O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


-Mavzu: Pedagogik psixologiya: predmet, tuzilma, muammolar



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə129/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

10-Mavzu: Pedagogik psixologiya: predmet, tuzilma, muammolar
Mashg’ulot rejasi:
1. Pedagogik faoliyat psixologiya
2. Pedagogik psixologiya tuzilmasi
3. Pedagogik psixologiya asosiy muammolari
4. Pedagogik psixologiya bo’limlari
Ma’lum yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda ta’lim va tarbiya berib bo‘lmaydi. Bolaning har bir yoshi o‘z qiyinchiliklariga ega bo‘ladi va o‘ziga nisbatan maxsus munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarga nisbatan psixologik jihatdan to‘g‘ri keladigan va yaroqli bo‘lgan narsa, ko‘pincha o‘smirlarga nisbatan yaroqsiz va xato bo‘lishi mumkin. Biroq o‘qituvchi, tarbiyachi shunchaki ma’lum yoshdagi o‘quvchi bilan emas, balki qonkret bir o‘quvchi bilan, individual shaxs bilan ishlaydi. O‘quvchining bilishi mutlaqo zarur bo‘lgan individual farqlar bitta yosh doirasida nihoyat darajada katta bo‘ladi. Ta’lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bo‘lishning sharti o‘quvchining psixologik xususiyatlarini har tomonlama va chuqur bilishdan iboratdir. Bu narsa o‘quvchining ruhiy 265 dunyosidan xabardor bo‘la bilishni, psixologik jihatdan to‘g‘ri kuzatish tashkil qila bilishni va tabiiy eksperiment uyushtirishni bilishni taqozo qiladi. Mana shu yuqorida ko‘rsatilgan qonuniyatlarni hammasini bilish o‘z- o‘zicha hali ta’lim-tarbiya ishlarida muvaffaqiyatning garovi bo‘la olmaydi. Lekin juda ko‘p xatolarning oldini olish imkonini beradi, chunki bu qonuniyatlar o‘qituvchini ko‘r-ko‘rona harakat qilish zaruratidan qutqaradi. Demak, pedagogik psixologiyaning mohiyatini bilish har bir pedagog uchun ta’lim-tarbiya jarayonini samarali amalga oshirish uchun zarur. Pedagogik psixologiya - psixologiya fanining tarmog‘i sifatida, ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va hatti-harakatlarining psixologik qonuniyatlarini o‘rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining utashgan joyidan o‘rin egallagandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni, o‘quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini xamda pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlarini o‘rganishdir. Shuningdek, pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiyaning ta’siri oqibatida o‘quvchilar psixikasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni, o‘quv materiallarining o‘quvchilarning yosh davrlariga mos kelishini, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar, o‘quv qurollari, asbob-uskunalar va maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo‘lgan psixologik talablar kabi muammolarni ham pedagogik psixologiya o‘rganadi. Psixolog I.A.Zimnyaya bo‘yicha pedagogik psixologiyaning predmeti –inson tomonidan ijtimoiy-madaniy tajribani o‘zlashtirishning qonuniyatlari, mexanizmlarini, shuningdek, bu jarayon natijasida yuzaga keluvchi ta’limning turli sharoitlarida pedagog tomonidan tashkil etiluvchi va boshqariluvchi o‘quv faoliyati sub’ekti sifatida inson shaxsi rivojlanishi va intellektual darajasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdan iborat. Pedagogik psixologiya - ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni, o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tatqiq etishdir. Pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri – maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib,bu hol yangi ta’lim dasturiga o‘tish bilan bog‘liqdir. Pedagogik psixologiya uch bo‘limdan iborat: ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va o‘qituvchi psixologiyasi. Pedagogik psixologiyaning muammolari quyidagilar: 266 1.Bolaning rivojlanishida uning hayotidagi har bir senzitiv davrni topish va undan iloji boricha ko‘proq foydalanish muammosi. Bu masalaning muammoliligi shundaki, birinchidan, bola shaxsi va intellekti rivojlanishining barcha senzitiv davrlari ma’lum emas, uning qachon boshlanishi, qancha davom etishi va qachon tugashi noma’lum. Ikkinchidan, har bir bolaning hayoti o‘ziga xos individual bo‘lib, turli davrda har xil kechadi. 2. Bolaga ongli tashkil etilgan pedagogik ta’sir va uning psixologik taraqqiyoti orasidagi bog‘lanish muammosi. Bolaga ta’lim va tarbiya ta’sir etadimi, yoki bola faqat bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lib, intellektual va axloqiy rivojlanishga ta’sir qilmaydimi? Har qanday ta’lim bolaning rivojlanishiga ta’sir qiladimi yoki faqat muammoli va rivojlantiruvchi ta’limmi? 3. Ta’lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola hayotining har bir aniq davrida ta’limga yoki tarbiyaga urg‘u berish kerakmi?- bola hayotining ayni davrida nimaga ko‘proq ehtiyoj sezadi: kognitiv –intellektual yoki shaxs sifatida rivojlanishgami? 4.Pedagogik ta’sirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining sistemali xarakteri muammosi. Bola taraqqiyotini kognitiv va shaxsiy hislatlarning o‘zgarishi sifatida tasavvur qilsak, ularning har biri alohida rivojlanishi mumkin, o‘z navbatida ularga bog‘liq. 5. Bola xulq-atvori va psixologik xarakteristikalarining rivojlanishi ta’lim va yetilishga, layoqat va qobiliyatlar, genotip va muhitga bog‘liqligi muammosi. 6. Bolaning ongli ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorligi muammosi. Bu muammoni hal qilishda ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorlik deganda nima nazarda tutilishi: bolada layoqatlarning mavjudligi ma’nosidami yoki ta’lim va tarbiyaga qobiliyatning rivojlanganligi ma’nosidami, bolada yaqin taraqqiyot zonasi va rivojlanish darajasi mavjudligi ma’nosidami, intellektual va shaxsiy yetuklikning ma’lum darajasiga erishilganligi ma’nosidami? 7. Bolaning pedagogik qarovsizligi muammosi. Bolaning pedagogik ta’sirlarni o‘zlashtira olmasligi unga bolaligida yomon ta’lim va tarbiya berilganligi. 8. Ta’limni individuallashtirishni ta’minlash muammosi.Bolalarning layoqat va qobiliyatlari asosida guruhlarga bo‘lib o‘qitish, har bior bolaning individual xususiyatlarga mos ta’lim va tarbiya metodlarini tanlash tushuniladi. Yuqorida keltirilgan psixologik-pedagogik muammolarni hal qilish o‘qituvchilardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, ko‘nikma va malakalarni talab qiladi. Bolaga amaliy psixologik-pedagogik ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq ikki guruh metodlar mavjud.Bu psixologik maslahat va korreksiyadir. Psixologik masalahat bolaning rivojlanishi davomida duch kelgan muammolarni o‘rganish va tanishish asosida unga og‘zaki tavsiyalar va nasihatlar turida yordam ko‘rsatishdir. Korreksiya psixologning qiziqtirayotgan shaxsga bevosita pedagogik ta’sir ko‘rsatishidir. Xususan, pedagogik psixologiya “bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashning qonuniyatlarini; bu jarayonda namoyon bo‘ladigan individual farqlarni; o‘quvchilarda faol mustaqil ijodiy tafakkur shakllanishi qonuniyatlarini; ta’lim va 267 tarbiya ta’siri ostida psixikada yuzaga keladigan o‘zgarishlarni, ya’ni yangi psixik tuzilmalar shakllanishini o‘rganadi. ” Pedagogika bilan pedagogik psixologiya o‘rtasida yana ham mustahkam va ajralmas aloqa bordir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda boshqa ta’limtarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti-harakatlarining qonkret turlarini o‘rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanning, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o‘rin olgandir. Pedagogik psixologiya maktabda bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini o‘rganadi, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni tekshiradi, o‘quvchilarda aktiv, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini o‘rganadi. Pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiya ta’siri bilan o‘quvchilar psixikasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni ham o‘rganadi. Bundan tashqari, o‘quv materiallarining o‘quvchilarga mos kelishi, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligi, darslik, o‘quv qurollari, asbob- uskunalar va maktab ishlarining rejimiga nisbatan bo‘lgan psixologik talablar kabi muammolarning hammasini ham pedagogik psixologiya o‘rganadi.  Pedagogik psixologiya – psixologiya fanining alohida tarmog‘i bo‘lib, u ta’lim va tarbiya jarayonlarining psixologik asoslarini o‘rganadi.  Pedagogik psixologiya fanining predmeti – inson aqliy qobiliyati va shaxs xususiyatarini maqsadga muvofiq ravishda shakllantirish qonuniyatlaridan iborat. Pedagogik psixologiyaning eng muhim vazifalaridan biri maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, bu narsa yangi ta’lim dasturiga o‘tish munosabati bilan ta’limning mazmunida yuzaga kelgan jiddiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Pedagogik psixologiya shu bilan birga o‘quvchilar shaxsining tarkib topish jarayonini, bu jarayonning umumiy qonuniyatlarini va individual farqlarini, turli tarbiyaviy tadbirlarning o‘quvchilarga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganadi hamda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashni psixologik asoslarini tekshiradi. Nihoyat, pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo‘lgan o‘quvchi shaxsini va o‘quvchi mehnatining xususiyatlarini o‘rganadi. Bunda o‘quvchining ta’lim-tarbiya ishlaridagi yutuqlarni ta’minlovchi sifatlarini ajratib ko‘rsatish bilan birga uning pedagogik bilimlari, ko‘nikma, malaka va qobiliyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotning psixologik sharoitlari aniqlanadi. Pedagogik psixologiya vazifalari: 1) ta’lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini o‘rganish; 2) bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish; 3) aqliy taraqqiyotning ishonchli ko‘rsatkichlarini aniqlash; 4) ta’lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo‘lish sharoitlarini o‘rganish; 5) pedagog bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi, o‘quvchilar bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat xususiyatlarini o‘rganish; 6) o‘quvchilarga individual yondoshish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganish. 268 7) pedagogik faoliyatni amalga oshirishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish. Pedagogik psixologiyaning quyidagi bo‘limlari mavjud: 1.Ta’lim psixologiyasi. 2.Tarbiya psixologiyasi. 3.Pedagogik faoliyat psixologiyasi. Yosh va pedagogik psixologiyaning birligi yosh va pedagogik psixologiya o‘rganadigan ob’ektning umumiyligidadir. Bu ikkala fanning o‘rganish ob’ekti – bolalar, o‘smir va o‘spirinlar bo‘lib, yosh psixologiyasi ularni yosh taraqqiyoti bo‘yicha o‘rgansa, pedagogik psixologiya tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchi sifatida, ya’ni pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonida biror maqsadga qaratilgan ta’siri sifatida o‘rganadi. Ma’lumki, muayyan yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda ta’lim va tarbiya berib bo‘lmaydi. Bolaning har bir yoshi o‘z qiyinchiliklariga ega bo‘ladi va o‘ziga nisbatan maxsus munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Ta’lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bo‘lishning sharti o‘quvchining psixologik xususiyatlarini har tomonlama va chuqur bilishdan iborat. Bu esa o‘quvchining psixik dunyosidan yaxshi xabardor bo‘lishni, psixologik jihatdan kuzatishni to‘g‘ri tashkil qila olishni va tabiiy eksperiment uyushtirishni bilishni taqozo qiladi. Pedagogik psixologiya ham, yosh psixologiyasi ham umumiy psixologik qonuniyatlarni ochib beradigan psixik jarayonlarni, psixik holatlarni va shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o‘rganadigan fan – umumiy psixologiyaga asoslanadi. Lekin yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya pedagogik jarayonni tashkil qilish uchun tayyor retsept yoki tavsiyanomalar berishni da’vo qilmaydi. Yosh va pedagogik psixologiyaning materiallari va xulosalaridan ta’lim - tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilishda foydalaniladi. Bu haqda rus pedagogi K.D. Ushinskiy ham ta’kidlab o‘tgan edi: “Biz pedagoglarga unday yoki bunday qilinglar deb aytmaymiz, ammo biz ularga o‘zingiz boshqarmoqchi bo‘lgan psixik hodisalarning qonunlarini o‘rganing va bu qonunlarga amal qiling hamda ularni tadbiq qilmoqchi bo‘lganingiz sharoitlarini hisobga olib ish qiling, deb aytamiz”. Pedagogik psixologiya birmuncha ulkan yutuqlarga erishdi. Pedagogik psixologiyaning ta’limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan so‘ngti yillarda Pedagogik psixologiya Ta’lim psixologiyasi. Pedagogik faoliyat psixologiyasi Tarbiya psixologiyasi. 269 qo‘lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo‘la oladi. Ma’lumki keyingi o‘n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta’lim tizimlarida ta’lim ishlarining mazmuni tubdan o‘zgardi. Ta’limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, muammoli interfaol ta’lim metodlari) keng joriy qilinmoqda. Hozirgi vaqtda pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri - maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, bu hol yangi ta’lim dasturiga o‘tish munosabati bilan bog‘liqdir.Pedagogik psixologiya shu bilan birga o‘quvchilar shaxsining tarkib topish jarayonini turli tarbiyaviy tadbirlarning o‘quvchilarga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganadi hamda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashning psixologik asoslarini tadqiq etadi. Shuningdek, «Pedagogik-psixologiya» ta’lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo‘lgan - o‘qituvchi shaxsini, uning pedagogik faoliyat xususiyatlarini ham o‘rganadi. Bunda o‘qituvchining ta’lim-tarbiya ishlaridagi yutuqlarni ta’minlovchi sifatlariga urg‘u berish bilan birga, uning bilim, ko‘nikma, malaka va qobiliyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotining psixologik jarayonlari aniqlanadi. Yosh davrlari psixologiyasi ham pedagogik psixologiya singari umumiy psixologik qonuniyatlarni yoritib beradigai, psixik jarayonlarni, holatlarni va shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o‘rganadigan umumiy psixologiyaga asoslanadi. Shu bois, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanini o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, u boshqa fanlar singari taraqqiyotning umumiy tamoyillariga: oliy nerv faoliyati va psixofiziologiya qonunlariga, bu sohada to‘plangan ilmiy ma’lumotlarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o‘zgarishi yuzasidan bahs yuritadi. 14.2. O‘quv faoliyatining psixologik mohiyati O‘quv faoliyati bu shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar yuzaga keladi. O‘quv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir. Rus psixologi A.N.Leontev inson faoliyatining psixik va amaliy shakllari mavjudligini, bola ongi aynan o‘quv faoliyatida o‘sishini ta’kidlaydi. D.B.Elkonin esa o‘quv faoliyatining xususiyatlarini ko‘rsatib, uni mohiyatiga, mazmuniga va o‘zini namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra ijtimoiyligini ta’kidlaydi. O‘quv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o‘quvchida o‘zgarish yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida qurilgan bo‘lishi darkor. Bu motivlar bevosita o‘quvchi shaxsining o‘sishi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. O‘quv faoliyati ta’lim, o‘qish va o‘rganish degan tushunchalar bilan 270 bevosita bog‘likdir. Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligidagi o‘quv faoliyati, o‘qituvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘quvchilarga o‘rgatish jarayonidir. Ta’lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, xulq-atvorning akllarini o‘zlashtirishga qaratilgandir. O‘qish va o‘rgatish tushunchalari o‘quv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga, o‘rgatishga xizmat qiladi. O‘quv faoliyatining besh elementi mavjud: 1. O‘uv motivlari. 2.O‘uvtopshiriklari. 3. O‘uv arakatlari . 4. O‘ituvchining nazorati. 5. O‘ituvchining baolashi . D.B.Elkoninning ta’kidlashicha, o‘quv faoliyatining shakllantirilishi bu faoliyat ayrim kishilar bajarilishini asta-sekinlik bilan o‘quvchining o‘ziga o‘qituvchining ishtirokisiz mustaqil bajarish uchun o‘tkazilishidir. Ta’lim jarayoni alohida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan faoliyat bo‘lib, u o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini tashkil etadi va ularni boshqaradi. Ta’lim jarayoni besh elementdan iborat: 1. Ta’limning maqsadi - nima uchun o‘qitish kerak? 2. Ta’limning mazmuni - nimaga o‘qitish kerak? 3. Ta’limniig metodlari, usullari va pedagogik muloqot yo‘llari. 4. Ta’lim beruvchi. 5. O‘quvchi . Ta’lim jarayonini tashkil etish: ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli xossalari xususidagi axborotning o‘zlashtirilishi: faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topgan usullari va jarayonlarining o‘zlashtirilishiga; maqsadga muvofiq keladigan usullar va jarayonlarni to‘g‘ri tanlash va foydalanishga bog‘liq. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati: 1. Motivatsiya. 2. Ma’lumot usullari. 3. Ma’lumotning tushunarliligi. 4. Xotira. 5. Ma’lumotni qo‘llash. Ta’lim va ta’lim jarayonida bolaning rivojlanishi muammosi yosh davrlari va pedagogik psixologiya fanining asosiy masalalaridan biridir. Ta’lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan bulib, ulardan biri: 1. Aqliy xatti-harakatlar, bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni bosqichmabosqich rivojlantirish nazariyasi (P.Ya.Galperin). 271 P.Ya.Gal’perin nazariyasi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ularga: 1. Motivatsiya. 2. Tushuntirish. 3. Moddiy formadagi hatti -harakatlarni bajarish. 4. Baland ovozda hatti -harakatlar va vazifalarni bajarish. 5. Bajariladigan hatti -harakatlarni ichki rejada ovoz chiqarmay bajarish. 6. Faoliyatni fikran bajarish kiradi. Ushbu nazariyada ta’limning uchta asosiy turlari ajratiladi: - birinchi turda - atti-harakatlarni o‘zlashtirish xatolar bilan kechadi, berilayotgan material yetarli darajada anglanilmaydi, ta’lim oluvchi ta’limning asl mohiyatini tushunib yetmaydi; - ikkinchi turda - materialni nisbatan dadil va to‘la tushunilishi va material bilan bog‘liq tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi; - uchinchi tur - tez, samarador va bexato hatti-harakatlarni o‘zlashtirilishini ta’minlab beradi. V.V.Davidov nazariyasi. Ushbu nazariya kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirilishini tashkil qiladi. Bunda o‘quvchilar tomonidan ta’lim jarayonida nazariy tushunchalar tizimini o‘zlashtirilishi lozim bo‘lib, bu o‘z o‘rnida xususiydan umumiy bilimlarga o‘tilishni ta’minlaydi. Qator nazariyalar muammoli ta’lim bilan bog‘liq bo‘lib, L.V.Zankov va A.M.Matyushkin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta’limda muammoli darslarni tashkil etishga qaratilgandir. Ta’limning psixolik asoslari muammosi ko‘pgina masalalarni qamrab oladi. Ta’limning muvaffaqiyati bir qator psixologik omillarga bog‘liq bo‘ladi. Avvalo o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan munosabatiga to‘xtaylik. Bu munosabat diqqatda, his-tuyg‘ularda, qiziqishlar va irodada, shuningdek, shaxsning tutgan yo‘lida namoyon bo‘ladi. Ta’lim jarayoni avvalo o‘quvchilar diqqatini yo‘lga solishni talab etadi. Darslarda ko‘rgazmali qurollardan, axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi. Ta’lim jarayonida ta’lim beruvchining vazifasi darsda ishlash holatini yuzaga keltirishgina emas, balki o‘quvchilarning darsda o‘tiladigan materialini idrok etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir. Dars jarayonida o‘quvchilarning diqqati o‘zgarib turadi. O‘qitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va o‘quvchilar diqqatini materialning asosiy jihatlariga jalb etish hamda ularni takrorlash kerak. Ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi tomonidan beriladigan ko‘rsatmalarga ham bog‘liq. O‘qituvchining roli shundan iboratki, u o‘quvchilarga tegishli ustanovkani hosil kilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda olib kolishi kerakligini, nimani butunlay esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya qilishini, nimani so‘zma-so‘z esda olib qolishni, nimaning ma’nosini o‘z so‘zlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini ko‘rsatib o‘tishi lozim. Kuzatishlar ko‘rsatadiki, bunday ko‘rsatmalar berilmaganda, o‘quvchilarda ko‘pincha noto‘g‘ri tasavvurlar vujudga keladi. 272 O‘qitishning emotsionalligi ta’limning muvaffaqiyatliligini ta’minlovchi omillardan biridir. Ta’lim berish jarayoni emotsional jarayon. Agar o‘quvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his-tuyg‘u uyg‘otmasa, uni o‘quvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap o‘quvchilarning psixik holatlari, ya’ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistik kayfiyat o‘quv faoliyatini juda samarali qiladi. O‘quvchilar emotsional ruhdagi materialni durustroq o‘zlashtirib oladilar. O‘tkazilgan tajribalar o‘quvchilar hech qanday his-tuyg‘u uyg‘otmaydigan materialga qaraganda, emotsional ruhdagi materialni yaxshiroq eslab qolishlarini ko‘rsatadi. O‘qituvchi o‘quv jarayonining emotsional tomoni haqida g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Bu muammo juda muhim ahamiyatga ega, Chunki, birinchidan, ta’limning mazmuni nihoyatda murakkablashib, hajmi esa g‘oyat kattalashib ketgan. Uning muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga erishish uchun o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini kuchaytirish lozim. Ijobiy tuyg‘ular o‘quv mehnatining samaradorligiga kuchli ta’sir etadi. Hafsala bilan bajarilgan beg‘araz munozara paydo bo‘ladi, bahslashiladi, befarq qaragan yoki undan ham salbiy munosabatda bo‘lgan ishga esa, hech qanday hafsala bo‘lmaydi. Jamiyatimizdagi mehnat - haqiqiy ijod, quvonch manbai. Maktab o‘quvchilarida o‘quv mehnatiga ijobiy munosabat uyg‘otib, mehnatning haqiqiy ijodga, quvonch manbaiga aylanishiga ko‘maklashish kerak. Qadimda greklar juda ajoyib iborani qo‘llaganlar: "Talaba -to‘ldirilib turilishi kerak bo‘lgan idish emas, balki yoqib turilishi lozim bo‘lgan mash’aldir". Bu fikrning tagida chuqur ma’no bor. Zero, o‘qituvchi biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan ta’lim metodlari: muammoli ta’lim, qisman izlanish metodi va tadqiqot metodlaridan keng qo‘llanishi kerak. Ta’lim jarayonini bugungi kundagi asosiy talablaridan biri erkin fikrlovchi, mustaqil tafakkurga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish bo‘lib, yuqorida aytib o‘tilgan metodlardan foydalanish uchqunlardan katta mash’allar paydo bo‘lishini ta’minlab beradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilishga qiziqishlari g‘oyat katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, qiziqish o‘quvchilarning emotsional bezagi, biror buyumni, biror faoliyatni tanlash munosabati va yo‘nalishidir. Ma’lumki, psixologiyada qiziqishning ikki turi o‘quvchilarning ta’lim jarayonida aniqlanadi. Birinchisi, bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita qiziqish. Har bir o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarida o‘z faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi. Qiziqishlar orqali o‘quvchilarda ta’limga faol munosabat namoyon bo‘ladi. Psixologiyada qiziqish - bu shaxsning o‘zi uchun qimmatli yoki yoqimli bo‘lgan muayyan narsa yoki hodisalarga munosabatidir. Qiziqishlar shaxsning muhim va individual xususiyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Qiziqishlar o‘quvchilar hayotida katta rol o‘ynaydi. Ular o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi asosiy turtkilar - motivlardir. Qiziqishlar maktab o‘quvchisiga fan asoslarini durustroq o‘zlashtirib olishlariga, aqliy qobiliyatlarning o‘sishiga, bilim doirasining kengayishiga imkon beradi. O‘qituvchilarning vazifasi o‘quvchini dastlab qiziqtirib qolgan ishning o‘zi bilan shug‘ullanishga majbur qilish emas, 273 balki undagi qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ta’sirchan qilish, qiziqishlarining markaziga aylanib qolgan faoliyat bilan shug‘ullanish istagiga, mayliga aylantirishdir. O‘quvchilarning muayyan maqsadni ko‘zlab ish tutishida, qiyinchiliklarni yenga olishida, ishdan chalg‘itadigan narsalar bilan shug‘ullanishdan o‘zini tiya olishida, unda o‘qishga ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon bo‘ladigan iroda, ta’lim jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, iroda bu shaxsning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadining aniqligi, uni amalga oshirish uchun intilishi, maqsad yo‘lida ma’lum bir qarorga kelish tezligi va uni o‘z vaqtida ijro etishi bilan belgilanadigan sifatidir. Ta’lim jarayonida o‘quv materialiga bo‘lgan diqqatning barqaror bo‘lishida irodaviy zo‘r berishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ta’limda iroda o‘quvchida maktab va uyda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga tayyor turishda namoyon bo‘ladi. O‘quv materialini o‘rganish, eslab qolish va o‘quvchining irodaviy zo‘r berishiga bog‘liq. Iroda o‘quvchilarning fikrlash faoliyatlarida - masalani yechishga, qo‘yilgan savolga javob topishga va hokazolarga intilishida namoyon bo‘ladi. Ular o‘kuvchilarda ko‘nikma, va malakalarni hosil qilishda ham tarkib topadi. Psixologlar olib borgan tadqiqotlarda o‘quvchilar tomonidan berilgan materialning o‘zlashtirilishi ko‘p jihatdan irodaning tarbiyalanishiga bog‘liqdir. Irodaviy aktivlik ta’limning zarur shartidir. Ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayonining o‘zi o‘quvchilardan irodaviy o‘stirish omillaridan biridir. Bunda o‘kuvchilarning kundalik rejimi, o‘qish va oqilona dam olishni bir-biri bilan to‘g‘ri almashtirib turishda katta rol o‘ynaydi. Ta’lim jarayonida bilish jarayonlarini shakllantirishga alohida e’tibor berish lozim. Zero bilish jarayonlari juda murakkab faoliyat bo‘lib, unda jonli mushohadadan mavhum tafakkurga, mavhum tafakkurdan esa amaliyotga o‘tiladi, ana shundan so‘ng ob’ektiv haqiqat bilib olinadi. Binobarin, biz birinchi navbatda ko‘rib chiqishimiz lozim bo‘lgan narsa o‘quv materalini idrok qilish jarayonidir. Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, idrok bu narsa va hodisalarni sezgi organlariga ta’sir etishi natijasida ularning kishi psixikasida yaxlit obrazini paydo bo‘lishi bo‘lib, idrok etish jarayoni ta’limda turli formalarda o‘qituvchining og‘zaki hikoya qilishida, suhbat o‘tkazishda, ma’ruza o‘qishida, kinodars, televizion parcha, sxemalar va ko‘rgazmali qurollar ko‘rsatish, ekskursiyalar o‘tkazish, o‘quvchining o‘ziga darsliklar hamda boshqa ko‘llanmalarni o‘qitish tarzida o‘tishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, idrokni tarkib toptirishda o‘kuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish nihoyatda muhimdir. Chunki, fazoni, vaqtni va harakatlarni idrok etishda ham yosh xususiyatlarda turli farqlar mavjud bo‘ladi. 14.3. O‘qish motivlari Motiv - inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi tushunchadir. Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni bo‘lib, unga 274 tashabbus, yo‘nalganlik tashkilotchilik, qo‘llab-quvvatlash kiradi. Ta’lim jarayonida o‘qish motivlari "nima uchun?” "nimaga?", "qanday maqsad bilan?" kabi savollar asosida yuzaga keladi. Motivlar birinchidan, o‘quv faoliyatiga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish uchun zarur yo‘l va usullar tanlashga yordam beradi. O‘quv faoliyatida o‘quv motivlari o‘quvchilar tomonidan tanlanib, ular o‘quvchining maqsadi, qiziqishi, kelajak rejalari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘quv motivlari turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. O‘quv faoliyati motivatsiyasining manbalari mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: -Ichki manbalar. Ular insoniy tug‘ma yoki orttirilgan ehtiyojlari bilan belgilanadi. Ulardan eng muhimi tug‘ma axborotga bo‘lgan ehtiyojdir. Orttirilgan ehtiyojlar esa gnostik va ijtimoiy ijobiy ehtiyojlar hisoblanadi. -Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Talabalar ularning birinchisi bo‘lib, jamiyatning shaxsdan talab qiladigan doimiy xulq-atvorini bildiradi. Bog‘cha, maktab, oila boladan juda ko‘p ishlarni amalga oshirishni talab qiladi. Ijtimoiy kutish har birimizdan ma’lum bilimlar, ko‘nikmalar darajasini bo‘lishi, zarurligini jamiyat kutishini bildiradi. Masalan, bir yoshli bola yurishi kerak, 7 yoshdan u o‘qishi kerak, 15 yoshdan u kasb tanlashi kerak deb hisoblaymiz. Imkoniyatlar - shaxs faoliyatini belgilovchi ob’ektiv shart-sharoitlardir, Masalan, boy kutubxona bolani ko‘p kitob o‘qishga undaydi. -Shaxsiy manbalar: bu shaxsning qadriyatlari tizimi ustanovkalari, g‘oyalaridir. Bu manbalar har bir shaxs faoliyatida u yoki bu darajada mavjud. Ularning barchasi faoliyatning ketishiga ta’sir etib ta’lim jarayonining motivatsiyasini tashkil etadi. V.A.Krutetskiy o‘spirinlarda uchraydigan motivlarning quyidagilarini alohida ifodalaydi: a) Biror o‘quv faniga qiziqish ; b) Vatanga foyda keltirish istagi; v) Shaxsiy qobiliyatini ro‘kach qilish ; g) Oilaviy an’analarga rioya qilish ; d) Do‘st-birodarlarga ergashish; e) Moddiy ta’minlash va hokazolar . Bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni va uning psixologik komponentlari: Ta’lim jarayonining natijasi o‘zlashtirish, ichki va tashqi faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda o‘zgartirishdir. Ta’lim bir odamning boshqasiga bilim va ko‘nikmalar berishidir. Bilim, ko‘nikma va malakalar ta’lim jarayonining natijasidir. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni muammosi P.Ya.Galperin va N.F.Talizina tomonidan o‘rganilgan. Ular aqliy hatti-harakatlarni bosqichmabosqich shakllantirish nazariyasini ishlab chiqqanlar. Mualliflar aqliy hatti- 275 harakatlarni moddiy holda tashki nutq yordamida hamda aqliy shaklda, fikrda namoyon bo‘lishini izohlab berdilar. Aqliy hatti-harakatlarning birinchi bosqichi rasm, sxema, diagramma va shartli belgilar tarzida o‘z ifodasini topadi. Aqliy hatti-harakatlarning ikkinchi bosqichi ko‘rgazmalardan olgan tasavvurlari to‘g‘risida o‘quvchilarning ovoz chiqarib, fikr yuritishidan iboratdir. Uchinchi bosqich esa, sub’ekt ongida tasavvur, tushuncha, qonuniyat, xossa, xususiyat, operatsiya, usul tariqasida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, o‘quvchilarga taklif etiladigan axborotlar aql bovar qilmaydigan darajada tezlik bilan ko‘payib bormoqda. Shuningdek, ularning juda tez eskirib qolib, yangilashni taqozo etishi ham o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lmoqda. To‘rtinchi boskichda bajarilgan hatti-harakatlar ichki rejada ovoz chiqarilmay bajariladi. Beshinchi bosichda esa faoliyatni fikran bajarishga o‘tiladi. Bundan ravshan ko‘rinib turibdiki, materialni asosan yodlab olish va xotirada saqlab qolishga asoslanadigan ta’lim hozirgi talablarga qisman javob bermoqda. O‘quvchilarga hamisha yangilanib turadigan axborotni mustaqil ravishda o‘zlashtirib borishga va o‘qishni bitirib ketganidan keyin, kishiga jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgan fantexnika taraqqiyotidan orqada qolib ketmaslik imkoniyatini beradigan qobiliyatlar taraqqiyotini beruvchi tafakkur sifatlarini tarkib toptirish muammosi birinchi o‘ringa chiqib bormoqda. Ta’lim jarayonida o‘zlashtirishning muvaffaqiyati quyidagilarga bog‘liq: 1.Ta’lim mazmuniga. -O‘quv rejalari, dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining mavjudligiga; -Ta’lim metodikalarini takomillashganligiga; -O‘qituvchi mahoratiga ; -O‘quvchining individual psixologik xususiyatlariga. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli individual tipologik xususiyatlarga ega o‘quvchilar uchun ta’limning yagona qulay, optimal sharoitlarini yaratish mumkin emas. Ammo o‘zlashtirishning samaradorligini oshirishda muammoli ta’lim, noan’anaviy ta’lim usullarini qo‘llash muhim ahamiyatga egadir. 14.4.Kattalar o‘quv jarayonining tashkil etilishi Samaradorlik o‘quv jarayonining shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida tashkil etilganligiga bog‘liq. Rivojlantiruvchi ta’lim. Malaka oshirish jarayonidagi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tinglovchining mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olgan holda potensial imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, asosida amalga oshiriladi. Shaxsni rivojlantirish, jahon standarti talabiga javob beradigan, o‘ziga, boshqa insonga, jamiyatga, davlatga, tabiatga va mehnatga 276 o‘zining to‘g‘ri munosabatini bildira oladigan, mustaqil faoliyat yurita oladigan, ijodkor, tadbirkor shaxsni tayyorlash, mustaqil ishlashga, o‘z-o‘zini tarbiyalashga sharoit yaratish maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur ta’lim jarayonida muammoli, qisman izlanuvchan, axborotreproduktiv, interfaol metodlar qo‘llaniladi. Muallim androgogning shaxsni rivojlanish psixologiyasi bo‘yicha bilimlarni bilishi va ulardan o‘z faoliyatlarida foydalanishi, o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish uchun tinglovchilarning akademik, didaktik, ijtimoiy - psixologik ehtiyojlarini bilishi va shu ehtiyojlarni hisobga olgan holda mashg‘ulotlarni tashkil qilishi, malaka oshirish uchun kelgan tinglovchilar bilan o‘zaro ijobiy munosabatlarni o‘rnata olishi, androgogik ta’lim texnologiyalari va o‘qitish shakllarini bilishi, mashg‘ulotlar davomida umumiy va shaxsga yo‘naltirilgan qoidalarni ishlab chiqa bilishi haqida ham o‘z tavsiyalarini berishi juda muhim. Mazkur jarayonda professor o‘qituvchi: - o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil eta bilishi; - androgogik bilimlarga ega bo‘lishi; - zamovaniy ta’lim texnologiyalarini bilishi; - muloqotchanlik xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. Bularning barchasi malaka oshirish jarayonini to‘g‘ri boshqarishda asos bo‘la oladi. VI. Andragogning ta’lim jarayonini to‘g‘ri va oqilona boshqara olishi ham o‘qituvchi shaxsi kamolotida nihoyatda ahamiyatli. O‘quv jarayonini boshqarishning bir necha funksiyalari mavjud. Bu borada andragog boshqarishning funksiyalarini yaxshi bilishi va bu funksiyalarni amalga oshirishi lozim. Bu funksiyalar quyidagilardan iborat: Birinchi funksiya: tashkiliy funksiya bo‘lib, u o‘z ichiga o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etishni va buning uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarning yaratilishini oladi. Ikkinchi funksiya: bevosita o‘qituvchining qiziqishi va talablarini qondirishga yo‘naltirilgan holdagi ijtimoiy funksiyadir. Shuningdek, bu funksiya o‘qituvchilardagi ko‘tarinkilik, yaxshi kayfiyat va o‘quv jarayonidagi ishchanlikni yuzaga keltirishni o‘z ichiga oladi. Afsuski, ko‘p yillar davomida boshqarishning ana shu ijtimoiy funksiyasiga umumiy o‘rta maktablar ta’lim- tarbiya jarayoniga, shuningdek malaka oshirish jarayoniga ham juda kam e’tibor berildi. O‘quvchilarning hohish-istaklari va kayfiyatlariga ikkinchi darajali deb qaraldi. Hayot bu qarashning naqadar noto‘g‘ri ekanligini isbotlab berdi. Boshqaruvning uchinchi funksiyasi ijtimoiy-psixologik funksiyadir. Bu funksiya o‘qituvchilarning samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur bo‘ladigan ijtimoiy-psixologik holat va xususiyatlarni o‘qituvchilarning o‘zaro bir - birlarini nazorat qilishlari, o‘z-o‘zlarini boshqarishlari, shuningdek, mustaqil ta’lim olishlarini rivojlantirishga yo‘naltirishdan iborat. Umuminsoniy hamda alohida kasbiy ehtiyojlar darajasi har bir o‘qituvchida tabiiy xilma- xildir. Bunday sharoitda malaka oshirish tinglovchilarda o‘z 277 vazifalarini bajarish sifatini oshirishga nisbatan xohish va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning tashabbus va ijodkorliklarini, o‘z- o‘ziga ishonish, o‘zo‘zini boshqarish va mas’uliyat hissini uzluksiz rivojlantiruvchi ma’naviypsixologik muhitni yaratish nihoyatda muhimdir. Malaka oshirish markazlarida faoliyat ko‘rsatuvchi har bir pedagog kurs tinglovchisi, har bir guruh qalbiga yo‘l topishi, ularning yuzaga chiqmagan imkoniyatlarini ochib berishi, o‘z-o‘zini namoyon etishiga yordam beruvchi muhitni yaratishi, ular o‘quv faoliyatining samarali bo‘lishiga erishishida nihoyatda zarurdir. Buning uchun malaka oshirish tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar, o‘z bilim va malakalarini oshirayotgan tinglovchilarning o‘quv faoliyatini boshqarishda quyidagilarga amal qilishlari lozim: Anglash – tinglovchining, guruhning, jamoaning ichki ruhiy ehtiyojlarini, boshqaruv vaziyatlarini o‘quv jarayoni davomida tinglovchilarda yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarni anglash. Tashhis qilish – tinglovchi va uning faoliyat yo‘nalishlarini oldindan bila olish. O‘quv jarayoni davomida foydalanish uchun tanlangan uslublarining ta’siri va samarasini oldindan ko‘ra olish. Loyihalashtirish – pedagog o‘zi o‘qitayotgan fanning missiyasi, maqsad va vazifalarini to‘liq anglab olishi, o‘quv faoliyati hamda o‘quv jarayonini loyihalashi. Kommunikativ-informatsion – eng yangi ilmiy, uslubiy ma’lumotlar va ularni tinglovchilarga yetkazish yo‘llarini topish va ularni bir tizimga solish. O‘quv jarayoni davomida tinglovchilar bilan uzviy, keng qamrovli, maqsadga yo‘naltirilgan muloqotni o‘rnatish. Motivatsiya – tinglovchilar faoliyati yo‘nalishini belgilovchi va ularni faollashtiruvchi ichki va tashqi sharoitlar birligiga samarali ta’sir etuvchi kuchlarni aniqlash va singdirish. Boshqarish – o‘quv faoliyati davomida tinglovchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi bo‘yicha ma’suliyatni o‘z bo‘yniga olishi, o‘quv jarayonini mahoratli boshqarish. Tashkil etish – belgilangan maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirishni tashkillashtirish. Tinglovchilarga o‘zining o‘quv va ijodiy faoliyat natijalaridan lazzatlanish va o‘z-o‘zidan qoniqish hissini berish. Rivojlantiruvchi – o‘qituvchi shaxsiga psixologik ta’sir ko‘rsatish. Baholash – o‘quv faoliyatining talab va me’yorlarini ishlab chiqish va ularning tinglovchilar bilim, ko‘nikma va malakalari bilan muvofiqlik darajasini aniqlash. O‘qituvchiga o‘z-o‘zini baholash imkoniyatini berish. Nazorat – o‘quv faoliyati davomida erishilgan natijalarni belgilangan maqsad bilan taqqoslash. Korreksiya – o‘quv faoliyatini boshqaruvchi maqsad va o‘qitish dasturiga kerakli o‘zgartirishlar kiritish. 278 Malaka oshirish tizimida xizmat qilayotgan pedagoglar ana shu ko‘rsatilgan 12 ta ko‘rsatkichni to‘liq egallagan va o‘quv jarayonida mahorat bilan qo‘llay olgan taqdirdagina ularning faoliyatlari ijobiy psixologik samara beradi.. Mamlakatimizda yangilangan ta’lim mazmunini joriy etishda o‘qituvchi maktabdagi asosiy shaxs hisoblanadi. Shunday ekan, u zarur kasb mahorati va nazariy bilimlarga ega bo‘lmog‘i shart. O‘qituvchilar malaka oshirish kurslaridan ularni qiziqtirgan, o‘ylantirgan barcha muammolarni hal qilib ketishlari kerak. Bizga ma’lumki, institutimizda 20 ga yaqin mutaxassislikka ega bo‘lgan o‘qituvchilar kelib malakasini oshiradilar. Ularning har biri o‘ziga xos qiziqish, ehtiyoj talab va o‘z-o‘zidan ma’lum shaxsiy psixologik xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Tinglovchilarning qiziqish va ehtiyojlarini asosan quyidagi to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha o‘rganib chiqish maqsadga muvofiqdir, ya’ni: A) o‘quv jarayonini tashkil qilish va olib borilishiga nisbatan bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlar (talablar); B) ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilishiga nisbatan bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlar (talablar); V) o‘z shaxsiy psixologik xususiyatlarini o‘rganishga nisbatan qiziqish va ehtiyojlari; G) tinglovchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashi, ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha qiziqish va ehtiyojlarini (talablarini) o‘rganib chiqish. Muammoli metodning mohiyati mashg‘ulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo‘lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo‘li shu bilan birga o‘quv yo‘li hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin: Muammoli ta’lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat», «muammo», «muammoni topish» kabilar hisoblanadi. Chizmadan anglanadiki, muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko‘rinishi hisoblanib, o‘zida sub’ektning aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi, uni Muammoli tizim Ziddiyatlar Usullar Muammoli vaziyat Vaziyat 279 bartaraf etish yangi bilimlar, usullar va harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishni taqozo etadi. Agar o‘quvchida qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘llarini izlab topish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘lmasa, shubhasiz, muammoli vaziyat yechimini u qabul qilmaydi, ya’ni, muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muammo mohiyatini tushunib yetilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko‘nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o‘zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi. Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo yechimini topishga yordam beruvchi yo‘nalishlar ko‘rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir. Muammoda yechimning qandaydir parametrlari ko‘rsatilsa, u muammoli masala hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq ma’lum muammoni, demak, muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek, barcha muammoli vaziyat muammo bo‘la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal etadi. Agar uning oldida muammo paydo bo‘lsa, uni muammoli masalaga aylantiradi, ya’ni, uning yechimi uchun o‘zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma’lum ko‘rsatishlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u boshqa ko‘rsatkichlarni qidiradi va shu muammo bo‘yicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi. Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo‘llashda andragog va tinglovchi tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: Andragog faoliyatining tuzilmasi Tinglovchi faoliyatining tuzilmasi - o‘quv materialiga oid tafovutlarni taklif etilishi; - muammoli vaziyatlarni tuzish; - muammoning mavjudligini aniqlab berish; - muammoli topshiriqlarni loyihalash - o‘quv materiali amaliy mohiyatining anglab yetilishi; - muammoli vaziyat yuzasidan fikrlash; - mavjud bilimlar va tajribani qayta tiklash; - muammoli masalaga tadbiq etish; - topshiriqni bajarish Tadqiqotchilik o‘qitish metodini qo‘llashda andragog tinglovchi bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo‘lgan masalani aniqlab oladi, tinglovchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni mavjud bilimlar orasidan saralaydilar va yetishmayotgan zaruriy bilimlarni aniqlab ularni o‘zlashtiradilar. Masalaning yechimi bo‘yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydilar. Masalani yechish davomida tinglovchilar ilmiy bilish metodlarini o‘zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish bo‘yicha mavjud ko‘nikma va tajribalarini mustaxkamlaydilar. Ta’lim jarayonida tadqiqotchilik o‘qitish metodini qo‘llashda andragog va tinglovchi tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: 280 Andragog faoliyatining tuzilmasi Tinglovchi faoliyatining tuzilmasi - o‘quvchilarga o‘quv muammosini taklif etish; - o‘quvchilar bilan hamkorlikda tadqiqot masalasini o‘rnatish; - o‘quvchilarning ilmiy faoliyatini tashkil etish - o‘quv muammolarining amaliy mohiyatini anglab olish; - tadqiqot muammosini andragog va tinglovchi bilan birgalikda o‘rnatishda faollik ko‘rsatish; - ularni yechish usullarini mavjud tajribalariga asoslangan va taqqoslangan ravishda topish; - tadqiqiy masalalarni yechish usullarini mustaxkamlash Evristik va tadqiqotchilik metodlari tinglovchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalarini namoyon etishni taqozo etadi. Buning natijasida tinglovchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Ular odatda tinglovchilarning mavjud bilim va ko‘nimalarini hisobga olgan holda ma’lum holatlarda qo‘llaniladi. Ushbu metodlar tinglovchilarning o‘z faoliyatlariga doimiy ravishda yangicha yondashuv bilan qarash ko‘nikmalarini mustahkamlaydi.Chunki kattalar ta’limini faol joriy etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni tayyorlash o‘ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar. 1.O‘quv faoliyati va uning elementlari nimalardan iborat? 2.Ta’lim jarayonida bilimlarni o‘zlashtirish nimaga bog‘liq? 3.O‘qish motivlari va motivatsiyaga izoh bering. 4.O‘quv faoliyati motivatsiyasining manbalariga nimalar kiradi? 5. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni va uning psixologik komponentlari nimalardan iborat? 6.Ta’lim faoliyatiga ko‘ra ta’limning qanday metodlarini bilasiz? 7. Ko‘nikma va malakalar ta’lim jarayonida qanday shakllantiriladi ? 8.O‘quv-faoliyatini boshqarish deganda nimani tushunasiz?

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin