O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


Pedagogika ilmining asosiy xususiyatlari quyidagilardir



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə3/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Pedagogika ilmining asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
-Ijtimoiylik-pedagogika ilmi avvalambor ijtimoiy vazifalarni hal etishga yo’naltirilgan va qaratilgan bo’ladi.
-gumanitar- pedagogika ilmi o’z mohiyatiga ko’ra gumanitar hisoblanib, insonni o’rganish, uning shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishini o’rganadi.
- ochiqlilik- pedagogika ilmi boshqa fanlardan farqli o’laroq, inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladi.
Pedagogika quyidagi asosiy muammolarni o’rganadi :
-pedagogik jarayon qonuniyatlari mohiyatini aniqlash va tahlil etish, shaxsning shakllanishi va rivojlanishi hamda ularning ta’lim-tarbiyaga ta’sirini o’rganish;
-tarbiya, ma’lumot, ta’lim maqsadlarini aniqlash;
-tarbiya, ma’lumot, ta’lim mazmunini ishlab chiqish;
-ta’lim va tarbiya texnologiyalari metodlarini ishlab chiqish va tadqiq qilish.
O’zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida pedagogika fani yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlarni tarbiyalash va voyaga etkazish tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g’oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:
-Ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o’rganish.
-tarbiya, ta’lim, o’qitish sohasidagi qonuniyatlarni aniqlash, ta’lim va tarbiya tizimlarini boshqarish;
-ilg’or pedagogik faoliyat tajribasi hamda amaliy faoliyat natijalarini o’rganish, umumlashtirish;
-pedagogik jarayon va uning tuzilishidagi ijobiy hamda salbiy holatlarni tahlil qilish;
-zamonaviy pedagogik hamda axborot texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish;
-ta’lim-tarbiya, o’qitish tuzilmalarini boshqarish tizimi uchun yangi metod, shakl va vositalarni ishlab chiqish;
-pedagogik nazariya va amaliyot rivojlanishini bashorat qilish;
-pedagogik tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish.
Shuningdek, elektron darsliklar va kutubxonalar, ta’lim saytlarini yaratish, davlat ta’lim standartlari, ma’lum sharoitda rioya qilinishi lozim bo’lgan umumiy qoidalar, talabalarni ishlab chiqish, avtomatlashgan o’qitish tizimlari va dasturlarini joriy qilish kabi vazifalar ham pedagogikaning rivojlanishi uchun xizmat qiladi.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin