O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/126
tarix15.09.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#143908
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   126
12-88-PB (1)

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/4/1 2023 
- 299 -
poklik, ahloqiy kamolot kabilarni targ‘ib qiladi. O‘zbekona 
andisha, bag‘rikenglik, beg‘araz ko‘mak, dasturxon atrofida 
o‘tirish, boylikka munosabat, vazminlik, va’daga vafo, 
dasturxon tuzash, dilni og‘ritmaslik, do‘stlik, jasorat, zararli 
odatlardan 
saqlanish, 
izzat-nafs, 
insoflilik, 
insoniylik, 
insonning ma’naviy boyligi, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, 
iltifot, ichimlik ichish odobi, iftixor, iffatlilik, ishonch, 
kamtarlik, muomala odobi, kiyinish odobi, qarash odobi, 
ko‘chada o‘zini tutish odobi, tabiatga muhabbat odobi, ota-
onani hurmat qilish odobi, qiz bolaning odobi, oilaviy hayot 
odobi, ochiqqo‘llik, mardlik, mehnat qilish, oila qurish, 
matonat, o‘zini tuta bilish, mehribonlik, muruvvat, mezbon 
bo‘lish, 
mehmondo‘stlik, 
maishatparast 
bo‘lmaslik, 
suhbatlashish odobi kabilar keksalar tomonidan pand-nasihat 
nutqiy janri shaklida o‘zbekona tarbiyani yuksaltiradi. Shuni 
aytish kerakki, salbiy ahloqiy me’yorlarga ablahlik, adovat, 
arazlash, baxillik, bachkanalik, battollik, beburdlik, bezorilik, 
beg‘amlik, beparvolik, beodoblik, bemehrlik, buzuqlik, 
bekorchilik, bo‘hton, dimog‘dorlik, dilozorlik, johillik, 
ikkiyuzlamachilik, ifloslik, ko‘rolmaslik, xasad qilish, 
laganbardorlik, laqmalik, loqaydlik, lo‘ttibozlik, muttahamlik, 
mansabparastlik, manmanlik, munofiqlik, nafrat, nodonlik, 
oliftagarchilik, oqpadar, g‘arazgo‘ylik, g‘ayriahloqiylik, 
g‘alamislik, g‘iybat, yomon xulq, yolg‘onchilik, yuzsizlik 
kabilar kiradi. Shuni aytish kerakki, individualizm o‘zbek 
madaniy xulqida salbiy ahloqiy me’yorlar qatoriga qo‘yiladi 
va shaxsning cheksiz mutlaq xuquqlarinigina tan olishi, 
alohida shaxsning manfaatlarini jamoa manfaatlaridan yuqori 
bilishi o‘zbek ijobiy ahloqiy me’yorlariga kirmasligi bilan 
xarakterlanadi[4, 5]. Individualizm va egoizm (o‘z foydasi va 
manfaatini ko‘zlovchi hatti-harakat, o‘z manfaatlarini boshqa 
kishilar 
manfaatidan 
ustun 
qo‘yishi) 
tushunchalari 
kollektivizmga asoslangan jamiyatda qoralanadi, mazmunida 
kollektivlikka yo‘naltiriluvchi maqol janrining kundalik 
maishiy hayotda amalda qo‘llanilishi fikrimizni tasdiqlaydi. 
Masalan, ayrilmagin elingdan, quvvat ketar belingdan, 
ayrilganni ayiq yer, bo‘linganni bo‘ri yer, baraka ko‘pchilikda, 
bir kishi ming kishi uchun, ming kishi bir kishi uchun, bir 
qarg‘a bilan qish kelmas, birlashgan o‘zar, birlashmagan 
to‘zar, xalq qarg‘asa, xor bo‘lasan, xalq qo‘llasa, bor bo‘lasan, 
el bolasi bo‘lolmagan el og‘asi bo‘lolmas, elga qilma xiyonat, 
turolmassan salomat, hashar bormasam ham bitar, ingranib 
kunim o‘tar, hashar elga yarashar, xashar qildim, uy qurdim, 
unda hikmat ko‘p ko‘rdim kabi. Shuni aytish kerakki, o‘zbek 
halqida kollektivlik asosida tashkil qilinadigan hashar ijtimoiy 
birlikning kelib chiqishi turkiy halqlar tarixi bilan bog‘lanadi. 
Hashar bu xalq orasida udumga aylangan ijtimoiy hamkorlik 
va beg‘araz yordam[6], tozalik, orastalik, obodonlashtirish, 
ko‘mak, bunyodkorlik, mehr-oqibat, ishonch, do‘stlik 
rishtalarini mustahkamlovchi qadriyatdir. Bu qadriyat o‘zbek 
halqining kollektiv jamiyat ekanligini tasdiqlovchi faktlardan 
biridir. Hashar nutqiy janrining lingvistik xususiyatlari ham 
o‘ziga xos bo‘lib, “Hamma xasharga. Bugun hashar, falon 
joyda xashar qilamiz, qani boshladik, duo beringlar” kabi 
gaplar hashar nutqiy janri matniga oid so‘zlar va gaplardir.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin