3.3 O’lchash asboblarini 3 MPa bosimdagi o’lchash noaniqligini taqqoslash. XX asrning 60 yillari oxirida kelib, mutaxassislar orasida o‘lchashlar va ularning natijalarini interpretatsiya (talqinlash) bilan bog‘liq bo‘lgan o‘lchashlar noaniqligi degan yangi konsepsiya paydo bo‘ladi.
O‘lchash noaniqligi -bu o‘lchash natijasi bilan bog‘liq ko‘rsatkich(parametr) bo‘lib, o‘lchanayotgan kattalikka asosli ravishda qo‘shib yozilishi mumkin bo‘lgan qiymatlarning tarqoqligini tavsiflaydi.
Qiymatlarning tarqoqligini tavsiflovchi, o‘lchashlar natijasi bilan bog‘liq bo‘lgan parametr sifatida, odatda, kuzatuvlar natijasining o‘rtacha kvadratdan (standart) og‘ishidan foydalaniladi. O‘rtacha arifmetik qiymatning standart og‘ishi kabi ifodalangan, o‘lchashlar natijasining noaniqligi kattalik (standart og‘ish) ni baholashning standart noaniqlik deyiladi.
“O‘lchash noaniqligi”, o‘zining ta’rifiga ko‘ra, o‘lchashlar natijasi aniqligini miqdoriy qiymati bo‘lib, o‘lchangan kattalik qiymati, o‘lchashlar sharoitida, qiymatlarning ma’lum oralig‘ida yotishini qabul qilish ishonchlilik darajasini ifodalaydi.
Shunday qilib, o‘lchash noaniqligi quyidagilarni:
-o‘lchashdan keyin o‘lchangan kattalik to‘g‘risida bilishni;
-aniqlik nuqtai nazaridan o‘lchash sifatini;
-kattalikning qiymatini baholashda o‘lchashlar natijasi ishonchlilik miqdoriy o‘lchamidir.
O‘lchash noaniqligi sohasida «noaniqlik», «standart noaniqlik» atamalaridan tashqari, boshqa atamalar va ta’riflardan ham foydalaniladi:
-yig‘indi standart noaniqlik -natija qator boshqa kattaliklarning qiymatlaridan olingandagi, hadlar yig‘indisining musbat kvadrat ildiziga teng bo‘lgan o‘lchashlar natijasining standart noaniqligi. Bunda hadlar, ushbu boshqa kattaliklarning o‘zgarishiga bog‘liq ravishda, o‘lchash natijasining o‘zgarishiga qarab, bu kattaliklarning vazniylashtirilgan dispersiyasi yoki kovariatsiyasi bo‘ladi
•noaniqlikni A tur bo‘yicha baholash -qator kuzatuvlarni Statistik tahlil qilish yo‘li bilan noaniqlikni baholash metodi.
•noaniqlikni B tur bo‘yicha baholash -qator kuzatuvlarni Statistik tahlil qilishdan boshqa usulda noaniqlikni baholash metodi.
Noaniqlikni hisoblash ketma-ketligi: