O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


O’rxun-Enasoy yozma yodgorliklarida ta’lim-tarbiya masalalari



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə14/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

O’rxun-Enasoy yozma yodgorliklarida ta’lim-tarbiya masalalari. VII – VIII asrlarda qabr toshlariga turk-runiy yozuvida o’yib bitilgan «Urxun-Enasoy» bitiglarida ham bolalarni vatanparvar, xalqparvar, tadbirkor, uddaburon, oqil qilib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, Qultegin bitigida turk xalqini uzoqni ko’ra olmaganligi natijasida Tabg’ach eliga qaram bo’lib qolganligi, kelgusi avlodlar bunday xatoliklarni takrorlamasliklari zarurligi quyidagicha uqtiriladi: «So’zimni tugal eshitgil, keyindagi inim, urug’im, xalqim….. bu so’zlarni yaxshilab eshit, diqqat bilan tingla…. Tabg’ach xalqining so’zi shirin, ipak kiyimi nafis….ekan. Shirin so’zi, ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu holda birlashtirar ekan… Yaxshi dono kishini, yaxshi alp kishini yo’latmas ekan. Biror kishi adashsa, urug’i, xalqi, uyi, yopinchig’igacha qo’ymas ekan. Shirin so’ziga, nafis ipagiga aldanib, ey turk xalqi, o’lding».
Pedagog olima A.S.Kaldibekovaning fikricha, bu bitigtoshlarda bolalarni baynalmilallik ruhida tarbiyalash masalasiga ham e’tibor qaratilgan. Bitigtoshlarda turk xalqining Tabg’ach xonligiga qarshi olib borgan urushlari ham ifoda etilgan. Biroq turk xonlari (To’nyuquq, Qultegin, Bilga hoqon, Eltarish hoqon) Tabg’ach xonlarining botirligi, siyosatdonligi, ishbilarmonligi, vatanparvar hamda elsevarligini inkor etmaydi. Ayni shu jihatlarni turk xalqida mujassam bo’lishini chin dildan istaydi. Shu bilan birga Tabg’ach xonlarining boshqa xalqlar ozodligi, iqtisodiyoti, madaniy hayotiga xavf solayotgani oshkora ko’rsatib berilgan. Agar ular bu qusurlarni bartaraf etishsa, ular bilan har tomonlama aloqalarni yo’lga qo’yish foydali ekanligi ta’kidlanadi.
Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab va tarbiya. Qadimgi Misr murakkab davlat tizimiga va keng miqyosli xo’jalikka ega bo’lgan mamlakat bo’lgan. Misr davlati va xo’jaligini boshqarish uchun xat-savodli, bilimdon kishilar zarur bo’lgan. SHu tufayli Misr flr'avnlari va a’yonlari xat-savodli va bilimdon xodimlar tayyorlashga alohida ahamiyat berganlar. Misrda o’qitish, ta’lim-tarbiya berish maskani maktablar edi. Mamlakatning hamma shaharlari va yirik qishloqlarida maktablar bor edi. Maktablarda fir’avnlar, a’yonlar, amaldorlar, ruhoniylarning bolalari va o’qishga havaslari bo’lgan kishilarning farzandlari ham o’qiganlar.
Misrda boshlang’ich, o’rta va oliy maktablar bo’lgan. Boshlang’ich maktablarga bolalar 5-6 yoshdan jalb etilib, harflar o’rgatilib, savodi chiqarilgan. Bolalar maktabda husnixat bilan shug’ullanib, ular har kuni 3 sahifa yozishlari kerak bo’lgan. Misrdagi o’rta va oliy maktablarning ko’pchiligi mirzolar tayyorlab chiqarganlar. Uni «Mirzolar maktabi» ham deyishgan.
Misr fir’avnlarining markaziy mahkamasi qoshida podsho xazinasi uchun maxsus amaldor mirzolar tayyorlaydigan maktablar ham bo’lgan. Bu maktablar katta tajribaga ega bo’lgan bilimli ustoz-o’qituvchilar bilan ta’minlangan bo’lgan. Maktablarda matematika, geometriya, astronomiya, tarix, tibbiyot, adabiyot kabi dunyoviy va diniy bilimlar o’qitilgan.
Misr maktablarida intizom juda qattiq bo’lib, u tan jazosi bilan mustahkamlangan. O’sha vaqtda yozilgan «Nasihatlar»da: «Ey mirza, dangasalik qilma, yo’qsa jazoga duchor bo’lasan. Qo’lingda kitob bo’lsin, ovoz chiqarib o’qigin va o’zingdan ko’p biladiganlar bilan maslahat qilib ish tut. Bir kun ham yalqovlik qilma yo’qsa kaltak eysan. Axir bolaning qulog’i yelkasida bo’ladi-da, qachon ursang, shunda uning qulog’iga gap kiradi»,-deb yozilgan.
Mesopotamiyaliklar maorif ishlariga alohida e’tibor berganlar. Maktablarda ko’proq podsho, badavlat kishilar, amaldorlar va o’ziga to’q kishilarning farzandlari o’qishgan. Ammo maktabda erkin jamoadan bo’lgan oddiy kishilar ham o’qigan bo’lsalar kerak. Maktablarning quyi sinflarida til, adabiyoi, grammatika, yuqori sinflarda esa matematika, musiqa, huquq, geometriya, astronomiya, tarix, tabobat, veterinariya kabi aniq fanlar bilan bir qatorda diniy fanlar ham o’qitilgan. Maktablar saroy va ibodatxonalar qoshida bo’lib, uni ruhoniylar boshqarganlar. Mari va boshqa shaharlardagi qazishlar vaqtida o’quvchilarga mos o’rindiqlar qo’yilgan maktab binosining qoldig’i topilgan.
Maktablar davlat uchun xo’jalik, savdo va harbiy ishlarni boshqaruvchi xodimlar tayyorlaganlar. Maktablarda Misrdagi kabi mirzolar tayyorlashga katta ahamiyat berilgan. Maktablarda intizom va nazorat juda qattiq bo’lgan. Etarli qobiliyatli va tirishqoq bo’lmagan o’quvchilar jazolangan. Maktab qoshida «Xivich bilan savalovchi» maxsus nazoratchi bo’lgan. O’qituvchilar o’quvchilarni qunt bilan o’qishga undaganlar.
Yunoniston unchalik katta bo’lmagan quldorlik davlatlaridan iborat bo’lgan. Uning katta shaxarlaridan biri Lakoniya (poytaxti Sparta) va Attika (poytaxti Afina) bo’lib, bu shaxarlar madaniyat markazi xisoblangan.
Bu ikki shaxarda tarbiyaning o’ziga xos tizimi vujudga keldiki, natijada bu tarbiya tizimi «Sparta» va «Afina» usulidagi tarbiya deb yuritiladigan bo’ldi.
Lekin bu ikki shaxarning iqtisodiy, siyosiy taraqqiyoti, madaniyat darajasi turlicha edi. SHuning uchun ular bir-biridan tubdan farq qilar edi. Ammo ikkala davlatda xam quldorlik tuzumi xukmronlik qilar edi. Shuning uchun ham bu davlatlarda ijtimoiy tarbiya tizimi quldorlarning bolalarini manfaatini ko’zlar edi.
Yunonistonda qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar edilar. Qullar oddiy insoniy xuquqlardan xam mahrum edilar.
Spartada dexqonchilik yaxshi rivojlangan bo’lib, bu qullar mexnati evaziga asoslangan edi. Spartada qullar shafqatsiz ta’qib ostiga olinar edi. SHu sababli ular tez-tez qo’zg’olon ko’tarib turar edilar.
Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo’lib, asosiy maqsad bolalarni baquvvat, jismonan sog’lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat edi.
Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan, so’ng «Agella» deb atalgan maktabda o’qishgan. O’qish muddati 7-18 yoshgacha davom etgan. Shu maktabda hukumatning taniqli kishisi «pedanom» butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilgan.
Tarbiya jarayonida bu maktabda o’smirlarga alohida e’tibor berishgan. Ularni jismonan sog’lom bo’lishi uchun turli mashqlar bilan chiniqtirishgan. Masalan: sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidash, og’rikka bardosh berishga o’rgatib borishgan. Ta’lim jarayonining asosiy qismini xarbiy gimnastik mashqlar: yugurish, sakrash, nayza otish, qo’l bilan jang qilish, musiqa darsi, qisqa so’zlashuv, madaniyat darsi tashkil etar edi.
Kadimgi Yunonistondagi tarbiyaviy ishlar shunisi bilan o’ziga xos ediki, unda bolani nafaqat jismoniy chiniqtirish, balki ma’naviy tomondan xam barkamol bo’lishi nazarda tutilgan. Bolalarga musiqa, ashula va diniy raqslar xam o’rgatilgan. Bu mashg’ulotlarning mazmuni jangovar hamda harbiy tusda bo’lgan.
Spartada olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning yana muhim tomonlaridan biri yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat bo’lgan.
Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar»da ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashtirilar edi. Ular shubhali bo’lib ko’ringan qullarni o’ldirar edilar.
Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar o’tkazib, shu yo’l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar. Masalan: Vatan dushmanlari bilan kurashda ota-bobolar ko’rsatgan mardligi va jasurligi, qaxramonlar xaqida suxbatlar uyushtirishar, shuningdek bolalarni savol-javob jarayonida aniq, qisqa va lo’nda qilib javob berishga o’rgatib borilar edi.
Spartada 18-20 yoshga yetgandan keyin maxsus «Efeblar» (Efeblar qadimgi Yunonistonda balog’atga yetgan o’spirinlar) guruhiga o’kazilgan. Bu guruhda bolalarga harbiy ta’lim berilgan va ular harbiy xizmatni o’taganlar.
Spartada qizlar tarbiyasiga xam alohida e’tibor qaratilgan. O’g’il bolalar bilan qizlar birga qo’shib o’qitilgan. Ular ham harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan. Bundan maqsad erkaklar urushga ketgan vaqtlarida qizlar, ayollar shaharni, uy-joyni qo’riqlash, qurollanib qo’riqchilik vazifasini o’tashi, qullarni itoatda saqlashni ta’minlashi ko’zda tutilgan, ular hatto jangda xam qatnashganlar.
Qadimiy Gretsiyaning ikkinchi shaxarlaridan biri Afinada esa xayot, tartib, intizom, maktab tizimi, undagi ta’lim-tarbiya Spartanikidan butunlay farq qilar edi. Afinadagi iqtisodiy hayot Spartadagi singari cheklanib qo’yilgan emas edi. Qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Bu yerda tibbiyot ilmi, matematika, tarix, san’at, me’morchilik, xaykaltaroshlik taraqqiy etgan edi.
Tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya birga qo’shib olib borilgan. Lekin bu tarbiyalarni mukammal egallash faqat feodallarning farzandlariga nasib etgan xolos.
Afinada tarbiya va maorif masalasi Spartaga nisbatan tubdan farq qilar edi. Bu erda grammatist, polestra, gimnasiy, efeb, demos kabi maktab turlari mavjud edi.
Bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanganlar. 7 yoshdan o’g’il bolalar maktabga borishgan. Qizlar esa oilada ona ko’magida uy — ro’zg’or ishlariga o’rgatilgan. xotin-qizlar faqat uyda bo’lishgan. Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13-14 yoshgacha «grammatist», (savod o’qitish ma’nosida), «kifarist» (grekcha musiqa o’qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil olganlar. Bu maktablar xususiy bo’lib, xaq to’lanar edi, Shuning uchun fuqarolarning bolalari bu maktablarda ta’lim ololmas edilar.
Bu maktablarda «didaskal» deb atalgan o’qituvchilar mashg’ulot olib borar edilar (men o’qitaman degan ma’nodagi «didasko» so’zidan, keyinroq «didaktika» ta’lim nazariyasi kelib chiqqan).
O’g’il bolalarni maktabga qullar yetaklab borishgan. Bunday qullar «pedagog» deb atalgan. Afinadagi grammatist maktabida o’qish, yozish va hisoblash o’rgatilgan. O’qishda xarflarni hijjalab o’qitish usuli, so’ng qo’shib o’qish usulidan foydalanganlar. yozuvni o’rgatishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalanganlar. Ular ingichka cho’p yordamida yozganlar. Sonlar barmoqlar, sopol toshlar, sanoq taxtasi yordami bilan xisoblangan. Kifarist - maktabida o’g’il bolalarga adabiy bilim berilar, estetik mazmundagi deklomatsiyalar o’rgatilar («Iliada va Odisseya»dan parchalar o’qitilar) edi.
O’g’il bolalar 13 — 14 yoshga yetganlaridan keyin «Polestra» kurash maktabi deb atalgan o’quv yurtiga o’tar edilar. Bu o’quv yurtida ular 23 yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanar edilar. Masalan: sakrash, yugurish, kurash tushish, disk va nayza irgitish mashqlari va suvda suzish o’rgatilgan.
Spartadagi kabi Afina maktablarida ham o’quvchilar bilan siyosiy va axloqiy masalalarda suhbatlar o’tkazilgan, o’qish tekin bo’lgan. «Gimnasiy» maktabida polestra maktabini tugatgan badavlat oila farzadlari tahsil olganlar. Ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari o’rgatilgan. Bu maktabni tugatgan yoshlar davlatni boshqarishda qatnashishlari mumkin bo’lgan.
«Efeb» maktabida 18-20 yoshga qadar tahsil olganlar. Bu maktabda harbiy hizmatga tayyorlanar va o’zlarini siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirar edilar. Bu maktabda istehkomlar qurishni, harbiy aslahalarni ishlata bilishni, garnizonlarda xizmat qilishni, dengizchilik o’rgatilgan. Bundan tashqari «Demos» (xalq) maktabi ham mavjud edi. Afinada quldorlik jamiyati ichida tabaqalanishning tarbiya sohasiga o’tkazgan ta’siri shundan iborat bo’ladiki, mukammal tarbiya olish faqat badavlat quldorlarning bolalarigagina xos bo’lib qoldi. Aholining ko’pchiligi bolalarini maktablarda o’qita olmaganligi sababli ularga kasb — hunar o’rgatar edilar. Ayrim xat savodli kishilar bolalariga o’zlari hat savod o’rgatganlar. Bu usul ham davlat tomonidan qonunlashtirib qo’yilar edi.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin