O’zimizdagi his-tuyg’ularini anglash va xavfsiz namoyon qilishni o’rganamiz



Yüklə 35,5 Kb.
tarix20.01.2023
ölçüsü35,5 Kb.
#79861
“O’zimizdagi his tuyg’ularini anglash va xavfsiz namoyon qilishni


Baxmal tumani XTBga qarashli 75-umumiy o’rta ta’lim maktabda 2-3-5-sinf o’quvchilarida o’tkazilgan “O’zimizdagi his-tuyg’ularini anglash va xavfsiz namoyon qilishni o’rganamiz” trening o’tkazilganligi haqida

BAYONNOMA


02.12.2022-yil O'rmonchi MFY
Qatnashdilar:
Maktab psixologi: Z.Narzullayev
Sinf rahbarlari va 2-3-5-sinf o'quvchilari
Maqsad: yuz ifodasi bo’yicha odamlarning his-tuyg’ularini va fikrlarini
farqlashni o’rganish.


Kun tartibida ko'rilgan masalalar:

  1. 5-sinf o’quvchilaridan yuz ifodasi bo’yicha odamlarning his-tuyg’ularini va fikrlarini farqlashni o’rganish.

  2. O’tkazilgan trening bo'yicha o'quvchilarga his-tuyg'ularini boshqarish ko'nikmasini shakllantirish.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan maktab psixologi Z.Narzullayev psixolog rejasiga asosan maktabning 2-3-5-sinflari o'rtasida “O’zimizdagi his-tuyg’ularini anglash va xavfsiz namoyon qilishni o’rganamiz” trening mashg'ulotini o'tkazdi. Ushbu trening bir qancha mashqlar orqali olib borildi. Trening jarayonida 2-sinfdan 27 nafar, 3-sinfdan 14 nafar, 5-sinfdan 15 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Kayfiyatni toping”



O’yin bayoni. Turli xil yuz ifodalari bo’lgan personajlar tasvirlangan
rasmlarga qarashni taklif eting. Qahramonlarning qanday his-tuyg’ularni
ifodalashini aniqlash kerak. Keyin bolaga rasmdagi personaj qanday
emotsiyani aks ettirishini topishi uchun muayyan “kayfiyat” aks ettirilgan
kartochka yoki bir nechta kartochkalarni bering. Boladan bu emotsiyani yuz
ifodalari va imo-ishoralar orqali ko’rsatishini so’rang. Qolgan
ishtirokchilar (oila a’zolari yoki do’stlari) bola uzatayotgan kayfiyatni
taxmin qilishlari zarur.
Ko’rsatma. “Hozir men har xil kayfiyatdagi personajlar aks ettirilgan
rasmlarni ko’rsataman. Kel, bu qanday kayfiyat ekanini topishga harakat
qilamiz, keyin esa ularni nomlaymiz. Yaxshi, endi kartochkalarni
tarqataman. Ularga diqqat bilan qarang va qanday kayfiyat
ko’rsatilganligini aniqlang. Hech kimga ko’rsatmasdan, bu kayfiyatni siz yuz
ifodalari va imo-ishoralar bilan qanday tasvirlashingiz haqida o’ylang.
Xo’sh, boshladik. Qanday kayfiyatni namoyish qilayotganimni toping! Endi
esa sizning navbatingiz”.

“Ko’zgu”

Maqsad.
O’z his-tuyg’ularini turli yo’llar bilan ifoda etishga,
shuningdek, boshqaning kayfiyatini his qilishga o’rganish.
O’yin bayoni. Ishtirokchilar ikki kishidan bo’lib guruhlarga ajraladilar,
ularning har biri navbatma-navbat ikkinchi odamning tuyg’ulari va
emotsiyalarini aks ettiruvchi "ko’zgu" rolini o’ynaydi.
Ko’rsatma. “Endi biz “Ko’zgu” o’yinini o’ynaymiz. Juftlikka bo’lining,
bir-biringizga ro’parama-ro’para turing. Sizlardan biringiz “ko’zgu”
bo’lasiz, boshqangiz turli xil tuyg’ular va emotsiyalarni namoyon qilishingiz
zarur. “Ko’zgu”ni o’ynagan ishtirokchi sherigining harakatlarini aniq
takrorlaydi.”

“Kayfiyatni chizing”

Maqsad.
O’z his-tuyg’ularini rasm orqali ifoda etishni o’rganish.
O’yin bayoni. Bolaga qog’ozda qalam yoki bo’yoqlar bilan kayfiyatini
ifodalashini, ya’ni o’z kayfiyatini chizishini taklif qiling.
Ko’rsatma. “Bugun noodatiy kun va g’ayrioddiy vazifa. Endi biz kayfiyatni chizamiz. Biz sen bilan buni hali qilmadik, to’g’rimi? Kel, shuni
bajarishga harakat qilamiz! Qog’oz, qalam yoki bo’yoq olamiz, o’z
kayfiyatimizni aniqlaymiz va uni chizishni boshlaymiz!”

Muammoni hal qilish.

Maqsad.
Psixologik noqulaylikni, tajovuzni yo’q qilish, boshqa odamning
qarashlarini tushunish va hisobga olish ko’nikmasini shakllantirish,
salbiy his-tuyg’ularning xavfsiz namoyon bo’lishi.
O’yin bayoni. Bolalarni ajoyib til haqida ayting, unda siz o’zingiz
xohlagan narsani – yomonni ham, yaxshi narsani ham aytishingiz,
urushishingiz va yarashishingiz mumkin. Ushbu til “muammoni hal qilish” deb
nomlanadi. Har kim buni juda oson o’rganishi mumkin.
Ko’rsatma. “Muammoni hal qilish”da gaplashishga o’rgating: “Bilaman, biz hozir janjallashib qoldik va sen o’z his-tuyg’ularingni bosib turishga harakat qilyapsan. Shu bilan birga men ham. Kel, ularni hamma-hammasini aytish mumkin bo’lgan yashirin tilda ifodalashga harakat qilaylik! Yomonini ham, yaxshisini ham. Keyin esa yarashamiz! Bu tilni o’rganish juda oson – shunchaki xayolotni yoq!
Buni qanday qilayotganimni ko’r: “Harr! YA-ya-ya-ya! Kuzdra-shuzdra! Tratt!
Tratt! Tratt! Durrr! Murrr! Furrr!.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan maktab psixologi Z.Narzullayev trening so'ngida agressiv, jahlni ifodalovchi rasmlarni tanlagan o'quvchilar bilan suhbat olib borildi. O'quvchilarning ruhiy holatlari. emotsional jihatlari o'rganildi.Trening davomida kayfiyatni ko'taruvchi , hissiy jihatdan zo'riqishlarni oldini oluvchi mashqlar bajarildi.
Qaror qilindi:
1. 2-3-5-sinf o’quvchilaridan yuz ifodasi bo’yicha odamlarning his-tuyg’ularini va fikrlarini farqlashni o’rganish treningini o'tkazish maktab psixologi Z.Narzullayevga topshirilsin.
2. O’tkazilgan trening bo'yicha o'quvchilarga his-tuyg'ularini boshqarish ko'nikmasini shakllantirish bo'yicha metodikalar o'tkazish ishlarini maktab psixologi Z.Narzullayev bajarsin.

Maktab direktori: I.Qudratov

Amaliyotchi psixolog: Z.Narzullayev
Yüklə 35,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin