Tadqiqot metodologiyasi . Bugungi o‘zbek nasrining
taniqli ijodkorlaridan biri Ulug‘bek Hamdam ijodi shakily va
mazmuniy
yangilanishlarga
boyligi,
davrning
dolzarb
muammolarini
o‘ziga xos tarzda yoritib berganligi,
ramziylikning ustuvorligi bilan xarakterlanadi. Ulug‘bek
Hamdam barcha bitganlarida o‘z qiyofasi bo‘lishi
chinakkamiga istaydigan va shunga astoydil intiladigan
shaxsiyatlar siyrati aks etadi. O‘zligiga ega shaxsiyat
kechinmalarining tasviri o‘zgalar uchun ham qiziqligi sabab
Ulug‘bekning har bir asari o‘qirmanlarda munosabat
uyg‘otadi, tortishuvlarga sabab bo‘ladi. Yozuvchining
bitiklarida o‘z dunyosiga ega qahramonlar aks etganligi bu
asarlarda shiddatli ruhiy holatlar tasviri mo‘lligining boisidir. [
7.2018]
Ulug‘bek Hamdam asarlarining pragmatikasini tadqiq
etish borasida olib borgan ijodiy faoliyatimiz mobaynida
ustoz yozuvchining faqat o‘zigagina xos bo‘lgan badiiy
mahoratini kashf etishga harakat qildik. Jumladan, yashirin
ifoda usullaridan biri bo‘lgan ironiya va ular yuzaga chiqargan
ironik mazmunni tahlil qilishda Ulug‘bek Hamdam qalamiga
mansub ‘‘Sabo va Samandar” romani misolida tahlil qildik.
Ironiya estetikaning kategoriyasi bo‘lib, qadimgi
notiqlik an’analaridan kelib chiqadi. Bu XIX asrning so‘nggi
choragidan beri alohida rivojlanib keladi. Ironiyada
so‘zlovchi voqeani jiddiy bayon qilganday bo‘ladi, ammo til
vositalarini ko‘chma ma’noda qo‘llab, biron shaxs yoki
voqelik ustidan kesatiq bilan kuladi. Boshqacha qilib
aytganda, so‘zlovchi nutqining zaminida haqiqiy ma’noga
zidlanuvchi asosiy maqsad – kulgi yoki kinoya ma’nosi
yashiringan bo‘ladi.
Tahlil va natijalar. Ironiya grekcha “ironeia”
so‘zidan olingan bo‘lib, “bilib bilmaganga olish” va “nozik
masxaraomuz kulgi” degan ma’nolarni anglatadi. Ironik
mazmun ifodalovchi lisoniy vositalar quyidagi guruhlarga
bo‘linishi mumkin:
Intonatsion-fonetik;
Leksik-frazeologik;
Sintaktik;
Morfologik;
Paremalar yordamida.
Biz ushbu maqoladada Ulug‘bek Hamdam asarlarida
aks etgan tagma’noni tahlil qilishga urindik. Bu masalada,
avvalo, ironiyaga murojaat qildik. Adib qalamiga mansub
“Sabo va Samandar” romanida ko‘zga tashlanuvchi
ironiyalarni tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilishga
harakat qildik. Asar tahlili davomida quyidagilarning guvohi
bo‘ldik:
– Ha-ya, kim ekan u domla, muncha qiziqmasa?..
Adabiyotdan kiradi. Kelishgangina… – shunday dedi-
yu o‘qituvchining hadeb o‘zlariga ko‘z tashlayotganidan
sergaklanib, lab-lunjini to‘g‘rilagancha, go‘yo ma’ruzani
eshitib-u yozib borayotgandek daftariga engashdi Nazira.
Fu-uu, Saboning kuni qayoqdagi bir domlaga qolibdi-
da…
Yo‘g‘-a, darsiga qiziqayotgandi-iir…
Ikki o‘rtoq bir-biriga ma’noli boqib qiqirlashdi…[8]
Asar haqiqiy ishqni tarannum etgan asarlar sirasiga
kiradi. Yuqorida keltirilgan parchada qizlarning o‘zaro suhbati
aks etgan. Dars vaqtida qizib ketgan talaba qizlarning
qo‘shtirnoq ichidagi “suhbat”ida ironik mazmun piching
vositasida yuzaga chiqqan. Parchada keltirilgan “fu-uu”,
“qolibdi-da”, “yo‘g‘-a”, “qiziqayotgandi-iir” so‘zlari piching
mazmunini ifodalashga xizmat qilgan. Piching – birovning
shaxsiga tegish, g‘ashini keltirish, masxaralash uchun
aytilganilmoqli gap; qochirim, qochiriq. Talaba qizlarning
“suhbat”idan domlasini u qadar ham nazariga ilmasligi,
kursdoshlari Saboga yuqori baho berishlari, bunday qiz
adabiyot domlasiga emas, manaman degan yigitlarga munosib
ko‘rishlari sezilib turibdi. Ohang yetakchilikni o‘z qo‘liga
olgan, buni qizlarning gap-so‘zlaridan va “ikki o‘rtoq bir-
biriga ma’noli boqib qiqirlash”ganidan ham sezilib turibdi.
Piching lisoniy vositalardan fonetik-intonatsion vositalar
orqali aks etganligini ko‘rishimiz mumkin.
Nilufarning to‘ydan butunlay xabari yo‘q deb
bo‘lmasdi. Otasi Kamol aka hokimning o‘g‘li Murodjon
to‘g‘risida bir necha bor gap qistirgandi. “Shunday yigit
kuyovim bo‘lishini orzu qilaman!” degandi. Xotiniga ham o‘z
fikrini yuqtirgandi. Nilufar, ochiq kunda gumburlagan
momaqaldiroqdek kutilmagan “yangilik”dan esankirab qolgan
Nilufar qiz endi xotirasini titkilab, Murodjon haqida onasining
ham nimalardir deganini esladi. Lekin bularning barchasi
o‘ziga bildirmay, ruxsat ham olmay to‘y boshlab
yuborishlariga asos bo‘lolmasdi qizning nazarida… (“Sabo va
Samandar”)