Bob. Bosim va o'zgaruvchan bosim haqida tushuncha Bosim va o'zgaruvchan bosim haqida tushuncha
Tekis sirtga normal ta‘sir ko’rsatuvchi ravon taqsimlangan kuch bosim deyiladi.
p - F S bu erda: S - tekislik yuza; F - teng ta‘sir kiluvchi bosim kuchi.
Bosim Xalqaro birliklar sistemasida Pa bilan o’lchanadi. Undan tashqari bosim o’lchashda (n/m2), kPa, MPa, KGk/sm2, bar, kgk/m2 (mm.suv.ust), mm.sim.ust. kabi birliklardan keng foydalaniladi.
O’lchashda absolyut ortiqcha atmosfera va vakuum bosim mavjud. Absolyut bosim - modda holatining parametri bo’lib, atmosfera va ortiqcha bosimlar yig’indisidan iborat:
P. -P +Pa6c am.u opm bu yerda, PaTM- atmosfera, PopT - ortiqcha bosimlar.
Ortiqcha bosim absolyut va atmosfera bosimlari oralaridagi farqdan iborat:
P - P, - Popm a6c am.Atmosfera bosimi - er atmosferasidagi xavo ustunining bosimi, uning qiymati barometrlar bilan o’lchanadi, shuning uchun bu bosim ko’pincha barometrik bosim ham deb ataladi. P - P - P,. b amu a6c Bosim o’lchaydigan asboblar ishlash prinsipiga ko’ra suyuqlikli, deformatsion (prujinali), yuk-porshenli, elektr, ionizatsion va issiqlik turlariga bo’linadi.
O’lchanayotgan kattalikning turiga ko’ra bosim o’lchaydigan asboblar quyidagilardan iborat:
Manometr - mutloq va ortiqcha bosimni o’lchaydigan asbob.
Barometr - atmosferada havoning barometrik bosimini o’lchash uchun ishlatiladigan asbob.
Vakkumetr - siyraklanishni o’lchash uchun ishlatiladigan asbob.
Manovakuummetr - ortiqcha bosim va vakkumni o’lchaydigan asbob.
Naporomer (mikromanometr) - kichik miqdordagi ortiqcha bosimni o’lchaydigan asbob.
Tyagomer - kichik miqdordagi siyraklanishlarni o’lchaydigan asbob.
Tyagonaporomer - kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o’lchash uchun ishlatiladigan asbob.
Differensial manometrlar - ikki bosim ayirmasini o’lchaydigan asbob.
Ishlash prinsipi jihatidan bosimni o’ichaydigan asboblar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
o’lchanayotgan bosimni suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashga asoslangan suyuqlikli asboblar;
yuk-porshenli monometrlar - bo’larda o’lchanadigan bosim porshenga ko’rsatiladigan tashki kuch orqali muvozanatlanadi;
deformatsion manometrlar - ularda o’lchanadigan bosim turli elastik unsurlarning deformatsiyasi yoki ularning kuchi bo’yicha aniqlanadi;
elektrik asboblarda bosim elektr kattalikka aylanadi.