O‘zini o‘zi boshqarish organlarining yanada rivojlantirilishi


«Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni



Yüklə 295,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix09.05.2023
ölçüsü295,11 Kb.
#110131
1   2   3   4
Kitob 9346 uzsmart.uz

«Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni 
isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va 
vazifalarini amalga oshirish Dasturi to‘g‘risida»gi qarori 
bilan tasdiqlangan davlat qurilishi va boshqaruvi, qonun 
chiqaruvchi hokimiyatning roli va ta’sirini kuchaytirish sohasida 
islohotlarning 
ustuvor 
yo‘nalishlarini 
amalga 
oshirish 


18 
konsepsiyasiga ko‘ra fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining roli va vakolatlarini kuchaytirish maqsadida ularga 
davlat tomonidan yordam berish shakllarini tartibga solish, 
joylarda ijtimoiy-iqtisodiy hamda boshqa muammolarni hal qilish 
uchun ularning huquq va vakolatlarini kengaytirishni nazarda 
tutuvchi takliflarini ishlab chiqish, fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari faoliyatiga davlat yordamini ko‘chaytirishga 
doir tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish 
va amalga oshirish belgilangan. 
Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlarining jamiyatdagi 
roli va o‘rnining oshib borishini 2006-yil may-iyun oylarida bo‘lib 
o‘tgan fuqarolar yig‘ini raisi va maslahatchilari saylovi natijala-
ridan ham ko‘rish mumkin. 
Mamlakatimizda 2006-yil 4-aprelda O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Senatining Kengashi may-iyun oylarida «Fuqarolar 
yig‘ini raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi 
to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Ushbu qarorni amalga oshirish 
maqsadida mamlakatda juda katta tayyorgarlik ko‘rildi. Avvalgi 
yillarda o‘tkazilgan saylovlardan farqli o‘laroq ushbu saylov 
birinchi marta 2004-yilda qabul qilingan «Fuqarolar raislari 
(oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq o‘tkazildi. 
Saylovni tashkil etish va o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga 
amaliy yordam ko‘rsatish uchun davlat idoralari tomonidan 
joylarda 199 ta tuman hamda shahar komissiyalari tuzildi, 8843 
ta ishchi guruh tashkil etildi. Ular tarkibiga «Mahalla» 
jamg‘armasi, O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 
«Nuroniy» jamg‘armasi, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va 


19 
O‘zbekiston ijtimoiy harakati hududiy bo‘linmalarining vakillari 
kiritildi. Komissiyalar va ishchi guruhlarga ishda foydalanish 
uchun 12 ming nusxadan ortiq O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning masla-
hatchilari saylovi to‘g‘risida»gi va «Fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunlarining matnlari maxsus nashr etilgan risolalar va 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovlar o‘tkazish 
masalalariga doir bir qancha qo‘llanma va risolalar yuborildi. 
Saylovlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining 
a’zolari, 
xalq 
deputatlari 
viloyat, 
tuman 
va 
shahar 
Kengashlarining deputatlari faol ishtirok etdilar
7

Shuni aytish joizki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlariga saylovlar keng oshkoralik va ochiqlik vaziyatida o‘tdi. 
Ommaviy axborot vositalari saylovning borishini keng yoritdilar. 
Umuman olganda, saylov tadbirlarida 12 million 315 ming 818 
saylovchi nomidan 574687 nafar vakil ishtirok etdi. Ular 27715 
nomzod orasida 8843 nafar fuqarolar yig‘inlari raislarini 
muqobillik asosida sayladilar. Ular orasida 2895 nafar fuqarolar 
yig‘inlari raislari (oqsoqollari) yoki ular umumiy sonining 32,7 foizi 
ilk bor saylandi. Shuningdek, 84375 nafar fuqarolar yig‘inlari 
raislarining maslahatchilari ham saylandi. 
7
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: "O’zbekiston", 1992 


20 
Xulosa 
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, fuqarolar yig‘ini 
majlislarida 
fuqarolarning 
o‘zini 
o‘zi 
boshqarish 
organlari 
faoliyatidagi, davlat hokimiyatining mahalliy ijro organlarining 
muhim ijtimoiy, uy-joy-kommunal va boshqa masalalarni hal 
etishdagi mavjud kamchiliklar tanqidiy va ochiq muhokama etildi. 
Xususan, joylarda mavjud bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga 
moddiy yordam ko‘rsatish hamda muhtoj oilalarning bolalariga 
nafaqalar tayinlash masalasini adolat bilan hal qilmaslik hollari, 
fuqarolar yig‘inlari bilan uy-joy mulkdorlari shirkatlari o‘rtasida 
o‘zaro hamkorlik yetarli emasligi va boshqa aholi e’tiroziga sabab 
bo‘layotgan muammolar qayd etildi. 
143 ta fuqarolar yig‘inlarida ular rahbarlarining o‘tgan davrdagi 
ishi qoniqarsiz deb topildi, oqsoqollarga ishonchsizlik bildirildi va ular 
qayta saylanmadilar. 
Umuman, fuqarolar yig‘inlari saylovi kompaniyasi yakunlarini 
tahlil qilib aytish mumkinki, yig‘inlar raislari va maslahatchilarining 
bo‘lib o‘tgan saylovi, shuningdek, kelgusi davrga mo‘ljallangan 
faoliyat dasturlari keng muhokama etilib qabul qilinganligi 
jamiyatimizni demokratiyalashtirish, mamlakatni modirnizatsiya 
qilish yo‘lida muhim qadam, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
shaklini qaror toptirish va mustahkamlashning eng muhimi fuqarolik 
jamiyatini shakllantirishning navbatdagi bosqichi bo‘lib qoldi. 
2008-yil 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Senati Kengashining «Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) 
saylovi to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Unga ko‘ra shu yilning noyabr-
dekabr oylarida barcha mahallalarda saylovlar oshkoralik va 
yakdillik bilan o‘tkazildi. 


21 

Yüklə 295,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin