Tahlil va natijalar . Terminologik lug‘atlar asosan
qaysi manbalar orqali boyib boradi. Nemis tilida soha
lug‘atlari lotin va yunon tillaridan kirib kelgan o‘zlashgan
so‘zlar qatlami hisobiga boyiydi. Terminologik lug‘atlardagi
terminlar umumadabiy lug‘at ichidagi so‘zlardan olinadi.
Ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko‘ra hozirgi davr soha tillarida
xorijiy so‘zlarninig ulushi nisbatan kamroq. O‘zlashgan
leksikada nafaqat lotin va yunon tillarining, balki shu bilan
birga ingliz tilining ham ulushi beqiyosligini keltirish
mumkin. O‘z navbatida ingliz tilida ham lotin tilidan kirib
kelgan so‘zlar ulushi juda yuqori. Bularni quyida agrar
terminlari orqali keltirilgan misollar orqali yanada
aniqlashtiramiz: Der Pächter, die Periode, die Prognose, das
Basilikum, der Boykott, die Saison va boshqalar.
Lug‘atlarning yana bir boyish manbai bu terminlarni
boshqa xorijiy tillardan tarjima qilish yo‘lidir. Chet tilidagi
so‘zlar maqsadli tilga tarjima qilinadi. Tarjima qilish
jarayonida ona tilida bilvosita tarjima qilishga yo‘l
qo‘ymaslik, ona tili imkonyatlaridan keng foydalangan holda
o‘zbek tilidagi mutonosib terminlarni muqobil varianlarini
berish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu metoddan nemis
tilshunosligida qaraganda rus tili tilshunosligida ko‘p
foydalanilgan. Shuningdek tarjima qilish jarayonida kalkalash
yoki aralash tarjima shakllari ham uchraydi. Fikrimizni
quyidagi misollar orqali aniqlashtirdik:das Getreide, die Linse,
der Ingwer, der Sotier-Misch-Generator va boshqalar.
Metafara usuli ham soha tillarini boyitadi, yuqorida
takidlaganimizdek terminlarning umumadabiy til leksikasidan
kelib chiqib so‘z yasalish formasi bir xil, ammo so‘z
funksiyasi o‘zgarib yangi ma’no oladi. Bunga misol tariqasida
hayvonlarning nomlari die Muschel, der Fuchsschwanz, die
Schnecke hamda asboblar uchun tana belgilarini das Auge,
der Zahn hamda matematikada das Bündel, der Halm, der
Keimlarni keltirib o‘tish mumkin.
Soha mutaxassislari fanda yangiliklar kiritadilar yoki
yangi ixtirolar qiladilar. Ular o‘zlari qilgan ixtirolarga o‘z
nomlarini berishlari fanda juda ko‘p kuzatiladi va bunday
holatda leksikani boyishi atoqli otlarni transformasiya qilish
yo‘li orqali amalga oshadi. Bunga ko‘plab misollar keltirish
mumkin: Volt, Hertz, Gauss, Parkinsonsyndrom, Diesel,
Mendeleyev va boshqalar.
Shunday so‘zlar borki, umumadabiy tilda ma’nosini
tushunish juda oson kechadi, lekin bu so‘zlar soha
mutuxassislari tomonidan fan taraqiyotida ishlatiladi va bu
lingvistikada so‘zlarni terminlashtirish orqali soha leksikasini
boyitadi. Terminlashtirish usuliga ham ko‘plab misollar
keltirish mumkin: die Gruppe, die Funktion, die Menge, die
Wärme, die Kurve va boshqalar. Bunday holat har bir tilda
uchraydi.
Hozirga
vaqtda
fan
va
ishlab
chiqarishning
uyg‘unlashuvi davrida bunga ko‘plab misollar keltirish
mumkin: xom-ashyo nomlari biogumus, moderna, pfizer,
mashinasozlikda yangi mashina, traktor turlari Slass, Onix,
Eicher hamda zamonaviy asbob uskunalarga ko‘plab misollar
keltirish mumkin.
Har bir tilda bo‘lganligi kabi nemis tilida ham so‘z
yasalishi orqali soha leksikasini boyishi eng muhimlaridan biri
sanaladi. Lingvistikada mavjud bo‘lgan so‘z yasalish usullari
bilan soha leksikasi boyib boradi. Nemis tilida kompozisiya
(Komposition),
derivasiya
(Derivation),
konversiya
(Konversion),
abbreviatura
(Kurzwortbildung),