O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/126
tarix15.09.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#143908
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   126
12-88-PB (1)

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/4/1 2023 
- 308 -
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi so’zlarni tahlil 
qilish ularni tartibga solish, kelib chiqishini o‘rganish hamda 
O‘zbek tili taraqqiyotidagi o‘rniin belgilash imkoniyatini 
yaratadi. Shuning uchun O‘zbek tiliga kirib kelayotgan 
so‘zlarni o‘rganish borish muhim hisoblanadi. 
Yuqoridagi mulohazalardan so‘ng quyidagi fikrlarni 
xulosa sifatida ifodalaymiz: 
Birinchidan, milliy tuyg‘ularimizni saqlab qolish va 
milliyligimizni rivojlantirish uchun ona tilimizni tobora 
mukammallashtirib borishimiz zarur. 
Ikkinchidan, milliy tilni rivojlantirish uchun ilm-fan 
sohasida yangiliklar, kashfiyotlar qilishimiz, sport sohasida 
yuksak g‘alabalarga erishishimiz lozim. Shundagina tilimiz 
ham jahon xalqlari tomonidan e'zozlanadi. Birgina misol, 
milliy sport turimiz bo‘lgan kurashning ommaviylashishi 
ayrim o‘zbek so‘zlarining jahon sport maydonlarida 
yangrashiga olib keldi. Bu esa millatimizning milliy g‘urur va 
iftixor tuyg‘ularini yuksaltirmoqda. 
Uchinchidan, barcha davlatlar, xalqlar bilan teng 
hamkorlik olib borish uchun biz uch tillilikni rivojlantirishimiz 
shart. Chunki chet tillarni bilish ilm-fan sohasidagi 
yangiliklardan xabardor bo‘lish imkonini beradi, o‘z 
navbatida, bu imkoniyat xalqni, millatni taraqqiyot bilan 
barobar harakatlanishga yo‘l ochadi.
To‘rtinchidan, insonning ma'naviyati ona tili orqali 
shakllanadi, rivojlanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda 
ona tilimizni rivojlantirib, uni har bir jarayonni to‘liq 
ifodalaydigan qisqa so‘zlar bilan boyitib borishimiz zarur. 
Barchamiz tilimizning sofligi, uni asrab-avaylash va 
takomillashtirish uchun mas'ul bo‘lishimiz kerak. 
ADABIYOTLAR 
1.
Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг 
кундалик қоидаси бўлиши керак. Мамлакатимизда 2016 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг асосий 
якунлари ва 2017 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган 
Вазирлар Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маъруза, 2017 йил 14 январь. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 
2017. – Б.10. 
2.
Абдураҳмонов Ў., Мамажонов С. Ўзбек тили ва адабиёти.-Т.: Ўзбекистон, 2002.-Б. 84-85. 
3.
Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. [Текст]/ В. А. Маслова.– М.: 
Издательский центр «Академия», 2001. — 208с.. 
4.
Тожиева Г. Ўзбек тилининг қисқача маънавият лингвокультурологик қомусий луғати. – Тошкент: Академнашр, 
2017. – 27-б. 
5.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати –Т.: “Ўзбекистон нашриёти” 2020. 74-б. 
6.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 1-жилд. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – Б. 680. 
7.
Sobirova E. O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da huquqiy terminlarning berilishi –Toshkent: 2023 –B.163. 
8.
Ashurboyev S. O‘zbek dialektologiyasi – Toshkent: “Navro‘z nashriyoti”, 2016.-B.139. 



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin