O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə35/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari. Jahon ta’limi muammolarini hal etishda turli ta’lim tizimlari ishtiroki zaruriyatini talab etadigan yirik xalqaro dastur va loyihalash muhim ahamiyat kasb etadi. Yirik xalqaro loyihalarga quyidagilar kiradi:
• ERAZMUS – maqsad Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar talabalarinin mobilligini taminlash (masalan, dastur doirasida 10% talabalar Yevropa mamlakatlaridagi boshqa oliy ta’lim muasssalarda o’qishga borishlari kerak).
• LINGVA — bu dastur kichik sinflardan boshlab chet tillarni o’rganish samaradorligini oshirishga mo’ljallangan.
• EVRIKA – ushbu loyihaning maqsadi SHarqiy Yevropa davlatlari bilan amalga ooshirilayotgan tadqiqotlarni uyg’g’unlashtirish.
• ESPRIT — yangi axborot texnologiyalarini yaratish sohasida Yevropa universitetlalariri, kompyuter firm kuch va imkoniyatlarini birlashtirishni talab etuvchi loyiha.
• EIPDAS — arab davlatlarida ta’limni rejalashtirish va boshqarishni takomillashtirish sohasiga doir dastur.
• TEMPUS – Yevropa Ittifoqining hamkor-davlatlarda oliy ta’limni rivojlantirishga yo’naltirilgan dasturi.
• IRIS — xotin-qizlarning kasbiy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishgga yo’naltirilgan loyihalar tizimi.


4-MAVZU: O’zbekiston respublikasi ta’lim tizimida modernizatsiya


1.MUSTAQIL O’ZBEKISTON TA’LIM TIZIMI. MUSTAQILLIK YILLARIDA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI
2. Mustaqil O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar
3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” – Respublikamizda ta’lim-tarbiyani tashkil etish va kadrlar tayyorlashning huquqiy asosi sifatida
Mustaqil O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. Bugungi kunda, umumiy e’tirofga ko’ra, XXI asr globallashuv va chegaralarning barham topish davri, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va internet asri, jahon maydonida va dunyo bozorida tobora kuchayib borayotgan raqobat asriga aylanib borayotganini isbotlab berishga hojat yo’q, albatta.
Bunday sharoitda inson kapitaliga yo’naltirilayotgan investitsiya va qo’yilmalarning o’sishini, hozirgi zamonda demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo’lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifasini doimo o’zining asosiy ustuvor yo’nalishlari qatoriga qo’yadigan davlatgina o’zini namoyon eta olishi mumkin.
Avvalo shuni ta’kidlash zarurki, bundan oldin qabul qilingan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan Ta’lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning biz tanlagan «o’zbek modeli» - o’z taraqqiyot yo’limizning ajralmas tarkibiy qismidir.
Ushbu dastur jiddiy izlanish va tadqiqotlarning, jahondagi taraqqiy topgan ilg’or mamlakatlar tajribasini umumlashtirishning natijasi sifatida o’tmishda majburan singdirilgan kommunistik mafkuraning qolip va andozalaridan butunlay voz kechish, odamlarning, birinchi navbatda, unib-o’sib kelayotgan avlodning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, qisqacha aytganda, bu dastur o’z fikriga, o’zining qarashlari va qat’iy grajdanlik pozisiyasiga ega bo’lgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo’ygan.
Uzoq yillar davomida vujudga kelgan eski ta’lim tizimini tubdan qayta qurmasdan va isloh etmasdan turib bu maqsadga erishish aslo mumkin emas edi.
Agarki O’zbekistonda aholining qariyb 35 foizini 16 yoshgacha bo’lgan bolalar, 60 foizdan ziyodini esa 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etishini hisobga oladigan bo’lsak, bu islohotlarning roli va ahamiyati o’z-o’zidan tushunarli va ravshan bo’ladi.
Qabul qilingan dasturga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sxemasi bo’yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etildi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan modelning prinsipial xususiyati avvalo shundaki, umumta’lim maktabidagi 9 yillik o’qishdan so’ng o’quvchilar keyingi 3 yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib, ularning har biri umumta’lim fanlari bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta mutaxassislik bo’yicha kasb-hunarlarni ham egallaydi.
Ta’kidlash joizki, O’zbekistonda 12 yillik ta’lim barcha uchun majburiy va bepul ekani qonunlarimizda belgilab qo’yilgan. Bu o’sib kelayotgan yangi avlodimiz 12 yillik majburiy ta’lim olish bilan birga aniq mutaxassislik va kasb-hunarga ega bo’lishini taqozo etadi. Bu, ayniqsa, qizlarimiz uchun muhimdir. Biz bunda har qaysi yangi tashkil bo’layotgan yosh oilada avvalo qizlarning o’zi tanlagan muayyan mutaxassislikka, kasb-hunarga, hayotda o’zining mustaqil fikri va qat’iy pozisiyasiga ega bo’lishi g’oyat muhim ahamiyat kasb etishini nazarda tutamiz. Shuning uchun ham barcha zarur fanlar bo’yicha umumiy ta’lim beradigan maktablardagi 9 yillik tahsildan keyin yoshlarimiz, ayniqsa qizlarimiz majburiy tarzda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o’qishni davom ettirishi, ikki-uchta zamonaviy mutaxassislik bo’yicha kasb-hunarlarga ega bo’lishi o’ta muhimdir.
Mustaqillik yillarida ta’lim jarayonini yangicha talablar asosida tashkilqilish, takomillashtirish bo’yicha olib borilgan jiddiy izlanishlar natijasida avvallari faqat aholining umumiy savodxonligini ta’minlash bilan cheklangan ta’lim mazmuni tubdan yangilandi.
MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib Davlat ta’lim standartlari
ishlab chiqildi va joriy etildi. Amaliyot jarayonida ta’lim turlariaro
uzviylikni, uzluksizlikni ta’minlash maqsadida o’quv fanlari bo’yicha
DTS hamda o’quv dasturlari takomillashtirildi.
Yurtboshimizning «Darsliklarda millat fikrining, millat tafakkuri va millat mafkurasining eng ilg’or namunalari aks etishi kerak» degan g oyasidan kelib chiqib darsliklarning yangi avlodi yaratildi. Samarali tashkil etilgan tizim asosida ularni muntazam ravishda, ya’ni 2-3-sinflar uchun har 2 yilda, 5-9-sinlar uchun har 4 yilda takomillashtirish, zarur nusxada yangitdan chop etib borish yo’lga qo’yildi.
O’zbekistonda maktab ta’limi 7 ta tilda: o’zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg’iz, turkman va tojik tillarida olib borilmoqda.
Ta’lim jarayonini isloh etish va mehnat bozorida talab qilinadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda oliy ta’lim muassasalari muhim o’rin egallamoqda. O’zbekistonda Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti kabi yuksak xalqaro obro’-e’tibor va chuqur tarixiy ildizlarga ega bo’lgan Yevropa va Osiyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining filiallari tashkil etildi va muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda. Ushbu oliy ta’lim muassasalarida mashinasozlik, neft-gaz ishi, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, moliyaviy menejment, tijorat huquqi kabi mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxassisliklar bo’yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda va biz uchun g’oyat muhim jihati shundaki, ularning bitiruvchilari butun dunyoda tan olinadigan diplomlarga ega bo’lmoqda.
Ta’lim tizimini tubdan isloh etish odamlarimizning ongu tafakkuri va dunyoqarashini o’zgartirish, ularning siyosiy va grajdanlik faolligini, o’z kelajagiga bo’lgan ishonchini oshirishning eng muhim omili va mustahkam asosiga aylandi, desak, hech qanday mubolag’a bo’lmaydi. Eng muhimi shundaki, bizning yangi avlodimiz, bilimli, o’tmishning har qanday illatlaridan ozod bo’lgan yoshlarimiz bugungi kunda mamlakatimizni demokratlashtirish va liberallashtirish, uni yangilash va ishonchli tarzda ravnaq toptirishning hal qiluvchi harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” – Respublikamizda ta’lim-tarbiyani tashkil etish va kadrlar tayyorlashning huquqiy asosi sifatida. O’zbekistonda ham ta’lim islohotlarining qadriyatlari yo’nalishlari qaror topib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”, deb belgilab qo’yilgan. 42-moddasida esa, “har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanishi; davlat jamiyatning madaniy, ilmiy, texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qilishi” ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining 4-moddasida bilim olish huquqi qadriyat sifatida quyidagicha ko’rsatib qo’yilgan: “Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, turar joyi, O’zbekiston Respublikasi hududida qancha yashaganidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi”.
Bilim olish huquqi:
- davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;
- ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o’qitish, shuningdek, ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to’lov evaziga kasb-hunar o’rgatish;
- barcha ta’lim muassasalari bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o’quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo’lishi;
- oilada yoki o’zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akreditatsiyadan o’tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o’tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
Boshqa davlatlarning fuqarolari O’zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega.
Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bilim olishda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega».
Bundan tashqari, mazkur hujjatning 3-moddasida ko’rsatib berilgan ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari ham o’zida muhim aksiologik yondashuvni aks ettiradi.
birinchidan, ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
ikkinchidan, ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
uchinchidan, umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
to’rtinchidan, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo’nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
beshinchidan, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
oltinchidan, davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olshning hamma uchun ochiqligi;
ettinchidan, ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashgan yondashuv;
sakkizinchidan, bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish;
to’qqizinchidan, ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish.
1997 yilda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadining o’ziyoq, uning qadriyatli yondashuvga asoslanganligidan darak beradi: “Dasturning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir”.
Ta’limiy qadriyatlar yuzasidan tadqiqotlar olib borgan olim SH.Mardonov “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da quyidagi ijtimoiy va shaxsiy xususiyatga ega ta’limiy qadriyatlarning mohiyati ochib berilganligini ta’kidlab o’tadi:
Birinchidan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’limning oliy qadriyati sifatida shaxs e’tirof etiladi. Mazkur qadriyat Milliy dasturning uzluksiz ta’lim, uning insonparvarlik va ijtimoiylashishga yo’nalishi ko’rsatmalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlashi kerak.
Ikkinchidan, pedagogik jihatdan to’g’ri va samarali tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayoni talabada mustaqil ta’lim olish, o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini rivojlantirish layoqatlarini shakllantiradi. Bu jarayon bizning fikrimizcha, yangi ta’limiy qadriyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi…”.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin