Hisoblashlar. Olingan o‘lchash natijalari asosida quyidagi hisoblashlarni bajaring:
1. Zanjirdagi umumiy tok kuchi Ium = I1 + I2 + I3. Bu tokni mA0 milliampermetrning ko‘rsatishi bilan solishtiring.
2. Zanjirning umumiy qarshiligini topish Rum = U / I0 3. Iste’molchilar qarshiliklari R1 = U/ I1 ; R2 = U/ I2; R3 = U/ I3.
4. Zanjirning umumiy qarshiligi 1/Rum = 1/R1 + 1/R2 + 1/R3.
5. Tarmoqlarning o‘tkazuvchanliklari g1 = I1 /U; g2 = I2 /U;g3 = I3 /U.
6. Zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi tokni hisoblash
I = U (g1 + g2 + g3).
7. Zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi tok kuchi (mA0 milliampermetrning ko‘rsatishi) bilan 1, 6 punktlar bo‘yicha topilgan toklarni solishtiring. Xosil bo‘lgan farqni tushuntiring.