O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
1/4/1 2023
- 304 -
tashkil etish tg‘risida»gi Vazirlar Mahkamasining 536-son
Qarori qabul qilindik, bu ham benihoya quvonchli xabar
bo'ldi. Bir qancha iste'dod egalari o'zlarini namoyish eta
oladigan maydon hozirlandi.
Baxshichilik – she'riyat, musiqa,
ijrochilik mahoratini
o'zida mujassam etgan bebaho san'at. Qadimiy dostonlarimiz
juda uzoq o'tmishga borib taqalishi haqida tarixiy manbalar,
shu bilan birga Mahmud Koshg'ariy, Alisher Navoiy kabi
allomalar asarlarida ko'plab dalillar bor. Baxshichilik san'ati
xalq og'zaki ijodining turli shakllari – so'z o'yinlari va
qochirimlar, xalq maqol va matallaridan unumli foydalanishga
asoslanadi. Tinglovchini o'ziga rom etuvchi ohang dostonni
jozibali va qiziqarli qiladi. Bu esa baxshilardan katta isteʼdod,
kuchli mahorat va xotirani, muntazam mashq qilishni talab
etadi. Baxshilarimiz merosi juda boy va rang-barang. Masalan,
Po'lkan shoir yetmishdan ortiq dostonni yod bilgan. Har bir
doston o'n-o'n besh, hatto yigirma ming misragacha she'rni
ham o'z ichiga olishini hisobga olsak, xalq baxshilarining
hayratomuz yodlash
va esda saqlash qobiliyati, ijro qudrati
o'z-o'zidan ayon bo'ladi. Bola baxshi Abdullayev, Shoberdi
Boltayev, Abdunazar Poyonov, Boborayim Mamatmurodov,
Qora baxshi, Abduqahhor va Abdumurod Rahimov,
Shomurod Tog'ayev, Ziyodulla Islomov, Norbek Abdullayev,
Qalandar Normetov, Qodir
Rahimov kabi baxshilarimiz
baxshichilik
san'ati
rivojiga
munosib
hissa
qo'shdi.
Qashqadaryo,
Surxondaryo,
Samarqand,
Xorazm
va
Qoraqalpog'istonda baxshichilik san'ati rivojlangan. Hozirgi
kunda
Bulung'ur,
Shahrisabz,
Qamay,
Chiroqchi,
Dehqonobod, Sherobod, Boysun, Xorazm va Qoraqalpoq
dostonchilik maktablari betakror ijrosi bilan ajralib turadi.
«Alpomish»,
«Go'ro'g'lining
tug'ilishi»,
«Ravshan»,
«Kuntug'mish», «Rustamxon», «Oshiq G'arib va Shohsanam»,
«Avazxon» kabi oʻnlab dostonlar xalq ruhini, uning teran
ma'naviyatini o'zida aks ettiradi[5].
Nukusda o'tayotgan II Xalqaro baxshichilik san'ati
festivalida 22 davlatdan 100 dan ortiq baxshi, oqin va jirovlar,
badiiy
jamoalar
qatnashmoqda.
Shuningdek,
mamlakatimizning barcha hududidan kelgan ijrochilar o'z
san'atini namoyish etdi.
Nukusda II Xalqaro baxshichilik san'ati festivali
doirasida ko'plab tadbirlar oʻtkazildi. «Baxshichilik san'atining
jahon madaniyati sivilizatsiyasida tutgan oʻrni» mavzusida
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, festival ishtirokchilari
uchun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali
teatrida «Xalq uchun»
milliy operasi namoyishi, «Orol
baliqlaridan 99 xil taom» xalqaro gastronomik festivali va
Mo'ynoq
tumanidagi
madaniy
meros
obyektlariga
ekskursiyalar tashkil etildi[6].
Ta'kidlaganidek,
Prezidentimiz
Shavkat
Mirziyoyevning
bevosita
tashabbusi
va
rahbarligida
mamlakatimizda baxshichilik san'atini asrab-avaylash, uning
oʻlmas an'analarini yanada rivojlantirish, xalq og'zaki
ijodi namnularini xalqaro miqyosda keng namoyish etishga
yuksak darajada e'tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining
2019-yil
14-maydagi
«Baxshichilik san'atini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga binoan
Termiz shahrida yangi baxshilar maktabi,
mamlakatimizning
boshqa hududlaridagi bolalar musiqa va san'at maktablarida
baxshichilik
sinflari
tashkil
etildi.
Xalqaro YUNESKO tashkiloti ko'magida 2019-yilda Termiz
shahrida birinchi, 2021-yilda Nukus shahrida ikkinchi xalqaro
baxshichilik san'ati festivallari o'tkazildi. O'tgan yili
baxshichilik san'ati Insoniyat nomoddiy madaniy merosi
reprezentativ ro'yxatiga kiritildi. Ayni paytda yuz tomlik
«O'zbek xalq ijodi yodgorliklari» majmuasi nashr etilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda samarali faoliyat olib
borayotgan 250 nafardan ortiq soha vakillari orasida 26
nafarga
yaqini
«O'zbekiston
xalq
baxshisi»
va
«Qoraqalpog'iston xalq baxshisi» unvonlari, 1 nafari «Doʻstlik
ordeni», 11 nafari «Shuhrat» medali, 7 nafari «Nihol»
mukofoti, 2 nafari «Kelajak bunyodkori» esdalik nishoni bilan
taqdirlangan[7].
O'zbek xalq dostonlari ajdodlarimizning uzoq o'tmishi,
madaniy
hayoti
va
milliy
qadriyatlarini
o'zida
mujassamlashtirgan bo'lib, bu o'lmas, nomoddiy madaniy
merosimiz bugungi kunda ham yuksak qadrlanmoqda.
Baxshichilik san'atining serjilo ijro namunalari tinglovchiga
katta zavq-shavq bag'ishlashi bilan birga kishilarni yaxshilikka
chorlovchi, ma'rifat tarqatuvchi, yosh avlod qalbida ezgu
fazilatlarni uyg'otuvchi ma'naviy targ'ibot manbai vazifasini
o'tab kelayotir. Mazkur festivalda
ham ishtirokchilar
tomonidan xalq og'zaki ijodining nodir namunalari - doston
va termalar zo'r mahorat bilan ijro etildi.
XXI asr dunyo miqyosida madaniyat va ma'rifat
sohalari ham keng quloch otib taraqqiy etmoqda. Shu qatorda,
xalq og'zaki ijodiga ham qarashlar, qiziqishlar o'zgardi.
Ayniqsa, bizning O'zbekistonimizda bu borada ibrat olgulik
ishlar
amalga
oshrildi.
Prezident
Sh.
Mirziyoyev
tashabbuslarining samarasini aytmaysizmi?! Prezidentimiz
shunday fikrni aytgan edilar: « Hammangiz yaxshi tushunasiz
agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va
ruhi-ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishda ana
shu ikkita mustahkam ustunga, ya'ni, bozor tamoyillariga
asoslangan kuchli iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy
merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan
kuchli ma'naviyatga tayanamiz»[1, B.34-35],-deb bejizga
aytmaganlar[8]. Termiz shahrida
baxshilar maktabining
yangidan qurilishi, musiqa va san'at maktablarida baxshichilik
guruhlarining barpo etilishi xalq ijodiga bo’lgan yangicha
qarashlar maxsulidir. Har ikki yilda bir marta «Xalqaro
baxshichilik san'ati festivalini» o'tkazish to'g'risida farmon-ku,
nur ustiga a'lonur bo’ldi. Shunga tayangan holda
maktabimizda folklor va xalq og'zaki ijodi sohasidagi ustoz-
shogirdlik an'analari tarixini sinchiklab o'rganish, baxshilar
hayoti va ijodiy faoliyatini keng yoritish zarurati ham tug'ildi.
Shunga ko'ra, yozuvlarimizda O'zbekiston xalq baxshisi
Xushboq Mardonaqul o'g'li hayoti va ijodini ham qalamga
oldik. Baxshi 1942-yil 25- dekabrda Sherobod tumanidagi
Azon qishlog'ida baxshi-shoir Mardonaqul Avliyoqul o'g'li
xonadonida dunyoga keldi. U bolaligidan otasi bilan har xil
marosimlarda birga qatnashib,
padaribuzrukvorining aytgan
terma, dostonlarini o'rganib, kezi kelganda otasining
do'mbirasini qo'liga olib chertib, kalta-kalta qo'shiq aytib
yurardi. Baxshichilik qonida bor emasmi, tezda tinglovchi
tomoshabinlar ko'ziga tashlana boshladi. Shu bilan bir qatorda
qishlog'idagi maktabda ta'lim olardi. O'n yillikni tugatib,
ma'lum
muddat
jamoa
xo'jaligidagi
maktab-maorif
shaxobchalarida mehnat qildi.
Ammo, baxshichilik iqtidori qalbini tinch qo'ymasdi.
Nihoyat, baxshichilik san'atiga bo'lgan ishtiyoq uni Toshkaent
davlat madaniy-oqartu texnikumiga yetakladi. Bu san'at
dargohida 1963-1966-yillari o'qib, tug'ilib o'sgan tumanining
madaniyat bo'limiga ishga keldi, shu bilan bir qatorda,
Xushboq Termiz davlat pedagogika instituti (hozirgi
TerDUda, 1968-1973-yillar) filologiya
fakultetida sirtdan
tahsil oldi. Maktablarda til-adabiyot fani bo'yicha qo'vchilarga
saboq berdi ayni payitda tuman madaniyat bo'limida
baxshichilik san'ati bo'yicha faoliyat olib borib o'z kasbining
ustasi bo'lib yetishdi. Ot o'rnini toy bosar deganlaridek, ota-
bobolari, tog'alari izidan borib, mashhur baxshi bo'lib yetishdi,
2013-yil fidokorona mehnati o'z samarasini berdi,O'zbekiston
xalq baxshisi unvinga sazovor bo'ldi[9].
Shoir hamisha ijod bilan mashg'ul. Qo'lida ruchka,
mo'jazgina stoli ustida kitob, daftar, qog'ozlar. Ma'rifat-
ma'naviyat qalbida doim nur taratib turganday. U zotga
barqaror, bardavom ijodni tabiat hamisha in'om etganday.
Demakki, shogirdlari yon-berida g'uj- g'uj bo’laveradi.
Baxshining o'tmishiga yana bir nazar tashlaymiz. Xushboq