O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


Mavzuga oid adabiyotlar tahlili



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/126
tarix15.09.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#143908
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   126
12-88-PB (1)

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
M.Mirtojiyev 
ma’lum semantik maydonga mansub leksemalar sememasi 
umumiy bo‘lgan semani arxisema, o‘sha semantik 
maydonning kichik guruhi (maydonchalari)ga mansub 
leksema sememalari uchungina umumiy bo‘lgan semani 
integral sema deb talqin qiladi[4]. Integral sema haqidagi 
tushunchani ayrim tilshunoslar umumiy sema, mushtarak 
sema[5], birlashtiruvchi sema[6] nomi bilan qayd etadilar. 
H.Ne’matov va R.Rasulov o‘ziga xos birlashtiruvchi semalar, 
deb ikki va undan ortiq leksemalarni bir guruhga 
birlashtiruvchi, bir necha sememalar uchun umumiy 
sanaluvchi semalarga aytiladi, deb ta’rif bergan[7]. Demak, 
biz tadqiqotimizda relyef integral semali leksemalar ustida 
tadqiqot olib boramiz.
Oldin aytilganidek, ingliz tilidagi relyefonimlarning 
semantik strukturasi bir qancha ishlarda maxsus tadqiq etilgan 
bo‘lsa ham ayrim ishlarda yo‘l-yo‘lakay baho berilgan. D.V. 
Ovchinnikovning “Leksika, nazivayushaya relyef mestnosti v 
russkom 

nemetskom 
yazikax”[8], 
G.A.Kozlova, 
V.V.Denisovaning “Struktura i osobennosti geograficheskoy 
terminologii”[9] nomli maqolalarida turli tillarda relyefni atab 
keluvchi birliklarning semantik strukturasi haqida qisqacha 
ma’lumot keltirilgan. D.V.Ovchinnikov tadqiqot o‘tkazish 
uchun lug‘atlardan relyefni bildiruvchi 70 ta rus va 72 ta 
nemis tilida lingvistik birliklarni aniqlaydi hamda barcha 
leksik birliklarni quyidagi semantik guruhlarga bo‘ladi: 
tekislik, tepalik, chuqurlik. Shundan so‘ng ikki tildagi 
relyefonimlarni miqdoriy jihatdan tahlil qiladi. 
Zamonaviy 
dunyoni 
geografik 
nomlar 
va 
relyefonimlarsiz 
tasavvur 
qilish 
qiyin. 
Turli 
tillarda 
relyefonimlar ko‘pchilik toponimlarning asosini tashkil 
qiladi[10]. G.A.Kozlova, V.V.Denisova E.M.Murzayevning 
fikrini qo‘llab-quvvatlagan holda relyefonimlarni umumiy va 
xususiy toifalarga ajratishadi:
1) umumiy relyefonimlar landshaft, relyefning katta 
elementlari, gidrografiya, tuproq va boshqalarni bildiradi. 
Bunday relyefonimlar geografik hodisa va obyektlarni 
umumlashtiradi: daryo, ko‘l, botqoq, tog‘, tizma, balandlik 
(tayga, tundra, dasht, cho‘l).

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin