O’zgarmas tоk elеktr mashinalari


O‘zgartirgich invertorlarining boshqarish zanjirlari sxemalari



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə3/3
tarix28.06.2022
ölçüsü1,95 Mb.
#62423
1   2   3
O’zgarmas tоk elеktr mashinalari

O‘zgartirgich invertorlarining boshqarish zanjirlari sxemalari

Invertorlarni boshqarishda katta darajali integratsiyali mikrosxemalar amalda keng qo‘llanilmoqda. Bunday mikrosxemalar tarkibiga analog signalni KIMli impulslar ketma-ketligiga o‘zgartirishdan tashqari qator yordamchi qismlar kiradi. Invertorli boshqarishda katta integral mikrosxema qo‘llanilishi mumkin. Bu integral mikrosxemaning 1 va 2 chiqishlari KIMli katta taktli o‘zgartirgich kuch tranzistorlarini boshqarish uchun, 3 va 4 chiqishlari esa invertor tranzistorlarini kommutatsiyalash uchun xizmat qiladi (6.9-rasm).





1 va 2 chiqishlarda KIM-signalning shakllanishi avval ko‘rib chiqilgan. Shuning uchun 3 va 4 chiqishlarda o‘zgartirgich tranzistorlarini boshqarish signallarini shakllantirishni ko‘rib chiqamiz. A2 trigger kirishiga beriladigan takt davri 2T, hajmi 0,5 bo‘lgan impulslari uning chiqishlarida UT1 va UT2 impulslar ketma-ketligini vujudga kelishiga olib keladi (6.10a,b-rasmlar). Bundan tashqari takt impulslari A7 himoya impulslari generatoriga ham beriladi. Uning chiqishida impulslar orasidagi uzunligi T3 ga teng bo‘lgan pauzali U3 kuchlanish olinadi. Bu pauza o‘zgartirgich invertori kuch qismida qaytar toklarni paydo bo‘lishini yo‘qotish uchun zarur bo‘ladi. Himoya impulslari A5 va A6 moslashtirish sxemalarining birinchi kirishlariga beriladi. Ularning ikkinchi kirishlariga UT1 va UT2 impulslar ketma-ketligi beriladi. Moslashtirish sxemalari chiqishlarida 6.10e,f-rasmlarda ko‘rsatilgan uzunligi T-T3 va takrorlanish davri 2T bo‘lgan impulslar ketma-ketligi shakllanadi.

Boshqarish qurilmalarida K1114EУ1 integral mikrosxemaning qo‘llanilishi o‘zgartirgich ko‘rsatgichlarining yaxshilanishini ta’minlaydi (6.11-rasm).

Bu mikrosxema tarkibida o‘zgartirgichni boshqarish, himoyalash va yoqish uchun zarur bo‘lgan barcha qismlar bor. A1 zveno tayanch kuchlanishi va yordamchi stabil +15 V kuchlanish manbai hisoblanadi. Xatolik signali kuchaytirgichi (A2 zveno), komparator (A3 zveno) va arrasimon kuchlanish generatori A4 KIM zanjirini tashkil qiladi. O‘zgartirgichning himoya tizimiga 144 kirish kuchlanishini kamayishini nazorat qilish uchun A8 zveno, 144kirish kuchlanishi ortishini nazorat qilish uchun esa A9 zveno kiradi, shuningdek A10 zveno tok bo‘yicha himoya qismi hisoblanadi. Yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari mikrosxema tarkibiga VT1 va VT2 tranzistorlarni kommutatsiyalovchi chiqish boshqarish impulslarini shakllantiruvchi qismlari ham kiradi. Bu tranzistorlar esa kichik quvvatli o‘zgartirgichlarda kuch tranzistorlari sifatida o‘rta va yuqori quvvatli o‘zgartirgichlarda esa dastlabki quvvat kuchaytirgichi sifatida ishlatiladi. Taqqoslash zanjiri bo‘lgichidan teskari aloqa signali A2 kuchaytirgich kirishlaridan biriga beriladi. Kuchaytirgichning boshqa ikkinchi kirishiga A1 zveno chiqishidan tayanch kuchlanishi beriladi. Teskari aloqa kuchaytirgichi chiqishidan kuchaytirilgan xatolik signali olinadi va KIM komparatori (A3 zveno) kirishiga beriladi. Arrasimon kuchlanish generatori (A4 zveno) kuchlanishi KIM komparatorining ikkinchi kirishiga beriladi. Komparator chiqishidan KIMli impuls kuchlanish A6 va A7 impuls selektorlariga beriladi. Bu mikrosxemalari kirishiga yana A5 trigger chiqishidan impulslar beriladi, bunda A6 zveno kirishiga triggerning noinverslovchi chiqish impulslari (6.10b-rasmga o‘xshash), A7 zveno kirishiga esa triggerning inverslovchi chiqish impulslari beriladi (6.10v-rasmga o‘xshash). Shunga ko‘ra A5-A7 zveno fazalar aralashtirgichi sifatida ishlaydi. A7 zveno chiqishidagi impulslar A6 zveno chiqishidagi impulslarga nisbatan faza bo‘yicha 180º ga surilgan bo‘ladi. VT1 va VT2 kichik quvvatli tranzistorlar kuchaytirgichlar hisoblanadi va KIMli impulslarni ikki taktli o‘zgartirgichning kuch tranzistor-kalitlariga uzatish imkonini beradi. Tashqi C1 kondensator va R1 rezistor impulslarning takrorlanish chastotasini o‘rnatish va rostlash uchun xizmat qiladi. R2 rezistorining qarshiligi impulslar orasidagi himoya pauzasining uzunligini aniqlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Stantsiya va podstantsiyalarning elektr qismi. O’quv qo’llanma. Q.R. Allaev, I.H. Siddikov va boshq. O’z.ROO’MTV – T.: Cho’lpon nomidagi NMIU, 2016. 304b.


  1. Aloqa qurilmalarining elektr ta’minoti (o’quv qo’llanma). M.S. Sapayev, F.M. Qodirov, U.T. Aliyev. O’z.ROO’MTV, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2012 – 264 b.


  1. Majidov N.Sh. NOANA’NAVIY VA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan. T., 2014 – 177 b.




  1. Fayllar.org

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin