O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


Oilada bola tarbiyasini tashkil etish



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə45/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Oilada bola tarbiyasini tashkil etish
“Jamiyat” va “Oila” tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog`liq. Bu bog`liqlik jamiyatning oilalarsiz mavjud bo’lmasligi hamda o’z navbatida oilaning ma`lum bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi va yashovchanligida ko’rinadi. Oila hamda jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bao’rida mavjud bo’lgan oilalarning ijtimoiy, iqtisodiy va ma`naviy qiyofasining shakllanganlik darajasiga bevosita boo’liqdir. Chunonchi, ijtimoiy borliqning oilalar zimmasiga qo’yadigan talablari uning manfaatlariga zid bo’lmasa, aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini ta`minlashga yordam bersa, oilalar tomonidan ijtimoiy talablarning qo’llab-quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini ta`minlash ko’rsatkichi vazifasi yuqori bo’ladi.
Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, oila bola uchun eng muhim tarbiyaviy muhit bo’lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, tavsif va dunyoqarash shakllanadi.
Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma`naviy qiyofasini ko’radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida anglaydi.
Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta`minlab qolmasdan, ota-onalarda o’ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita ta`siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, o’zaro aloqalari boyib boradi, real hayot mazmunini chuqurroq anglash, ya`ni farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o’z umri davomiyligini ko’rish holati yuz beradi.
Shaxsning ma`naviy sifatlarga ega bo’lishi, unda ma`naviy bilimlarga nisbatan ehtiyoj va qiziqishning paydo bo’lishi oila tarbiyasi asosida amalga oshadi. Oilada qaror topgan soo’lom ma`naviy-ruhiy muhit farzandlarining yetuk, barkamol bo’lib voyaga yetishlari uchun beqiyos ahamiyatga egadir.
Sharqda azal-azaldan oila tarbiyasiga yuksak baho berib kelingan. Totalitar tuzum davrida esa oilaning shaxs tarbiyasida tutgan o’rni inkor etilib, uni ijtimoiy borliq vositasida tarbiyalashga harakat qilingan edi.
Milliy istiqbolga erishuvdan so’ng o’zlikni anglash tuyo’usining qaror topganligi, o’tmish qadriyatlarini o’rganishga bo’lgan qiziqishning ortganligi, oilaning shaxs kamolotida tutgan o’rni va ahamiyatini xolisona baholash imkonini beradi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bayon etadi: “Oila, turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o’zining ko’p asrlik mustahkam ma`naviy tayanchlariga ega bo’ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. O’zbekiston xalqining aksariyati o’zining shaxsiy farovonligi to’o’risida emas, balki, oilaning, qarindosh uruo’lar va yaqin odamlarning omon-esonligi to’o’risida o’amxo’rlik qilishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa uning oliy darajadagi ma`naviy qadriyati inson qalbining gavharidir”.
Ota-onalar o’z ijtimoiy burchini bajarar ekanlar, farzandlarni mehnat qilishga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat tuyo’usini shakllantirishga, ularni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash, turli ko’rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy-me`yorlarga oo’ishmay rioya etish, soo’lom turmush tarzini yaratish, o’z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashdan maqsad, so’z va faoliyat birligini ta`minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko’rsatadi.
Shaxs shakllanishiga ta`sir etishning ijtimoiy-ruhiy asosiga ega oila jamiyatning ajralmas bo’lagi sifatida ijtimoiy vazifalarni bajarish bilan birga o’ziga xos xislatlarni ham aks ettiradiki, bunday xislat psixologik qarama-qarshilik hamda tavsiflar to’qnashuvidan iborat ijtimoiy munosabatlardan toliqqan inson organizmining ishchanlik qobilyatini qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mo’`tadil iqlimni hosil qila oladi. Aynan shu tufayli inson oilada o’zini erkin his etadi. Bu tuyo’u xalqimiz ruhiyatidagi o’ziga xos xususiyatlardan biridir.
Oila tarbiyasida ob`ektiv va sub`ektiv omillarning roli katta. Ob`ektiv omillar sirasiga: oilaning moddiy ta`minoti va farovonligi, shu bilan birga maishiy turmush darajasi, oila byudjetining mavjud holati, undan oqilona foydalanish borasidagi tajriba, soo’lom ruhiy muhitning barqarorligi va hokazolar kirsa; oiladagi shaxslararo munosabatlar mazmuni, oila a`zolarining fiziologik-psixologik, madaniy jihatdan komillik hamda ma`lumot darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o’rtasidagi mutanosiblik, oilaviy hayotni tartibga solish borasidagi o’zaro yordam, hamkorlik, birlik tamoyillariga tayanish va shu kabilar sub`ektiv omillar sirasiga kiradi.
Bolalarda ijtimoiy-dunyoviy bilimlarni egallashga bo’lgan intilish, ijtimoiy faollikning shakllanishida ota-onalarning samarali ishtirok etishi hal qiluvchi omil bo’lib, bu oila tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi zarur sharoitlardan biridir.
Oila tarbiyasida bolalar hayotini to’o’ri uyushtirish, ularni vaqtdan to’o’ri va unumli foydalanishning asosiy garovidir. Bolaning oiladagi vaqtini o’yin, mehnat va o’qish faoliyatlariga to’o’ri taqsimlash nihoyatda muhimdir.
Oila jismoniy va psixologik jihatdan soo’lom, ma`naviy barkamol, mehnatga hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berish lozim. Oila tarbiyasi mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mashhur yo’nalishlari-jismoniy axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-o’oyaviy hamda jinsiy ta`lim berish, ularda faoliyat ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Oila muhitida tashkil etiladigan jinsiy tarbiya bolalarni jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va ozodalikka o’rgatish, o’z soo’ligi uchun o’amxo’rlik qilish va mas`uliyatli bo’lishlarini ta`minlashga qaratilgan harakatlar mazmunini ifoda etadi. Bolalarning soo’lom bo’lishlarida ularning kundalik hayotiy rejimiga amal qilishlari nihoyatda muhimdir. Ota-onalar yoki oilaning katta avlod vakillari bolalarning dam olishlari va mehnat qilishlarini tartibga solishga ahamiyat berishlari kerak.
Organizmning bir maromda ishlashi bola salomatligini saqlash va mustahkamlashga yordam berib qolmay, shu bilan birga uning barcha yumushlari tartibli va sifatli bajarilishi uchun ham imkon yaratadi.
Markaziy asab tizimining mustahkamlanishi uchun yaxshi dam olish talab etiladi. Tiniqib uxlash bosh miya-asab hujayralarining to’la orom olishini ta`minlaydi. Bu esa butun organizmning mo’`tadil o’sishiga, uning ish qobilyatini saqlash va qayta tiklashga yordam beradi.
Inson salomatligini saqlashda ertalabki badan tarbiyaning ahamiyatini bolalarga tushuntirish hamda ularning ertalabki badan tarbiya bilan shuo’ullanishiga ko’niktirib borish ota-ona nazoratini talab etadi. Badantarbiya bolani saranjomlikka, intizomga ham o’rgatib boradi.
Ovqatlanishning to’o’ri tashkil etilishi ham bolaning soo’lom bo’lib o’sishining asosiy omillaridan biridir. Ota-onalar tomonidan belgilangan muayyan soatlarda ovqatlanishga, ovqatlanishdan avval qo’l yuvishga, ovqatdan so’ng oo’iz chayishga, shuningdek, kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun) tish tozalashga, haftada bir marta vanna (yoki dush, hammom) da cho’miltirishga, qo’l va oyoq tirnoqlarini olishga odatlantirib borish zarur. Ushbu holatlar bolada jismoniy madaniyatni shallantiradi.
Oila tarbiyasida bolalarning aqliy jihatdan tarbiyalash ham muhim o’rin tutadi. Bu boradagi dastlabki vazifa ota-ona tomonidan bolaning qiziqish va ehtiyojlarini ko’ra bilish asosida tasavvur, idrok, tafakkur, xotira hamda diqqatni takomillashtirshga yordam beruvchi masho’ulotlarga jalb etishdan iboratdir. Shuningdek, ma`lum yo’nalishlar bo’yicha bolada qiziqishni uyo’ota olish, uni rivojlantirib borish ham talab etiladi. Bu borada ota-ona yoki oilaning boshqa a`zolari dunyoqarashi, ehtiyoj va qiziqishlari doirasi hamda ular tomonidan ko’rsatilayotgan namuna tarbiyaviy omil bo’lib xizmat qiladi. Oila muhitida bolaning aqliy jihatdan tarbiyalanib borishida konstruktorlik o’yinlari (kubiklar yordamida uylar qurish, kesmalar asosida fano (tasvir) lar hosil qilish va boshqalar), fikr doirasini kengaytirishga yordam beruvchi sport o’yinlari (shaxmat, shashka)ni tashkil etish turli mavzulardagi krassvord va rebus topishmoqlarini hal qilish teatr, muzey va ko’rgazmalarga tashrif buyurish hamda ilm-fan, texnika va texnologiya taraqqiyoti yuzasidan suhbatlarning uyushtirilishi bu borada o’zining ijobiy samarasini beradi.
Axloqiy tarbiya oila tarbiyasining o’zagini tashkil etadi. Oilada uyushtirilajak axloqiy tarbiyaning maqsadi bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar ota-ona hamda oilaning boshqa a`zolariga, shuningdek, atrofdagilarga nisbatan mehr-muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat, kamtarlik, to’o’ri so’zlik, mehnat sevarlik, saxovat, insonparvarlik, adolat, vijdon, or-nomus, o’urur, intizom, ijtimoiy burchni anglash va hokazolarni shakllantirishdan iboratdir. Shaxsda mazkur sifatlarning qaror topishida oiladagi muhit, oila a`zolarining psixologik jihatdan o’zaro yaqinliklari, ehtiyoj, qiziqish va hayotiy yondashuvlaridagi umumiylik, bir-birlarini har qanday vaziyatda qo’llay olishlari, ota-onalari tomonidan barcha farzandlarga nisbatan qo’yilayotgan talablarning hamda ularga ko’rsatilayotgan e`tiborning bir xil bo’lishi oila tarbiyasida ijobiy natijalarga erishishning omillari sanaladi. Oilada muayyan an`ananing qaror topganligi, unga oila a`zolari tomonidan bildirilayotgan hurmat, shuningdek keksa avlod vakillarining shaxsi, ularnng ijobiy sifatlari, mehnatda erishgan (garchand u oddiy bo’lsa ham) yutuqlari, atrofdagilar bilan munosabati borasidagi suhbat yoki xotiralarning tashkil etilishi bolalarda hayotiy e`tiqodning shakllanishini ta`minlaydi.
Oilada tashkil etilayotgan estetik tarbiya bolalarda go’zallikni his qilish, undan zavqlanish, tabiat go’zalliklaridan bahra olish asosida his-tuyo’u, idrok, tasavvur hamda qarashlarni yuzaga keltirish va ularni hayotni sevishga o’rgatishdek vazifalarning ijobiy hal etilishini nazarda tutadi. Bolalar yoshligidanoq soxta go’zalliklar (yarim yalano’och yoki yalano’och badan, me`yoridan ortiq qo’llanilgan pardoz, urfga kirib borayotgan kosmetik operatsiyalar “mahsuli”, o’ta darajadagi yaltiroq mato yoki taqinchoqlar) go’zallikni timsoli emasligini anglab yetishlari lozim. Bola tasavvurida haqiqiy, tabiiy go’zallik (yam-yashil tabiat, nafis qor uchquni, nozik gullar, beo’ubor osmon, viqorli too’lar, tiniq zilol suv buloqlari tonggi musaffo havo, bepoyon dalalar, qushlar ovozi, sharqiroq suv, kamalak jilosi, shuningdek ochiq, xushsurat chehra, chiroyli tabassum, shirali ovoz. Ta`sirchan badiiy va san`at asarlari, yuksak mahorat bilan yaratilgan o’yinchoqlar, yarashiqli liboslar va boshqalar) ning namoyon bo’lishi uchun shart-sharoit yaratib berish maqsadga muvofiqdir. Bolalarda haqiqiy go’zallikni his etish tuyo’usi tabiat bao’rida, muzey, ko’rgazma va kino-teatrlarda bo’lish tufayli shakllanadi. Shu bois maktabgacha tarbiya hamda boshlano’ich sinf o’quvchilari bilan tabiat bao’riga, ko’rgazma va kino teatrlarga uyushtirilgan sayohat hamda tashriflar katta tarbiyaviy kuchga egadir.
Mehnat tarbiyasi ham oila tarbiyasining asosiy yo’nalishlaridan biri sanaladi. Shaxsning mustahkam tavsif va qat`iy iroda egasi bo’lib voyaga yetishida mehnatning ahamiyati kattadir. Bolalarni oilada to’o’ri tarbiyalashda oila xo’jaligining yuritish ishiga jalb qilib turish kata ahamiyat kasb etadi. Bolalar tomonidan bajariladgan oilaviy yumushlar ularning jismoniy va aqliy kamoloti darajasidan ortiq bo’lmasligi, ularni tezda toliqishlari yoki mayib bo’lishlariga sabab bo’lmasligi lozim. Bolalar zimmasiga ularning yoshi, rivojlanish darajasi, jismoniy quvvatiga muvofiq yumushlarni taqsimlab berilishi, berilgan topshiriqlarning bajarilishini, ularning sifatini kattalar tomonidan nazorat qilib turish, bajarilgan topshiriqlarning haqqoniy bahosiga ega bo’lishi bolaning mehnatga bo’lgan havasini oshiradi, unda o’z kuchiga ishonchini yuzaga keltiradi.
Oilada mustaqil ravishda, ayrim yumushlarning o’zaro hamjihatlikka asoslangan holda bajarilishiga erishish katta ahamiyatga ega.
Mehnatni tashkil etishda ota-onalarning shaxsiy namunasi aka-opalar ibrati, shuningdek, ota-onaning bola bilan birga ishlashlari katta tarbiyaviy kuchga egadir.
Oiladagi mehnat bolalarni farosatli bo’lishga ishni rejali olib borishga, vaqtdan unumli foydalanishga, tejamkor bo’lishga, shuningdek, o’zgalar mehnati hamda inson mehnati mahsuli bo’lgan ne`matlarni asrab-avaylashga o’rgatadi.
Oilada, shuningdek, atrof-muhit muhofazasiga oid tarbiyaviy ishlar ham tashkil etiladiki, bu holda bolalarda “inson-tabiat-jamiyat” tushunchalari o’rtasidagi o’zaro muvofiqlik borasidagi o’oyalarning qaror topishiga zamin hozirlaydi. Oila muhitida tashkil etilayotgan hovli sahnini supurib-sidirish, gulzor tashkil etish, ko’chatlar o’tkazish hamda ularni parvarish qilish, axlatlarni suv havzalariga tashlamaslik, o’simlik va hayvonlarga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo’lish kabi harakatlar bolalarda tabiatni asrashga nisbatan mas`ullik tuyo’ularini shakllantiradi.
Oilaviy hayotning me`yorida bo’lishi ko’p jihatdan oila byudjetining holatiga ham boo’liq. Shu bois oila a`zolari mehnati evaziga yaratilayotgan moddiy mablao’larni tejab-tergab, ulardan oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu esa bolalarni yoshlikdan pul bilan muomila qilishga o’rgatish, o’zining shaxsiy hamda oila a`zolarining buyumlari, shunngdek, oila a`zolari mulkiga nisbatan mas`uliyatli yondashishga ko’niktirib borish, imkonini beradi. Bolalarga pulning inson mehnatiga to’lanadigan qiymat ekanligini tushuntirib berish uchun oilaning eng muhim ehtiyojlari uchun ishlatilish lozimligini uqtirish ularning iqtisodiy tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko’rsatgan bo’lar edi. Oilada tashkil etiladigan iqtisodiy tarbiya bolalarda iqtisodiy savodxonlikni hamda iqtisodiy tafakkurni shallanishida muhim o’rin tutadi. Bolalarda iqtisodiy tafakkurni hosil qilishda ota-ona, oilaning katta yoshli a`zolarining namunasi katta tarbiyaviy ta`sir kuchiga egadir.
Oila sharoitida uyushtirilayotgan suhbatlar orasida huquqiy mavzudagi suhbatlar alohida diqqatga sazovordir. Ommaviy axborot vositalari orqali aholi e`tiboriga havola etilayotgan huquqiy mavzudagi ko’rsatuv maqolalar, eshittirishlar shuningdek, ommabop huquqiy adabiyotlar hamda ularda ilgari surilayotgan o’oyalar yuzasidan o’tkaziladigan suhbatlar, bolalarda huquqiy tasavvur, idrok, tafakkur, savodxonlik, faollik, mas`ullik, e`tiqod va salohiyatni qaror topishiga olib keladi. Oila muhitida bolalarga ularning burchlari to’o’risidagi ma`lumotlarni berib borish, o’z navbatida, huquqlardan foydalanish yo’llarini ko’rsatib berish bu borada yaxshi samaralar bera oladi.
Oila bolalarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyo’ularini hosil qiluvchi o’ziga xos maskan sanaladi. Bolalar “Vatan” “Xalq” tushunchalarning mohiyatini dastlab ana shu maskanda o’zlashtirib oladilar. Zero, oilaning o’zi Vataning bir bo’lagidir. Oila sha`nini himoya qilish, uni saqlash to’o’risida qayo’urish Vatan sha`ni, el-yurt manfaati uchun kurashish tuyo’ulari bilan uzviy boo’liq bo’lishiga erishish oilada tashkil etilayotgan ijtimoiy-siyosiy tarbiyaning asosi bo’lishi lozim. Oila shaxs tarbiyasida boshqa ijtimoiy institutlar bilan taqqoslaganda birinchi darajali rolni bajaradi. CHunki, aynan oilada individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar shakllanadi. Oila omili insonga butun unum davomida ta’sir etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy rollarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o’z-o’zini belgilab olishga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshishiga yordam beradi.
Oilaviy munosabatlar oliy qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda O’zbekistonda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o’z mavqe’ini xozirgacha ushlab turibdi. Biroq bu holatdagi oila inqirozi ko’pgina oilalar, Shu jumladan, o’zbek oilalariga ham ta’sir qiladi. Ko’pbolali o’zbek oilalarida patriarxal tartibning saqlanishi oiladagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlagan, chunki o’zbek oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko’nikmalar avloddan-avlodga o’tib keladi. Oila a’zolari sonining qisqarishi, avlodlarning uzoqlaShuvi muammosining kuchayishi munosabati bilan oilaviy munosabatlarni shakllantirish masalasi borgan sari muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Oila bugungi kunda Yuksak malakali psixolog, ijtimoiy pedagog, ijtimoiy ishchilar yordamiga nihoyatda muhtoj bo’lib qolgan.
Oila ikki yo’nalishda mavjud bo’ladi: kichik ijtimoiy guruh sifatida va ijtimoiy institut sifatida. Birinchi holatda u qarindoshlik asosida tuzilgan va birga yashash bilan birlashtirilgan hamjamiyatdir. Ikkinchisida esa insonlarning kundalik hayoti kechadigan ijtimoiy institutdir.
Inson jamiyatida oila bir nechta vazifalarni bajaradi:
reproduktiv-homilani davom ettirish bilan bog’liq O’zbekistonda ko’p bolali oilalarning mavjudligi bilan bir qatorda oila a’zolari sonining qisqarishi ham kuzatilmoqda. Bu hodisalar asosan moddiy-iqtisodiy qiyinchiliklar, ma’naviy inqiroz, yosh oilalarning ota-ona uyidan ajralib chiqishi, tibbiy xizmatning past darajasi, noqulay ekologik holat bilan izohlanadi.
Iqtisodiy-oilaning bir a’zosi tomonidan boshqalar uchun moddiy mablag’lar topilishi, voyaga yetmaganlar va qariyalarni moddiy ta’minlash, pul mablag’larini to’plash. Zamonaviy bozor munosabatlari mulk to’plash, mulkka ega bo’lish, meros masalalarida oilaning iqtisodiy vazifasini faollaShuvini talab qiladi.
Ijtimoiylashuv vazifasi-oila bola shakllanishiga ta’sir qiluvchi birinchi va asosiy ijtimoiy guruh hisoblanadi. Oilada ota-onalar va bolalarning tabiiy-biologik va ijtimoiy aloqalari uzviy bog’lanib keladi. Oila mikromuhit sifatida bolaning ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Oilaning vazifasi bolani asta-sekinlik bilan jamiyatga tayyorlashdir. Oilada insonga ta’lim va tarbiya beriladi, uning aqliy, ijodiy qobiliyatlarining rivoji sodir bo’ladi. Aynan oilada bola mehnat va mustaqillikka o’rganadi.
Xo’jalik-maishiy-oila jamiyatning asosiy va doimiy xo’jalik negizidir. Unda oila a’zolarining jismoniy holatini bir maromda ushlab turish, kasallar va qariyalarga g’amxo’rlik qilish amalga oshiriladi.
Tarbiyaviy vazifa. Biz bu funksiyani alohida ajratib ko’rsatamiz, chunki u bolaning ilk ijtimoiylashuvi jarayonida muhim rol o’ynaydi. Bola shakllanishiga Shuningdek, atmosfera va iqlimning ta’siri ham bor. Tarbiyaning eng muhim vositalaridan biri shaxsiy namunadir.
Rekreatsion va psixoterapevt funksiyasi. Bu funksiya Shunda namoyon bo’ladiki, oilada hamma o’zini qulay sezishi lozim. RuhShunoslar, sotsiologlar, pedagoglarning kuzatishlariga ko’ra inson kuchlari oila sharoitida jadal tiklanadi.
O’zbekistonda ko’pbolali oilalarning
mintaqaviy xususiyatlari O’zbekistonda yuqori tug’ilish darajasi quyidagi mintaqaviy omillari bilan izohlanadi:
-inson organizmiga geografik va iqlim sharoitlarining ta’siri, ayollarda homila davrining uzunligi,
-erta nikohdan o’tish an’anasi,
-ijtimoiy omillar-ayolning jamiyat va oiladagi o’rni. Hozirgi kungacha oilaviy tarbiya amaliyotida ko’pbolalikning ijobiy va salbiy xususiyatlari borasida bahslar olib borilmoqda, chunki bu muammoning ahamiyatli ekanligiga qaramay bu masala yetarli darajada o’rganilmagan.
Ko’p bolali oila-kattalar va bolalardan iborat, o’ziga xos jamoadir. Unda shaxsning ijtimoiylashuvi uchun qulaysharoitlar yaratiladi. Bunaqa oilada tarbiya jarayonini tashkil etish muammosi bilan Shug’ullanuvchi olimlar ham turli qarashlarga egadirlar. Ularning ba’zilari ko’p bolali oilada bola jamoa munosabatlari orqali tajriba to’playdi deyishadi, chunki ko’p bolali oila tarbiya uchun qulay sharoitlar yaratadi va ota-onalarning bolalari haqida qayg’urishlari teng taqsimlangan bo’ladi. Boshqa tadqiqotchilar esa, aksincha ko’p bolali oilada bola har tomonlama yetarli rivojlanmaydi, deb hisoblashadi.
Agar oilaviy tarbiya bola individualligini aniqlash va uning qobiliyatlarini rivojlantirish kerak degan qoidadan kelib chiqsak, bu uchun oila nihoyatda rivojlangan bo’lishi kerakligiga amin bo’lamiz.
Ko’pbolali oilada individual yondaShuv bo’ladimi? Bu yerda tarbiya jarayonining ko’p tamonlamaligi va standartlaShuvi ro’y bermaydimi? Individual yondaShuv uchun avvalo psixologik va pedagogik bilimlar, Shuningdek esa tarbiya jarayonida bolalarni kuzatish uchun maxsus vaqt va psixologik tahlil o’tkazish kerak.
Ba’zi nohush tarbiyaviy omillar o’zbek oilasida, xususan ko’pbolali o’zbek oilasida uy xo’jaligini yuritish bilan bog’liq. Ko’p o’zbek oilalarida uy ishlarini qiz bolalar bajarishadi, o’g’il bolalar esa bu vazifalardan deyarli ozod etilganlar. Bu holat keyinchalik o’g’il bola xarakterida oiladagi muomalasiga xalaqit beruvchi odatlarni paydo qilishi mumkin. ba’zan esa bolalar uy yumushlariga haddan ortiq vaqt ajratishadi. Bu ham ularning ta’lim olishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ba’zan o’zbek oilalarida ota-onalar bolalarining o’qishiga umuman befarq bo’lishadi, ularga uy vazifalarini bajarishda amaliy yordam barishmaydi. O’zbek oilalarida bola uy vazifalarini kechqurun-barcha oila a’zolari to’planishganda qilish odat bo’lgan. Bu vaziyatda ko’pgina chalg’ituvchi omillar ham paydo bo’ladi-televizor ko’rish, oila a’zolarining o’zaro suhbatlashishi qilishi, uy yumushlarini bajarish talabi. Ko’pgina oilalarda bolalarning o’qishi uchun sharoitlar bor, biroq ular har doim ham yaxshi jihozlanmagan bo’ladi. Bu borada aksariyat ota-onalar pedagogik maslahatlarga ehtiyoj sezadilar. Ularni bolalarga yordam berishning aniq usullari bilan tanishtirish lozim.
2. Ta`lim muassasalarining ota-onalar bilan olib boradigan faoliyat turlari
Yuqorida qayd etilgan tarzda oila tarbiyasini tashkil etish komil insonni tarbiyalab voyaga yetishishilarida ota-ona, oilaning boshqa a`zolarining dunyoqarashlari, hayotiy yondashuvlari va ma`naviy dunyosi o’ziga xos o’rin tutadi. Shuningdek, ota-onalarning muayyan darajada pedagogik bilimlarga ega bo’lishlari ham ahamiyatlidir. Oila va ta`lim muassasalari o’rtasida tashkil etilgan hamkorlikning bosh o’oyasi ota-onalar uchun pedagogik yordam ko’rsatishdan iboratdir.
Farzand dastlabki ma`lumot va ijtimoiy me`yorlarga amal qilish borasidagi ko’nikmalarga ham oilada odatlanadi. Chunki oilaviy-ijtimoiy munosabatlar: xususan, madaniy-maishiy, iqtisodiy-moliyaviy, mulkiy munosabatlar hamda mehnat faoliyatini tashkil etishda farzandlar o’zlari sezmagan, mohiyatini tushunib yetmagan holda mazkur munosabatlar jarayonida ishtirok etadilar demakki, ijtimoiy munosabatlar bilan to’qnash keladilar, natijada bu tarzdagi muloqotlarning doimiy, qisqa muddatlarda takrorlanib turishlari uchun ota-onalar, farzandlarning huquq, burch, majburiyat va mas`uliyatlarini tushunib yetishga yordam beruvchi ijtimoiy ob`ektiv shart-sharoitlarni yaratadi.
Shu jihatdan pedagogika fani oldiga milliy va huquqiy xususiyatlarni inobatga olgan holda tarixan tarkib topgan oila-ta`lim muassasasi jamoatchilik imkoniyatlarini aniqlash hamda ulardan unumli foydalanish talabi o’rtaga qo’yilmoqda.
Oila tarbiyasining farzandlarga tarbiya berish, ularda ma`naviy ma`daniyatni shakllantirish imkoniyatlarini aniqlash yuzasidan bir qator tadbirlar amalga oshiriladi. Bu borada ota-onalar bilan olib borilgan ishlar hamda o’tkazilgan tadbirlardan ayrimlarini namuna sifatida keltiramiz:



  1. Ota-onalar bilan olib borilgan ishlar:

a). Ota-onalar bilan o’tkazilgan suhbatlar.


Suhbatlar yakka hamda umumiy tarzda olib boriladi. Ilk suhbat choo’ida o’quvchilarni ma`naviy jihatdan tarbiyalash, ularda ma`naviy ma`daniyatni qaror toptirish muvaffaqiyatini ta`minlash kafoloti bo’lgan ota-onalar va farzandlarining ijtimoiy onglilik hamda faollik darajasini aniqlashga yordam beruvchi anketa so’rovlari o’tkazish mumkin. So’rovnomalar ikki xilda bo’lib, ulardan birinchisi, har bir o’quvchining umumiy portretini tasvirlovchi, diagnostik tavsifga ega, ikinchi turdagi so’rovnoma esa ota-onalarning ijtimoiy tarbiyani yo’lga qo’yish, farzandlar ma`naviy ma`daniyatini shakllantirshga ularning shaxsiy munosabatlarini aniqlashga xizmat qiluvchi so’rovnomalardir. Quyida birinchi turdagi so’rovnomaning umumiy mazmunini keltiramiz:
“Siz o’z farzandingizni qay darajada bilasiz?” nomli so’rovnoma mazmuni quyidagicha:

  1. Farzandingiz ushbu o’quv maskanida nechanchi yil tahsil olmoqda?

  2. Farzandingiz so’nggi o’quv yilidagi o’zlashtirish darajasi sizni qoniqtiradimi?

  3. Farzandingizning fanlarga bo’lgan munosabati qanday?

  4. Uning fanlarga bo’lgan qiziqishini baholay olasizmi?

  5. Ijtimoiy munosabatlar (oila, jamoada hamda keng jamoatchilik o’rtasida tashkil etiladigan munosabatlar) jarayonidagi ishtiroki qanday?

  6. Farzandingizga mansub bo’lgan muhitning ma`naviy-axloqiy iqlimi qanday? U kimlar bilan do’stlashgan ularning ma`naviy qiyofasi sizning talablaringizga javob bera oladimi?

  7. Katta farzandingizga nisbatan salbiy aloqa yoki ta`sir ko’rsatganliklarning guvohi bo’lganmisiz?

  8. Uning oilada tutgan o’rni qanday?

  9. O’quv yurti yoki oila o’rtasida vujudga kelgan shaxsiy ziddiyatlar bormi?

Dastlabki suhbat hamda ota-onalar tomonidan to’ldirilgan so’rovnomalar natijalarini tahlil etish ular bilan tashkil etiladigan tadbirlar yo’nalishi va mazmunini belgilab beradi.
2. Maktabning o’quv yili davomida ota-onalar bilan olib boradigan ishlari:
a). Sinf ota-onalar majlisi. Majlis o’quv yili davomida besh marta o’tkaziladi, ya`ni o’quv yili boshlanishi oldidan, I, II, III va IU choraklar yakunida.
Majlislarda o’quv yurti ichki tartib qoidalariga umumjamoa ijtimoiy me`yorlariga rioya etish holati, yuzaga kelgan ziddiyatlar tahlil qilinadi, navbatdagi davr uchun qilinadigan ishlarni ijobiy hal etish chora-tadbirlari belgilanadi. Maktabda tarbiya va ta`lim olayotgan jamoa hayotida, shuningdek, tarbiyaviy tadbirlar jarayonida faollik ko’rsatayotgan, o’qishda, mehnatda alohida o’rnak bo’layotgan tarbiyalanuvchilarning ota-onalariga minnatdorchilik izhor etildi.
Har qanday jamiyatda, u jamiyat qaysi rivojlanish bosqichida bo’lishidan qat’iy nazar, doimiy e’tiborga muhtoj odamlar bor. Bular o’z jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishida chetga chiqish, og’ish bor bo’lgan odamlardir. Bunaqa odamlar doim bir guruh bo’lib ajralishgan, jamiyat va davlatda ularga nisbatan alohida munosabat shakllangan.
Zamonaviy AQSH va yevropa davlatlarida u yoki bu og’ishlarga ega jamiyatga integratsiyalaShuvi konsepsiyasi amalga oshirilmoqda. U konsepsiyaga ko’ra bu odamlar ham jamiyatning teng huquqli biroq ba’zi bir muammo yoki cheklangan imkoniyatlarga ega a’zosi sifatida ko’riladi.
Hozirda cheklangan imkoniyatli shaxslar soni butun dunyoda Shu jumladan, O’zbekistonda ham ortib borayotgani sababli, bu muammo yanada jiddiylashmoqda. Shuning uchun bunaqa odamlar avalambor bolalarning ko’payishini rejali ijtimoiy hal qilishni talab qiluvchi doimiy omil sifatida qarash lozim.
Tibbiyot, psixologiya, sotsiologiyada “norma”ning o’z ko’rsatgichlari, o’z me’yorlari mavjud. Normaga mos kelmaydigan jihatni-“og’ish”, “chetga chiqish” deyishadi.
ijtimoiy pedagogika uchun “norma” va “normadan og’ish” tushunchalari nihoyatda ahamiyatlidir. Ular bola xulq-atvori va rivojlanish jarayonini xarakterlash uchun qo’llanadi.
Og’ish ham ijobiy ham salbiy xarakterga ega bo’lishi mumkin. Masalan, bola rivojlanishida aqliy qoloqlik ham, qobiliyatlilik ham normadan og’ish hisoblanadi. Xulq-atvordagi jinoyatchilik, aroqxo’rlik, giyohvandlik va boshqa salbiy og’ishlar ham shaxsning ijtimoiy shakllanish jarayoniga ham jamiyat rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin