Genotip deb, organizmdagi barcha irsiy belgi va xususiyatlarni rivojlantiradigan genlar yig‘indisiga aytiladi. Fenotip deb, genotip asosida organizmda shakllanadigan belgi va xususiyatlar to‘plamiga aytiladi. Fenotip genotipning tashqi muhitga bo‘lgan munosabati (reaksiyasi)dir
Organizmda belgi va xususiyatlarning rivojlanishi shu organizm genotipi bilan tashqi sharoitning o‘zaro munosabatiga bog‘liq. Genotipi bir xil organizmlar turli sharoitda parvarish qilinsa, ular ba’zi belgilari bilan bir-biridan keskin farq qilishi mumkin.
Organizmning butun o‘sish va rivojlanish jarayoni genotipning doimiy nazoratida hamda tashqi muhitning har bir sharoiti ta’sirida bo‘ladi. Тashqi muhit sharoiti qancha qulay bo‘lsa, organizm shuncha yaxshi rivojlanadi. Navro’z gul Primula
+15-20 C +30-35 C +15-20 C
Тurli belgi va xususiyatlarning har xil sharoitda modifikatsion o‘zgaruvchanlik chegarasi har xil bo‘ladi. Belgining modifikatsion o‘zgaruvchanlikka moyil bo‘lgan chegarasi shu belgining reaksiya normasi deyiladi. -Тashqi sharoitning o‘zgarishi organizmning turli belgilariga har xil ta’sir etadi.
-Yaxshi boqish va parvarish qilish bilan sigirning suti ortib boradi.
-Sutning yog‘liligi esa parvarishga qarab sutning miqdoriga nisbatan kamroq o‘zgaradi, chunki sutdagi yog‘ miqdori sigir zotining anchagina qiyin o‘zgaradigan doimiy belgisidir.
G‘o‘za unumdor tuproqli yerda, suv va issiqlik yetarli bo‘lsa, bo‘ychan bo‘ladi, hosil va o‘suv shoxlari uzunlashadi, bargi, ko‘sak va chigiti yiriklashadi, paxtaning tolasi uzayadi, tola chiqishi ko‘payadi. Noqulay (past
agrotexnika) sharoitda esa bularning aksi bo‘ladi.
Biroq shu ikki xil (qulay, noqulay) sharoitda ham barg, ko‘sak hamda tolaning rangi deyarli o‘zgarmaydi. Sigirning ko‘p sut berishi, g‘o‘zaning bo‘ychan bo‘lib o‘sishi, barg, ko‘sak va chigitning yiriklashishi, tolaning uzayishi kabi belgilarning reaksiya normasi juda katta.