonidan pedagoglarning malakasini oshirish ishlari:
ilmiy-metodik, pedagogik yoki amaliy konferentsiyalar, seminar, seminar-kengashlar,
bir muammo yoki mavzu asosida tashkil etilgan doimiy harakatdagi seminardan
tuman fan o’qituvchilari metodika uyushmalari;
tayanch va ilg’or tajriba muassasasi ishlari;
ta’lim muassasasi rahbarlari metodika uyushmalari;
pedagogik o’qishlar.
Radio va televidenie orqali beriladigan eshittirishlar, matbuot sahifalari.
Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning kasbiy mahoratlarining o’sishini rag’batlantirish, ta’lim-tarbiyada ilg’or pedagogik texnologiyalami yaratish va ularni qo’llash, ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlardagi natijalarni xolis baholash, egallab tuigan yoki da’vogarlik qilinayotgan toifa va lavozimlaiga munosiblikni aniqlash, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish maqsadida o’tkaziladi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasi 5 yilda bir marta O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test Markazi tarkibidagi «Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi hamda Xalq ta’limi Vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan jadvallar asosida tashkil etiladi. Xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlar tarkibiga professor-o’qituvchi, o’qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa va to’garak rahbarlari kiradi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasini tashkil etish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
pedagog kadrlar o’z mutaxassisligi hamda me’yoriy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlar bo’yicha test sinovidan, suhbatdan o’tkaziladilar;
pedagog o’qitayotgan fan bo’yicha o’quvchilarning bilim va o’zlashtirish darajasi o’rganiladi;
o’quvchilar o’rtasida sotsiologik so’rovlar o’tkaziladi.
Pedagogning umumiy bali lest, suhbat natijalari, o’quvchilarning bilim darajasi, ilmiy, o’quv-metodik ishlari va ixtirolari ijodiy ishlari, ish staji, pedagogning komissiya tomonidan o’rganilgan kasbiy mahorati va rahbariyat tomonidan berilgan baholar yiqindisidan iborat bo’ladi.
Maxsus maktablar, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, madaniyat, sport, san’at sohalari pedagog kadrlari, muhandis-pedagog kadrlar va ishlab chiqarish ustalari o’z mutaxassisliklari bo’yicha suhbatdan o’tkaziladilar.
Pedagog kadrlar uchun me’yoriy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlar bo’yicha test savollari to’plami O’zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasi, «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Davlat ta’lim standartlari, milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari yangi pedagogik texnologiyalaiga oid masalalardan iborat bo’ladi.
Komissiya attestatsiya natijalariga ko’ra pedagogning ushbu jarayondagi faoliyati «Attestatsiyadan o’tdi», «Attestatsiyadan shartli o’tdi» va «Attestatsiyadan o’tmadi» tarzida baholanadi.
Mutaxassis toifaga ega pedagog «Attestatsiyadan o’tmadi» deb e’tirof etilganda, shuningdek, tayanch ma’lumoti dars berayotgan faniga mos kelmaydigan pedagog kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan o’tmagan bo’lsa, tegishli ta’lim muassasasi rahbari pedagogga o’z mutaxassisligiga ko’ra attestatsiyadan o’tishni hamda qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursida malaka oshirishni taklif qiladi. Mazkur takliflaiga rozi bo’lmagan o’qituvchilarning mehnat shartnomasi (amaldagi qonunchilik asosida) bekor qilinadi.
«Attestatsiyadan o’tmadi» deb topilgan pedagoglar hamda qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagoglar bir yildan so’ng qayta attestatsiyadan o’tkaziladilar.
Yosh o’qituvchilar bilan ishlash. Yosh o’qituvchilarning har tomonlama etuk mutaxassis bo’lib etishishlari bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Haqiqatan ham yosh o’qituvchi ta’lim muassasasi (umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi)ga ishga keldi deylik: uni o’quvchilar bilan ishlashga tayyor deb ayta olamizmi?
To’g’ri, oliy o’quv yurtida u yaxshi nazariy bilimlarga ega bo’ladi va shu bilan bir vaqtda pedagogik amaliyotdan ham o’tib keladi. Biroq, u oliy o’quv yurt ini tamomlashi bilan o’qituvchi degan nomga ega bo’ladi. Tabiiyki, unda o’quvchilar bilan ishlash tajribasi etarli emasligi bois mehnat faoliyatining birinchi yilidayoq bir qator muammolarga duch keladi. Zero, yosh o’qituvchiga xarakteri turlicha bo’lgan o’quvchilar guruhi bilan ishlash oson kechmaydi. U o’z o’quvchilarining qobiliyat darajasi, o’zlashtirishdan ortda qolayotgan o’quvchilar shaxsini o’rganishda ularning har biri o’ziga xos xotira, fikrlash layoqati va diqqatga ega bo’lishlarini hisobga olmaganligi sababli o’quvchilarda bilimlarni hosil qilishni tartibga solish imkoniyatini qo’ldan boy beradi. Yosh o’qituvchining eng katta xatosi, u o’zini bilimi sayoz o’quvchilar bilan ishlashdan olib qochadi. Uning uchun bilimi yuqori bo’lgan o’quvchilar bilan ishlash oson tuyuladi. Natijada qoloq o’quvchilarning tengdoshlaridan ortda qolishlari kuchayadi, ularning rivojlanishi ta’lim jarayonida tartibsiz kechadi.
Yosh o’qituvchilarga yordamni tashkil etishda asosiy bo’g’in — bu ular bilan bevosita ishlashni yo’lga qo’yishdir. Ulaiga ma’mzalar o’qish, nazariy mashg’ulotlarni tashkil etish shart emas, chunki ular oliy ta’lim muassasasida etarli ma’lumotlarni oladilar. Yosh o’qituvchi amaliy maslahatlarga ehtiyoj sezadi. Bunday yordamni quyidagicha amalga oshirish mumkin:
barcha yosh o’qituvchilarni jalb etish orqali;
ogohlantirish orqali har bir o’qituvchining darsini kuzatish yo’li bilan;
yosh o’qituvchining ishi bilan yaqindan tanishish orqali.
Bundan tashqari oliy o’quv yurtlarini tamomlab, maktabda ishlayotgan yosh mutaxassislar va ular olib borayotgan ta’lim-tarbiya ishlarini o’rganish, ularga tegishli metodik yordam ko’rsatish, yo’l-yo’riqlar va maslahatlar berib borish, turli mavzularda ijodiy kechalar, tajribali hamda faxriy o’qituvchilar bilan uchrashuvlarni uyushtirish maqsadida tuman Metodika kabineti qoshida «Yosh mutaxissislar maktabi»ni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.