O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
1/4/1 2023
- 292 -
boshlaydi. Asar qahramonlari
Sabo va Samandar sirtdan
qaraganda hamma qatori yashayotgandek ko‘rinsa-da, alohida
umrlarining so‘nggiga qadar qalblari bilan betinim olishadilar.
Asar so‘ngida ular bir xil sabab bilan bir mahallada vafot
etadilar. Ularning umr bo‘yi tortgan iztiroblari o‘limlari bilan
yakun topadi. Bu yakunda fojiyaviylik yoq, aksincha, halovat
bor. Bu halovat ilohiy visolga yetishuv umididir. Samandar
ramziy obrazi orqali ijodkor ilohiy ma’rifat sizlarga qalbi
oshufta bo‘lgan, majoziy muhabbatni
ilohiy muhabbatga
vosita qila olgan inson qiyofasini gavdalantiradi. Samandar
Saboni otasi vazirlikka ko‘tarilishida moddiy yordam bergan
boyning o‘g‘liga berish qaroridan dunyoni vayron qilmadi.
Saboga ham vaqt davo bo‘la olmadi, ‘farzandlari va oilasini
Samandardan o‘lim sari yetaklashini bilsa-da, u ahdidan qayta
olmadi, oilasiga, farzandlariga ‘mujassam
eta olgan ramziy
obraz edi. Zero, uning qalbida iztirob mujassam edi. Samandar
ismining o‘zi ham ilohiylikka yo’g‘rilgan, ramziylikka
yashiringan. Qahramonning ismi mohiyatini yozuvchi uch
o‘rinda keltiradi. Birinchisi, Samandarning o`zi
yozgan
she’rida aks ettiriladi:
“….Uzun bo ‘yli yillar oralab,
Yana paydo bo‘ldingmi, gulim!
Nahot, so‘nik kul ichra, yo rab,
Samandardek qayta tug‘ildim?!” [3].
Ism ramzini Saboning izohi to‘ldiradi: “Samandar
degan qush borligini bilaman. U kuylab, o‘z
kuyi ohangida
kuyib halok bo‘larmish. Keyin yana o‘z kulidan qayta
yaralarmish”. Demak, ilohiy muhabbatga yo‘g‘rilgan ramziy
obrazlar Sabo va Samandarning o‘limi fojiyaviylik emas, balki
ularni maqsad sari tutashtiruvchi yo‘ldir.
Dostları ilə paylaş: