«Bizning
mamlakatimizda, – deb ko‘rsatgan edi I.A.Karimov, –
demokratik jarayonlar xalqimizning qonunni hurmat
qilishi, qonunga itoat etishi kabi fazilatlarga mos ravishda
rivojlanishi zarur. Axloqiy, ma’naviy qadriyatlar siyosiy
munosabatlarda ham ustunlik kasb etishi darkor.» Bunday
qadriyatlar respublikamiz sharoitida avvalo aholi zich yashaydigan
mahallalarda shakllanadi. Shuning uchun respublikamizda
mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy hayotda, demokratik
jarayonlarni chuqurlashtirishda mahallalar rolini oshirishga katta
e’tibor berildi
2
.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida
ta’kidlanishicha, «Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek,
ular tarkibidagi mahallalar hamda shaharlardagi mahallalarda
fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organi bo‘lib, ular ikki
yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini
2
Karimov I. A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. - T.: "O’zbekiston", 1996
6
saylaydi. O‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi,
faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan
belgilanadi».
Darhaqiqat, mahalla – O‘rta Osiyoda shaharlar ichidagi hududiy
birlik bo‘lib, u bizga o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan. Arablar
istilosi va islom dini qabul qilinganidan ancha ilgari paydo bo‘lgan
mahalla cheklangan hududda istiqomat qiluvchi odamlar
birlashmasi bo‘lib, unda odamlar faqat qo‘shnichilik rishtalari bilan
emas, balki yuzlab yillar davomida yaratilgan ichki tartib-qoida,
ma’naviy-axloqiy normalar, urf-odatlar va an’analar bilan
belgilangan. Shuning uchun ham undan minglab kishilarni faol
ijtimoiy hayotga jalb etishning samarali vositasi sifatida
foydalanish lozim.
Ong va tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar hamisha
qiyinchilik bilan amalga oshirilgan. Jumladan, yillar mobaynida
ongimiz va tafakkurimizga singib ketgan tanballik, imon-
ixtiyorimizni «yuqori»ga topshirib qo‘yish illatlari bugungi
demokratik jarayonlarga to‘siq bo‘lmoqda. Uning salbiy oqibatlari
chuqurlashib borayotgan yangilanishlar mohiyatini anglashga,
butunlay yangi turmush tarzining shakllanishiga, inson haq-
huquqlarining kengayishiga va jamiyatda shaxs rolining oshib
borishiga monelik qilmoqda.
Ijtimoiy turmushning hamma sohalarini demokratiyalash, o‘zini
o‘zi idora qila olish fazilatlarini kuchaytirish, o‘z hayotini o‘zi
tashkil etish tamoyillarini kundalik faoliyatga aylantirish nihoyatda
murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon. U siyosiy, iqtisodiy, huquqiy
va ma’naviy-axloqiy sohalarda yangicha tafakkur tarzini talab
etadi. Bu jarayon chin ma’noda har bir fuqaro mehnati,
7
yaratuvchilik qobiliyati orqali o‘z turmushini izga solishi asosida
butun jamiyat hayotini mazmunan yangilash, unga butunlay
yangi qiyofa baxsh etish bilan bog‘liq. Bu o‘z navbatida jamiyatni
tubdan isloh qilish jarayonida fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish
mahalliy organlari faoliyatini tubdan o‘zgartirishni, uni milliy
an’analar va jahon tajribalari asosida qaytadan tashkil etishni
taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasida xalq deputatlari mahalliy Kengash-
larini uchta hududiy bo‘g‘inga bo‘lish mumkin. Birinchi hududiy
bo‘g‘inga xalq deputatlari shahar, tumanga bo‘ysunadigan
shaharlar, shaharlardagi tuman kengashlari kiradi. Ikkinchi
hududiy bo‘g‘inga xalq deputatlari tuman, Toshkent shahridagi
tuman, shahar kengashlari kiradi. Uchinchi hududiy bo‘g‘inga esa
xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashlari kiradi.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining barcha bo‘g‘inlari
huquqiy shaxs hisoblanadilar va ular qonun bilan o‘z ixtiyoriga
berilgan istalgan masalalarni mustaqil hal qilishga haqlidirlar.
Mahalla o‘zini o‘zi boshqarishning asosiy bo‘g‘ini. Bu aholining
ijtimoiy masalalarini hal etishda muhim rol o‘ynaydi.
