Tabiiy gazni qayta ishlash, gazni absorbsiya va adsorbsiya usullar bilan tozalash. Tabiiy gazdan issiqlik berish xususiyati yuqori boʻlgan (1 m3 gaz yoqilganda 54 400 kJ gacha issiqlik chiqadi) arzon yoqilgʻi sifatida foydalaniladi. Bu turmush va sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladigan yoqilgʻilarning eng yaxshi turlaridan biridir. Bundan tashqari, tabiiy gaz kimyo sanoati uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi.
Tabiiy gazlarni qayta ishlashning ko'p usullari ishlab chiqilgan. Qayta ishlashdan asosiy maqsad — to'yingan uglevodorodlarni ancha aktiv — to'yinmagan uglevodorodlarga aylantirishdan iborat, so'ngra to'yinmagan uglevodorodlar sintetik polimerlarga (kauchuk, plastmassalarga) aylantiriladi. Bundan tashqari, uglevodorodlarni oksidlanish yo'li bilan organik kislotalar, spirtlar va boshqa mahsulotlar olinadi.
Keyingi yillarda toshko'mir, torf va slaneslarni qayta ishlash yo'li bilan gaz ishlab chiqarish ancha ko'paydi. Ko'mir ham tabiiy gazlar va neft singari energiya manbayi va qimmatli kimyoviy xomashyo hisoblanadi.
Toshko‘m irni qayta ishlashning asosiy usuli — kokslash (quruq haydash)dir. Kokslashda (havosiz joyda 1000 — 1200 °C da' qizdirishda) turli xil mahsulotlar: koks, toshko‘mir smolasi, ammiakli suv va koks gazi olinadi. Koks gazining taxminiy tarkibi: 60% vodorod, 25% metan, 5% uglerod (II) oksid, 2% azot (IV) oksid, 2 % etilen va 2 % boshqa gazlar.
Koks gazi koks pechlarini isitish uchun ishlatiladi (uning 1 m3 yonganda 18000 kJ ga yaqin issiqlik chiqadi), lekin u asosan kimyoviy qayta ishlanadi. Masalan, undan azotli o ‘g‘itlar olish uchun foydalaniladigan ammiak sintez qilish uchun vodorod ajratib olinadi.