14-maruza: Pedagog shaxsi. O’qituvshi psixologiyasi Reja 1. Psixologiyada shaxs tushunchasi
2. Individ, individuallik
3. Shaxsning tuzilishi
4. Psixologiyada va pedagogikada shaxs muammolari.
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi nndivid (lotincha individ ajralmas, alohida zot degan ma`no apglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog`lom (esi — hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo`q, oddiy malakalarni o`zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb atash an`ana tusiga kirib qolgan, chunki o`sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo`la oladi. Individ sifatida yorug` dunyoga kelgan odam ijtimoiymuhit ta`sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog`idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo`lib, u yoshligidanoq shu tayer (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi; Ijtimoiy qurshov (oila a`zolari, mahalla ahli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning og`ushida, ularning qalb to`risida) odamning bundan keyingi rivojlanishi unishaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog`liq bo`lmaganhar xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi.
Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigai shaxsni ijtimoiy muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faollikni inkor etish o`ta bahsli fikrdir. Shuni alohida ta`kidlab o`tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani o`zlashtirish jarayoni odamning o`zicha amalga oshirayotgan faoliyatiga va uning bilan qanday maqsad ko`zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ruhiy dunyosi orqali namoen bo`ladi. Odatda faollik shaxsga xos xulq —atvor, faoliyat,
muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko`nikmalarida ko`zga tashlanadi. Boshqacha so`z bilan aytganda, faollik shaxsning atrof - muhitdagi voqelikni egallashga intilgan sa`i - harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o`z istiqboli uchun yo`l - yo`riq tanlashda, uni o`zlashtirishda, hayotda o`z mavqei va o`rnini topishda gavdalanadi. Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolliginiig turli shakllarini yaratish hamda har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. hayotda biron bir tanbeh berishning o`zi kimgadir ruhiy hisni uyg`otsa, boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta`sir qiluvchi barcha tashqi qo`zg`atuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari (tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig`indisi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo`ladi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir, ya`ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig`indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaktsiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarniig birikmasini aynan o`xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjudemas. Masalan, yaqin odamdan ayrilganlngi qayg`u - alam, uning bilan birga esa hayotdi tiklab bo`lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning mangulikka yo`nalishi bilai izohlash mumkin. Shaxs o`zining qadr - qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta`lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o`zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror olin zotdir.
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko`pincha, ularda har xil vazifalarni (funktsiyalarni) bajaradi, o`zaro hech bir o`xshamagan rollarni ijro etadi. Masalan, ota — onaning, oilaning "egovi", injiq, "Zo`ravon" bola o`z tengqurlari davrasida ehtiyotkorona harakat qilib, o`zini tamoman boshqacha tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaqtida boshqalarga qo`shilmaydigan sayohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va hamkorlikda, ulfatchilikda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan masalalardan bitta odamning o`zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan bir —biriga qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turli - tuman vaziyatlarga, sharoitlarga mos, ularga mutanosib bo`lgan jihatlarni (jabhalarni) namoyon qiladi, uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqasida va shu singarilarida o`z zimmasiga olgan rollarni bir - biriga qarama - qarshi emas, balki o`zaro hamohang tarzda o`ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining, sifatlarining bir - biriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko`rsatuvchi alomatlardan biri bo`lib, undagi qarama - qarshilik, ziddiyat va shakllanib ulgirmagan xususiyatlarning ko`rsatkichi uning turli vaziyatlarda bajariladigan rollarning o`zaro bir - biriga ziddigi yoki nomutanosibligi hisoblanadi. Inson jamiyatning turli guruhlarida odamlarning o`z zimmasiga olgan vazifalari va rollari qanchalik rang — barang bo`lmasin, turmushdagi mavqei ko`p ma`no, ko`p qirrali xususiyatga ega bo`lishidan qat`i nazar, inson shaxsiga to`la mos keladigan haqiqiy tavsif berish imkoniyati saqlanib qoladi. Unga beriladigan tavsif faqat uning o`ynaydigan asosiy rollarini, egallagan mavqeining individualligini namoyon qiluvchi motivlarini aniqlash bilan emas, balki uning ishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni o`zlashtirishga nisbatan munosabatipi o`rganish orqali beriladi.
O`zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiytavsif uning asosida gumanistik, mustaqil, huquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va bu ijtimoiy jarayonda faol qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi. Jahon psixologiya fanining ilg`or taraqqiyparvar, gumanistik tadqiqotchilarning tajribasida ko`rsatilishicha, shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlari (xarakter xislati, temperament xususiyatlari, irodaviy sifatlari, aqliy qobiliyatlari, iste`dod darajalari) barqaror qiziqishlari, hukmron motivlari, hissiyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, alohida-odamda betakror, barqaror, turg`un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o`z navbatida shaxsni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qat`iyligi, stereotipligi to`g`risidagi fikrni qat`iy tasdiqlashga imkon yaratadi. Psixik holatlar, hodisalar (hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar) uzluksiz ravishda o`zgarib turishi, ijtimoiy guruhlarda, hayotiy vaziyatlarda odam o`z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq - atvorning o`zgarishi, yoshni ulg`ayib borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi, (milliylik, etnik ta`sir asosida) muayyan darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barqarorlik odam qatnashadigan uning yashash sharoitlari,jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan
uyg`unlikda shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig`indisining doimiyligi bilan uzviy bog`liqdir. Biroq biz qayd qilib o`tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki shaxsni psixik tuzilishining o`zgarishi jahon psixologlarining bir qator tadqiqotlarida o`rganilgan. Bu o`zgarishlar odamning yashash muhiti, amalga oshiradigan faoliyatida namoyon bo`luvchi hisoblanib, ular ijtimoiy ta`sir, tarbiya sharoitiga bevosita aloqadordir. Demak, shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o`zgaruvchan xususiyatlari inson xislatlarining yaxlitligi va o`zaro bog`liqligidan tarkib topuvchi murakkab birlikdan iboratdir. Odatda shaxsni psixologik jihatdan o`rganish o`z tarkibiga ikki asosiy ilmiy muammoni qamrab oladi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Individ sozining ma’nosini ayting?
2. Shaxs deganimiz kim?
3. Shaxsning individual xususiyatlariga nimalar kiradi?
4. Individuallik deganimiz nima?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. G`oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2. G`oziev E.G. Toshimov R. Menejment psixologiyasi. T-2001
3. G`oziev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001.
4. Karimova V. va b.k. Mustaqil fikrlash.- T.: Shark, 2000
5. Burlachuk F. Psixodiagnostika. “Piter”, 2002.
6. Ayzenk M. Psixologiya dlya nachinayuщix. “Piter”, 2000.
7. www.ziyonet.uz
8. www.expert.psychology.ru
9. www.psycho.all.ru
10. www.psychology.net.ru