O'zgaruvchan bosim usuli asosida gaz va suyuqlik sarfini o'lchash asboblar. Reja: kirish


O`zgaruvchan bosimni o`lchash asboblari



Yüklə 374,98 Kb.
səhifə8/12
tarix05.04.2023
ölçüsü374,98 Kb.
#93646
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Sunnatillo 1

2.3 O`zgaruvchan bosimni o`lchash asboblari
Tashqi ko‘rik.
Qiyoslanuvchi asboblar ishga yaroqli holatda bo‘lishi kerak va korpus,
shtutser, oyna, siferblat, strelka yoki peroda zanglash manbai, shikastlanish va ifloslanishlar bo‘lmasligi kerak. Asbob detallarining himoya qoplami shikastlanmagan bo‘lishi kerak.
Qiyoslanayotgan asboblarni markalash va hisoblash qurilmasi standart talablariga mos bo‘lishi kerak.
Ta’mirlashdan chiqqan asboblarda «remont» (ta’mirlash) yoki «rem» yozuvi va ta’mirlashni amalga oshirgan korxonaning nomi yoki markasi bo‘lishi kerak.
Asboblar shkalasida foydalanish shartlariga ko‘ra ushbu nazoratdagi obyekt va jarayon uchun belgilangan ishchi bosimining yo‘l qo‘yilgan chegaralarini cheklaydigan har xil rangdagi bir yoki ikki belgining bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.Belgilar shkalaning raqamli belgilari kengligida bo‘lishi kerak. Uzunligi ikkita raqamli belgidan oshmasligi kerak.Belgilarning rangi GOST 5365-73 talablariga mos bo‘lishi shart.
Korpusning tutqich bilan birikishi mustahkam, korpusning tebranishiga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lishi kerak.
Hisoblash (diagrammali) qurilmasini saqlaydigan oyna (yoki boshqa shaffof material)da ma’lumotlarni to‘g‘ri hisoblashga to‘sqinlik qiluvchi nuqson yoki rangli bo‘yoq bo‘lmasligi kerak.
Tashqi ko‘rikda yaroqsiz deb topilgan asboblar, keyingi qiyoslashdan o‘tkazilmaydi.
2. Asosiy xatolik va variatsiyalarni aniqlash.
Asbob ish holatida bo‘lganda va bosim yo‘qligida strelka (pero) qiyoslanayotgan asbob uchun standartda belgilangandan oshmaydigan og‘ish bilan shkalaning nol belgisi (diagrammaning noldan hisoblash yo‘nalishi) ga o‘rnatilishi kerak.
Nol korrektorli asbob strelkasi shkalaning nol belgisi (diagrammaning noldan hisoblash yo‘nalishi) ning markaziga ko‘ra vizual o‘rnatilishi kerak.
Namunaviy asbob tanlanayotganda quyidagi talablar bajarilishi kerak:
namunaviy asbobning o‘lchashlar yuqori chegarasi qiyoslanayotgan asboblarning o‘lchashlar yuqori chegarasidan kam bo‘lmasligi kerak;
Л namunaviy asbobning joiz asosiy mutlaq xatoligining chegarasi
b dagi shkalaning qiyoslanayotgan belgisiga (diagrammaning hisoblash liniyasidan) mos bosimda qiyoslanuvchi Л asbobning joiz asosiy mutlaq xatolik chegarasining % qismidan oshmasligi kerak.
Mutlaq xatolik bosimning bir xil birliligida ifodalanishi kerak.
Asboblarning asosiy mutlaq xatoligini namunaviy asbob bo‘yicha aniqlanuvchi asbob ko‘rsatishlari (yozuvi) va o‘lchanayotgan bosimning haqiqiy qiymati o‘rtasidagi ayirmadek aniqlash kerak.
Asboblarni yuk og‘irligi jism erkin tushishining mahalliy tezlanish qiymatiga moslanmagan, namunaviy yuk porshenli asboblar bo‘yicha qiyoslashda yuk porshenli yoki qiyoslanayotgan asbob ko‘rsatishlariga ilovaning 1-bandiga asosan hisoblangan tuzatishlar kiritilishi kerak.
Manometrlarni, yuk og‘irligi porshenli tizimining bosimdan o‘zgarish koeffitsenti qiymatiga moslanmagan, namunaviy yuk porshenli manometrlar bo‘yicha qiyoslashda, yuk porshenli va qiyoslanuvchi manometr ko‘rsatishalariga ilovaning 2b.ga binoan hisoblab chiqariladigan tuzatishlar kiritilishi kerak.
Signal qurilmali ko‘rsatuvchi asboblarni qiyoslash bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar.
Asboblar ko‘rsatishlarining xatoligi va variatsiyalarini aniqlash signal strelkalarini shkala chegarasi ortiga o‘tkazgan holda amalga oshirilishi kerak.
Signal qurilmaning ishga tushish xatoligi va variatsiyalarini aniqlash GOST 13717-74 talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Signal qurilmaning ishga tushish xatoligi va variatsiyalarni qiyoslanuvchi asbob standartida belgilangan me’yorlardan oshmasligi kerak.
O‘ziyozar asboblarni qiyoslash bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar.
Qiyoslashga taqdim etilgan o‘ziyozar asboblar qiyoslanishining amalga oshirilishini ta’minlash uchun diagrammali tasma va disklar ilova qilinishi kerak.
O‘ziyozar asboblar uchun «ko‘rsatish» , «strelka», «shkala», «belgi» atamalari o‘rniga mos ravishda «yozuv» , «pero» , «diagrammali tasma va disklar», «diagrammali tasma va disklarning hisoblash chizig‘i» terminlari qabul qilingan.

  • Asboblarning diagramma qurilmasi GOST 7919-80 talablarini qondirishi kerak.

Yozuv xatoligi va variatsiyasini aniqlash 4.2.b talablariga muvofiq tasma cho‘zuvchi mexanizm yoki disk uzatmasi o‘chirilgan holda amalga oshiriladi. Tasma cho‘zuvchi mexanizm yoki diskning kichik burilishida (o‘zgarishida) diagramma tasma va disklarga belgilar qo‘yiladi.



Yüklə 374,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin