O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi
Oddiy o‘zgarmas tok mashinasining sxematik ko‘rinishi 31-rasmda ko‘rsatilgan. O‘zgarmas tok mashinalari asosan ikki qismdan iborat: qo‘zg‘almas qismi stator va aylanadigan qismi yakordan iborat. Stator o‘z navbatida yarmodan, asosiy qutb o‘zagidan, qo‘zg‘atish cho‘lg‘amidan, qo‘shimcha qutblardan, qo‘shimcha qutb cho‘lg‘amlardan va boshqa konstruktiv elementlardan iborat.
O‘zgarmas tok mashinalarining asosiy qutblarini magnit o‘zagi asosan qalinligi 0,5 1 mm bo’lgan elektrotexnik po‘latdan yig‘iladi ba’zi hollarda konstruktiv po‘latlardan рam tayyorlanishi mumkin.
Elektr mashinalarning magnit o‘zaklari issiq holda juvalangan E41, E42, E43 markali yoki sovuq holda juvalangan E310, E320, E330 markali elektrotexnik magnit yumshoq po‘latlardan tayyorlanadi. Keyingi paytlarda elektr mashinasozlik zavodlarida elektr mashinalarning magnit o‘zaklarini tayyorlashda sovuq holda juvalangan E310, E320, E330 markali po‘latlar keng qo‘llanilmoqda.
2.4-rasm. Oddiy o‘zgarmas tok mashinasi 1) asosiy qutb o‘zaklari; 2) yakor; 3) kollektor plastinalari; 4) cho‘tkalar
Elektr mashinalarning magnit o‘zaklaridagi induksiya asosan 1,2-1,5 Tl, issiq holda juvalangan po‘ latlar uchun 1,5-1,7 Tl ni va magnit o‘zagi sovuq holda juvalangan po‘latdan tayyorlangan magnit o‘zaklarda induksiya 1,0-1,5 Tl ni tashkil etadi.
Magnit oqimi stasionar rejimlarda o‘zgarmasdan qolganli-gi sababli o‘zgarmas tok mashina-larida asosiy qutb magnit o‘zak-larining tunukalari birbiridan laklar bilan himoya qilinmaydi.
Katta quvvatli o‘zgarmas tok mashinalarining o‘tish jarayonlari-ni yaxshilash maqsadida asosiy qutb o‘zagining havo bo‘shlig‘ga yaqin qismida pazlar rezalanib, bu pazlarga kompensasiyalovchi cho‘lg‘am seksiyalari joylashtiriladi. Bu sek-siyalar o‘zaro ketma-ket ulanib, cho‘tkalar orqali yakor cho‘lg‘ami bilan ham ketma-ket ulanadi. Qo‘shimcha qutb o‘zaklari yaxlit o‘zakdan tayyorlanadi va ikkita asosiy o‘zaklar o‘rtasiga joylashtiriladi. Qo‘shimcha qutb cho‘lg‘amlari kommutasiya jarayonini yaxshilashga xizmat qiladi, shuning uchun kompensasiyalovchi cho‘lg‘amlarga o‘xshash yakor cho‘lg‘ami bilan ketma-ket ulanadi. O‘zgarmas tok mashinalarining qo‘zatish cho‘lg‘amlari misdan tayyorlanib, asosiy qutb o‘zaklariga o‘rnatiladi, yaxshiroq sovutish uchun cho‘lg‘amni bir necha qismlarga bo‘linib, qismlar orasida sovutish kanallari hosil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |