«Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni
isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va
vazifalarini amalga oshirish Dasturi to‘g‘risida»gi qarori
bilan tasdiqlangan davlat qurilishi va boshqaruvi, qonun
chiqaruvchi hokimiyatning roli va ta’sirini kuchaytirish sohasida
islohotlarning
ustuvor
yo‘nalishlarini
amalga
oshirish
18
konsepsiyasiga ko‘ra fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining roli va vakolatlarini kuchaytirish maqsadida ularga
davlat tomonidan yordam berish shakllarini tartibga solish,
joylarda ijtimoiy-iqtisodiy hamda boshqa muammolarni hal qilish
uchun ularning huquq va vakolatlarini kengaytirishni nazarda
tutuvchi takliflarini ishlab chiqish, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari faoliyatiga davlat yordamini ko‘chaytirishga
doir tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish
va amalga oshirish belgilangan.
Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlarining jamiyatdagi
roli va o‘rnining oshib borishini 2006-yil may-iyun oylarida bo‘lib
o‘tgan fuqarolar yig‘ini raisi va maslahatchilari saylovi natijala-
ridan ham ko‘rish mumkin.
Mamlakatimizda 2006-yil 4-aprelda O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Kengashi may-iyun oylarida «Fuqarolar
yig‘ini raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi
to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Ushbu qarorni amalga oshirish
maqsadida mamlakatda juda katta tayyorgarlik ko‘rildi. Avvalgi
yillarda o‘tkazilgan saylovlardan farqli o‘laroq ushbu saylov
birinchi marta 2004-yilda qabul qilingan «Fuqarolar raislari
(oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq o‘tkazildi.
Saylovni tashkil etish va o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga
amaliy yordam ko‘rsatish uchun davlat idoralari tomonidan
joylarda 199 ta tuman hamda shahar komissiyalari tuzildi, 8843
ta ishchi guruh tashkil etildi. Ular tarkibiga «Mahalla»
jamg‘armasi, O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
«Nuroniy» jamg‘armasi, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va
19
O‘zbekiston ijtimoiy harakati hududiy bo‘linmalarining vakillari
kiritildi. Komissiyalar va ishchi guruhlarga ishda foydalanish
uchun 12 ming nusxadan ortiq O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning masla-
hatchilari saylovi to‘g‘risida»gi va «Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunlarining matnlari maxsus nashr etilgan risolalar va
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovlar o‘tkazish
masalalariga doir bir qancha qo‘llanma va risolalar yuborildi.
Saylovlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining
a’zolari,
xalq
deputatlari
viloyat,
tuman
va
shahar
Kengashlarining deputatlari faol ishtirok etdilar
7
.
Shuni aytish joizki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlariga saylovlar keng oshkoralik va ochiqlik vaziyatida o‘tdi.
Ommaviy axborot vositalari saylovning borishini keng yoritdilar.
Umuman olganda, saylov tadbirlarida 12 million 315 ming 818
saylovchi nomidan 574687 nafar vakil ishtirok etdi. Ular 27715
nomzod orasida 8843 nafar fuqarolar yig‘inlari raislarini
muqobillik asosida sayladilar. Ular orasida 2895 nafar fuqarolar
yig‘inlari raislari (oqsoqollari) yoki ular umumiy sonining 32,7 foizi
ilk bor saylandi. Shuningdek, 84375 nafar fuqarolar yig‘inlari
raislarining maslahatchilari ham saylandi.
7
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: "O’zbekiston", 1992
20
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, fuqarolar yig‘ini
majlislarida
fuqarolarning
o‘zini
o‘zi
boshqarish
organlari
faoliyatidagi, davlat hokimiyatining mahalliy ijro organlarining
muhim ijtimoiy, uy-joy-kommunal va boshqa masalalarni hal
etishdagi mavjud kamchiliklar tanqidiy va ochiq muhokama etildi.
Xususan, joylarda mavjud bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga
moddiy yordam ko‘rsatish hamda muhtoj oilalarning bolalariga
nafaqalar tayinlash masalasini adolat bilan hal qilmaslik hollari,
fuqarolar yig‘inlari bilan uy-joy mulkdorlari shirkatlari o‘rtasida
o‘zaro hamkorlik yetarli emasligi va boshqa aholi e’tiroziga sabab
bo‘layotgan muammolar qayd etildi.
143 ta fuqarolar yig‘inlarida ular rahbarlarining o‘tgan davrdagi
ishi qoniqarsiz deb topildi, oqsoqollarga ishonchsizlik bildirildi va ular
qayta saylanmadilar.
Umuman, fuqarolar yig‘inlari saylovi kompaniyasi yakunlarini
tahlil qilib aytish mumkinki, yig‘inlar raislari va maslahatchilarining
bo‘lib o‘tgan saylovi, shuningdek, kelgusi davrga mo‘ljallangan
faoliyat dasturlari keng muhokama etilib qabul qilinganligi
jamiyatimizni demokratiyalashtirish, mamlakatni modirnizatsiya
qilish yo‘lida muhim qadam, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
shaklini qaror toptirish va mustahkamlashning eng muhimi fuqarolik
jamiyatini shakllantirishning navbatdagi bosqichi bo‘lib qoldi.
2008-yil 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senati Kengashining «Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)
saylovi to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Unga ko‘ra shu yilning noyabr-
dekabr oylarida barcha mahallalarda saylovlar oshkoralik va
yakdillik bilan o‘tkazildi.
|