Mahalla O‘rta Osiyoda qadimdan hududiy-ma’muriy birlik
hisoblanadi. Bu yerda har bir yashovchi taqdiri, orzu-umidi,
hayotga va odamlarga munosabati qat’iy nazoratda turgan. Bir-
biri bilan hisoblashib yashagan. Shu bilan birga mahallachilik uzoq
an’analarga va xalqimiz tarixiga, uning boy ma’naviy-axloqiy
udumlariga bog‘liq bo‘lgan ulkan hayot maktabi.
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mahalliy
hokimiyatlar faoliyatini takomillashtirish asosida mamlakatda
demokratik
jarayonlarni
chuqurlashtirish
maqsadida
Oliy
8
Kengashning 1993-yil sentabrda qabul qilgan «Fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonun, alohida
ahamiyatga ega bo‘ldi. Tub islohotlar davrining eng muhim va
dolzarb talablariga muvofiq tarzda yuzaga kelgan ushbu qonun
ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotimizda katta voqea bo‘ldi.
O‘zbekistonda o‘z-o‘zini boshqarishni tashkil etish va uni amalga
oshirish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham alohida
ta’kidlangan. Uning 105-moddasida «Shaharcha, qishloq va
ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda
shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari, o‘zini o‘zi
boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni va
uning
maslahatchilarini
saylaydi»
deyilgan.
Bu
bilan
mamlakatimiz birinchi marta fuqarolar yig‘ini o‘zini o‘zi boshqarish
organi sifatida e’tirof etildi va ularning huquqiy maqomi,
vakolatlari qonun yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yildi
3
.
«Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi
Qonunning 1-moddasida o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamiyat
va davlat ishlarini bajarishda qatnashishga doir o‘z huquqlarini
ro‘yobga
chiqarishlarida
fuqarolarga
ko‘maklashadi,
o‘z
hududlaridagi ijtimoiy va xo‘jalik masalalarini hal etish, ommaviy-
madaniy tadbirlar o‘tkazish, davlat hokimiyati va boshqaruv
organlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, mamlakat
hukumatining qarorlarini bajarishda yordamlashadi.
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishni ifodalovchi muhim belgilardan
biri o‘z faoliyatini hududiy tamoyil asosida tashkil etishdir.
3
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: "O’zbekiston", 1992
9
Ma’lum bir hudud birlashgan jamoa o‘zini o‘zi boshqarish
idoralarini ma’lum turarjoy mavzesi, qishloq, posyolka, ko‘cha
hududida tashkil etadi.
Mazkur qonunning 2-moddasida hududiy yondashishning o‘ziga
xos xususiyatlari alohida belgilangan. Jumladan, mahallalar
faoliyat ko‘rsatayotgan hududlar fuqarolarining taklifiga ko‘ra
tuman, shahar hokimi tomonidan belgilanib, qabul qilingan qaror
tegishli hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi.
Qonun fuqarolar yig‘inida yoki majlisida qaror qabul qilishga
imkon beruvchi huquqiy me’yorlar va imtiyozlarni ko‘rsatib berdi.
Fuqarolar yig‘ini unda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lganlarning
kamida yarmi, vakillar majlisi esa delegatlarning uchdan ikki
qismi qatnashganda qonuniy kuchga kiradi. Yig‘inni rais yoki
uning maslahatchilaridan biri olib boradi. Qarorlar ochiq ovoz
berish yo‘li bilan qabul qilinadi va u hokimga yuboriladi.
Bularning hammasi mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idoralari
faoliyatining demokratik asoslari mahalliy sharoitga yaqinlash-
tirilganini, ortiqcha rasmiyatchiliklarga barham berilganini va
aholining jamiyatni boshqarishda mumkin qadar ko‘proq ishtirok
etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Fuqarolar yig‘ini vakolatlari kengaytirildi. Ular qonunning 17-
moddasiga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruv organlari
bilan kelishgan holda savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga
madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining ish vaqtini
aholiga qulay holda belgilashlari, ma’muriy komissiya tashkil
etishlari mumkin. Bu mamlakatda fuqarolar faolligini oshirish, shu
asosda o‘z turmushini yo‘lga qo‘yish va jamiyat umumiy qiyofasini
shakllantirish imkonini beradi.
10
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat «Mahalla»
xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi 1992-yil 12-
sentabrdagi hamda mamlakat «Mahalla» xayriya jamg‘armasiga
mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 1992-yil 8-oktabrdagi farmonlari
katta siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ayni paytda
mahalla qo‘mitalari o‘z hududlarida istiqomat qiluvchi kambag‘al
oilalarga, nogironlarga, yolg‘iz keksalarga moddiy yordam berish
hamda aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasida keng miqyosli
ishlarni olib bormoqda
4
.
Hukumat dastlab budjet hisobidan 25 million so‘m mablag‘
ajratdi. Bu joylarda mahallalar rolini oshirish, ular faoliyatini
takomillashtirish uchun qulay imkoniyatdir. Keyingi yillarda ham
fuqarolarning turmush tarziga, ularning xulqi va kayfiyatiga
odatda qishloq va mahalla qo‘mitalariga saylanadigan hurmatli
oqsoqollar ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy kuch ekanligini hisobga olib
qishloq va mahalla komitetlarining roli va obro‘sini yanada
mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ko‘rildi.
Mamlakatda mahalla qo‘mitalari raislari hamda kotiblariga oylik
ish haqi belgilandi. Qisqa vaqtda bu maqsadlarga mahalliy
budjetdan 10 million so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi. 1994-yil
oxirlariga kelib respublikada 12,4 ming mahalla shakllantirildi.
Ular o‘z faoliyatlarida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga,
o‘zlari haqidagi Nizomga, mahalliy hokimiyatning mahalla
fuqarolarining yig‘ilishi haqidagi qarorlariga amal qilib ish tuta
boshladilar.
O‘zbekistonda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlarini
takomillashtirish
kundalik
hayotimizda
demokratiyani
4
Karimov I. A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. - T.: "O’zbekiston", 1996
11
chuqurlashtiradi, davlat rolini asta-sekinlik bilan mahalliy
organlar zimmasiga yuklaydi. Bu hozirgi zamon jahon ilg‘or
tajribalariga mos keladi va dunyoviy davlat tamoyillarini boyitadi.
Yuqorida o‘zbekning mahalla-mahalla bo‘lib birlashib, o‘zini o‘zi
idora qilib yashash tarzining ildizlari g‘oyat chuqur ekanligi
ta’kidlandi. Endi ular faoliyatini yangi sharoitlarda, yangicha
mazmun bilan boyitish ham hayotiy zaruriyat bo‘lib qoldi. Bu
borada keyingi yillarda Chilonzor tuman hokimligi va xalq
deputatlari tuman Kengashi ibratli ishlarni amalga oshirdi. Ular
mahalla ahlining ko‘p asrlik tajribalaridan va eng odilona
boshqaruv usulidan samarali foydalanish maqsadida mavzelarni
ham mahallalarga aylantirishga qaror qildilar. Tuman hududida
avvaldan mavjud bo‘lgan 19 ta mahallalar qatoriga mavzelar va
bir qator turarjoylarda yangitdan tashkil etilgan 25 ta mahalla
qo‘shildi. Ular soni 44 taga yetdi. Ayni paytda bu yerlarda keng
miqyosli ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, madaniy tadbirlar
amalga oshirildi. Bular aholini o‘z o‘zini boshqarishdagi ishtirokini
yanada kengaytirmoqda.
Shunday qilib, 90-yillarning o‘rtalariga kelib, mustaqil O‘zbekis-
tonning viloyat va shaharlari hududlarida ijtimoiy o‘zini o‘zi
boshqarish organlari bo‘lgan mahallalar soni, ularning aholi
o‘rtasidagi roli ortib borishi ham respublikada ijtimoiy hayotning
yanada demokratlashib borayotganini ko‘rsatadi.
Albatta, keyingi yillarda istiqlol tufayli yangidan qaddini ko‘ta-
rayotgan mahallalar hayotida tub o‘zgarishlar yuz berganini o‘z-
o‘zini boshqarish organlariga bo‘lib o‘tgan saylovlar ham ko‘rsatdi.
Buni 1996 yil may-iyun oylarida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan
12
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovlar
yakunlaridan ham bilish mumkin.
1996-yil 2-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Kengashining navbatdagi majlisi bo‘ldi. Unda «O‘zbekiston
Respublikasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga
saylovlar yakunlari» ko‘rib chiqildi. Ushbu qarorda ko‘rsatib
o‘tilishicha respublikada bu muhim siyosiy tadbirga puxta
tayyorgarlik ko‘rildi.
Avvalo shuni aytish kerakki, Oliy Majlis Kengashi 1996-yil 13-
mart kuni fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari
saylovini o‘tkazish masalasini maxsus muhokama qildi va shu
asosda zarur tashkilotchilik ishlari olib borildi. Fuqarolar yig‘inlari
va ularning raislari saylovini o‘tkazish haqidagi qonun matni 4
ming nusxa atrofida ko‘paytirilib, Qoraqalpog‘iston Juqarg‘i
Kengesi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga amalda
foydalanish uchun yetkazib berildi. Shuningdek, bu tadbirni
uyushqoqlik bilan o‘tkazishga doir tavsiyanomalar ishlab chiqildi.
Bu «Mahalla» gazetasida e’lon qilindi. Viloyat, shahar va
tumanlarda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish yig‘inlari raislari,
ular maslahatchilari saylovini o‘tkazishga doir amaliy seminarlar
o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
deputatlari,
viloyat
hokimlari
o‘rinbosarlari,
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyati mas’ul xodimlari ishtirok
etdilar
5
.
Seminar-kengashlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari hokimiyat vakillik organlarining ishonchli yordamchisi
tariqasida o‘zini ko‘rsatib, jamiyatda fuqarolar totuvligini
5
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: "O’zbekiston", 1992
13
mustahkamlashga ko‘maklashayotgani alohida ta’kidlandi. Kam
daromad oilalarga va muhtoj kishilarga yordam ko‘rsatmoqda,
hududlarni obodonlashtirish yuzasidan keng miqyosli ishlar
amalga oshirilmoqda. Ayni paytda ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat
qishloqlari va ovullarida fuqarolarning 1436, shaharlarida 117,
mahallalarda 5402, shu jumladan qishloq mahallalarida 3305
o‘zini o‘zi boshqarish organi bo‘lib, ularning raislari jamoatchilik
asosida ish olib bora boshladilar.
Samarqand, Namangan va Toshkent viloyatlarida qishloqlar
kattagina hududni egallaganliklarini inobatga olgan holda ana shu
viloyatlar qishloq mahallalarida o‘zini o‘zi boshqarish organlari
tuzildi.
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish paytida yig‘inlarning amaldagi
raislari faoliyati tahlil etildi. Bu ish xususan Samarqand,
Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo viloyatlarida namunali
o‘tkazildi. Hammasi bo‘lib mamlakatda 6 ming 955 yig‘in raisi va
60 mingdan ortiq maslahatchi saylandi. Qishloq, ovul va
shaharlarning, shaharlardagi mahallalarning yig‘inlari raislarining
84 foizidan ortig‘i shu lavozimiga ikkinchi muddatga saylandi, bu
ko‘rsatkich maslahatchilar orasida 65 foizdan ortiqrog‘ini tashkil
qildi.
O‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlarining umumiy
ma’lumot darajasi ancha oshdi. Oliy ma’lumotli yig‘in raislari
Qoraqalpog‘iston respublikasida 68,6 foizni, Toshkent shahrida
68,7 foizni, Navoiy viloyatida 87,5 foizni tashkil etdi.
1993-yilgi saylovga nisbatan 1996-yilgi saylov kompaniyasida
xotin-qizlarni yig‘in raisligi va yig‘in maslahatchilari tarkibiga
saylashga e’tibor berildi. Jumladan, yig‘in rahbarlari orasida xotin-
14
qizlar miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro va
Namangan viloyatlarida 20 foizdan ko‘proqqa, Toshkent shahrida
esa qariyb 2 barobarga oshdi.
Bo‘lib o‘tgan saylov saylovchilarning yuksak faolligi bilan ajralib
turdi. Yig‘inlar ishchanlik vaziyatida o‘tdi. So‘zga chiqqan kishilar
bozor iqtisodiyoti bosqichma-bosqich o‘tkazilayotganligi, kuchli
ijtimoiy himoya siyosati yuritilayotganligi, ma’naviy qadriyatlar va
xalq an’analari tiklanayotganligi, barqarorlik, fuqarolar tinchligi va
ijtimoiy totuvlik ta’minlanganligi uchun Hukumatga minnatdor-
chilik so‘zlarini bayon etdilar.
Mamlakatimizda 1993–2007-yillar mobaynida fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquqiy asosini shakllantirish va
takomillashtirish maqsadida Prezidentimizning 10 ta farmoni,
Vazirlar Mahkamasining 11 ta qarori, Parlamentning 30 dan ortiq
Qonunlari qabul qilindi.
Jumladan, Prezident I.Karimovning «Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi (1998-yil
23-aprel), farmoni va O‘zbekiston Respublikasining 10 yilligi
tantanasida Prezidentimiz tomonidan 2003-yilni «Obod mahalla
yili» deb e’lon qilinishi va Prezident Farmoyishi asosida Vazirlar
Mahkamasining «Obod mahalla yili» Dasturi to‘g‘risida»gi (2003-
yil 7-fevral) qarori mahallaning fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organi sifatidagi roli va ahamiyatini oshirish, milliy
qadriyat
va
an’analari,
o‘zaro
mehr-oqibat
tuyg‘ularini
mustahkamlashdagi nufuzini ko‘tarish, aholini moddiy va
ma’naviy jihatdan yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Prezident Farmoyishi bilan «Obod mahalla yili» dasturini ishlab
chiqish va amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi.
15
Mazkur komissiya davlat, nodavlat hamda jamoat tashkilotlari,
shuningdek, mahallalar vakillarini keng jalb etgan holda mahalla-
larimizdagi mavjud muammolar, qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni
atroflicha o‘rganib, yil davomida amalga oshirilishi zarur.
Tashkiliy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarning kompleks
dasturini ishlab chiqdi. Mazkur dastur yetti yo‘nalishdagi hayotiy
muhim masalalarni o‘z ichiga qamragan. Ular qatoriga, jumladan:
– mahalla faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini tako-
millashtirish;
–
mahallaning
moddiy
bazasini
rivojlantirish
va
mustahkamlash;
– mahallalarda tadbirkorlikni, xizmat ko‘rsatish va savdoni,
kichik biznes sohasini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini
barpo etish;
– mahallaning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish va ko‘-
kalamzorlashtirish, bolalar sport maydonlarini jihozlash, yo‘llar,
ko‘chalar va kommunal tarmoqlarni yaroqli holatda saqlanishini
ta’minlash;
– mahalla tomonidan kam ta’minlangan oilalarga aniq
yo‘nalishli moddiy yordam ko‘rsatish va yosh oilalarni qo‘llab-
quvvatlash;
– keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish;
– mahallalar aholisiga tibbiy va sanatoriy – kurort xizmati
ko‘rsatishni yaxshilash, bolalar sportini rivojlantirish;
– ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalarida mahalla faolligini
oshirish vazifalari kiradi.
Mamlakatimizda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan
islohotlar va milliy taraqqiyot talablaridan kelib chiqib, 1999-
16
yilning 14-aprelida «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Mazkur Qonun
29 moddadan iborat bo‘lib, unga uch marta o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritilgan.
Qonunga ko‘ra shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek,
shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalar
fuqarolarining yig‘inlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organ-
laridir.
Hozirgi kunda respublikamizda 8794 ta fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari mavjud bo‘lib, ularning 1629 tasini
shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘ini, 4887 tasini
ular tarkibidagi mahallalar fuqarolar yig‘ini hamda 2278 tasini
shaharlardagi mahallalar fuqarolar yig‘ini tashkil etadi
6
.
Yangi tahrirdagi qonunda avvalgisidan farqli ravishda fuqa-
rolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mustaqilligiga oid muhim
normalar o‘z aksini topdi. Xususan, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati tizimiga kirmasligi
ko‘rsatildi va ular faoliyatining asosiy prinsiplari belgilandi. O‘zini
o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida
respublika oqsoqollari Kengashi, shuningdek, fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha viloyat, tuman, shahar
muvofiqlashtirish kengashlari tuzilishi mumkinligi nazarda tutildi.
2003-2004-yillarda
qonunga
kiritilgan
o‘zgartirish
va
qo‘shimchalar natijasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari maqomi yanada aniqlashtirildi. Mazkur o‘zgartirish va
qo‘shimchalar bilan fuqarolar yig‘ini tushunchasi,tuzilishi,
fuqarolar yig‘inining Nizomi, respublika oqsoqollar Kengashi,
6
Karimov I. A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. - T.: "O’zbekiston", 1996
17
shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha
viloyat, tuman, shahar muvofiqlashtirish kengashlari tuzilishi,
vakillik normasi hokimlar tomonidan emas, balki tegishli
muvofiqlashtiruvchi kengashlar tomonidan belgilanishiga oid va
boshqa normalar, shuningdek, fuqarolar yig‘inining o‘zini o‘zi
boshqarish organlari huzurida yarashtiruv komissiyasini tuzish,
«mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasining rahbarini tayinlash
va tuzilmaga a’zolar qabul qilish, fuqarolar yig‘inining diniy
ma’rifat va ma’naviy – axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha
maslahatchisini
tayinlash
vakolatlari
qonun
bilan
mustahkamlandi.
Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni
modernizatsiya va isloh qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil
yangilanish va o‘zgarishlar jarayoni «Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish
organlari
to‘g‘risida»gi
Qonunni
yanada
takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bu o‘z navbatida, mazkur
qonunning islohotlar talablariga qanchalik javob bera olishini
o‘rganish, tizimli tahlil qilish, shuningdek, qonunda belgilangan
normalarning qo‘llanish darajasini, holatini aniqlash, baholash,
istiqbolini prognoz qilish maqsadida uning monitoringini o‘tkazish
zaruratini vujudga keltirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-martdagi
Dostları ilə paylaş: |