Savol va javoblar:
Tarbiya metodlari nima?
Tarbiya metodlari (yunoncha “methodos” – tadqiqot usuli, yo’li) – tarbiya maqsadiga erishish, tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish yo’llari.
Tarbiya metodlari qanday turlarga ajratiladi?
Tarbiya metodlari quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar.
2. Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari.
3. Xulq va faoliyatni rag’batlantirish metodlari.
4. O’z-o’zini tarbiyalash metodlari.
Qanday metodlar ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar sanaladi?
O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod, dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg’usi, irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar sanaladi. Mazkur metodlar yoshlar tomonidan hayot mazmunining tushunib olinishini ta’minlaydi.
Qanday metodlar ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar sirasiga kiradi?
Hikoya, etik suhbat, tushuntirish, izohlash, ma’ruza, ishontirish, nasihat, yo’riqnoma, munozara, ma’ruza, namuna ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar sirasiga kiradi.
Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari nima?
Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari – muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini to’g’ri, maqsadga muvofiq, puxta tashkil qilish orqali ularni axloqiy me’yor, xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantiruvchi usullar sanaladi.
Qanday metodlar ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari sirasiga kiradi?
Odatlantirish, mashqlantirish (mashq qildirish), topshiriq, pedagogik talablar, jamoat fikri, tarbiyalovchi vaziyat kabilar ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari sirasiga kiradi.
Xulq va faoliyatni rag’batlantirish metodlari qanday metodlar sanaladi?
Xulq va faoliyatni rag’batlantirish metodlari – tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko’ngilini ko’tarish va uni qo’llab-quvvatlash usullari sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |