O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


- Mavzu: Ijtimoy pedagogika asoslari



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə44/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

7- Mavzu: Ijtimoy pedagogika asoslari.
Mavzu rejasi:

  1. Ijtimoyi pedagogika predmeti

  2. Ijtimoyi pedagogika kategoriyalari va principlari

  3. Oila fuqarolik jamiyati institutining asosiy bug’ini

  4. Deviaciya ijtimoiy pedagogik muammo sifatida



Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy zarurat sifatida.
Ijtimoiy pedagogika- odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo`ladigan fikrlar, e'tiqodlar, g`oyalar, qarashlar, his-tuyg`ular, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir.
Ijtimoiy pedagogikaning zarurligini quyidagi holatlar talab etayotgan edi:
Birinchidan, Bugungi kunda ta'lim va tarbiya maqsadi bilan uning ba'zi natijalari o`rtasidagi qarama-qarshilik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish yo`llarini aniqlash zarurligi talab etilmoqda. Ushbu talab pedagogika olamiga jamiyatdagi munosabatlar bilan Shug`ullanuvchi sotsiologiyani olib kirish zaruriyatini uyg`otdi. Chunki ongli xususiyatga ega bo`lgan inson faoliyati, sotsiologiya fanining o`ziga xos ob'ektini tashkil etadi. Har bir shaxsning jamiyatdagi o`z o`rnini, o`zligini anglashi, hayotiy-axloqiy me'yorlarni o`zida mujassam etishi jamiyatda Shu ma'naviy-axloqiy sifatlarni namoyon etib, ijtimoiy hayotimiz, zamonamiz bilan hamnafas yoshlarni tarbiyalashda Pedagogika va sotsiologiya fanlarining hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi. Vaholanki ta'lim-tarbiyaning o`zi ijtimoiy hodisa va pedagogik jarayondir.
Ikkinchidan, ba'zi jamiyat a'zolarining ongidagi ma'naviy bo`shliqning ijtimoiy kelib chiqishi sababalrini aniqlash, ularni hal qilish mexanizmini yaratish kabi yangi muammolarning yechimini topish uchun pedagogik va sotsiologik tushunchalarning tutashligiga asoslangan yangi metodologiyani talab etmoqda. Inson shaxsini shakllantirishda undagi tabiiy (irsiy) va ijtimoiy xususiyatlarini, uning oliy nerv faoliyati imkoniyatlarini hisobga olib yondashmoq lozim. Inson organizmining biologik va sub'ektiv (shaxsiy tomonlari) asosida o`z-o`zini tarbiyaga olish, sharoitga moslashish, ma'lum ob'ektga yo`naltirish qonunlarini bilish asosida uning tarbiyasini tashkil etish lozim. Shaxs shakllanishi jarayonida ichki va tashqi ta'sir imkoniyatlari o`zaro omuxta qilish, tarbiya jarayonini yoshlar faoliyatining xususiyatlari, qiziqishini anglash kabi muhim xususiyatlari asosida shaxsning erkinligi va g`ururini paymol qilmasdan, demokratik, insonparvarlik va milliy tamoyillarga tayanib, ularda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish davr talabidir. Jamiyatga insonlar ongini, tafakkurini ijobiy tomonga o`zgartirish ijtimoiy- ma'rifiy jarayonlar bilan bog`liq bo`lib. Uni ilmiy jihatdan o`rganish muhimdir. Pedagogika va sotsiologiyaning tutashganligi tufayli yuzaga kelgan muammolar o`zbekistonlik olimlarning diqqat e'tiborini ham o`ziga tortmoqda.
Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy munosabatlar va bunda davlatning roli, axborotlar, ustoz-shogird munosabatlari, kadrlar muammolari, yoshlarning ma'naviyatida ro`y berayotgan zaiflikning sabablari, ularni aniqlash, tekshirish, hal etish, ijtimoiy faollik kasbiy mahorat, Shuningdek mustaqil O`zbekistonda kechayotgan ma'naviy va mafkuraviy islohatlarni, umuman, jamiyatni «pedagog so`zi» bilan qrganish ijtimoiy pedagogikaning muammolaridan bo`lib hisoblanadi. Eng asosiysi, ijtimoiy hayotda Shunday holatlar uchraydiki, bunda bolalar o`smirlar, tarbiyachilar bunday og`ir vaziyatda o`zlariga ruhan malham bo`ladigan sotsial pedagogning yordamiga muhtoj bo`ladi. Demak, bugungi jamiyatimiz asoslariga sotsial psixolog bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogga bo`lgan ehtiyoji ham sezilmoqda.
Hayotdan umid uzgan, o`ziga ishonmaydigan, hayotiy muammolarni mustaqil hal eta olmaydigan shaxslar insoniy yordam, tuShunish, uning qayg`usiga sherik bqlishlarini kutadilar. O`z so`zi va faoliyati bilan Shu kabi shaxslarda o`ziga ishonch uyg`otish, o`z imkoniyatlarini anglab yetishlariga yordam berish sotsial pedagogning asosiy vazifasidir. Ijtimoiy hayotimizdagi voqelikning insonlarga bo`lgan ta'siri ularning ongida yuz berayotgan jarayonlar haqida bahs yuritadigan mazkur fan yo`nalishi bugungi kunda ijtimoiy buyurtma sifatida vujudga kelmoqda.
Demak ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zarurat asosida namoyon bo`ldi.




Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti pedagogika o’rganadigan jarayon va voqelik bo’lib, u masalani muayyan, o’ziga xos aspektda ko’radi. Uning o’ziga xosligi esa «ijtimoiy» degan so’zda ifodalangan. Ijtimoiy pedagogikaning ob’ekti insonning ijtimoiylashuv jarayonidir. Xalqning boy merosi, pedagogikasidan, fan, madaniyat, jamiyat yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy pedagogika o’z nazariyasini, metodi va texnologiyasini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogika davlat va jamiyat institutlarining ma’naviy-ma’rifiy markazlari faoliyati sohasidir, bu yerda yangi qadriyatlar san’ati shakllantiruvchi va birlashtirib turuvchi faoliyat jamlanadi.


«Ijtimoiy» tushunchasida odamlarning birga yashashi bilan bog’liq jarayonlar ifodalangan, ammo ularning muloqoti va o’zaro aloqalari turli shakllarda bo’ladi. Demak, pedagogika o’sib kelayotgan avlod tarbiyasi va ta’limi to’g’risidagi fan bo’lib, ijtimoiy pedagogika esa jamiyat a’zosini tarbiyalash va unga ta’lim berish to’g’risidagi fandir.
Ijtimoiy pedagogika jarayon va hodisalarni ma’lum spetsifik aspektda o’rganadi. Pedagogik bilimlarning bu yangi tarmog’i spetsifikasi «ijtimoiy» so’zida namoyon bo’ladi. «umuminsoniy tushuncha insonlar hayotiy faoliyati, ularning o’zaro muloqot» formalari bo’lgan narsa-hodisalarni o’zida jamlaydi. Shunday qilib, pedagogika yosh o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalovchi va ta’lim beruvchi fan asoslari ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning jamiyat hayotiga kiritishni ta’minlaydigan aspektni tadqiq etadi.
Pedagogika va sotsial pedagogika bir-biriga juda bog’liq, lekin ular­ning farqi Shundaki, Pedagogika fani ijtimoiy shaxsning faqat ta’­lim va tarbiyasi bilan Shug’ullanadi. Ijtimoiy pedagogika esa bola shaxsini va uning bolaligini himoya qiladi.
Ijtimoiy pedagogika fanining maqsadi va vazifasi.
Pedagogik sotsiologiya fanning maqsadi jamiyatdagi xar bir shaxsning hayotida uchraydigan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va hal qilishdan iborat. Ta’lim va tarbiya masalalari bilan Shug’ullanish, keksalar, qariyalar, kasal va boquvchisini yukotganlar, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar holidan habar olish. Shu jumladan fohishabozlik, narkomaniya va qonunbo’zarlikka qarshi kurashish. Bu illatlardan jamiyatni ayniqsa kelajak avlodni himoya qilish.
Ijtimoiy pedagogika fanning vazi­fasi quyidagi 4 bosqichni o’z ichiga oladi.
1. Bolani va o’smirni xaqikatguy qilib tarbiyalash va voyaga yetkazish;
2. SHaxsning mustaqil fikrlay olishi, muammoga duch kelganida uni mustaqil ravishda hal qila olishi va o’z munosabatini bildirishi;
3. Atrofdagi kishilar bilan erkin va madaniy holda muomala qilishni o’rgatish;
4. Hayotdagi o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini ongli ravishda tuShunishga o’rgatish;

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin