O‘zini o‘zi boshqarish organlarining yanada rivojlantirilishi



Yüklə 295,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix09.05.2023
ölçüsü295,11 Kb.
#110131
  1   2   3   4
Kitob 9346 uzsmart.uz




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
Alisher Navoiy nomidagi 
Samarqand davlat universiteti 
 
Tarix fakulteti 
 
O’zbekiston tarixi kafedrasi 
O’zbekiston tarixi fani 
Mavzu: 
Mustaqillik yillarida O’zbekiston o’zini-o’zi 
boshqarish organlari 
Kurs ishi 
2014-2015 o’quv yili 
 
Bajaruvchi: 3-kurs talabasi Mahammadiyev D. 
Ilmiy rahbar: Qo’shboqov H. 
 
Kurs ishi O’zbekiston tarixi kafedrasi komissiyasida himoya qilindi 
va _____ ga baholandi. (Bayonnoma № ____ 2015) 
 
Komissiya raisi:
______________________ 
Komissiya a’zolari: ______________________ 
 
 
 
 
______________________ 
 
 
 
 
______________________ 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Samarqand 2015-yil 



Mustaqillik yillarida O’zbekiston o’zini-o’zi boshqarish 
organlari 
 
Reja 
 
Kirish 
Asosiy qism 
1. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish. 
2. Saylovga tayyorgarlik ko’rish paytida yig’inlarni 
amalga oshirish. 
3. Fuqarolar o’zini-o’zi boshqarish organlari. 
4. Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash. 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
 



Kirish 
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish asosida huquqiy demokratik 
davlatni barpo etish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan 
kafolatlangan. Uning 7-moddasida «Xalq davlat hokimiyatining 
birdan-bir manbayidir», – deyilgan. Konstitutsiyaning 2-
moddasida esa «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning 
manfaatlariga xizmat qiladi», deb ta’kidlangan. 
Hozirgi zamon jahon davlatchiligi tajribasida davlat zimma-
sidagi vazifalar ancha o‘zgardi. Bu, ayniqsa, totalitar tuzum iskan-
jasidan chiqqan xalqlar uchun butunlay yangilik edi. Jumladan, 
endi u ko‘proq iqtisodiy asoslarni mustahkamlash, ijtimoiy 
munosabatlarni chuqurlashtirish, odamlar madaniy va moddiy 
turmush darajasini oshirishning strategik tamoyillarini ishlab 
chiqish, 
mamlakat 
xavfsizligini 
ta’minlash, 
tinchligini 
mustahkamlash va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish bilan 
shug‘ullanadi. 
«Boshqaruv vazifalarining asosiy qismini markazdan 
viloyatlarga, viloyatlardan shahar – tumanlardagi davlat va 
boshqaruv idoralariga o‘tishini ta’minlash darkor. Shu 
tariqa bu bosqich asta-sekin o‘z-o‘zini boshqarish 
jamoatchilik tashkilotlariga ham yetib boradi», degan edi 
Prezident I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
1995-yil 23-24-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyasida. Bu 
yo‘l bevosita mamlakatimizda fuqarolik jamiyati shakllanishi va 
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilining bosh yo‘nalishiga 
aylanib qoldi
1

1
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: "O’zbekiston", 1992 



Davlat o‘z vazifalarini bajarishda hokimiyatni kuchaytirish 
hisobiga emas, aksincha demokratik omillarni kengaytirish, keng 
xalq ommasini boshqaruvga jalb etish yo‘li bilan amalga oshirishi 
lozim. Buning uchun jamiyatda keng miqyosli demokratik 
jarayonlarni chuqurlashtirish, Konstitutsiyada ko‘rsatilganidek, 
jamiyat hayotining barcha sohalarida fuqarolar haq-huquqlarini 
kengaytirish, jamiyatning har bir a’zosi ijtimoiy-madaniy 
rivojlanishini ta’minlash, jamiyatda siyosiy va mafkuraviy xilma-
xillikka erishish asosida davlat monopoliyasini yo‘qotish kerak. 
Boshqacha qilib aytganda, davlat endi ko‘proq fuqarolar haq-
huquqini kafolatlaydigan mexanizmga aylanishi kerak. Buning 
uchun quyidagi asosiy tamoyillar muhim ahamiyatga ega: 
1. Milliy an’analarga, aholi barcha qatlamlari va ijtimoiy 
guruhlari ehtiyojlariga, xalq hayotining tarixiy tajribalariga 
tayangan holda demokratik asoslarni mustahkamlash. 
2. Hokimiyat bo‘linishining eng demokratik, eng xalqchil 
shakllarini yanada chuqur va faolroq joriy etish. 
3. Boshqaruvni markazlashtirmaslik, respublika va mahalliy 
hokimiyatlar vazifalarini aniq belgilash, Markaziy organning 
ko‘pgina vakolatlarini joylarga – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar, shahar, tuman hokimiyatlari zimmasiga yuklash, biroq 
bu markazdan uzoqlashish, har qanday muammoni o‘z xohishicha 
hal etish imkonini bermaydi. 
Ma’lumki, jamiyatni demokratlashtirishning yana bir muhim 
sharti odamlarning ijtimoiy saviyasi bilan demokratik o‘zgarishlar 
sur’atlari bir-biriga qanchalik mos bo‘lishidir. Shuning uchun ham 
demokratik o‘zgarishlar va yangi demokratik jarayonlarni 
boshqarishni, ularni hayotga tatbiq qilishni, avvalambor, 



jamiyatning o‘zi anglamog‘i va hal qilmog‘i darkor. Bu o‘rinda 
mahallalarning o‘rni va o‘z-o‘zini boshqarish tartibotini 
shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy tajriba 
demokratik jarayonlarni chetdan nusxa olib, ko‘r-ko‘rona ko‘chirib 
bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. Demokratiya o‘z-o‘zidan vujudga 
kelmaydi. Unga tinimsiz intilish bilan hayotning og‘ir sinovlariga 
bardosh berib erishish mumkin. 
Osiyo mintaqasi va musulmon sharqidagi demokratik 
qadriyatlar va o‘zgarishlarning rivojlanish tajribasi o‘ziga xos 
xususiyatlarga va o‘ziga xos an’analarga ega. Sharqda 
demokratiya tushunchasi hamjihatlik g‘oyasi, jamoatchilik 
fikrining 
ustuvorligi 
zaminida 
shakllanadi. 

Yüklə 295,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin