O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/126
tarix15.09.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#143908
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   126
12-88-PB (1)

O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/4/1]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/
 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/4/1 2023 
- 307 -
ko‘rsatib, u asrlar mobaynida turli avlodlar o‘rtasidagi 
ma'naviy va ruhiy bog‘liqliklarni ta'minlab kelgan. Til – 
ijtimoiy hodisa sifatida kishilik jamiyatining eng muhim aloqa 
vositasi bo‘lib, u yordamida bilim, madaniy tajribalar hosil 
qilinadi, to‘planadi va bir avloddan boshqa avlodga yetkazib 
beriladi. Shu tariqa ta'lim-tarbiya ishlarini amalga oshirishga, 
madaniyatimizni taraqqiy ettirishga yordam beradi. Bugungi 
kunda til shaxs, jamiyat va davlat faoliyatini tartibga solish va 
nazorat qilishda, uzuksiz ta'lim jarayoni orqali yosh avlodni 
tarbiyalashda, fan taraqqiyotida, ishlab chiqarish faoliyatini 
tashkil etish va samaradorligiga erishishda beminnat xizmat 
qiluvchi aloqa vositasidir. Inson tilga ega bo‘lar ekan, o‘zining 
dunyoga ongli munosabati imkoniyatlarini ikki karra 
ko‘paytiradi, dunyoni o‘zining hissiy va til tajribasi vositalari 
bilan ochadi, aniqlaydi. Til bu yerda ong va borliqning 
munosabatlarida universal vositachi bo‘lib qoladi. 
Til – xalq ma'naviy hayotining asosi, binobarin, milliy 
til rivojlanmasa, milliy ong o‘smaydi. Darhaqiqat, ma'naviyat 
jamiyat va millat ravnaqining bosh omili va poydevoridir. 
Millat hayotining bardavomligini tilsiz tasavvur etib 
bo‘lmaydi. Tilning ravonligi inson tafakkuri uchun ta'siri 
milliy qadriyatlarga asoslangan madaniyatning yuksakligidan 
dalolat beradi. Tilni yo‘qotmoqlik o‘zlikni, milliylikni 
yo‘qotmoqlikdir. Ona tilimiz doimo yuksak madaniyat belgisi 
bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
O‘zbek tili - Markaziy Osiyodagi eng qadimiy va boy 
tillardan biri sifatida turkiy tillar ikki oqimida rivojlandi. 
Uning biri turk tili bo‘lsa, ikkinchisi o‘zbek tilidir. Roman 
tillarini rivojlantirishda lotin tili qanday rol o‘ynagan bo‘lsa, 
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston mintaqasidagi turkiy tillarning 
rivojlanishida o‘zbek tili shunday rol o‘ynadi.
Shuning uchun ham O‘zbek tilining rivojlantirishda 
chetdan kirib kelayotgan so‘zlarning tahlilini olib borish, 
ularni o‘zbek tilidagi tarjimalarini shakllantirib borish muhim 
hisoblanadi. Bu esa “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi 
baynalilal so‘zlarning izohlanishini tahlil qilish va tegishli 
tavsiyalar ishlab chiqish zarur hisoblanadi. Natijada lug‘atda 
baynalmilal so‘zlar tahlilga tortiladi, lug‘atdagi so‘zlarning 
izohlaridagi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan tavsiflar bilan 
birga tahrir talab o‘rinlari qayd qilinadi, lug‘atga so‘z tanlash 
tamoyillari tahlil qilinadi, lug‘atda o‘zbek adabiy tili 
me’yorlarining saqlanishi jihatidan takliflar tayyorlanadi. 
Biz tadqiqotimiz davomida “O‘zbek tilining izohli 
lug‘ati”dagi A harfi bilan boshlanadigan 44 ta so’zlarni tahlil 
qilib chiqdik. (Ular 297 tani tashkil etadi) (1-jadval).
1-jadval. 
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi A harfi bilan 
boshlanadigan so’zlar tahlil 
№ 
A harfi bilan boshlanadigan so’zlar 
So‘zning kelib chiqishi 
Ma’nosi 
Abajur 
fr. abat-jour 
yorug‘likni qaytaruvchi 
Abbreviatura 
ital. abbreviatura lot abbrevio 
qisqartiraman 
Aberratsiya 
lot. aberratio 
uzoqlashish, chetlashish 
Abzas 
nem.absatz absetzen 
yangi satrdan boshlash 
Abituriyent 
lot. abituriyens 
ketmoqchi bo’lgan kishi 
Abolisiya 
lot. abolitio 
bekor qilish 
Aboniment 
fr. abonnement 
biror narsadan masalan telefon, teatrdagi o‘rin, avtotransport va sh.k dan ma’lum muddatga 
foydalanish huquqi va shu huquqni tasdiqlovchi hujjat 
Abonent 
fr.abonner 
yozilmoq, obuna bo‘lmoq 
Aborigenlar 
lot. aborigine 
avvaldan, boshidan 
Abort 
lot.abortus 
bola tashlash muddatidan oldin tug‘ilish 
Abortiv 
og‘riqni, kasallikni birdan to‘xtatadigan qoldiradigan dori-darmonlar; 
Abraziv 
lot. abrasion 
silliqlash, tarashlash qirirsh 
Absentizm 
lot. absens,absentis 
yo‘q bo‘lgan, hozir bo‘lmagan 
Absolyut 
chegaralanmagan, shak-shubhasiz, mutlaq 
Absorbsiya 
lot. absorbtio 
yutish, yutilish, shimilish, singish, fizikaviy kimyoviy eritma yoki gazlar aralashmasidagi 
moddalarning qattiq jism yoki suyuqlikka yutilishi 
Abstrakt 
aynan mavhum 
Abssess 
lot. abskessus 
yiringli yara chipqon 
Avangard 
fr. avant –garde 
oldindagi qo‘riqchi 
Avanpost 
fr. avant-poste 
qo‘shindan ilgariroqqa, dushmanga yaqin qo‘yilgan soqchilar va ular egallab turgan joy 
Avans 
fr. avance 
bir jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan boshqasiga kelgusida to‘lanadigan haq hisobidan 
oldindan belgilangan pul miqdori 
Avantyura 
fr.aventure 
qaltis harakat sarguzasht, tasodifiy muvaffaqiyatga erishish uchun real kuch, sharoit va 
imkoniyatlarni hisobga olmay, tavakkaiga qilingan xatti-harakat; 
Avariya 
ital. avaria 
Mashina, samalyot va shu kabilarni ishlab turgan vaqtida to‘satdan ishdan chiqishi avariya 
signali, baxtsiz xodisa, falokat 
Avaxta 
nem. Hauptwache 
qamoq uyi, qamash joyi; qamoqxona, turma 
Avia 
lot.avis –qush 
o‘zlashma qoshma so‘zlar tarkibida “aviatsiya” so‘zi o‘rnida shu so‘zga aloqador ma’nolarda 
qo‘llanadi 
Avtarkiya 
yun. autarkeia 
o‘z-o‘zini qondiris, o‘z-o‘zini ta’minlash qoidasiga asoslangan boshqalar bilan iqtisodiy 
aloqalardan uzilib qolgan biqiq xo‘jalik tizimi va shunga asoslangan iqtisodiy siyosat 
Avto 
yun.autos 
o‘zi, o‘zim, o‘zlashma so‘zlar tarkibida quyidagi ma’nolarni bildiradi 
Avtomat 
yun.automatos 
o‘zi harakatlanuvchi, muayyan jarayonlar bo‘yicha belgilangan ishni ichki mexanizmi 
yordamida insonning bevosita ishtirokisiz o‘zi bajaradigan apparat, mashina, asbob 
Avtonom 
avtonomiyadan foydalanadigan, avtonomiya huquqiga ega bo‘lgan avtonomiyali 
Agent 
lot.agens,agents 
Harakatdagi, ish yurutuvchi, tashkilot muassasa va shu kabilarning ma’lum vazifalarni bajarish 
uchun tayinlangan vakili 
Agentura 
Maxfiy ma’lumotlar to‘plash va qo‘poruvchilik ishlari olib boorish maqsadida tashkil etilgan 
razvedka xizmati 
Agitator 
aynan tashviqotchi 
Agitatsion 
tashviqiy 
Agitatsiya 
lot.agitatio 
harakatga keltirish qo‘zg‘atish] tashviqot 
Aglomeratsiya 
lot.agglomerare 
to‘plamoq, qo‘shmoq, birlashtirmoq, Biror narsa masalan, tashkilot korxona va shu kabilarni 
birlashtirish qo‘shish 
Agnoziya 
yun.a 
inkor qo‘shimchasi, gnosis bilim, bilish 
Agnostik 
Agnostisizim tarafdori 
Agnostik 
Agnostisizimga asoslangan 
Agnostisizim 
yun.agnostos 
bilib bo‘lmas, borliqni narsa hodisalar va ularning mohiyatini bilish mumkinligini qisman yoki 
butunlay inkor etuvchi nazariya 
Agoniya 
yun.agonia 
kurash, olishish, o‘lim talvasasi 
Agrar 
lot.agrarius 
yerga, dalaga oi, yer-suv,yerga egalik, va yer-suvdan foydalanishga oid; Sanoatiga nisbatan 
qishloq xo‘jaligi ko‘proq rivojlangan 
Agregat 
lot.aggregatus 
birlashtirilgan qo‘shilgan; 1.Umumiy bir ishni bajarish uchun bir necha xil turli mashinadan 
tuzilganmurakkab mashina;2.Bir mashinani ma’lum bir ishni bajaruvchi yaxlit, mustqil 
mexanizmi;3.Muayyan tog‘ jinsini tashkil etuvchi menirallar yeg‘indisi 
Agreman 
fr.agreer-maqullamoq 
bir mamlakat tomonidan o‘zining diplomatic vakili sifatida taklif etilgan shaxsni qabul qilish 
haqida ikkinchi bir mamlakatning oldindan rozilik bildirishi 
Agressiv 
1.Agressiya siyosatini qo‘llovchi , tajovvuzkor, bosqinchi, Agressiv davlatlar. 2.Agressiyadan, 
bosqinchilikdan iborat bo‘lgan, tajovvuskorlikka asoslangan. 
Agro 
yun. agros 
dala; qishloq, o‘zlashma qo‘shma so‘zlarning so‘zlarning birinchi tarkibiy qismi bo‘lib
“agronomiya”, “dexqonchilik”ma’nolarini ifodalaydi 



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin