VYuRTsBURG MAKTABI - XX asr boshlaridagi nemis psixologlari birlashmasi bo`lib (K. Byuler, N. Ax, O. Kyul`pe va boshqalar), ular birinchi bo`lib maxsus eksperimental tadqiqotning predmeti qilib tafakkurni o`rgandilar.
GeShTAL`TPSIXOLOGIYa - hozirgi zamon chet el psixo-logiya maktablaridan biri bo`lib, XX asrning 30-yillarida Ger-maniyada paydo bo`lgan. Bular murakkab psixik hodisalarni tushun-tirish uchun hodisalarning bir butunligi printsipidan foydalanadilar ("Geshtal`tlar"). Asoschilari: M. Vertxeymer, V. Kyoler, N. Koffka.
GIPPOKAMP — bosh miya qobig`ining quyi qismida joylashgan chiziq bo`lib, orientatsiya reaktsiyasi va o`rganishning fiziologik mexanizmlarida ishtirok etadi.
DINAMIK STeReOTIP — hayot jarayonida paydo bo`lgan -
tli reflektor bog`lanishlarning nisbatan baqaror sistemasidir.
DUALIZM - borliq ham moddiy, ham ruhiy bo`lgan ikki asosdan tashkil topgan deb hisoblovchi falsafiy ta`limot bo`lib, psixofizik paralellizm kontseptsiyasining asosidir.
INTROSPeKTIV PSIXOLOGIYa - introspektsiyani - tad-qiqot asosiy metodi deb hisoblovchi psixologik yo`nalishlar maj-muidir.
INTROSPeKTIV MeTOD - bu kishining o`z-o`zini kuza-tishga asoslangan psixologiya metodidir.
LABILLIK — nerv hujayralarining tezlik bilan qo`zg`alish holatidan tormozlanish holatiga va tormozlanishdan qo`zg`a-lish holatiga o`tish qobiliyatidir.
PSIXIKA — yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)-ning ob`ektiv borliqni aks ettirish va shuning asosida shakl-langan psixik obrazlar orqali maqsadga muvofiq sub`ektning fa-oliyati va uning xatti-harakatlarini boshqarishdan iboratdir.
PARAPSIXOLOGIYa — tadqiqot sohalaridan biri bo`lib, sezgi a`zolari ishtirokisiz idrok qilish formalarini, shu bi-lan birga tirik mavjudotning fizik hodisalarga mushak kuchisiz ta`sir etish turlarini o`rganishga qaratilgandir. Parapsixologiya muammosi bahsga molik sohadir.