Amerika modeli: kichik o’rta maktab → o’rta maktab → katta o’rta maktab → 2 yillik kollej → universitet tizimidagi 4 yillik kollej → magistratura → doktorantura.
Fransiya modeli: onalar maktabi → o’rta maktab → kollej → texnologik, kasbiy va umumta’lim litseyi → universitet → magistratura → doktorantura.
Germaniya modeli:umumiy maktab → real bilim yurti, gimnaziya va asosiy maktab → oliy o’quv yurti → magistratura → doktorantura.
Angliya modeli: birlashgan maktab → grammatik va zamonaviy maktab → kollej → universitet, magistratura, doktorantura.
Rossiya modeli: umumta’lim maktabi → to’liq o’rta maktab, gimnaziya va litsey-kollej → institut, universitet, akademiya → magistratura → doktorantura.
Qozog’iston modeli: to’liq umumta’lim o’rta maktab → kollej → universitet, akademiya (bakalavriat) → magistratura → doktorantura.
Demak, zamon va makon omillariga ko’ra pedagogik tizimlar modelini taqqoslashda yangi pedagogik bilimlar yuzaga keladi. Uning mazmunida quyidagilar aks etadi:
ta’limning zamonaviy holatini qayd etish;
ta’lim siyosatini takomillashtirish, muqobil ta’lim siyosatini taklif qilish;
ta’lim jarayonlarida kutilayotgan holatlarni bashorat qilish;
qiyosiy pedagogikaning nazariyasi va metodologiyasini boyitish.
XX asr oxirida jahon ta’lim tizimida quyidagi global tendentsiyalar ajratib ko’rsatildi:
ta’lim tizimini demokratlashtirishga intilish, ya’ni ta’limning hamma uchun ochiqligi, ta’lim tizimining uzluksizligi, ta’lim muassasalariga mustaqillikning taqdim etilishi;
shaxsga ta’lim olish huquqining to’liq ta’minlanishi (har bir insonga millati, irqi, kelib chiqishidan qat’iy nazar istalgan turdagi ta’lim muassasasida ta’lim olishi);
ma’lumot olishga ijtimoiy-iqtisodiy omillarning sezilarli ta’siri (pulli-shartnoma asosida tahcil olish);
xilma-xil qiziqish va o’quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv-tashkiliy tadbirlar ko’lamining ortib borishi;
ta’lim xizmatlari bozorining o’sishi;
oliy ta’lim tarmoqlarining kengayishi va talabalarning ijtimoiy tarkibining o’zgarishi;
ta’limni boshqarish sohasida o’ta markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan boshqaruv uyg’unligini ta’minlash;
rivojlangan davlatlar tomonidan ta’lim moliyalashtiriladigan asosiy ob’ektga aylanishi;
ta’lim dasturlarini doimiy yangilash va modernizatsiyalash;
“o’rtacha o’zlashtirish”ga yo’nalganlikdan, har bir o’quvchining o’ziga xosliklarini ochish hamda ularning qiziqishi va qobiliyatlarini rivojlantirishga etibor qaratilishi;
rivojlanishida nuqsoni bor bo’lgan bolalar ta’limi uchun qo’shimcha resurslarni izlab topish.