O’ZGARMASLAR VA TIZIMLI O’ZGARUVCHILAR Tizimli o’zgaruvchilarni ishlatishga misollar:
>> 2*pi
ans = 6.2832
>> eps
ans = 2.2204e-016
>> realmin
ans = 2.2251e-308
>> realmax
ans = 1.7977e+308
>> 1/0
Warning: Divide by zero.
ans = Inf
>> 0/0
Warning: Divide by zero.
ans = NaN
16
O’ZGARMASLAR VA TIZIMLI O’ZGARUVCHILAR Ko’rsatilgan kabi, tizimli o’zgaruvchilar qayta aniqlanishi mumkin. eps tizimli o’zgaruvchiga boshqa qiymatni berish mumkin, masalan eps=0.0001. Lekin eng asosiysi, ularning qiymatlari tizim yuklangandan keyin jimlik bo’yicha birdaniga beriladi.
Shuning uchun, oddiy o’zgaruvchilardan farqli ravishda, tizimli o’zgaruvchilarning aniqlanmay qolishi umuman mumkin emas.
Belgili o’zgarmas – bu apostrofga olingan belgilar ketma-ketligidir, masalan:
'Hello my friend!'
'2+3'
Agar apostroflar ichida matematik ifodalar joylashsa, ular hisoblanmaydi va odatda belgilar ketma-ketligi kabi qaraladi. Shu sababli '2+3' 5 qiymatni qaytarmaydi.
17
O’ZGARUVCHILAR ULARGA QIYMATLARNI TA’MINLASH O’zgaruvchi – bu ba’zi ma’lumotlarni saqlahga qodir bo’lgan ob’yektlarning nomga ega bo’lishidir. Bu ma’lumotlarga bog’liq ravishda o’zgaruvchilar sonli yoki belgili, vektorli yoki matritsali bo’lishi mumkin.
MATLAB da o’zgaruvchiga aniqlangan qiymatlarni berish mumkin. Buning uchun tenglik belgisini kiritib, ta’minlash amalidan foydaniladi:
O’zgaruvch_nomi = Ifoda
O’zgaruvchi turlari oldindan berilmaydi. Ularni o’zgaruvchiga ta’minlanayotgan ifoda qiymatlari aniqlaydi. Xuddi shunday, agarda bu ifoda – vektor yoki matritsa bo’lsa, unda o’zgaruvchi xam vektorli yoki matritsali bo’ladi. bitta qiymatga ega bo’lgan o’zgaruvchi, 11 o’lchamli matritsa kabi qaraladi.
18
O’ZGARUVCHILAR ULARGA QIYMATLARNI TA’MINLASH O’zgaruvchi nomi (uning identifikatori) qancha kerak bo’lsa shuncha belgilardan tashkil topishi mumkin, lekin faqat boshlangi’ch 31 ta belgi bilan farqlanadi. Ixtiyoriy o’zgaruvchi nomi boshqa o’zgaruvchilar, tizim funksiya va protseduralari bilan mos tushmagligi kerak, yani ular unikal bo’lishi shart. Ism xarf bilan boshlanishi shart, keyin esa xarflardan, raqamlardan va ost chiziq belgisi _ tashkil topishi mumkin. O’zgaruvchi ismiga ruxsat etilmagan bo’sh joy belgisi va maxsus belgilar, masalan +, -, *, / va boshqalar qo’shilsa, u xolda bunday xolatda o’zgaruvchini to’g’ri interpretatsiya qilishning imkoni bo’lmaydi.
Belgili o’zgaruvchidan xam foydalanish mumkin, belgili qiymatlar apostrofga olinadi, masalan s='Demo'.
Workspace da e’lon qilingan o’zgaruvchilarning ro’yxatini chop qilish uchun who bo’yrug’idan foydaniladi. Workspace o’zgaruvchilari xaqida to’liq ma’lumotlarni chop qilish uchun whos bo’yrug’idan foydalaniladi.
19